"Farida Afro‘z"

Description
Uchrasharmiz - ruh bo‘lgan kuni..
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 1 day ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

2 years, 9 months ago

*Ichingga
dunyolar choʻkkani sayin,
Yelkalaring ogʻir, qoʻllaring ogʻir...
Qadamlar ogʻirdir, alamlar ogʻir,
Xatarlar ogʻirdir, xabarlar ogʻir...

Ichingga
in qursa ayriliq qushi,
Bahorlar ogʻirdir, chamanlar ogʻir...
Xijrondan har chechak qovjirab tursa,
Vodiylar ogʻirdir, vohalar ogʻir...

Ichingda
oʻzingni yoʻqotib qoʻysang,
Joningni topmasang izlab, izillab.
Isming ham xattoki, tanimay tursa,
Jismlar ogʻirdir, ilmlar ogʻir...

Ichingda
bir qizcha tursa jilmayib,
Yillar oʻtaversa unga qaramay.
Qarishlar ogʻirdir, qargʻishlar ogʻir,
Sevishlar ogʻirdir, sevilish ogʻir..!

Farida Afroʻz*@qaylardasanmendekoylovchi

4 years ago

Bizni sog‘inganlar omon bo‘lsinlar,
Bizni unutganni unutmoq kerak,
Mayli fe’limizni yomon desinlar,
Bizni kutmaganni kutmoq ne kerak.

Bizni sog‘inganga tilaymiz to‘zim
Va bir tong yelarmiz shabboda bo‘lib
Tomog‘imda bo‘zim tirnoqda bo‘zim
Dardlar ham sitilgay bir kurtak bo‘lib.

Bizni unutganni unutdik biz ham
Garchi xohlasakda kelmas xushlarga
Hatto ko‘z gavhari bo‘lolmas malham
Yetti uxlasakda kirmas tushlarga.

Unutmoq matonat,unutmoq azob
Xotira umidlar jangida talash.
Faqat bizga baxtdir bizga iztirob
Bizga ichikkanga ichikib yashash.

Farida Afroʻz

@farida_afruz

4 years, 4 months ago
Dunyoda hech narsa bejiz boʻlmagay,

Dunyoda hech narsa bejiz boʻlmagay,
Bejizga sendan ham qolmagan koʻnglim!..

@farida_afruz

4 years, 4 months ago

Dunyoda hech narsa bejiz boʻlmagay,
Bejizga sendan ham qolmagan koʻnglim.
Yoʻllarning oxiri tugangan misol,
Tugab bitdi,
axir,
daryoday mehrim.

Sababsiz sabablar sodir boʻlmaydi,
Axir besababmas, ayriliq, hijron.
Bir tomchi yosh kelmas, koʻzlaringga nam,
Kuning bitmasa
gar,
uzilmaydi jon.

Sharaflar, olqishlar, unvon, mukofot,
Kimlardir sen uchun boʻlgandir fido.
Har qilmish sababi, oʻzingsan, oʻzing,
Kimsan, bugun
sen,
shohmisan, gado?!

Boshing koʻkka yetsa, sababchisi bor,
Oʻzaging, ildizing, tomiring, beshik.
Yerning ostidasan yoki osmonda,
Demak, feʼling
sabab, niyating, beshak.

Bas, shunday, sababning sababin axtar,
Oʻyla, izla, top, qilgin, taffakkur.
Sababchiga sabab top, huzuriga chop,
Taʼzim qil,
ehtirom, ibodat, shukur.

Farida Afroʻz

4 years, 5 months ago
Mening,sening dardimizsiz ham,

Mening,sening dardimizsiz ham,
Tonglar otar,quyoshlar botar.

@farida_afruz

4 years, 5 months ago

Nega jimsan, nega darak yo‘q,
Xat tashuvchi kabutar qani?
Uzoqdirsan, kiprigimdan ham,
Chak-chak oqar sochlarim qoni.

Xiyonatga to‘yganmas dunyo,
U ajdardir, yamlamay yutar.
Mening, sening dardimizsiz ham,
Tonglar otar, quyoshlar botar.

Endi bizga sinovlar bekor,
Tog‘ bo‘lsa ham nuraydi toqat.
Yolg‘oningga ishontir meni,
Ne desang ham jim turma, faqat.

©️Farida Afroʻz
@farida_afruz

4 years, 5 months ago

Bir talpinsam sizga yetaman,
Bir zarb bilan eshik ochilur.
Ammo, nechun tashlab ketaman,
Sizni desam yurak sochilur.

Bir talpinsam, baxtni quchasiz,
Bir xo‘rsinsam qaytar daryolar.
Ammo nechun,daryo bo‘lolmam,
Umr o‘tar, o‘tar dunyolar.

Bir talpinsam, olam guliston,
Bir shahd bilan gina to‘kilur.
Ammo nechun,sirtmoqdir alam,
Oyog‘imga kishandir g‘urur.

Bir talpinsam, menikidirsiz,
O‘zim ekib, o‘zim o‘rganim.
Bu shabiston qismatlar aro,
Ko‘zim ochib, ko‘zim ko‘rganim.

Bir talpinsam, yurak ham to‘xtar,
Qumga singar, umr to‘lqini.
Odam bo‘lib, odam bo‘lmadik,
Uchrasharmiz ruh bo‘lgan kuni.

©️Farida Afroʻz
@farida_afruz

4 years, 6 months ago

Endi kelma,
men yig‘lab bo‘ldim,
Ko‘z yoshlarim bir daryo bo‘ldi.
Bu daryodan o‘tolmaysan, sen,
Gunohlaring bir dunyo bo‘ldi.

Endi ko‘ndim,
qaytmayman, aslo,
Men yashayman, mag‘rur egmay bosh.
Eslamayman, unutmog‘im rost,
Zamin to‘xtab, so‘nguncha quyosh.

Endi shunday
yashamoq huzur,
Nafrat, g‘azab, intiqomlarsiz.
Isyon, o‘kinch ko‘ngilni tilmas,
Tonglar otar, taloto‘plarsiz.

Endi faqat
bir yumush qoldi,
Bu xo‘rlikni baxt deb bilmoqlik.
Seni sevgan o‘sha yurakni,
Tilka, tilka, tilka qilmoqlik!

✍️Farida Afroʻz

@farida_afruz

4 years, 9 months ago

Bir ishq bo'lsa,
Ko'ksing tilsa,
Yuraging kaftingda tutolsang unga.
Olib keta olsang jon chiqar qadar,
Oyga o'yib bersang ismimni tunga.
Bir ishq bo'lsa
Ko'ksingni tilsang...

Bir tun bo'lsa,
Tugalmas, yaldo,
She'rlar bitib olsang, beto'lg'oq, besas,
Sukunat kuy chalsa,
Kuylasa masrur.
Jimgina tinglasang, Ololmasdan nafas...
Bir tun bo'lsa,
Tuganmas yaldo...

Bir oh bo'lsa,
Bir otashnafas,
Kuyib bitsa bari dardu alaming.
Nay bo'lib chalinsang qayta va qayta,
Ohangga ko'milsa dilxun olaming.
Bir oh bo'lsa,
Bir otashnafas...

Bir so'z desa,
Yashaging kelsa,
Dunyoni qaytadan kashf etsang nogoh,
Birdan odamliging esingdan chiqsa,
Nurga singib ketsang, topilsa panoh...
Bir so'z desa,
Yashaging kelsa...

Farida Afro'z

@farida_afruz

5 years, 1 month ago

Bilsang edi
ketmas eding
bir qadam ham
sochlarimning soyasidan.
Bilsang edi
topar edik
hatto qorning
qalovin ham.
Bilsang edi
o'tar edik
bu tog'larning
bu tig'larning orasidan.
Bilsang edi
berar edik
Munkarnakir
savoliga javobni ham.
So'ngra...
So'ngra...
Ketar edik
sochlarimdek tun oralab.
Ketar edik bu dunyoni
boshdan adoq
ovvoralab...

© Farida Afruz

@farida_afruz

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 1 day ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago