Muhammadjon Yuldoshev

Description
- Shaxsiy rivojlanish
- Maktab boshqaruvi
- Farzand tarbiyasi
- Oila munosabatlari

Bog'lanish uchun: @muhammadjonyuldoshev
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

4 months, 1 week ago

Ajrashishlar oldi olinadigan masalalar

Ayollarga:
1. His-tuyg’ular va ehtiyojlaringizni eringizga vaqtida ayting. Yig’ib turib emas. Birdaniga ko’p narsa og’irlik qiladi.

  1. Erkak kishini doim qorni to’qligiga e’tibor bering, qorni och bo’lsa gaplaringiz qulog’iga kirmaydi, jahli ham tez chiqadi.

  2. Kamroq gapiring, ko’p gap erkak kishiga yoqmaydi, ayniqsa xotinidan eshitadigani.

  3. O’zingizga xos xushbo’y iforingiz bo’lsin. Yoqimsiz ter hidiga e’tiborli bo’ling. Erkakni ayoldan sovutadigan ko’zga ko’rinmas narsalardan birinchisi shudir.

  4. Haddan tashqari ko’p rashk qilmang. Oilada o’zaro ishonch bo’lishi kerak. Yuqorida hammamizning kuzatuvchimiz bor.

  5. Tergayvermang. Qayerdasiz?, kim bilan?, tushlikka nima yedingiz?, nega kech qolyapsiz?, - deb telefon qilavermang. Atrofdagilari oldida sizga hisobot beraman - deb hijolat bo’lib qolmasin.

  6. Farzandlarni deb eringizni e’tiborsiz qoldirib qo’ymang.

  7. Oilaviy nizolarni uydan tashqariga olib chiqmang.

  8. Eringizning pullarini va sirlarini mahkam saqlang. Pullarni ishlatib, sirlarni aytib qo’ymang).

  9. Erkak kishi ozodalikni ko’rsa yayraydi. Ayniqsa uyda. Ozodalikka, sarishtalikka e’tiborli bo’ling.

  10. Qiyin kunlarda sabrli bo’ling. Eringizga dalda bo’ling. Eng yomoni “ - Bitta ishni eplolmaysiz, sizga tegib nima ko’rdim o’zi?” - deyishdir. Oxirat kuyib ketadi.

  11. Jahli chiqqanida og’ir bosiqlik va nafosat bilan gapiring. Jahldan tez tushadi.

  12. Eringizning ayblarini yashiring, farzandlaringizga uni viqorli, fasohatli qilib tasvirlang. Bolalar uchun eng ideal odam otasi bo’ladi shunda.

Xullas, bir so’z bilan itoatli bo’ling.

Aslida masalalar ko’p, dolzarblarini yozdim.

Shayx Yusuf Xattor Muhammadning Oila saodat maskani kitobidan foydalanildi.
P.S. Ayolimga nasihatlarim, desama??
Muhammadjon Yuldoshev

5 months ago

Olishdan ko’ra berish
Ajrashishlar soni 2023 yilda 49,2 mingga yetdi. (Manba). Atrofimda ham ajrashgan tanishlarim yetarlicha.

Buni bartaraf etish uchun majlislar, chuqur islohotlar shart emas. Har kim o’z uyida oddiy narsalarga ozgina e’tiborliroq bo’lsa bas.

Erkaklarga:
1. Uyda telefon o’ynamang. E’tiborni juftingizga va bolalarga qarating. Ishxonada shuncha o’ynaganingiz yetar.

  1. Eshituvchi bo’ling. Ayollarning iltimoslarini qilib bermasangiz ham eshitganingizni o’zi ular uchun baxt. Javobingizdan ko’ra tinglashga e’tibor qarating, ularning hissiyotlarini tushunishga harakat qiling.

  2. Hissiyotlaringiz va fikrlaringizni ayolingiz bilan baham ko’ring, ichingizga yutib yurmang, vaqtida aytib ochiqlab oling.

  3. Uy ishlarida va bolalarga qarashda ayolingizga yordam bering. Hammasini tashlab qo’ymang.

  4. Ko’proq tabassum qiling. Jahlingizni ko’rsatavermang. Qattiqqo’l emas, qat’iyatli bo’ling.

  5. Moliyaviy qarorlar, bolalar tarbiyasi va hayotiy muhim masalalarda ayolingizning fikrini eshiting va qarorlarni birga qabul qiling.

  6. Oilaviy ishlarga tashqaridan odam aralashtirmang, amma-xola, amaqi-tog’a, aka-singil, adajon-oyijonlar, hech kimni. Bu ikki kishi masalasi.

  7. Ayolingizning xatolarini hech kimga aytmang, oila a’zolaringiz oldida uni urushmang, uyaltirmang. O’zaro hal qiling.

  8. Ko’proq maqtab turing, siz va farzandlaringizga qilayotganlarini e’tirof eting.

  9. Hadeb ayblayvermang, aybni o’zingizdan ham qidiring. Avval u kechirim so’rasin, keyin men demang. Tashabbusni qo’lingizga oling. Oliyjanob bo’ling.

  10. Ayolingizdan kutuvlaringizni kamaytiring. Olishdan ko’ra ko’proq berishga intiling.

Ayollar uchun ham yozamiz.
Baxtli bo’ling
Muhammadjon Yuldoshev

5 months ago

- Uylanmoqchiman, soliha qizlarni qayerdan topsam bo’ladi?

Soliha qizlarni izlamang, solih erkaklarni qidiring, ularning uylarida soliha qizlar bo’ladi.

- Ularni qayerdan topaman?

Ta’lim maskanlari (universitet, maktab), masjidlar, kutubxonalar, kitob do’konlari, katta oilaviy yig’inlar, to’y-marakalar, va ilmiy suhbatlardan. Xullas, yo qizni topasiz, yoki erkakni.

Bu joylarda hozir bo’lish kishidan avvalo o’zining ham yaxshi inson, ilmga chanqoq, va o’zgarishga tayyor bo’lishini talab qiladi. O’zgarish o’rganish demakdir. O’zingizni isloh qilishdan boshlang. Yaxshi odam yaxshi qizni jalb qiladi.

- Yanachi?

Kriteriyalarni yumshating. Chiroyli, baland bo’yli, oppoqqina, aqlli, odobli, tarbiyali, oliy ma’lumotli, 5 ta tilni biladigan, kitobxon, pazanda, mehnatkash bo'lsin, yana yoshi mendan 4 yosh kichkina bo’lsin, har doim kulib tursin, jahli bo’lmasin, kirishimli, bolajon, quvnoq bo’lsin, - demang. O’zingiz unaqa emassiz. Ayrim kamchiliklarga ko’z yuming. O’zingizga mosi duch keladi. Muhimi uni farzandlaringizga ona sifatida ko’ra olyabsizmi?

- Bo’ldimi? Yana nimalar qilay?

Sabr va duo qiling. Ko'p hollarda soliha qizni topish sabrni talab qiladi. Qidiruvingizga duo bilan yondashing. Tahajjud o’qiydigan qiz tahajjudda so’raladi. Har bir narsa o'z vaqtida bo'ladi, xavotirlanmang.

Halol va aniq maqsad bilan yondashing. Yolg'on va manipulyatsiya qilmasdan, to'g'rilik bilan muloqot qilgan odamga yaxshi qizlar ham ishonadi. Sovchi va tanishlar orqali izlang. Bunda qizning oilasi, kelib chiqishi va qadriyatlari haqida ko’proq ma'lumot olish oson bo’ladi.

Baxtli bo’ling
Muhammadjon Yuldoshev

5 months ago

Ilmning qadri qadimdan baland bo‘lgan. Imom Buxoriy birgina hadisni o‘rganish uchun ikki oy yo‘l bosgan. (Al-Khatib al-Bag‘dodiy)

Bugun esa ilm qo‘lda — internet orqali oson erishamiz. Ammo tez unutamiz ham.

Google bor ekan, ustozlar bergan ilmni chuqur qabul qilmay qo‘ydik. Ularni qadrlamay qo’ydik. O’zimizcha bilag’onmiz.

Bilish — ko‘rgan bilan cheklanmaydi. Ustozlar hayotiy tajribani o‘rgatadi, bilganimizni to‘g‘ri qo‘llashni ko‘rsatadi. Internet esa qalbga singdirib, bilimning ruhini bera olmaydi.

Hozirgi darajangizga yetishishingizda ustozlarning hissasi bor. Qadrini bilmaganlar esa bilim cho‘qqilariga erisholmagan.

“Ustoz — qalblarni nurga to‘ldiruvchi buyuk yo‘lboshchi.” (Imom G‘azzoliy).

Ustozlarni qadrlaylik.
Bayramingiz muborak, aziz murabbiy.

Muhammadjon Yuldoshev

5 months, 1 week ago

Ayollar va ish

Ayollar ishlamasinlar, demaymiz. Deyolmaymiz.
Chunki har birining o'z hikoyasi bor.

Ammo ularni ishlatadiganlarga gapimiz bor.

Ishdan ertaroq uyga qaytsinlar. Ish soatlari erkaklarnikidan kamroq bo'lsin. Farzandlari, oilasi bag'riga tezroq borsinlar.
Ertalab barvaqt kelishingiz kerak deb shoshirmaylik. Eriga, bolalariga osh-ovqatini berib, oila davrasida ovqatlanib kela olishlariga sharoit qilib beraylik.
Oyliklari erkaklarnikidan kam bo’lmasin.
Og'ir vazifalar yuklamaylik. Yengil va osonlarini beraylik.

Jahon Mehnat Tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, ayollar ko'pincha og‘ir mehnat talab qilinadigan, kam haq to‘lanadigan ishlarga jalb qilinadi, bu ularni qo‘shimcha qiyinchiliklarga olib keladi.
Ayniqsa, oilali va bolali ayollarda ish va oila o’rtasida balans topishda qiynalish kuzatiladi (Manba)

2023 yilda farzandli ayollarning ishchi kuchidagi ishtiroki 64,5% bo‘lganligi qayd etiladi. (Manba)

Biz gender tengligi deb ayollarni uydan olib chiqdik. Farzandlari va eriga xizmat qiladigan ayolni qul deb atadik. Kuniga 100 lab mijozlarga xizmat qiladigan ayollarni zamonaviy deb maqtadik.

Mayli dedik. Hop dedik. Keling endi ularni qiynamaylik.Ayollarga yengillik bering. Oilasiga va o'ziga ham vaqt ajratish uchun imkoniyat bering

Olim yetishtirgan onalar, Murat Tosun va ILOSTAT dan foydalanildi.Muhammadjon Yuldoshev

5 months, 1 week ago

Suhbatni qizitadigan oddiy sir: Parroting

Suhbatda gap tugab qolsa, nima qilasiz? Leil Lowndesning "parroting" usuli sizga aynan shu paytda yordam beradi.

Parroting — bu suhbatdoshingizning oxirgi so'zlarini savol ohangida takrorlash texnikasi. Masalan, sherigingiz "Bugungi uchrashuv juda qiziqarli bo’ldi,” desa, siz: "Qiziqarli bo’ldi?” deb javob berasiz. Natijada, suhbatdosh gapini davom ettirib, o'z fikrini yanada kengaytiradi.

Tadqiqotlarga ko'ra, odamlar ko'proq gapirgan paytda o'zlarini yaxshi tinglangan deb o'ylashadi. Lowndes shunday deydi: "Sizni ajoyib suhbatdosh deb hisoblashlari uchun ko'p gapirish shart emas — faqat ularga gapirishga imkon bering."

Suhbat qotib qolsa, parrotingni sinab ko'ring — natijasi hayratlanarli!

Leil Lowndesning How to talk to anyone
kitobidan foydalanildi.

Muhammadjon Yuldoshev

7 months ago

O’g’lim kasal bo’ldi. Ukolga bordik.
Tabiiyki, yig’lab berdi kasalxonani boshiga ko’tarib.

Boshqalarga qarab o’rgansin deb, - Qara mana bu kichkina qiz yig’lamayabdi, yaxshi qiz ekan. Seni qara yig’lashingni, shu qizchadan o’rgansang bo’lmaydimi? O’g’il bolayam shunaqa yig’laydimi, e seni qara.

Shunaqa gaplar bilan o’g’limni boshqalar bilan taqqoslab tanbeh berdim.

Keyin ayolim farzandimizni boshqalar bilan solishtirmang, bu yaxshi tarbiya usuli emas, - deb kitoblarda o’qiganlarini gapirib berdi.

Haqiqatan ham bolalarni tengdoshlariga taqqoslash ularda izza qilinganlik, yerga urilganlik, nafrat va hasad tuyg’ularini uyg’otar ekan.

Yana bu kamsitish uning eng ishongan kishilari (ota-ona) tomonidan qilinsa.

Yoshligingizni bir eslang;

- Qo’chqorovni qara doim 5 ga o’qiydi, seni baholaring esa faqat 3. Qanaqa bola bo’lding sen, undan o’rnak olsang bo’lmaydimi?

- Kiyimlaringni qara, nuqul iflos qilib kelasan ko’chadan. Qo’shni Anvarga o’xshab ozoda bo’lib yursang bo’lmaydimi?

- Xoshim ingliz tilidan olimpiadada g’olib bo’libdi, sen esa ingliz tilini “I” harfini ham bilmaysan. Bo’ldi, bugundan darslaringni qilmaguncha ko’chaga chiqmaysan. Gap qaytarma menga!

Tabiiyki, Qo’chqorovni, Anvarni, Xoshimni yomon ko’rib qolasiz, chunki ularni deb gap eshitdingiz.

Taqqoslash sababli bolalarda ijobiy o’zgarish qilolmaysiz.

Yechim: Bola holatini tushunganimizni unga bildiramiz. Faqat uning o’zidan kelib chiqib gapiramiz.

Misol: Bular sening asl baholaring deb o’ylamayman. Sen bundan yaxshirog’iga loyiqsan. Seni tushunib turibman, bilaman yaxshi o’qiyapsan. Yana biroz yaxshiroq harakat qilsang kelasi haftadan senda yuqori natijalar bo’lishiga ishonaman, - deb bag’ringizga bosing.

Natija: Bolaning sizga ham, dars qilishga ham muhabbati oshadi.

Ota-onangiz taqqoslashi sizga ijobiy ta’sir qilganini eslay olasizmi? Kommentlarda bo’lishing.

Farzandlaringizni rohatini ko’ring.Muhammadjon Yuldoshev

7 months, 4 weeks ago

Endi kech

- Ustozlaringga quloq solmading, yaxshi o’qimading maktabda. Yosh 30 dan oshdi, uyda 2 ta bola. Tayinli ishing yo’q hozir. Endi kech. Qaytolmaysan maktabga.

- Sheriklaringni biznesdan chiqarib yubording, eplay olaman deding. Baraka sirini bilmading. Eplolmading. Endi kech. Chaqirma ularni, eplab ketti do’stlaring.

- O’zim bilaman deding, yuzing burding onangdan. Ajrashganingda bilding onang topgan qizni yaxshi bo’lganligini. Endi kech. U endi baxtli.

- Ishdan beri kelmading, o’g’lingga qaramading. Kecha bilding uni 8-sinfga o’tganini. Endi kech. U seni endi eshitmaydi. Tarbiya yarimta.

- Vaqtida bomdodlarga chiqmading, navbating kelib qolibdi. Endi kech. Bomdodga chiqaradigan bo’lishdi.

Aql egalarimiz, lekin aql yuritmayabmiz. Albatta, nimanidir tushunishimizga peshona borib DAQ etishi shart.

Aql yuritmaysizlarmi? (6:32)Muhammadjon Yuldoshev

8 months ago

Ertaga - nafsga taskin beruvchi so'z.

- Ertaga xonamni tartibga keltiraman.
- Ertaga kitob o'qiyman.
- Ertadan zalga chiqaman.
- Blogga postni ertaga yozarman.
- Ishxonani chala ishlarini ertaga tugataman, aniq.
- Hisobot. Ertaga topshirarman.
- Ertadan ingliz tilini boshlayman.
- Ertaga bemor dodamdan xabar olgani boraman, bugun ishlarim ko'payib ketti.
- Ertadan chekishni tashlayman, zub dayu.

- Dadasi, o'g'limizni maktabiga to'lov...
- Ertaga
.
- Haligi, bolalarni parkka...
- Ertaga, onasi
.

- Bo'ldi, bolla bilan kechki payt ko'rishishni ertadan kamaytiraman. Ertaga barvaqt uxlayman.

Biz hammasini ertaga qilishga odatlanib qolganmiz. Lekin ertaga yana ertangi kun keladi.
Yaxshisi qanday? Reja qilamiz. Kunlik, haftalik, oylik, qilolsak yillik ham. Vazifalarni bajarishga ketadigan daqiqalarni hisoblaymiz. Kunning ma'lum vaqtiga joylashtiramiz va o'sha vaqt kelganda aynan belgilangan ishni bajaramiz, chalg'imaymiz. Ertagalar kamayadi. Intizom oshadi.

Bu maqolani asli ertaga post qilmoqchi edim). Lekin qat'iyat g'olib keldi.

Sizlar bilan yana ertaga gaplashamiz. Kuningiz xayrli o'tsin, ertaga qilarmanlar.

Muhammadjon Yuldoshev

10 months, 1 week ago

Qanaqa biznes qilsam ekan?

Jahongir Ortiqxo’jaevning videolaridan keyin ko’pchilikda biznes qilishga motivatsiya uyg’ongani tabiiy. O’zimda ham.

Ayniqsa, ishlab chiqarish qilsammi? - deb o’ylaganlar bo’lsa kerak.

Xo’sh, qaysi soha yaxshi? Ketmoni uchadigan sohalar qaysi?

Hozir nima ish qilsangiz ham uchadi. Chunki iqtisodimiz yiliga 6% o'syabdi. Jahon miqsyosida bu juda yaxshi ko’rsatkich. Unumli foydalaning.

Eng o'sayotgan sohalardan bu - qurilish. Binolar, turar-joy majmuamalari qurish biznesi rivojlansa o'z-o'zidan shu qurilishni ta'minlaydigan mahsulotlarga talab oshadi. Sement, penoblok, temir-armatura, taxta, g'isht.

Bino bitgandan keyinchi; oboi, shpatlovka, imulsya, mebel, texnika, uy jihozlari. Xullas qurilish jarayonini va yashash sharoitini yaxshi ta'minlaydigan istalgan soha o'sadi.

Gigant kompaniyalar borku dersiz. Siz ham boshlayvering. Bozor katta.

Shu sohaga doir kasblarga ham ehtiyoj o'z-o'zidan oshadi. Quruvchi, muhandis, arxitektor, bo'yoqchi, texnik, duradgor, menejer, sotuvchi, buxgalter, rieltor va hkz (ro’yxatning oxiri yo’q).

Bu uylarni va binolarni sotish uchun ham yaxshi rieltorlar kerak. Bu soha bizda hali yaxshi egallanmagan. Bozor tartibga solinmagan.

Har bir tadbirkorga ofis, bino, ishlab chiqarish hududi, turar-joy majmualari uchun qurilish maydoni kerak. Ularga joyni rieltorlar topib beradi. Tayyor xonadonlarni ham sotishda rieltorlarni ahamiyati katta. Shaxsan o'zim shu sohani tanladim. Dubayda tajriba ham orttirib keldim. Dubayda rieltorlik ancha rivojlangan. O'zimizda esa hali imkoniyatlar katta.

Bizneslarni reklama qilishga ham talab yuqori. Marketing kompaniyalar va xodimlar juda zarur.

Atrofga qarang, nima rivojlanyabdi? Uni ta'minlaydigan sohaga e'tibor qarating.
Hamma oltin qazishga intilayotganda, siz ularga belkurak soting.

Muhammadjon Yuldoshev

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago