Hikoyalar (G&M)

Description
Eng zo'r, sara, tarbiyaviy va sevimli @Hikoyalar shu yerda

📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇
https://t.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A
👆 ni bosing va OK.
Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!
Advertising
We recommend to visit

🔞КАТТАЛАР УЧУН!

🇺🇿 ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!

Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:👉 @SaraXabar_Aloqabot

Реклама: @SaraXabarda_reklama

Last updated 1 month, 3 weeks ago

🕵🏻‍♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!

🔞 КАТТАЛАР УЧУН!

‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_murojaatbot

💰 Реклама: @Xokimbuvareklama

Last updated 3 days, 14 hours ago

🇺🇿 КАТТАЛАР УЧУН!

🌐 Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!

Yaxshi Yomon - Бизни кузатиб боринг...

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми бизга юборинг: @YaxshiYomon_Bot

☎️ Реклама: @YaxshiYomonda_Reklama

Last updated 3 days, 23 hours ago

2 days, 7 hours ago

Voqealar rivoji oʻqiguvchiga ma'lum: Sanjar oʻldi, Nazokatning yuzlari kuyib ketdi, Sirojiddin esa oilaning barcha mas'uliyatini yosh jussasiga oldi...
                     *      *     *
    Azizxon Nazokatga uylanmoqchi ekanini ayoliga aytolmadi. Qandaydur ichki qoʻrquv yuzaga keldi. Ayoli oʻsha kecha nima dedi: Erim sizga oʻz akangizdek, dedi. Bu nima degani?! Bu men ikki dunyoda ham bunga rozi boʻlmayman degani emasmi?! Lekin Azizxon Nazokatdan koʻnglini sira uzolmasdi. Fikri hayoli unda boʻlib qoldi. Koʻz ochib yumguncha bir oy ham oʻtib ketdi. Azizxon va Mohlaroy birgalashib Nazokatni Toshkentga olib borib yuzini doktorga koʻrsatishdi. Doktor Nazokarni yuzlarini paypasladi.
   - Yaxshi... Nervlari toʻlaqonli oʻlmagan.
   - Bu nima degani doktor?
   - Yuzini tuzatsa boʻladi. Nervlari tirik. Agar nerv boʻlmaganda edi. Plastik operatsiya ham bu singlimizga umuman yordam bermas edi. Shukrki nervi tirik ekan.
Nazokat yigʻlab yubordi.
   - Nahotki yuzim oldingidek boʻlsa?!
Doktor mamnun qiyofada jilmaydi. Avval Azizxonga, keyin Nazokatga qaradi.
   - Oldingidan-da goʻzal boʻlasiz singlim! Inshaalloh!
   - Inshaalloh!
Nazokat uzoq davom etgan jarrohlikdan oʻtdi. Yuzini bir necha kunga bint bilan oʻrab tashlashdi.
   - Yaxshilab bitib olishi kerak... Hujayralar bir biri bilan bogʻlanib olishiga vaqt ketadi. Yangi teriga, tanadagi terisi moslashishi kerak.
   - Tushunarli doktor, rahmat.
   - Azizxon... Operatsiya juda koʻngildagidek oʻtdi. Sizga qoyilman harajadi juda koʻp boʻldi. Barini qopladiz. Bir begona ayol uchun... Har kimning ham qoʻlidan kelmaydi bu ish...
Azizxon indamadi. Oʻziga tikilib turgan doktorga qaradi.
   - Oʻgʻli oʻgʻlimdek boʻlib qolgan. Yaxshi shogirdlarimdan... Savob ham kerak-ku aka...
   - Haaa... Mayli-da. Alloh dargohida qabul qilsin.
   - Amiyn.
Bir necha kun oʻtgach Nazokatning yuzini ochdilar. U haqiqatda avvalgidanda goʻzallashib ketgan edi.
Nazokatning koʻzlari quvonchdan porladi. Minnatdor qiyofada Azizxon bilan Mohlaroyga qaradi.
   - Rahmat... Bir umrga minnatdorman. Azizxon aka tani joniz sogʻ boʻlsin. Opam bilan uzoq yil birga boʻlinglar! Opa sizga ham rahmat!
   - Arzimaydi asalim... Juda goʻzalsiz. Yomon koʻzlardan Allohni oʻzi saqlasin sizni.
Nazokat yigʻladi. Bu koʻz yoshlari quvonch koʻz yoshlari edi. Oynadagi oʻzining goʻzal aksiga qarab yum-yum yigʻladi. Mohlaroy va Azizxon esa, uning bu holatini soʻzsiz kuzatib turishar edi.

10-QISM TUGADI.

Usmonaliyeva Munira.
22.12.2024.            11:45

2 days, 7 hours ago

Bahorning ilk kunlari. Sanjar yarim kechasi gʻirt mast ahvolda uyiga kirib keldi. Nazokat uxlamagan edi. Erining yana ichib kelganini koʻrib yuragi ogʻridi. Jahli chiqdi. Axir qachongacha bu hol davom etadi!
- Yana ichib keldizmi?
Sanjar Nazokatga mastlikdan qizarib ketgan koʻzlarini suzib qaradi.
- Xmmm! Ichdim! Nimaydi? Senga nima?
Nazokat lablarini tishladi. Oyning nurida yuzi yanayam chiroyli boʻlib yorishib ketdi. Koʻzlarida gʻazan uchqunlari porladi.
- Axir qachongacha ichasiz?! Qachongacha bu hol davom etadi?! Har kuni ichyapsiz, har kuni!
Nazokat yigʻlay boshladi. Sanjar pinagini buzmadi. Kalovlnaganicha devanga oʻzini otdi.
- Eee mingʻillab yigʻlamagin... Yot undan koʻra... Uxla!
- Oʻgʻliz 5 ga kirdi. Bola otasini koʻrib tarbiya oladi axir! Sizni holiz bu boʻlsa!
Ichishizni oqibatida uydan baraka, hayr ketdi. Qarzga botib yotibmiz! Kunda kun ora eshigimiz taqqillaydi... Sizga qarz berganlar ostonamizni buzvorishdi! Qachon odam boʻlasiz, axir?!
- Senga ogʻirligi tushyaptimi? Aaa! Seni pulingga ichyapmanmi? Yo Oqpadar akajoningni puliga ichyapmanmi?! Ishing boʻlmasin...
Nazokat battar tutaqdi. Akasini gapirgani alam qilib ketdi.
- Zerikdim! Eshityapsizmi zerikdim! Mana bu yerimga keldi!
Nazokat qoʻlini boʻyniga olib kelib arra qildi.
- Men ham baxtli yashagim keladi. Shunchalik ham oʻzgarasizmi Sanjar aka! Axir qanday yaxshi inson ediz. Butkul oʻzgardiz. Sizni qanday sevardim men...
- Hozirchi? Hozir sevmaysanmi?! Gapir!
Sanjar baqirdi. Oʻrnidan turdi. Uni kayfi ancha tarqab ketgan edi.
- Gapir! Oʻynash topvoldingmi oʻzingga! Gapir deyapman!
- Oʻynash sizda boʻladi! Esiz joyidami? Nimalar deyapsiz?! Qanaqa oʻynash topaman?! Ichishizdan zerikdim deyapman. Uyda halovat yoʻq deyapman. Baraka yoʻq deyapman. Oldingi erim yoʻq deyapman!
Nazokat yana yigʻlab yubordi. Sanjar ham biroz oʻzini bosib oldi.
- Ichib kelib seni chertmasam ham hatto. Toʻyimizga 6 yil boʻldi. Senga biron marta qoʻl koʻtarmadim. Soʻkmadim. Haqorat qilmadim. Bazilarni eriga oʻxshab xoʻrlab doʻpposlamadim. Haydamadim. Nega noliyverasan, Nazo?!
- Ichmang... Oldingi holizga qayting... Iltimos...Sizni sevaman. Eshityapsizmi sevaman. Farzandimizni oʻylang, u sizdan oʻrnak oladi axir. Meni oʻylang, oyijonimizni oʻylang... Ular ham ancha siqilib qoldilar. Alloh saqlasiz bir kasallik orttirib olsangiz, biz nima qilamiz keyin?
Sanjar indamadi. Joyiga borib yotdi. Birozdan soʻng uxlab qoldi...

Vaqt oʻtdi. Sanjar katta qarzga botib qoldi. Uni sudga berdilar. Kamida 15 yilga qamalib ketishi mumkin edi. Oxiri boʻlmadi misqollab yigʻib terib mehr berib qurgan uyini sotdi. Mashinalarini ham sotdi. Qarz qoplangach qarz bergan kishilar arizalarini qaytarib olishdi. Sanjar qamoqdan qutilib qoldi lekin bor budidan ayrilgan edi. Aytishadiki, erkak kishini 3 ta narsa xor qiladi: Nomahram ayollar, qimor va ichkilik. Sanjarni ichkilik harob qildi. Xor qildi. Bir onda kambagʻalga aylandi. Ishi orqaga ketgan edi. Bir nechta ustaxonada ishlab koʻrdi. Hecham biri ikki boʻlmasdi. Nazokat ham erining yonida turdi. Boy payti eri bilan yashab boshiga ish tushganida tashlab ketgisi kelmadi. Ketgani bilan qayerga ham borar edi. Onasi miyasidan rak boʻlib qolgach togʻasi uyni sotib davolatdi. Tuzalgach oʻzi bilan olib ketdi. Nazokat shu uyda eri bilan qolishga majbur edi. Sanjarni baribir koʻzi ochilmadi. Ichishni tashlamadi. Bu safar u alamidan ham icha boshladi. Hech bir ishga yaramay qoldi. Nazokat bozorga chiqib meva chevalar, sabzavotlar sota boshladi. Sirojiddin ham maktabdan kelib onasiga qarashar edi. Topgan tutganlari roʻzgʻordan ortmasdi. Enaxon ayaning nafaqasi esa uy toʻlovlariga, soliqlarga ketar edi. Sanjar uyda oʻtirib qoldi. Bir ishni boshini tutmadi. Xotini pul olib kelsa darrov olib koʻchaga chiqib ketar, yarim kechasi oyoqda turolmaydigan holda mast boʻlib qaytar edi...

2 days, 7 hours ago

Inodatlarimni qoʻlimdan kelganicha, Alloh qodir etganicha bajardim. Nega men bunday jazolanyapman, dedi bir kuni u Mohlaroyga.
- Jonim... Tushkunlikka tushmaylik. Bu jazo emas, imtixon. Ha, imtixon. Alloh suygan bandasiga imtixon berarkan. Shu imtixondan oʻtib olsak bas, Alloh bizga ham farzand beradi, Inshaalloh.
Mohlaroy erining quchogʻiga kirdi. Boʻynidan quchdi.
- Men ishonaman. Allohning bizga ham atagan ajrlari, mukofotlari bisyor. Ozgina sabr qilaylik, xoʻpmi jonim?
Azizxon ayoling peshonasidan oʻpdi.
- Mohim meni! Borizga shukr... Albatta... Sabr qilamiz, duo qilamiz. Bizga ham farzand degan ne'matini berishini Xudodan so'raymiz.

Mehmonlar oʻtirdilar. Azizxon Nazokatga qaradi. Yuragi yana allaqanday ura boshladi. Ajib his! Ovqat tortildi. Taomlandilar. Turli mavzularda suhbatlashishdi. Mohlaroy Nazokatga qarab gap boshladi.
- Goʻzal ayol ekanligingiz qosh koʻzlaringizdan ma'lum. Ular hamon porlab turibdi. Yuzizni jarrohlik yoʻli bilan tuzatsa boʻlarmikan?
Azizxon avval Mohlaroyga keyin Nazokatga qaradi. Nazokat hijolatli jilmaydi.
- Doktorlar boʻladi, deyishdi. Faqat unga koʻproq pul kerak ekan. Bizni yashash tarzimiz uncha yaxshi emas... Inshaalloh oʻgʻlim katta yigit boʻlib ishlari yurushib ketsa, balki oʻshanda...
Azizxon gapga aralashdi.
- Bunaqasi ketmaydi. Tuzatsa boʻladigan narsani kechiktirmaslik kerak. Axir qachongacha odamlardan yuzizni berkitib yashaysiz?
Azizxon Mohlaroyga bir qarab oldi.
- Men oʻzim sizni operatsiya qildiraman. Yaxshi plastik jarroh tanishim bor. Rozi boʻlsangiz bir oylarni ichida poytaxtga borardik.
Mohlaroy erining bu gapidan suyunib ketdi.
- Juda toʻgʻri oʻylabsiz! Sirojiddin bizni oʻz oʻgʻlimizdek boʻlib ketdi. Uning onasi ham bizga endi begona emas.
Enaxon ayaning koʻzlari porladi. Lekin indamadi. Kelining javobini kutdi. Nazokat juda uyaldi. Yuzini yerga qaratdi.
- Hijolat boʻlaman. Oʻzi bizga juda koʻp yaxshiliklar qildiz... Alloh rozi boʻlsin. Lekin bu taklifizni qabul qilolmayman, uzr.
Mohlaroy Nazokatning yoniga oʻtdi. Qoʻllaridan ushladi.
- Nazokat singlim... Mendan 2 yosh kichik ekansiz. Bizni Azizxon akam bilan yoshimiz teng. Ikkalamiz uchun ham xuddi singlimizdeksiz. Aka oʻz singlisiga yordam bermaydimi, xoʻsh? Siz meni opangiz, erimni esa oʻz akangizdek koʻring. Chin koʻngildan aytyaptilar, yordamlarini qabul qiling.
Azizxon ayolining gaplaridan oʻngʻaysizlandi. U zimdan eriga Nazokatga faqat akalik qila olasiz xolos, degandek ma'noda gapirib ketgan edi. Azizxon buni payqadi. Mohlaroy anchadan beri erini gʻalati ahvolda ekanligini sezib yurardi. Ayolni koʻngli shunday yaralganki u hamma narsani seza oladi. Ayollarda 6-hissiyot kuchli boʻladi. Mohlaroyda ham shunday. U erini ancha oʻzgarganini sezar, tez-tez erining ogʻzidan Nazokatning ismini eshitar, lekin bir soʻz demas edi. Bugun mehnonga kelishganda ham, erining koʻzi Nazokatda boʻldi. Mohlaroy uchun buni koʻrib turish va jilmaya olish ogʻir edi. Chunki u erini sevar edi va uni Nazokatdan ich-ichidan qizgʻonsada, buni iloji boricha sezdirmaslikka tirishar edi. Hozirgi erimga singil boʻlasiz, degan gapini ham atayin gapirgan edi. Nazokat buni sezmagan boʻlsada, Azizxon sezdi. Ayolining nima demoqchi ekanini payqadi. "Mohim anoyilardan emas, osonlikcha rozi boʻlmaydi..."ichida oʻyladi Azizxon.
- Ha... albatta. Biz sizni xurmat qilamiz Nazokatxon. Tuzalib ketsangiz hammamiz birdek suyunamiz.
Nazokat bazoʻr rozi boʻldi. Enaxon aya ham suyindi, Sirojiddinni ogʻzi yopilmay qoʻya qoldi.
- Mayli Siroj, yaxshi boʻlib qolgan boʻlsang ertaga ishga chiq.
- Xoʻp Azizxon aka! Rahmat kattakon.
- Arzimaydi.
Mehmonlar ketishdi. Nazokat oʻgʻlini uxlatgach oyna oldiga kelib oʻtirdi. Yuzini ochdi. Chap yuzi, iyyaklari, boʻyni tamoman burishib ketibdi. Toʻgʻri qizarishlari ketgan lekin oʻrni xunuk boʻlib qolgan edi. Nazokat oʻsha joylarini bsrmoqlari bilan asta paypasladi. Yigʻladi. Bir Azizxon akaning gapiga xursand boʻldi, bir oʻzining ahvoliga achinib yigʻladi...

1 week ago

Sanjar hayron qoldi. Qizlar shunchalik soddami?! Gʻirt begona yigit klipmakerman desa ishonib ketaverishadimi, isbotning qani deyishmaydimi? Tavba... Bu qizlarni Kamolni oʻzi yollaganini bechora Sanjar qayerdan ham bilsin?! Kamolning yolgʻondan qilgan oʻyiniga u chippa chin ishondi, qoldi.
    - Qani olsinlar endi!
Kamol bir piyolani toʻlatib aroq quydi. Sanjar uni bir koʻtarishda simirib ichib yubordi. Ichdiyu koʻngli agʻdarilay dedi. Ichida olov yongandek badani qizidi. Bir muddatdan keyin boshi xuddiki uchib ketayotgandek gʻalati aylandi. Kamol yana bir piyolani toʻldirib Sanjarga uzatdi.
   - Buniyam olib qoʻying, boy aka!
   - Bitta deganding xolos-ku, boʻldi boshqa ichmayman!
   - Iyaaa, unaqamasda. Bitta ichding qolgani endi hech narsa qilmaydi, ol qani!
Sanjarning bu safar ichgisi keldi. Kamolning qoʻlidagi piyolani olib yana ichdi. Yana... Yana... Yana...
   Gʻirt mast ahvolga tushdi. Tinmay aljiray boshladi. Doʻstlari uyigacha mashinalarida olib kelib qoʻyishdi. Sanjar uyining darvozasini ochganicha muttasil aljarigan koʻyi ichkariga kirdi. Uydan Enaxon aya otilib chiqdi. Keyin Nazokat ham xonasidan chiqdi. Ular birinchi marta Sanjarni bunaqa ahvolda koʻrishlari edi. Enaxon ayaning yuraklari ezilib ketdi. Bolasiga kuyinib tinmay javrardi.
    - Bu nima ahvol?! Bu nimasi endi bolam?! Shunchalik ham boʻladimi axir?! Sen ichmasding-ku?  Nima jin urdi senga?!
Sanjar tik oyoqda turganicha aqa-baqa chayqaldi. Koʻzlari mastlikdan zoʻrgʻa ochilganicha, aljiradi.
   - Toʻgʻri....t..tttt toʻgʻri oyijon! Ichmasdim! Garovda yutkizdim. Ichishga majbur boʻldim! Siz....siz... Tashvishlanmang. Boshim otilib ketay deyapti. Bitta yotib uxlab tursam yaxshi boʻlib qolaman!
Sanjar shunday deganicha Nazokatning oldiga bordi. Nazokat erining ahvolidan biroz qoʻrqdi. Beixtiyor orqaga tisarildi. Sanjar toʻgʻri devanga oʻzini tashlagancha pishillab uxlab qoldi...

7-QISM TUGADI.

Usmonaliyeva Munira.
18.12.2024.           1:06

1 week ago

Enaxon aya behad suyundi. Endi uning ham nabirasi bor. Uni jajji qo'llaridan tutib mahalla koʻchalarini aylantiradi. Oʻgʻliga bergandaqa mehr beradi. Avaylab parvarishlaydi...
Nazokatning ahvoli birmuncha yaxshi. 3 kun tugʻruqxonada yotishdi. Va nihoyat uyga javob boʻldi. Sanjar uyga qori domlani chaqirtirib chaqaloqning qulogʻiga azon ayttirdi. Ismini Sirojiddin deb qoʻydilar. Elga dasturxon yozib katta ziyofat qilindi. Sirojiddinning istiqboli uchun duolar boʻldi. Sanjar aka mana bir oydirki yangi avtoservis ochish ishlari bilan yuribdi. Uncha uyga kelolmay ham qoldi. Jamisi boʻlib shaharni ichida 4 avtoservis va 2 ta avtomoyka ochdi. Barchasida ishchilari, shogirtlari ishlaydi. Kunlar shu zaylda bir tekis ketar edi. Lekin Sanjarning birgina qilgan xatosi butun umriga, nafaqat oʻzinikiga balki butun oilasiga ham oʻz taʼsirini koʻrsatdi...

Sanjar doʻstlari uchun ziyofat uyushtirdi. Barcha doʻstlar ham kitoblarda maqtalgani kabi samimiy, fidoyi boʻlmaydi. Ba'zilarini ichida gʻalamisi, ichi qora koʻralmaydiganlari ham boʻladi. Ular seni qachondir yiqilib yoyinki qoqilib xato qilishingni kutishadi. Ba'zilar sen uchun maxsus choxlar qaziydi. Sen unga tushib yiqilishing uchun albatta. Sanjarning ham shunday nomard doʻstlari ham bor edi. Ziyofat juda quyuq boʻldi. Sanjar ichkilik ichmasdi, u hatto chekmasdi ham... Bir doʻst - Komil yoniga kelib oʻtirdi.
- Ha ogʻayni, boplading,malades! Mazza qildik! Rahmateee...
- Eee qoʻysangchi! Meni davrimda yayranglar deymanda, oshna!
- Haaa vasheee yayrayapmiz... Nimaga ichmayapsan bizga qoʻshilib? Yo xotiningdan qoʻrqasanmi, a? Yo xolam burchakka turgʻazib qoʻyadilarmi?
Atrofdagi yigitlar xiring-xiring qilib kulishdi. Ularning deyarli yarmi gʻirt mast ahvolda edi.
- Yoʻq... Hech kim urishmaydi. Men oʻzim ichmayman, xohlamayman.
- Xoʻp... Unda bunde qilamiz, oshna... Garov oʻynaymiz yutqazzang bir piyoladegini oppoq qilib olasan! Agar biz yutqazsak, mana bu ziyofatingni pulini oʻzimiz toʻlaymiz, toʻgʻrimi bollar?!
Yigitlar baravariga "ha!"deb baqirishdi. Sanjar biroz oʻylanib qoldi. "Yutqazsam bir piyola odamni oʻldirvormas..."deb oʻyladi.
- Mayli... Qanaqa garov?
Boyagi yigit atrofga qaradi. Orqadagi stolda 2 ta qiz oʻtirardi.
- Mana bu qizlarni nomerini ololsam yutqazasan, agar ololmasam men yutqazaman, boʻladimi?
Sanjar ortiga oʻgirilib qizlarga qaradi.
- Yengiltak qizlarga oʻxshaydi-yu, nomerini berishi kundek ravshan...
- Xoʻp unda ana shu qizlardan pul undirib kelaman. Har biridan 100 mingdan olaman. Qale?! Bir sinab koʻramizmi? Agar pul bersa yutqazasan-da bir piyola aroq ichasan, agar pul bermasa men yutqazaman. Ziyofatni pulini, mayli, oʻzim toʻlayman.
Sanjar oʻyladi. Unga ham bu oʻyin qiziq tuyuldi.
- Mayli, roziman!
- Mana bu erkakcha gap boʻldi!
Kamol oʻrnidan turib qizlar oʻtirgan stolga borib oʻtirdi. Koʻpi bilan 10 minutcha suhbatlashdilar. Keyin ikkala qiz ham Kamolga 100 ming sanab pul tutqazdi. Buni bu yoqda koʻrib turgan yigitlar quvlik qilib qiyqirishdi. Kamol pullarni olib qizlar bilan quyuq xayrlashdi.
- Mana yigitni guli koʻrib qoʻy akangni mahoratini!
Yigitlar xiringlashdi.
- Ooo Kamolbek, malades!
- Tasannolar!
- Qanday olding eee?! Nomerini ham berdi, a?
- Nomer ham, pul ham oldim.
Kamol shumshayib qolgan Sanjarga qaradi.
- Qani yigit va'daga vafo qilingchi?
- Qanaqa qilib olding?
- Eee bu juda oddiy. Hozirgi qizlar mashhur boʻlishni orzu qilishadi. Men shu orzularidan foydalandim, xolos. Ularga men klipmakerman yaqinda bir taniqli yulduzni klipini suratga olaman ikkita qiz kerak dedim. Ular tabiiyki bizni olmaysizmi deyishdi. Men albatta olaman, faqat rasmiyatchilik uchun ozgina xarajati bor dedim. Qancha deyishgandi 100 ming dedim. Ular nomerlari bilan qoʻshib pulni berishdi! Tamom vassalom!

1 week ago

Akbar tor ko'chalardan daydib-daydib oxiri tog'asining uyiga yetib keldi. Atrofga boqdi. Uy hamon o'sha-o'sha umuman o'zgarmabdi. Ana o'sha naqshinkor darvoza... Ko'chada kichikkina gulzor bor. Unda atirgullar ochilib yotibdi. Akbar bolaligini esladi. Bolaligida tog'asinikiga koʻp kelishar edi. Gulzorga tushib tog'asi ekkan gullarni uzib, yaproqlarini hammayoqqa sochardi. Togʻasi esa " Ha shoʻx bola-ya! Quloqsiz bola-ya! Opamni arzandasi bo'lmaganingda o'zim bilardim nima qilishni!" Deya yengilgina tanbeh berib qo'yardi. Akbar barchasini xotirladi. Tog'asining uyiga tomon asta-asta qadamlarini bosib kirib keldi.
- Nosir Tog'oo! Nargiza kelinoyi! Nosir tog'a!
Ichkari uyning eshigi ochildi. Ichkaridan boshiga mayda gulli ro'molini o'raganicha onasi Hamida opa chiqib keldi. Akbarning eti uvishib ketdi. Onasini ko'rib ko'ngli allanechuk to'ldi. Bo'g'ziga bir narsa tiqilib qoldi. Hamida opa o'g'li tomon qadam tashlab kelar edi... Oxiri ko'zlar to'qnashdi. Nafaqat ko'zlar balki ko'ngillar ham to'qnashdi. Hamida opa qarshisida turgan, sochlarining yarmiga yaqini oqarib, yuzlari darddan oqarib ketgan kishini koʻrib kelayotgan yoʻlida taqqa toʻxtadi. Avvaliga taniyolmadi. Soʻng uning koʻzlariga boqdi. Ancha tikilib turdi. Akbar ham onasiga tek qarab turar bir soʻz deyishdan ojiz qolgan edi...

Sanjarning avtoservisi shaharda juda mashhur boʻlib ketdi. Mijozlari ham sezilarli darajada ortdi. Ishlari yurishgandan yurishdi. Hammasi zoʻr... Hammasi joyida. Nazokatni kecha dard tutib qolgach Enaxon aya va Sanjar birgalashib uni tugʻruqxonaga olib bordilar. Yarim kechasi tungi 3 yarim boʻldi hamki hech kim xabar bermadi. Sanjar mashinada uxlab qoldi. Enaxon aya esa kelinini haqqiga duo oʻqib skameykada oʻtirar edi."Ishqilib eson-omongina qutulib olsinda..."
- Muhammedovaga kim?
Ichkaridan hamshira qiz chiqdi. Uni koʻzlarida quvonch porlardi.
- Men... Oʻgʻlim mashinada...
Enaxon aya oʻrnidan hayajon bilan turdi.
- Tabriklayman xolajon! Oʻgʻil nabirali boʻldingiz! Polvondek tugʻildi oʻziyam. 4 yarim kilo!
- Voy Allohga shukr! Voy bergan ne'matingga shukr Parvardigorim!
Enaxon aya yigʻlab yubordi. Koʻzlaridan quvonch yoshlari quyilib oqar edi.
- Voy aylanay... Mana bu sizga suyunchi bolam!
Enaxon aya choʻntagidan pul chiqarib hamshira qizga uzatdi.
- Voy xolajon keragi yoʻq edi...
- Unaqa demang bolam. Chin koʻngildan beryapman. Meni shunday xabar bilan xursand qilasiz-ku, sizdan suyunchi qizgʻonamanmi?!
Hamshira qiz xursand boʻlganicha pulni olib halatining choʻntagiga soldi.
- Xolajon... Keliningiz tugʻruq payti biroz qiynaldilar...
- Voy Alloh saqlasin! Oʻzi tuzukmi?
- Ha hozir uxlab qoldilar. Lekin chaqaloq sogʻlom, baquvvat tugʻildi!

2 weeks ago

Mana oradan 11 yil o'tdi. Og'riqlar ketdi, lekin yaralar o'zidan ancha-muncha chandiq qoldirgan edi. Akbar hamon singlisiga qarab turar. Nazokat opa ham akasiga jim qarar edi. Oxiri Akbar asta singlisi tomon yaqinlashdi.
   - Qalesan singlim?
   - Yaxshiman...
   - Yuzingga nima qildi?
   - Kuyib ketdi...
   - Ichkariga taklif qilmaysanmi? Axir necha yil deganda ko'rishyapmiz...
Nazokat akasining qilgan ishini eshitganida, undan juda qattiq nafratlangan edi. Akasi o'shandan keyin 3-4 marta pul jo'natdi. Hamida opa u pullarni olmadi. Bir tiyinini ham ishlatmadi. U pullarni yetimxonalarga, muruvvat uylariga ehson qilib berib yubordi. O'g'lining o'sha g'arb davlatida yurib topgan harom pullarini ko'rishni ham xohlamas edi. Akbar u pullarni ishlatmayotganlarini eshitgach pul jo'natmay qo'ydi...
    Nazokat akasini uyga taklif qildi.
   - Kiring...
   - Rahmat singlim... Yoʻldan judayam charchab kelgan edim.
Akasi oyoq kiyimini yechaman deb egilgan edi. Bo'yniga osilgan kres(but. Xristianlarning diniy belgisi) ko'rinib ketdi. Nazokatni badani seskandi. Akasiga olazarak bo'lib qaradi. Aka singil yonma-yon o'tirdilar. Bir muddat gapirolishmadi. Keyin sukutni Akbar buzdi.
   - Oyim yaxshimilar?
   - Endi esizga keldikmi aka?
   - Oyim yaxshimilar dedim.
   - Yaxshilar. Tog'am bilan yashayaptilar.
    - Uyimizchi? Uyimizga borsam, boshqa oila ekan. Nega sotdilaring?
   - Majbur bo'ldik. Dadamdan keyin onam rak bo'lib qoldilar. Tog'am uyni sotib, oyimni davolatdilar.
   - Haa... Shunaqa degin.
Ajab! Onasining og'ir hasta bo'lib qolganini eshitsada, zarracha achinish hissi yuzida ham, ovozida ham sezilmasdi.
   - Bir og'iz menga xabar bermabsan-da, pul jo'natardim. Uyni sotishga hojat qolmasdi.
   - Oyim xohlamadilar. Sizdan pul olgilari kelmadi.
   - Tavbaaa...
Akbar singlisining uyiga zimdan razm soldi.
   - Shu harobada yashayapsanmi?
   - Bu haroba emas, uy!
Akbar kuldi. U shunday kuldiki, Nazokat opa akasidan jirkanib ketdi.
   - Shu uymi?! Amerikada itlar ham bunaqa joyda yashamaydi!
Nazokat akasiga g'azab bilan qaradi. Tishlari g'ichirladi.
   - Biz Allohga shukr qilib yashayveramiz. Har holda bu yer Amerika emas.
Akbarda Alloh nomini eshitgan zahoti g'alati bir o'zgarish bo'ldi. Nazokatning nazarida uning yuzi qiyshayib ketgandek tuyuldi. Miyasida anchadan beri turib qolgan savol behos og'zidan chiqib ketdi.
   - Murtad bo'ldizmi, aka?!
Akbar singlisidan ko'zini uzdi. Uy shiftiga qaradi. Nazokat savolini yana berishda davom etdi.
   - Dindan chiqdizmi, kofir bo'ldizmi aka?!
   -Ha!
Akbar g'azab bilan singlisiga baqirdi.
   - Shunaqa qildim! Senga nima?!
   - Bu nima deganiz? Axir...
   - Bu meni hayotim... Xohlagan dinimga eʼtiqod qilishga haqqim bor. Ismimni ham o'zgartirganman.
   - Nima deb?
   - Akbar Allohni nomlaridan biri ekan. U yoqdagilar ismingni ham o'zgartir dedi, Albertga o'zgartirdim. Endi meni ismim Albert!
Nazokatning og'zi lang ochilib qoldi. Qarshisida murtad bo'lgan akasi turar edi. Kofirlikni bo'yniga olgan, Jahannam ahlidan bo'lishni tanlagan akasi turardi. Dadasi Muslim aka Xudo xohlasa shu o'g'lim Allohning eng yaxshi ko'rgan bandasi bo'ladi deya niyat qilib uning ismini Muhammad Akbar qo'ygan edi. Odamlar uni qisqartirib Akbar deya chaqirishardi. U shunday muborak ismni Albertga o'zgartiribdi! Nazokatning ko'zlari yoshlandi. Akasiga nisbatan nafrati yana ortdi.
   - Nega bunday qildiz aka? Axir biz musulmonmizku?!
   - Og'ir ahvolga tushib qolgandim. Elif seni tashlab ketaman dedi. U xristian edi. Onasi qizim bilan yashashni xohlasang diningdan chiqasan dedi. Majbur chiqdim keyin.
   - Nima?! Bir ayol uchun iymonizdan voz kechdizmi aka?! Astagʻfirulloh, Astagʻfirulloh!
Akbar indamadi. U ancha charchagan edi. Singlisiga o'tinch bilan qaradi.
   - Singlim... Iltimos joy solib ber... Rosa uyqum kelyapti. Keyin gaplashamiz, xoʻp.
Nazokat opa yig'lagan ko'yi akasiga joy solib berdi. Akbar Nazokat opa solgan joyga cho'zilganicha pishillab uxlab qoldi. Uning bo'ynida boyagi hoch sovuq yiltirab turar edi...

5-QISM TUGADI.

Usmonaliyeva Munira.
10.12.2024.              13:05

2 weeks ago

Enaxon aya kelinini axtarib oshxonaga kirdi. Nazokat oshxonada osh qilish uchun tayyorgarlik ko'rayotgan edi.
- Voy! Oyijon hayol bilan bo'lib kirganizni sezmay qolibman.
- Chaqirdim... Eshitmay qoldiz shekilli. Nima qilyapsiz, bolam?
Nazokat hijolatli jilmaydi.
- Sanjar akam osh qiling degandilar, shunga harakat...
Enaxon aya kelinini uyalganini bildi. Unga ohista tanbeh berdi.
- Bolam... Erni ismi bilan atash beodoblik bo'ladi. Eriz haqida gapirmoqchi bo'lsangiz "Bular" deysiz yoki "Ular" deb gapiring, xoʻpmi? Boshqa Sanjar aka deganizni eshitmay. Meni o'g'lim sizga aka emas, er bo'ladi. Erni aka deyish yaxshi emas.
Nazokat qilgan xatosidan uyalib yerga qaradi. Asta, mayin ovozda dedi
- Uzr oyijon... Bilmagandim.
- Mayli bolam, hali juda yoshsiz-da! O'zim sizga bilmaganlarizni sekin-sekin o'rgatib boraman. Mayli oshizni qilavering. Ochigʻi bugun men ham juda osh yegim kelayotgandi...
- Xoʻp boʻladi...
Enaxon aya oshxonadan chiqdi. O'z xonasiga kirib biroz cho'zildi. Ko'zini yumib oz-moz pinak qilgandek bo'ldi. Birdan telefoni jiringladi. Enaxon aya norozi qiyofada ko'zini ochdi.
- Kim ekan qoq abedda? Endigina ko'zim ketibdi ekan, essiz.
Enaxon aya telefonini oldi.
- Voy qudam ekan. Hamidaxon nega bunaqa payti hech telefon qilmasdi-ku, tinchlikmikan?
Telefonni ko'tardi. Hamida opa tinmay yig'lardi. Bir so'z demay, piq-piq yig'lardi...
- Hamidaxon, tinchlikmi quda?
- Opa, opajon... Ho'jayinimdan ayrilib qoldik!
Hamida opa o'ksib-o'ksib yig'lar, tinmay "Ayrilib qoldik!"der edi.
Enaxon aya o'tirgan joyidan sakrab turib ketdi. Yuragi uvishdi. Uning ham ko'zi yoshlandi.Telefonda anchagacha yig'lashib turdilar.
- Hamidaxon... Bunaqada mazayiz qochadi-ku, jon singlim, qudajonim! Allohni irodasi ekan, nima ham qilamiz...
- Opa! Meni yolg'iz suyangan insonim tashlab ketdi, bu dunyodan ketdi! Qandoq chidayman!?
Telefon o'chdi. Enaxon aya og'ir-og'ir qadamlar bosib kelinini oldiga kirdi. Nazokat allaqachon oshni damlab qo'ygan edi. Qaynonasini ko'rib quvonib gapirib ketdi.
- Oyijon qareng, xuddi o'rgatganizdaqa qilib damladim! Salat ham qilib bo'ldim! Xudo xohlasa mazza qilib ovqatlanamiz, o'g'liz ishdan kelib qolarlar...
Enaxon aya kelinining quvonch to'la yuziga boqdi. Bir so'z deyolmadi. Qaynonasining bu holati Nazokatning qalbiga g'ashlik soldi.
- Oyijon... Tinchlikmi?
Enaxon aya yig'ladi. Lekin hamon gapirolmasdi. Nazokat battar tutaqdi.Yuragi allanechuk tez-tez ura boshladi.
- Oyijon! Nega indamaysiz?! Nima boʻldi?! Jon oyijon! Ayting!
- Qizim... Nazokatxon... Allohni irodasi ekan.
Nazokat choy damlash uchun qo'liga olgan chinni choynakni qo'lidan tushirib yubordi. Choynak yerga tushib chil-chil sindi. Nazokatning ikki ko'zida birdaniga yosh chiqib ketdi. Jon achchig'ida baqirib yubordi.
- Dadajon! Dadajonim! Yoʻq! Yoʻq! Nega unday bo'ladi?! Nega?! Axir to'yim kuni yaxshi edilar-ku oyijon?! Hatto o'rnilaridan turgan edi-ku?! Nega?! Nega?!
Enaxon aya kelinining bag'riga bosdi. Nazokat boshidan ro'molini yulqib olib,yerga cho'kkalab o'tirganicha o'zini urin yigʻlardi.
- Jon bolam... Unaqa qilmang! Dadangizni ruhlari qiynaladi! O'zizni qo'lga oling!
- Oyijon! Qanday chidayman?! Qanday chiday axir?!
- O'zizni bosing bolam... Og'irroq bo'ling! Allohni irodasiga shak keltirib bo'lmaydi, qizim!
Nazokat rossa yig'ladi. U Akbarning tamoman aksi edi. Ota-onasini juda yaxshi ko'rardi. Ayniqsa dadasini... Muslim aka chet davlatda yurgan paytlari uxlamasdan Xudodan duolar qilib dadasini qaytib kelishini so'rardi. Dadasini quvonchi uchun o'zining orzularidan kechib, yosh bo'lasa turmushga chiqdi. Dadasi undan rozi bo'lib bu dunyodan ketdi. Lekin Akbarchi?! U ota-onasi uchun nima qildi?! Og'ir kunida yonida turish o'rniga, tashlab ketdi...

2 weeks ago

- Agar shu uydan bir qadam chiqib ketadigan bo'lsang, meni ortiq ona demagin. Senday o'g'lim yoʻq meni.
Akbarning butun badani titrab ketdi. Go'yo tanasidan chayon o'rmalab o'tgandek seskandi. Lekin fikridan qaytmadi.
- Ona, meni bunaqa gaplar bilan to'xtatolmaysiz. Ketmasam bo'lmaydi, Elif og'ir ahvolda...
- Seni to'xtatmoqchi emasman. Shuncha paytdan beri sensiz yashab keldik, bundan keyin ham yashay olamiz. Bemalol o'sha Elifingni va qaynanangni oldiga yugur. Lekin seni qaytib bu uyga qadam bosib kelganingni ko'rmay.
Akbar indamadi. Xonasiga kirib bamaylihotir narsalarini yig'ishtirdi. Akbar bolaligidan bemehr edi. Faqat o'zini o'ylardi, na otani, na onani g'amini yer, faqat o'zim bo'lay deb yashardi. Dadasi ish buyurib ketsa, buyurgan ishini qilmas, ko'chadan beri kelmasdi. Ingliz tilini o'rganayotganini ko'rib Hamida opa ham, Muslim aka ham juda quvonishgan edi, "Hayriyat o'g'limizga aql kiribdi. Ilm o'rganyapti" deya suyunishgan edi. Lekin Akbar ingliz tilini ota-onasini rozi qilish yoyinki pul topib ularni boqish, Umra, Hajlarga jo'natish maqsadida emas, o'zi uchun faqatgina o'zi uchun o'rganayotgan edi. Ingliz tilini mukammal o'rganib Amerikaga ketishni va o'sha yerda boy badavlat bo'lib yashash uchungina o'qiyotgan edi. Muslim aka o'g'lim o'qiyapti deb unga deyarli ish buyurmay qo'ydi. Uni tergamas edi. Ko'ngliga qarardi. Nima kerak bo'lsa muhayyo qilar edi. Oxiri nima boʻldiki, Akbar faqat o'zini yaxshi ko'radigan xudbinga aylandi. Ota-onasini oz bo'lsada yaxshi ko'rsada, o'zini ulardan ko'ra ustunroq qo'yardi. U uchun Elif hayoti mazmuniga aylanib qolgan edi. Balki shuning uchundir dadasidan ko'ra, Elifni ko'proq o'yladi...
Ertansi kuni Hamida opa ukasini chaqirdi. Ukasining Kobalt rusumli mashinasi bor edi. Muslim akani birgalashib olib chiqib mashinaga asta yotqizdilar. Hamida opa hamma kerakli narsalarni, dori darmonlarni yig'ishtirib chiqdi. Endi ketmoqchi bo'lib turishgan edi, ichkari uydan Akbar ham yuk to'la so'mkalarini ko'tarib chiqib keldi. Hamida opaning ukasi - Nosir aka jiyanini ko'rib so'rashish uchun unga yaqinlashdi.
- Haaa, jiyan? Yoʻl bo'lsin. Biz bilan borasanmi?
- Yoʻq kecha online chipta olganman. Samolyotdan kech qolaman. O'zlaring boraveringlar.
Akbarning sovuq ohanggi Nosir akaga yomon taʼsir qildi. Eti muzlab ketdi.
- Qayoqqa ketyapsan, jiyan? Dadangni balki bu kunlarni, so'nggi kunlaridir, yonida bo'lishing kerak emasmi?
- Eee, tog'a... Dadamga aytgandim men bilan keting, o'zim davolataman deb, yoʻq deb oyoq tirab turib oldilar. Nima qilishim kerak?! Dadam uchun, davolanishlari uchun...
Akbar cho'ntaklarini kovladi. Bir parcha dollor chiqardi.
- Mana bu pulni onamga berib qo'ying. Dadam uchun ishlatsinlar, yaxshi doktorga davolatsinlar...
- Agar o'lib qolsa, janozasiga ishlatsin, to'g'rimi?!
Nosir aka qizishib ketdi. Akbarga nafrat bilan qaradi.
- Oqpadar!
Nozir aka yuzini chirt o'girganicha mashinasi tomon yurdi. Akbarning qo'lida bir pachka dollor hamon turardi. Nosir aka pulni olmagandi. Akbar turgan joyida qotib qoldi. Tog'asining "Oqpadar!"degan gapi yuragini teshib ketgandek bo'ldi. Qo'lida pulni tutgancha ancha vaqt turib qoldi. Mashina ketdi. Onasi hatto Akbar bilan xayrlashmadi ham! Yuziga ham qaramadi hatto! Akbar o'ziga keldi, pulni onasining xonasiga qo'yib chiqdi. So'mkasini ko'tardi-da, airaport tomon yoʻl oldi...

Nazokat endigina bir haftalik kelin edi. Unga dadasining ahvolini va akasining ketganini aytishmadi. Yangi kelin bo'lsa, ko'ngli buzilmasin deyishdi. Enaxon aya kelinini juda yaxshi ko'rib qoldi. Unga ko'p narsalarni ilinar, bilmaganini sabr bilan, mehr berib o'rgatardi. Nazokat ham baxtdan sarmast edi. Eri Sanjar aka uni jonidan ortiq ko'rar, qaynonasi esi o'z qizidek uni papalar edi.
- Nazokatxon!

3 months, 2 weeks ago

Ибрат

Нафақага чиққан ўқитувчининг ўрнига бошқа муаллима синфга кирди. Дарсни тушунтиришни бошлади. Талабаларнинг биридан савол сўраганди, бошқа барча талабалар кулиб юборди. Ўқитувчи ҳайрон бўлди. Талабаларга қараб ўринсиз кулгунинг сирига етди. Сабаб синфда ҳамма аҳмоқ, ақлан ноқис ҳисоблайдиган талабага савол бергани экан. Дарс тугаб талабалар синфни тарк этадиган маҳал, муаллима ўша талабани чақирди. У билан ҳоли қолиб, қоғозчага ёзилган икки қатор байтни берди ва:
   - Буни исмингни ёдлагандек ёдлаб кел, ҳеч кимга айтма, - деди.
   Кейинги дарсда муаллима ўша икки қатор шеърни ёзув тахтасига ёзди. Уни маъносини,  фасоҳатини тушунтирди. Сўнг уни ўчириб:
   - Ким ҳозирги шеърни ёдлаб қололди, - деб сўради. Ҳеч ким чурқ этмади.
Фақат ўша «иккичи» минг ҳаяжон, ийманиш билан қўл кўтарди. Ўқитувчи:
   - Қани, жавоб бер, - деди. У шеърни ёдлаб берди. Устоз уни кўп мақтади, бошқалар ўрнак олишини айтди. Талабалар бу ҳолатдан ҳайратга тушар, кимдир кеча кулгани учун хижолат бўлар, кимдир ҳайрат билан қарар эди. Бу ҳол ҳафта давомида давом этди. Ўқитувчи у талабани мақтарди. Ўқувчиларнинг у ҳақидаги тушунчалари ўзгара бошлади. У боланинг ҳам руҳий ҳолати ижобий томонга бурилиш ясади.  Ўзига бўлган ишонч уйғонди. Олдинги ўқитувчи ҳисоблагандек ахмоқ эмаслигини англади.
Талабалар билан илмда мусобақа қила олишини, ўз устида ишласа, аълочи бўла олишини билди. Нафақат шу фандан, балки, бошқаларидан ҳам аъло баҳолар ола бошлади. Мактабни яхши натижалар билан битириб, олийгоҳга кирди, сўнг магистратурани битирди. Доктор бўлишни ҳам мақсад қилди.
   У ўқитувчиси ҳақида ёзаркан: «Инсонлар икки тоифага бўлинадилар: бири яхшиликлар калити бўлса, бошқаси унинг қулфидир.  Бирлари сизни шижоатлантириб, қўлингиздан тутиб, умид бағишлайди. Сиздаги дарду аламни ҳис қилади. Ҳаёт йўлингизни белгилашингизга сабаб бўлади.
Бошқалари эса, сиздаги иқтидорни беркитиб, ёмонликларни очади. У сизни  руҳан эзишдан, ўзгалар олдига ерга уришдан, азоб беришдан роҳат туяди. Қанчадан-қанча инсонлар бундай ўқитувчиларнинг қурбонига айланади. Бутун умри ўзини тиклолмай ўтади» деди.

Ғуломжон Саттаров

We recommend to visit

🔞КАТТАЛАР УЧУН!

🇺🇿 ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!

Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:👉 @SaraXabar_Aloqabot

Реклама: @SaraXabarda_reklama

Last updated 1 month, 3 weeks ago

🕵🏻‍♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!

🔞 КАТТАЛАР УЧУН!

‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_murojaatbot

💰 Реклама: @Xokimbuvareklama

Last updated 3 days, 14 hours ago

🇺🇿 КАТТАЛАР УЧУН!

🌐 Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!

Yaxshi Yomon - Бизни кузатиб боринг...

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми бизга юборинг: @YaxshiYomon_Bot

☎️ Реклама: @YaxshiYomonda_Reklama

Last updated 3 days, 23 hours ago