Negative

Description
Agar kanal sizga foyda keltirmasa kanal siz uchun emas! Yaxshisi kanalni tark eting!

@Negative_shorts qisqa lekin achchiq
gaplar
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 week, 4 days ago
1 week, 4 days ago

Tanishlarimdan ikki kishi bukmekerlik va xbetga mukkasidan ketgandi. kap-katta oilali, bolalari bor insonlar edi. Ertalab soat 5 larda Yangi zelandiyagi o'yinlarni jonli tomosha qilib, o'sha vaqtda pul tikib o'tiradigan darajada bog'lanib qolishgandi. Kechga tezroq ishdan chiqib Angliya va boshqa ligalarni o'yinlarida qanday koffisientlar borligini tekshirish uchun uyga shoshishardi. Bu tanishlarimni 3-4 yil shunday ahvolda ko'rdim.

Xbetga shu darajada berilib ketishganidan qaysi jamoa qanday ahvolda, qanday muammoalari bor, nimalar bo'ganligi haqida judayam yaxshi bilishardi. Pul yo'qotganlaridan pul topishlari ko'proq bo'lardi shunga yarasha.

Hosh topgan pullari nima qilishardi? Oilasiga bir daromad sifatida yordam bo'larmidi? Yashayotgan hayotini sifatini o'zgarib, daxshat sharoitlarda yasharmidi? Javob: Albatta, yoq.

Hecham yutgan puli bilan avtomobilini o'zgartirganini, qarzini uzganini, kiyim-kechak yoki telefonini o'zgartirganini, hech bo'lmasa sayohatga ketganini ko'rmadim. Chunki yutgan pulini programmadan yechib olganini eshitganim va ko'rganim yo'q. Ular uchun programmadan chiqarilgan pul - kelajakdagi o'ynab yutishlari mumkin bo'lgan miqdordan kamayishidir.

Oddiy odam sifatida tashqaridan qarasangiz bu vaziyat siz uchun ma'nosiz tuyuladi. Ammo o'ynayotgan odam buni farqiga bormaydi.

Manba

@Negative_shorts

1 month, 1 week ago

Ana gap-u, mana gap!
(o'qib ko'rishga va mushohada qilishga arziydi).

- O‘g‘lim buzuq ayolga ilakishib qolibdi. Yashshamagurga yaxshi bir qiz topib uylantirsam, zora quyulib qolsa...

- Shu o‘g‘lim akalariga o‘xshamadi, o‘ta tanbal. Biror ishning boshini tutay demaydi. Uylantirsam, ro‘zg‘orni qanday eplaydi, hayronman!
Ha-ya, epchil-chaqqongina, qo‘lida hunari bor qizlardan taniganingiz bo‘lsa, tavsiya qilib yuboring...

- Katta o‘g‘limning fe’li xunuk, sal narsaga lovullab, jahllanib, urishib ketadi. Bunga og‘ir-vazmin, sermulohaza, yaxshi tarbiya ko‘rgan qizni olib berishim kerak...

- Shu desangiz, kichik o‘g‘lim bizdan yashirincha ichib-chekadigan odat chiqargan. Kechqurunlari allamahalgacha ko‘cha kezadi, shu paytgacha qayerda eding degan odam naq baloga qoladi! Halol-haromni farqlaydigan, ibodatli, muslima qiz bo‘lsa, shunga olib bersam. Xotini aqlli bo‘lsa, yomon yo‘ldan qaytarib oladi-da...

O‘z tuqqanini tarbiya qilolmagan onalarning bedavo o‘g‘il uchun «davo vositasi» bu.

Bir onaning o‘z bolasi rohatini o‘ylab boshqa onaning bolasini azobga duchor qilishi mana shunday «tadbir»lardan boshlanadi;
ayolning ayolga zulmi mana shunday fikrlardan boshlanadi;
oilalarning parokandaligi mana shunday «yaxshi niyat»lardan boshlanadi.

«Bunaqa o‘g‘illaringiz xotin emas, psixolog yoki psixiatrda seans olsin;
ichuvchi-chekuvchi o‘g‘lingizni yetaklab sovchilikka emas, narkologga boring;
bu o‘g‘illaringizga avvalo odam bo‘lish ilmini o‘qiting, keyin nikohlarini o‘qitasiz, muhtarammalar», - deydigan kimsa yo‘q.

Kelin ertaklardagi sehrgar pari ediki, tayoqchasini bir silkitib, maxluqni shahzodaga aylantirib qo‘ysa!

Va umuman, o‘z o‘g‘liga tarbiya bera olmagan, demakki onalik burchini, vazifasini bajara bilmagan ayol boshqa bir oilaning oqila qiziga qaynonalik qilishga qanchalik haqli?

---------------------------------------

Mazkur fikrlar oilada tarbiyaning o‘rni va ahamiyatini chuqur o‘ylashga undaydi. Ayolning o‘g‘liga tarbiya bera olmasligi va uning jismoniy yoki ruhiy muammolarini boshqa oilalar orqali hal qilishga harakat qilishi, ayniqsa, kelin tanlashda noto‘g‘ri yondashuvni ko‘rsatadi. Bunday holatlar oilaviy munosabatlarga zarar yetkazishi mumkin, chunki har bir bola va uning tarbiyasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega va uning tarbiyasi faqat uning ota-onasi zimmasida.

Birinchidan, bolalarga tarbiya berishda ota-onaning mas'uliyati juda katta. Tarbiya nafaqat bilim berish, balki axloqiy, ma'naviy va ruhiy jihatlarni shakllantirishni ham o‘z ichiga oladi. Ota-ona o‘z farzandlariga nafaqat amaliy bilimlar, balki dunyoqarashni shakllantirishda ham katta rol o‘ynashi kerak. Oilada bo‘layotgan muammolarni boshqarish uchun o‘zaro muloqot va o‘zaro yordam zarur. Agar o‘g‘ilning yomon odatlari bo‘lsa, bu muammo to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘ziga va uning tarbiyasiga e'tibor berishni talab qiladi. Bunday holatlarda, boshqa oilalarning farzandlariga yuklama solish yoki ular orqali muammo hal qilishga urinish, faqat qo‘shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

Ikkinchidan, kelin tanlashda faqat o‘g‘ilning ehtiyojlarini emas, balki uning umumiy tarbiyasi va shaxsiyatini ham hisobga olish lozim. O‘g‘ilning tarbiyasi nafaqat uning o‘ziga, balki oilaga, jamiyatga ham ta'sir qiladi. O‘g‘ilni tarbiyalashda ona-ota o‘rtasidagi birlashgan yondashuv, o‘zaro hamkorlik va sabr-toqat zarur. Bir o‘g‘ilni tarbiyalashda, boshqa o‘g‘il yoki kelinni mas'uliyatli qabul qilishni va barchasini yaxshilashni istash, faqat o‘zgalarni ayblashga olib keladi.

Xulosa qilib aytganda, o‘z farzandini tarbiyalashda ota-onaning mas'uliyati yuksak bo‘lishi lozim. Bolalar uchun yaxshi ta'lim, axloqiy tarbiya va mustahkam oilaviy munosabatlarni yaratish orqali o‘zgarishlarni amalga oshirish mumkin. Oilaviy muammolarni hal qilishda esa, barcha tomonlarning teng huquqli va mas'uliyatli yondashuvlari muhimdir.

@Negative_shorts

1 month, 1 week ago

Insonning e’tiqodi va sevgisini o‘zidan boshqa hech kim bilmaydi

Ya’ni, e’tiqod va sevgisining haqiqiy mohiyatini faqat o‘sha insonning o‘zi tushuna oladi. Boshqalar faqat undagi tashqi ko‘rinish yoki uning og‘zidan chiqayotgan so‘zlari orqali taxmin qila oladi xolos.

Masalan, o‘lib ketgan shayxning tashqi qiyofasi va gapirgan so‘zlarigina uni shayx-ul islom ko‘rsatgan o‘zi esa g‘irt ateist bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Xuddi shunday Abror Muxtor Aliyning ham qaysi dinga e’tiqod qilishi va xotinlaridan qay birini chin dildan sevishini faqatgina o‘zi va yaratgan biladi.

Ko‘cha-kuydagi lo‘lilar, bozorlardagi torgashlarning hijob o‘rab, soqol quyvogani va tilidan arabcha terminlar tushmasligi bu pul topishning yagona yo‘li, boshqa hech narsamas.

Diniy libos insonning dindorligini aniq anglatmasligini, umra yoki katta hajga borib kelgan qo‘shningiz, yaqiningiz yoki qarindoshlaringizda ham sezib bo‘lgansiz.

Shu sabab, Diniy kiyimlar ko‘proq tashqi ko‘rinishni ifoda etadi, lekin insonning haqiqiy e’tiqodi va diniga sadoqati uning qalbida va amallarida bo‘ladi.

Maktab o‘quvchilari va yoshlar diniy libosni jamiyat odatlariga aylangan talab yoki bosim ostida kiyishi mumkin, lekin ularning ichidagi e’tiqodi va sevgisi umuman boshqacha bo‘lishi ehtimoli ko‘p.

Shuningdek, insonning haqiqiy dindorligi uning tashqi ko‘rinishidan ko‘ra, uning axloqi, so‘zlari va boshqalarga bo‘lgan munosabatida ko‘proq aks etishi kerak.

Xulosa qilib aytganda, diniy libos insonning e’tiqodiga ishora qilishi mumkin, lekin uning xudojuyligini to‘liq anglatmaydi.

@Negative_shorts

1 month, 3 weeks ago

Yangi yilingiz bilan🥳

1 month, 4 weeks ago
**"Negative"** kanali uchun [@TGStat](https://t.me/TGStat)'dan yil natijalari

"Negative" kanali uchun @TGStat'dan yil natijalari

2 months ago

ONLАYN QIMORDАN OʼLАYOTGАNLАR!

Аssalomu alaykum, qadrli oʼqirmanlar. Oʼtgan hafta payshanba kuni ishdan qaytayotganimizda, bir Yapon: "Uyga qaytishda poezdda ehtiyot boʼlinglar. Bugun onlayn oʼyindan yutqazganlar oʼzini poezdning tagiga tashlaydigan kun" deb biz bilan xayrlashdi.
Bu gapni juda koʼp Yapondan eshitganman. Bu gap shunchalik ommalashganki, xuddi bizda "Shanba kuni talabalar uylariga qaytishadi. Yoʼllar tirband boʼladi" degandek oddiy gap. Oʼzini oʼldiradiganlar kuni deb hazillashib ham gapirishadi.

Yaqinda bir metro hodimidan shu gap haqida soʼrab koʼrdim. Haqiqatda, payshanba-juma kunlari shunaqa qimorvozlar oʼzini oʼldirishlari bor gap. Shu kunlari biz ehtiyotkorroq boʼlamiz dedi.

Hozir bizda avj olgan, ayrim pastkash bloggerlar reklama qilayotgan, hattoki qonuniylashtiramiz deyilayotgan "Bir narsa x  bet", "Oʼyna boy boʼl" deyilayotgan sport oʼyinlariga pul tikib oʼynaladigan qimor, YaPONIYaDА QONUNIY TАЪQIQLАNGАN. Аnavi oʼzini oʼldirayotganlari oltinga pul tik, neftga pul tik degan iqtisodiy bilim talab qiladigan "Zamonaviy variyant" dagi oʼyinlar. Men sport turlariga ham, unaqa zamonaviylariga ham qarshiman! Qimormi, qimormasmi, halolmi, halolmasmi demasdan hammasidan voz keching! Oson pul katta xolangizning uyida ham boʼlmaydi. YaPONIYaDАGI IQTISODChILАR, MUTАXАSISLАRNING FIKRLАRINI OʼRGАNIB ChIQDIM. BIRORTАSI ShUNАQА IPIRISQI OʼYINLАRNI OQLАB ChIQIShMАBDI!

Qimor, yoʼq narsaga pul tikish, oson joydan pul topish degan narsalar har qaysi millatda, har qaysi davlatda, har qaysi jamiyatda odamlarni xonavayron qilish ustiga quriladi. Milliondan bir foiz yutish imkoniyati bor sarob narsaga ishonmang! Yaponiyaga oʼxshagan iqtisodiy qudratli, iqtisodiy bilim darajasi baland mamlakatlarda odamlarni xonavayron qilayabdimi, bizga oʼxshagan kambagʼal davlatlarda bundan ming chandon ogʼriqli asoratlar qoldiradi.

Xurmatli yoshlar, ukalar, doʼstlar. "Oson pul kelib qoladi", " Boy boʼlib ketaman", "Falon boʼladi, fuston boʼladi" degan narsalarga ishonmang. Butun bir kelajagingiz, oilangiz, umringiz hazon boʼlib ketadi. Shu paytgacha  ONLАYN qimorlar, oʼyinlar orqali birorta biri-ikki boʼlgan odamni uchratmadim. Lekin, yutqazib xor boʼlgan, oʼz joniga qasd qilgan shoʼrpeshonalarni mingdan ortiq eshitdik, koʼrdik.

Buyoqda 1% yutish imkoniyating turibdi. Narigi tarafda 99% Ota-onangni siqiltirib oʼldirish, xotiningni birovlarga tashlab ketish, bolalaringni och qoldirish, kelajagingni bir deganda barbod qilish va umringni xazon qilish turibdi. Shunda ham shu yoʼlni tanlasang, odam emas ekansan!
Biz, qimorni xaromligi, oqibati yomonligidan ogohlantirilganlardanmiz. Miyangizni ishlating!

@Negative_shorts

2 months, 2 weeks ago
3 months, 2 weeks ago

Alloh taolo Qurʼoni karimda shunday marhamat qiladi:

“Ajab emaski, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi boʻlsa. Va ajab emaski, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon boʻlsa. Alloh biladir, siz esa bilmassiz”.
(Baqara surasi 216 oyat)

Alloh taolo bandalarining hamma holatlarini yaxshi biladi. Ular nimani yoqtirmasliklarini ham biladi. Insonning tabiati shunday: mashaqqatni, qiyinchilikni yoqtirmaydi. Lekin Islom odamlarga yoqadigan narsalarni emas, balki ularga foyda boʻladigan, ikki dunyoda baxt-saodat keltiradigan amallarni taklif qiladi.

Ushbu oyatni oʻqib, oʻzimizni ota-onamiz, ustozlarimiz va farzandlarimiz munosabatlarini ham koʻrishimiz mumkin. Bolaligimizda ota-ona va ustozlar biror nimaga bizni buyurishsa yoki maslahat/dalolat qilishsa u narsa bizni nafsimizga yoqmagani sababli (yaʼni u ishda biroz mashaqqat borligi uchun) u ishni qilmaganmiz yoki birozgina mashgʻul boʻlib tark qilganmiz. Vaholanki, keyinchalik oʻsha buyurilgan ish (agar biz uni qilganimizda) biz uchun juda manfaatli boʻlishi mumkinligiga koʻp marotaba amin boʻlganmiz. Farzandlarimiz ham aksariyat hollarda oʻzlarini huddi shunday tutishadi.

Bugun nafsimizga unchalik yoqmaydigan ish, ertaga shu nafsimizning aynan oʻziga yoqadigan natijaga erishishga sabab boʻladi, faqat buni yaxshi tushunishimiz va kerak boʻlganda oʻzimizni biroz qiynashimiz kerak xolos. Zero, Alloh taolo Qurʼoni karim oyatlarida shunday marhamat qiladi (Sharh surasi 5-6 otyalar):
5. Bas, albatta bir qiyinchilik bilan osonchilik bordir.
6. Albatta, bir qiyinchilik bilan osonchilik bordir.
Arab tili qoidasiga binoan, ushbu ikki oyatning umumiy manosi “bir qiyinchilikdan soʻng ikki osonchilik bor”, degani ekan. Bu manoda hadisi shariflar ham bor. Bularning hammasi moʻmin kishini qiyinchilik paytida oʻzini yoʻqotib qoʻymasdan, balki jiddu-jahd, aql-farosat bilan harakat qilishga va Allohdan yengillik kutishga undaydi.
Koʻpincha biznes faoliyat boshlagan tadbirkorlar birinchi kichkina qiyinchilikni oʻzidayoq dinimiz qatʼiy taqiqlagan/shariatga zid ishlarni qilib, masalan kimlargadir pora berib ish bitirmoqchi boʻlishadi. Vaholanki, biroz miyasini ishlatsa, masalaga farosat koʻzi bilan qarasa oʻsha muammoni harom aralashtirmasdan (masalan tegishli soha mutaxassislarini jalb qilgan holda yoki oʻsha muammo boʻlib koʻringan masalaga chuqurroq qirib, uni yaxshiroq oʻrganib) xal qilishi ham mumkin. Agar shunday qilinsa, oʻzi va jamiyat uchun yana bir qancha manfaat chiqishi mumkin:
1. Pora kabi gunohi kabira sanaluvchi ishni qilmasdan oxiratini saqlaydi (“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam pora beruvchi, pora oluvchi va ularning oʻrtasidagi vositachini laʼnatladilar”. (Imom Ahmad, Termiziy, Ibn Moja rivoyati);
2. Muammoni hal qilish tajribasi paydo boʻladi va keyingi safar oʻzi yoki yaqinlarida yana shunday holat yuzaga kelsa, bemalol muammoni xal qilishda oʻziga ham ularga ham yordam berishi mumkin boʻladi;
3. Boshiga muammo tushganda oʻzini yoʻqotib qoʻymasdan, masalaga sogʻlom aql bilan yondashish koʻnikmasi xosil boʻladi yoki shu xususiyati kuchayadi;
4. Oʻzining ruhiy holati yaxshilanadi, xodimlarining unga boʻlgan hurmati oshadi, jamosidagi umumiy muhit yaxshilanadi, oʻzaro birdamlik kuchayadi;
5. Muammoni oʻzi xal qilib mablagʻini tejaydi yoki birorta mutaxassisni yollab (masalan huquqshunosni), uni halol pul topishiga sabab boʻladi;
6. Boshqa tadbirkorlarga ham ibrat boʻladi (yaʼni ularning miyasiga, “bu qilgan ishni biz ham qila olamiz”, degan fikr oʻrnashadi).
Vallohu aʼlam.

Manba

@Negative_shorts

3 months, 2 weeks ago

Asabiylashmay, desangiz…

Bo‘lar-bo‘lmasga asabiylashishdan, behuda g‘azablanishdan saqlanish uchun quyidagilarga rioya etish kerak:
       1. Ko‘p xastaliklar zamirida asab buzilishi yotishini unutmang.
       2. Jigari, buyragi, oshqozoni, yuragi kasal odamlar hayoti notinch, asabi buzuq bo‘lsa, ularni davolash juda qiyin kechishini yodda tuting.
       3. Hadeb kayfiyati buzilaveradigan, arzimagan narsaga ham jahli chiqaveradigan kishilarda yurak, oshqozon nevrozi paydo bo‘ladi.
       4. Kishi ishda yoki begonalar oldida emas, uyda ham o‘zini bosishi, og‘ir bo‘lishi lozim.
       5. Jahl chiqqanda tomirlar qisilib, qon bosimi oshadi, noto‘g‘ri ura boshlaydi, odam kechasi yaxshi uxlay olmaydi, boshi og‘riydi.
       6. Qahr-g‘azab, alam, qattiq sog‘inch, tushkunlikka tushish ham spirtli ichimliklar ichish, tamaki, nos chekish yoki ortiqcha vazn kabi omillar sirasiga kiradi.
       7. Homilador yoki emizikli ayol osoyishta hayot kechirishi, asabini tashqi muhitning yomon ta’sirlaridan asrashi lozim. Shunda bolaning asabi mustahkam bo‘ladi.
       8. Odob-axloq, bir-birini tushunish, boshqalarga nisbatan sabr-toqatli bo‘lish, ishda, ko‘chada do‘stona munosabatlarni vujudga keltirish muhim ahamiyatga ega.
       9. Allohning Kalomi Qur’oni karimni, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam hadislarini doim o‘qib yuring.
       10. Atrof-muhitdagi ranglarga, tabiat manzaralariga e’tibor berish asab faoliyatini bir me’yorda ushlab turadi.
       11. Qovurilgan, yog‘li, sho‘r, achchiq ovqatlarni, qazi, kaboblarni me’yoridan ortiq, har kuni iste’mol qilish asabiylashishga olib boradi.
       12. Meva-sabzavotlarni, oshko‘klarni ko‘p iste’mol qiling.
       13. Asab buzilganida olma yeyish, hidini hidlash, olma choy ichish tavsiya etiladi.
       14. Asabiylashmaslik uchun har kuni 2 daqiqa sekin yugurish, muntazam jismoniy mehnat qilish, badantarbiya bilan shug‘ullanish zarur.
       15. Asab tizimi ishini yaxshilash, uning mustahkamligini oshirish uchun V1, V2, V3 kabi vitaminlarga boy arpa non, qo‘y go‘shti, pishloq, tuxum, karam, baliq, qovoq, ismaloq, olma, asal iste’mol qilib turish maqsadga muvofiqdir.

Ziyovuddin Rahim, "Baxtli xayot sari" kitobidan

@Negative_shorts

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago