Why Pay for Entertainment? Access Thousands of Free Downloads Now!

globogate

Description
Germaniyada malakali hamshira (med. xodim) ishga joylash, mehnat faoliyatini olib borishda ko'maklashish
Advertising
We recommend to visit

Veb-sayt: www.president.uz
Facebook: www.fb.com/Mirziyoyev
Instagram: www.instagram.com/mirziyoyev_sh
Twitter: twitter.com/president_uz
Youtube: www.youtube.com/PrezidentMatbuotxizmati
© O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Last updated 1 week, 1 day ago

Davlat boshqaruvi, kadrlar siyosatiga oid muhim manba

Last updated 1 week, 1 day ago

Интересные викторины на хорошем английском 🔥

Платные размещения:
https://telega.in/c/free_english_quiz

админ @STARFUTUR

Last updated 1 day, 13 hours ago

1 month, 2 weeks ago

🇺🇿🇩🇪 O‘zbekiston – Germaniya: mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik

Ayni kunlarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi hamda markazning Andijon va Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiallari mutasaddilari, Shveytsariyaning "Globogate Concept AG." tashkiloti rahbariyati Germaniyada bo'lib, "Axen" universiteti klinikasi rahbariyati bilan muzokaralar o’tkazmoqda.

Uchrashuvlarda "Axen" universiteti klinikasining ta‘lim, ilmiy tadqiqotlar va davolash bo‘yicha dunyo miqyosidagi salohiyatini körsatuvchi taqdimotlar bo'lib o'tmoqda. Unda mazkur klinika uchun O‘zbekiston „GLOBOGATE“ loyihasi doirasida jarrohlik, kardiologiya, ichki va yurak-qon tomir kasalliklari kabi yo'nalishlar uchun hamshiralarni doimiy ishga jalb qilishda strategik hamkor davlatga aylanayotganligi ta‘kidlanmoqda.

Tadbirlar doirasida klinikada ishlayotgan o‘zbekistonlik hamshiralarning integratsiya jarayoni va ularga yaratilgan sharoitlar o‘rganilmoqda.

*🔻* Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration

1 month, 2 weeks ago
1 month, 2 weeks ago
3 months, 2 weeks ago

🇩🇪 Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan hamshilar diqqatiga!Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Shveysariyaning “GLOBOGATE Concept AG.” tashkiloti oʻrtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan.

Nomzodlar uchun talablar:
Umumiy hamshiralik uchun – shifoxonaning turli boʻlimlarida kamida 2 yillik tajribaga ega hamshiralar (faqat bemorlarni parvarishlagan) boʻlishi;
✔️ 39 yoshdan oshmagan boʻlishi;
✔️ shifoxonada ish tajribasiga ega boʻlishi (stomatolog, oʻqituvchilik va dorishunoslik, ginekologiya, shoshilinch tez tibbiy yordam, pediatriya, poliklinika-patronaj, akusherlik sohasida shugʻullangan nomzodlar qabul qilinmaydi);
✔️ sudlanmagan boʻlishi va jismonan sogʻlom boʻlishi;
✔️ nemis tilini o'rganishga ishtiyoq va salohiyat;
✔️ tibbiyot kolleji (faqat 3 yillik diplom yoki OMX) tamomlagan boʻlishi;
✔️ bemorlarga gʻamxoʻrlik qilish qobiliyatiga ega boʻlishi;
✔️ Angren shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida oʻqish (2 bosqichli tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlargina dasturda ishtirok etadi);
✔️ nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shugʻullanmasligi;
✔️ Gyote instituti, ECL yoki ÖsD imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtishi;

Loyihada ishtirok etish istagida boʻlgan fuqarolarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:📌 Angren shahrida bepul turar joy;
📌 oʻquv xonasi;
📌 oylik stipendiya (6 oy).

Shuningdek, “GLOBOGATE Concept AG” quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:

📚 nemis tili oʻqituvchisi va oʻquv materiallari;
📌 til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;
📌 hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;
📌 oʻquv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
🛫 Germaniyaga aviachipta va aeroportdan ish joyigacha transfer;
💶 mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2200 (Netto) yevro dan boshlanadi, nafaqa, sugʻurta, taʼtil) va butun jarayon davomida doimiy qoʻllab-quvvatlash.

📝 Ro‘yxatdan o‘tish👉 Batafsil ma’lumot olish☎️ Murojaat uchun: 71-202-33-55 yoki 1282 qisqa raqami.

**🔻** Axborot kanallarimizni kuzatib boringTelegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

3 months, 2 weeks ago

Bugun yana 7 nafar hamshiralarimiz Germaniyaga uchib ketishmoqda. Biz ularga yaxshi parvoz va yumshoq qo'nishlarini tilab qolamiz, eng asosiysi Germaniyadagi ishlarida va hayotida muvaffaqiyatlar tilaymiz!!👏👍

3 months, 2 weeks ago
3 months, 3 weeks ago

Bugun Angren til markazida hamshiralar nemis tilini o‘rganadigan navbatdagi dars boshlandi. Barcha hamshiralar va feldsherlar B2 sertifikatini olgandan so'ng Germaniyadagi Asklepiosga ishlash uchun boradilar👍

3 months, 3 weeks ago
3 months, 3 weeks ago
4 months ago

Düsseldorf 31.12.2023.
"Gózal manzara".
Orzular "Globogeyt" bilan amalga oshadi, Dilnura😉

We recommend to visit

Veb-sayt: www.president.uz
Facebook: www.fb.com/Mirziyoyev
Instagram: www.instagram.com/mirziyoyev_sh
Twitter: twitter.com/president_uz
Youtube: www.youtube.com/PrezidentMatbuotxizmati
© O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Last updated 1 week, 1 day ago

Davlat boshqaruvi, kadrlar siyosatiga oid muhim manba

Last updated 1 week, 1 day ago

Интересные викторины на хорошем английском 🔥

Платные размещения:
https://telega.in/c/free_english_quiz

админ @STARFUTUR

Last updated 1 day, 13 hours ago