@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago
It’s too stupid to say no
Konkurentlarimiz bilan taqqoslanganda mijoz bizning taklifimizni ko’rib, eng kamida shunday deyishi kerak.
Bozorni o’rganaylik:
kim nima ish qilyapti,
kimning qaysi tomoni kuchli,
kimda qanday xatolar bor,
kimning bergan offer(taklif)larini inkor eta olmaymiz.
Analiz qilishning o’zi ham ko’p narsani o’rgatadi.
Olomondan ajratib turadigan jihatimizni topaylik. Shunda o’zimizni va o’zligimizni topgan bo’lamiz va bizga “yo’q” deyishlari ehtimoli sezilarli kamayadi.
Shu insonning tavsiya va topshirig’i bilan “$100M Offers” kitobini o’qiyapman. Fevral so’ngida bu mavzuga qaytaman. Butunlay boshqa fikrlar bilan.
Oilamizdan boshlaylik
Mehr istaysizmi, oilangizga mehr ko’rsating.
Qo’llab-quvvatlanishni istaysizmi, oilangizni qo’llang.
Tushunishlarini istaysizmi, oilangizdagi muhokamalarga e’tiborli bo’ling.
Ishonchli do’st istaysizmi, oilangizga yaqinroq bo’ling.
Ishlaringiz barakali bo’lishini istaysizmi, oilangiz duosini oling.
Ko’chada hurmatda bo’lishni istaysizmi, oilangizda izzatda bo’ling.
Sizni sevishlarini istaysizmi, oilangizni seving.
Eslatma!
Siz insonlardan kutayotgan mehrni, siz izlayotgan e’tiborni, siz gadosi bo’lgan shirin so’zni ular ham sizdan kutishadi, ular ham sizdan izlashadi, ular ham xuddi sizdek mushtoq bo’lishadi. Ha, ha, aynan sizdan.
Hayot qonuni shunday ishlaydi: qush bir qanoti bilan ucha olmaydi, qarsak bir qo’l bilan chiqmaydi; oy tunni yoritadi, quyosh kunduzni. Inson esa insonning ko’ngliga nur bag’ishlaydi.
Qush parvoz uchun ikki qanotini birdek harakatlantiradi, “qars” tovushi chiqishi uchun ikki kaftingiz birdek kuchda bo’lishi kerak, quyosh va oy tutilishi uchun esa har ikkisi: quyosh ham, oy ham bir chiziqda bo’lishi lozim. Endi o’ylab ko’ring, inson insonni tushinishi uchun ikkalasi ham harakat qilishi kerakmasmi?!
Yaxshi so’zlovchi bo’lish yaxshi, lekin yaxshi tinglovchi ham bo’la olish kerak. Yoki teskarisi, men sizni tushinishim uchun ichingizdagini ochiq ayta olishingiz kerak. Aks holda, sizni qiynayotgan, sizni o’zingiz bilan dushman qilayotgan, sizni “meni hech kim hech qachon tushunmaydi” iborasiga ishontirayotgan o’y-hayollar nima ekanligini men qayerdan bilaman, yoki ular qayerdan bilishadi. Demakki, ilk qadamni doim o’zingizdan boshlang. Ishoning, mana shu yo’l bilan, albatta, siz o’zingiz kutayotgan natijaga erishasiz.
Ha, aytgancha, hech kim sizga mehr berishga, sizga e’tibor qaratishga, sizning ko’ngil istaklaringizni amalga oshirishga majbur emas. Nima eksangiz, shuni o’rasiz!
Demak, siz qaramsiz!
Oila a’zolaringiz bilan ovqatlanib o’tirarkansiz, yoningizda bo’lmagan kim bilandir tinimsiz smslashib o’tiradigan bo’lsangiz, bu muammo.
Mehmon kelganida yoki bir joyga borganda telefonni stolga (ko’z tushib turadigan joy) qo’yib qo’yadigan bo’lsangiz, o’zingiz anglamagan holda atrofingizdagilarga “Siz men uchun ahamiyatli emassiz” degan tushuncha berasiz. Bu ham muammo.
Ertalab ko’zingizni ochar-ochmay yaqinlaringizga bir og’iz shirin so’z qotmay yoki boshqa bir ish qilmay turib telefonni qo’lga olsangiz, demak, siz qaramsiz.
Va bu boshqa qaramliklar singari sizni oilangiz, yaqinlaringiz va, hatto, o’zingiz bilan munosabatingizning buzilishiga olib keladi, bahosi yo’q vaqtingizni, umringizni havoga sovurishga xizmat qiladi.
Telefonomaniya – asrimiz kasalligi – hayotingiz ustidan hukmronlik qilishiga izn bermang.
Atrofga qarang. Oilangiz va yaqinlaringiz sizdan mehr hamda e’tibor kutmoqda.
Kulib yurish ham dissiplina.
Agar bir umr qafasda yashagan qushni ozod etsangiz, hur yasholmas. Qafasni sog’inadi.
Ko’nglingga solgani rostdir!
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago