Mobil kutubxona

Description
Dunyo kitoblari cho‘ntagingizda!

Aloqa: @kitobxonrobot

Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

1 year, 4 months ago

#Bir_kitob_haqida

? Oydin tunlar (roman)

„Oydin tunlar“ — XIX asr taniqli rus yozuvchisi Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy qalamiga mansub roman.

Yaratilish tarixi

Roman Dostoyevskiy tomonidan 1848-yilning sentabr-noyabr oylarida yozilgan. Bu vaqtda Dostoyevskiy shoir va yozuvchi Aleksey Plesheev bilan yaqin doʻst boʻlib, ular ushbu asarni ilk bora Nikolay va Andrey Beketovlarning adabiy-falsafiy doiralarida, keyinchalik esa Mixail Petrashevskiy davrasida muhokama qilishadi.
1848-yil 31-oktabrda roman nashr etilishi uchun Peterburg senzura qo‘mitasidan ruxsat olingan. Roman ilk marta „Otechestvennyye zapiski“ jurnalining oʻn ikkinchi sonida doʻsti shoir va yozuvchi Plesheevga bagʻishlab nashr etilgan[1].
Keyinchalik roman sezilarli darajada qayta koʻrib chiqildi. 1860-yilda Dostoyevskiy oʻzining sheʼriy toʻplamini tayyorlashda roman monologini ham qayta ishlab, unga Pushkin usuliga xos obrazlarni qoʻshadi va qahramonning ishqiy motivlariga yanada kenroq urgʻu beradi.

Syujet

Asar bosh qahramoni xayolparast, orzumand, yolg‘iz va gʻamgin yigit. Oydin bir tunlarning birida xayol surib yurgan yigit tasodifan Nastenka ismli bir qiz bilan uchrashadi va unga oshiq boʻladi, shu bilan birga Nastenkaning nigohida u oʻzining umr yoʻldoshi va birodari timsolini ham koʻradi. Nastenka unga hayotida boʻlib oʻtgan bir voqeani aytib beradi. Uning yoshlik yillari ota-onasi vafotidan soʻng koʻzlari ojiz buvisi bilan oʻtadi. Buvisi uzoq vaqt Nastyani qoʻyib yubormaydi va hatto uni oʻzidan uzoqlashtirmaslik uchun nabirasining koʻylagini oʻz koʻylagiga toʻgʻnagʻich bilan qadab qoʻyadi. Nastyaning hayoti bir xilda va qaygʻuli kechardi. Ammo ularning uyiga tashrif buyurgan va Nastyaga rahmi kelgan yangi mehmonning sharofati bilan uning hayotida hamma narsa oʻzgarib ketadi. Nastya bu yangi mehmonni sevib qoladi va u bilan qochib ketishni istaydi, lekin baxtga qarshi yigit juda kambagʻal edi va oradan bir yil oʻtib, Nastyani olib ketishga vaʼda berib, u yerdan ketishga majbur boʻladi. Oradan bir yil oʻtgach ham ortiga qaytmagan yigit haqida butun shahar xabar topadi, shunday boʻlsa-da Nastya oʻsha yigitni chin yurakdan sevgani uchun uni kutishda davom etadi. Ammo yigitdan darak boʻlmaydi va hatto u Nastyaning maktublariga biror marotaba boʻlsa ham javob xati yozmaydi. Va, nihoyat, sevgan insoni uni tashlab ketganini tan olishga majbur boʻlgan Nastenka endigina uchratgan oʻsha xayolparast yigitning unga nisbatan boʻlgan his-tuygʻulariga javob berishga qaror qiladi. Biroq shunday kunlarning birida Nastenka toʻsatdan eski sevgilisi bilan uchrashib qoladi va hali ham oʻsha insonni sevishini anglab, yangi xayolparast oshigʻidan qochib ketarkan, unga oʻzining bu xiyonati uchun kechirim soʻrab yozgan xatini qoldiradi. Bosh qahramon — oʻsha xayolparast va qalbi toza oshiq, Nastenkani chin yurakdan kechiradi va uni yoʻqotganiga qaramay, unga boʻlgan sevgisini qalbida pokiza saqlashda davom etadi. U Nastenka uni tashlab ketganiga qaramay, qizni oʻzining hayotidagi eng goʻzal hodisot deb biladi va Nastenkaga, unga sevishni oʻrgatgani, muhabbat deb atalmish „oniy halovat“ni tuhfa etgani uchun faqat va faqat baxt tilaydi, Nastenkaning qalbi hech qachon ozor chekishini istamaydi. Oʻzi esa pok muhabbatidan ayriladi va bu hayotda yana yolgʻiz qoladi.

Bosh qahramonlar

Hikoyaning bosh qahramoni xayolparast va orzumand yigit. Dostoyevskiy oʻz davrida koʻp uchraydigan bunday insonlarning xususiyatlarini oʻrganib chiqadi: „bunday insonlar harakatga, yashashga, hayot haqiqatlariga tashna, ammo ular zaif, ayollik xususiyatlariga ega, nozik sifatli, asta-sekinlik bilan bunday insonlar haqiqiy insorlardan farqli oʻlaroq xayolparast kimsalarga aylanib boraveradi“.

Yozuvchi bunday insonlarning paydo boʻlish sabablari etib Rossiyada insonlarni birdamlikka chaqiruvchi jamoat manfaatlariga qiziqishning yoʻqligi va bu davrda „harakatga tashnalik“ hissini qondirish imkonsizligini keltirib oʻtadi.
„Oydin tunlar“ asari bosh qahramoni prototipi qisman Dostoyevskiyning oʻzidir.

Kitobning elektron shakli shu yerda

? @kitoblar_apk

1 year, 4 months ago

#Hikoya

Burgut baland bir daraxtda shunchaki dam olib o‘tirgan edi.
Uning bu o‘tirishini ko‘rib qolgan quyoncha burgutdan so‘radi:
— Xuddi sendek hech narsa qilmay, bamaylixotir o‘tirishim mumkinmi?
— Albatta, mumkin, nimaga yo‘q ekan, — dedi burgut.
Quyoncha daraxtning tagiga o‘tirib dam olishni boshladi. Shunda birdan qayerdandir tulki paydo bo‘ldi-yu, uni ushlab, yeb qo‘ydi.

Qissadan hissa. Agar sen hech ish qilmasdan bemalol va xotirjam bo‘lishni xohlasang juda-juda yuqorida o‘tirishing kerak. Ko‘rpangga qarab, oyoq uzat.

? @kitoblar_apk

1 year, 4 months ago

​​? "Muhammad alayhissalomning bolaligi va yoshliklari"
Shohista Kamol qizi

? @kitoblar_apk

1 year, 5 months ago

#iqtibos

MAKIAVELLI HIKMATLARI

Maqsad vositani oqlaydi.

Faqirligim — halolligim va sodiqligim isboti.

Har qanday vaziyatda ham marhamatli bo‘lishni istovchi odamga ko‘plab marhamatsiz kishilar orasida halok bo‘lishdan o‘zga yo‘l qolmaydi.

Hokimiyatni saqlab qolishni istovchi odam zolimlikka tayanishi kerak.

Har bir ishni u qanday vositalar bilan amalga oshirilganiga qarab emas, balki maqsadga erishilgan-erishilmaganiga ko‘ra baholaydilar.

Zamon va axloqiy mezonlar o‘zgaruvchandir. Shuning uchun zamonga peshvoz chiqqan kimsaning hamma orzusi ushaladi va u baxtiyor bo‘ladi. Zamondan va vaziyatdan yuz o‘girgan odam baxtsizlikka mahkum.

Xushomadni yo‘qotishga uringan hukmdor o‘ziga nisbatan nafrat uyg‘otib qo‘yishi mumkin. Buning sababi shunday izohlanadi: tabiblar deydilarki, sil kasalligini boshlang‘ich davrda aniqlash qiyin, ammo davolash oson. Agar xastalik o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, aksincha, uni aniqlash oson-u, davolash mushkul. Davlat ishlarida ham shunday: endigina paydo bo‘layotgan illat o‘z vaqtida aniqlansa, uni yo‘qotish qiyin emas. Bunga faqat dono hukmdorlargina qodirdirlar. Agar illat har kimga yaqqol ko‘rinadigan darajada avj olgan bo‘lsa, hech qanday dori-darmon kor qilmaydi.

Mamlakat ichidagi favqulodda farmonlar ham hukmdorlarga ulug‘vorlik bag‘ishlaydi… Boshqacharoq aytganda, fuqarolardan biri diqqatga loyiq ishga qo‘l urganda hukmdor uni imkon qadar uzoqroq yodda saqlanib qoladigan tarzda taqdirlashi yoki jazolashi foydalidir. Hukmdor uchun eng asosiysi barcha amallari bilan yuksak aql-idrokka ega bo‘lgan buyuk inson shuhratiga erishishga intilishdir.

Insonning izlagani va topgani o‘rtasidagi doimiy nomuvofiqlikdan kim bexabar?

Faqat to‘g‘ri qaror qabul qilishga umid bog‘lash yaramaydi. Har qanday qarorning shubhali ekaniga tan berish kerak. Chunki odatda bir ko‘ngilsizlikka chap berib, ikkinchisiga ro‘para bo‘lamiz. Ammo barcha ko‘ngilsizliklarni taroziga solib, eng oz darajadagisini ezgulik deb qadrlash aqllilikdir.

Yaxshilik ham xuddi yomonlik kabi nafrat uyg‘otishi mumkin.

Garchi yangi tartiblar odamlar ongini o‘zgartirsa-da, eskisini imkon qadar ko‘proq saqlab qolish kerak.

Hech bir ish yo‘qki, uning amalga oshishi eski tartiblarni yangilari bilan almashtirishga nisbatan og‘irroq, kechishi xavfliroq, muvaffaqiyati shubhaliroq bo‘lsin. Yangi tartiblarni joriy etishni boshlagan har bir odamni eski tartib tarafdorlarining adovati, yangilaridan manfaatdorlarning beparvoligi kutadi. Beparvolikni qisman qonun himoyasidagi raqibdan cho‘chish, qisman amaliyotda ijobiy baho olmaguncha yangilikka ishonmaydigan odamlarning ishonchsizligi bilan izohlash mumkin. Eskilik tarafdorlari imkoniyat tug‘ilishi hamonoq shiddat bilan xuruj qilganda, yangilik tarafdorlari sustkashlik bilan mudofaaga o‘tadilar.

Faqat o‘zingga va jasoratingga asoslangan himoyadan yaxshirog‘i, ishonchlirog‘i, pishiqrog‘i yo‘q.

? @kitoblar_apk

1 year, 5 months ago

❗️Ingliz tilini o'rganmoqchi bo'lgan diqqatiga

⭕️ Bilamizki hozirda ingliz tilini o'rganishga talab kundan kunga oshib bormoqda. Siz ham ushbu imkoniyatdan foydalanib qolishni xohlaysizmi ?

? Unda biz sizga @English_with_Irow kanalini tavsiya qilamiz. Bu yerda siz:
- Beginner darajadan Advancedgacha chiqish imkoni;
- Tezlashtirilgan va sifatli darslar orqali 1 yilda mukammal o'rganish;
- Va eng muhimi uyda o'tirgan holda ushbu natijalarga erishish imkoniyatiga ega chiqishingiz mumkin.

Qulay imkoniyatdan foydalanib qoling. Kanalimizda ko'rishguncha ?

1 year, 5 months ago

Bodo Shefer
? "G‘oliblar qonuni"

*Yevropaning birinchi raqamli moliyaviy maslahatchisi Bodo Sheferning "G‘oliblik qonuniyatlari" kitobi.

Hayotda farovon turmush asoslarini barpo qilish yoki noshudlik orqasidan qashshoq yashash-shaxsan o‘zingizga bog‘liq ekanligi ruhiy-falsafiy tarzda sodda bayon etiladi. Qo‘lingizdagi bu kitob hayotda muzaffar bo‘lishni xohlaganlar uchun yozilgan.*

? @kitoblar_apk

1 year, 5 months ago

​​​​? "Gunohi kabiralar"
? Imom Zahabiy

Islom olamining mo‘tabar olimlari qatorida, shubhasiz, Imom Zahabiy hazratlarining ham munosib o‘rni bor.
Imom Zahabiyning qirqqa yaqin asarlari bo‘lib, ularning ichida eng ko‘p tarqalgani, shubhasiz, «Kaboir» kitobidir. Qur’on va hadisda tilga olingan, had-jazo belgilangan, Alloh va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam la’natlagan gunoh ishlar ushbu kitobda batafsil yoritilgan.
Inson yomonlikka tushib qolmasligi uchun uni yaxshilab tanib olishi kerak. Ushbu kitob bizga bu borada katta yordam beradi. To‘g‘ri, oldin ham katta gunohlar haqida ba’zi risolalar chop etilgan. Lekin ular Imom Zahabiyning «Kaboir» asaridan parchalar edi.
Gunohlardan chekinish va ulardan poklanish yo‘lida ushbu kitob o‘quvchilarimizga zarur qo‘llanma bo‘lishiga umidimiz bor.

? @Kitoblar_apk

1 year, 5 months ago

Dam olish onlari zehniyatimizni rivojlantiramiz:

? Cho‘qintirgan ota (1-2-3)
? Muhabbat oyatlari (1-2)
? Hayot mamot
? "Qashqirlar makoni: Gladio"
? Virus
? Uoll Strit Bo‘risi
? Samo farzandlari
? Quyosh bolalari (2020)
? "Garovdagi qiz"
? Xo‘p janob
? Xatiko: Eng sodiq do‘st
? "Risolat"
? "Titanik"
? "Kichkina tabib"
? "Samarqandu Buxoroning qonli kechmishi"
? "Joker"
? "Shamolni jilovlagan bola"
? "Murtadlar"
? "Muhammad Allohning elchisi"
? "Yangi Dunyo"
? "Romeo va Julietta"
? "Yangi politsiyachilar tarixi"
? "Ertadan keyin"
? "1917"
? "Ford Ferrariga qarshi"
? "Kitob o‘g‘risi"
? "Uyda yolg‘iz" (1-2-3-4-5-6)
? "Garri Potter" (1-2-3-4-5-6-7-8)
? "O‘nta negr bolasi"
? "Dunyo bo‘ylab 80 kun"
? "Minari"
? "Stiv Jobs"
? "Javohir politsiyachi"
? "Olimpning qulashi"
? "Kakku Uyasi Uzra Parvoz"
? "Uvays al Qaroniy hazratlari"
? "Kichkintoy sayrga chiqdi"
? "Platforma"
? "Twilight | Сумерки" (1—5)
? "Sen bilan uchrashguncha"
? "Buyuk Getsbi"
? "Interstellar"
? "Umar Muxtor" (Sahro Arsloni)
? "Vijdon amri"
? "Otamdan qolgan dalalar"
? "Gladiator"
? "Wednesday" (serial)
? "Dunyoning tugashi"
? "Mo‘jiza" (1-2)
? "Bishriy Hofiy"
? "Logan"
? "Oddiy askar Rayanning qaytishi"
? "G‘urur va andisha"
? "Hasan Basriy"
? "Qochish rejasi"
? "Sherlok" (serial)
? "Yettinchi bo‘lmadagi mo‘jiza"
? "Robiya"
? "Eltuvchi" (1-4)
? "Pahlavonlarni bo‘ysundirgan Jek"
? "Yashil kitob"
? "Daniyalik kelin"
? "Indiana Jons" (1-4)
? "Sen mening uyimsan"
? "Avatar"
? "Dastlabki kod"
? "Podolsk kursantlari"
? "Shindler ro‘yxati"
? "Yaxshi, Yomon va yovuz"
? "Ayla: Urush qizi"
? Ibrohim ibn Adham hazratlari (Ilohiy ishq)
? "Qo'lingdan kelsa tutib ol"
? "Qochqin"
? "Niqob"
? "Chernobil" (serial)
? "Shamollarda qolgan hislarim"
? "Otam va o‘g‘lim"
? "Farengeyt bo'yicha 451"
? "Maymunlar sayyorasi" (1-3)
? "Botmagan quyosh"

1 year, 5 months ago

? "Halokat"
✍️ Rabindranat Tagor

Ikki juftning – Romesh bilan Sushilaning, Nolinakxa bilan Kamolaning to‘ylari eski hind odatiga muvofiq o‘tkaziladi, ya’ni bir-birlarini ko‘rmay-bilmay, sevishmay, faqat kattalarning xohishlariga bo‘ysunib nikohlanadilar. Har ikki oila o‘z hayotlarini otalariday eskicha asosda qurishlari lozim edi. Biroq daryoda qo‘zg‘algan bo‘ron girdobi natijasida to‘y tantanalarining qatnashchilari halok bo‘ladi.

? @kitoblar_apk

1 year, 5 months ago

? Akrom Malik
? "Halqa"

*“Halqa” qissasidagi voqealar oxirgi yuz yillikda bo‘lib o‘tadi. Qahramonlar qismati sizni goh Malayziya, goh Hind ummoni, goh Hind o‘lkasi, Afg‘on sahrolari, qadim Turkiston zamini, Bolqon yarimoroli va Uyg‘ur diyorlariga yetaklaydi. Iymon va kufr, mo‘min va shayton orasidagi kurash, zolimning halokati, mazlumning saodati haqida hikoya qiladi.

O‘sha dahriy tuzumdagi adabiyot Xudodan ajragan holatda bo‘lgani hech kimga sir emas. Sovet tuzumi iymon eʼtiqodni cheklagani uchun, ongi bichilgan adabiyot yuzaga kelganini, kitob bayon qilmoqda. "Millat o‘zligini tanishga intilar ekan, Xudoni tanishga majbur" deydi kitob muallifi Akrom Malik. O‘quvchi bu qissadan o‘zgacha ibrat olishidan umidvormiz!*

? @kitoblar_apk

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago