Серия пенальти_O'Z

Description
Mamlakat va dunyoda sodir boʻlayotgan voqealar boʻyicha tahliliy penalti uramiz.
Maqola yozishga erinchoqlik qilgan, lekin nimadir deging kelgan paytda.
Muallif g'oyalari hukumat, fuqarolik jamiyati va folloverlar fikrlari bilan mos kelmasligi mumkin??
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

1 year, 2 months ago

(2/3) Nima yoqmadi? Albatta, hech kim mazkur uchrashuvdan olamshumul qarorlar kutmagandi. Markaziy Osiyoning o‘n yillik parchalanishi mintaqani o‘z taqdirini to‘laqonli mustaqil hal qila olmaydigan va asosiy tashqi o‘yinchilarning unga nisbatan qanday siyosat…

1 year, 2 months ago

(1/3) Dushanbeda Markaziy Osiyo davlatlari?????????? rahbarlarining 5-maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu — besh nafar amaldagi davlat rahbarlarining barchasi ishtirok etgan 2-maslahat uchrashuvi. Uchrashuv hech qanday sensatsiyalarsiz kechdi. Ishtirokchilar…

1 year, 2 months ago

(1/3)Dushanbeda Markaziy Osiyo davlatlari?????????? rahbarlarining 5-maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu — besh nafar amaldagi davlat rahbarlarining barchasi ishtirok etgan 2-maslahat uchrashuvi.
Uchrashuv hech qanday sensatsiyalarsiz kechdi. Ishtirokchilar, odatdagidek, bir-birlari sharafiga maqtov yogʻdirish, doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik kafolatlari hamda Leopold mushuk uslubidagi boshqa bayonotlardan vaqtlarini ayashmadi. Buni yomon deyotganim yoʻq. Ayniqsa, vaqti-vaqti bilan qurolli toʻqnashuvlar kuzatilib turadigan tojik-qirg‘iz chegarasini hisobga olganda. Biroq, 2023-yilda buning uchun xursand boʻlishimiz kerak, deb ham aytmagan boʻlardim. Bilasiz, futbol jamoalari vaqti-vaqti bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazib turadi. Bunday oʻyinlar maksimal darajada vazminlik bilan oʻtadi: turnir uchun qoʻyilgan vazifalar, bosim yoʻq, shunchaki oʻyin. O‘ynadik, futbolchilarning holatini tekshirdik, o‘yinning muayyan sxemasini ishlab chiqdik, qandaydir tashkiliy xulosalar chiqardik. Ajraldik. Oxirgi uchrashuvni taxminan shunday tavsiflagan boʻlardim?

Nima yoqdi?Davlat rahbarlarining bayonotlarida, vanihoyat, Markaziy Osiyo hamkorligi bilan bogʻliq muntazam ravishda yozib kelayotgan mulohazalarimga uyqash boʻlgan bir nechta gʻoyalarni koʻrdim. Albatta, ular meni oʻqishgan, hammasini anglab yetishgan va shunday chiqish qilishga qaror qilishgan, demoqchi emasman? Qolaversa, bayonotlar va amaldagi ishlar (ayniqsa, bizda) — bu mutlaq boshqa-boshqa voqelik. Biroq, bizning voqeliklarimiz uchun rasmiy ritorikaga ayrim gʻoyalarning kirib kelishini toʻgʻri yoʻnalishdagi qadam, deb hisoblash mumkin. Kichik boʻlsa-da, qadam.

Menga bu beshlik nihoyat Markaziy Osiyo haqida oʻtkinchi va begona tushuncha sifatida emas, aytaylik, oʻzlariga tegishli nimadir haqida gapirgandek soʻz yuritganlari yoqdi. Birdamlik zarurligi va hatto Markaziy Osiyoni brendlash g‘oyasi haqida bayonotlar paydo bo‘ldi. Umid qilamanki, mintaqa davlatlari rasmiylari endi ularni boshqa davlatlar bilan adashtirmasliklarini soʻramaydilar yoki aslida bu mintaqaning bir qismi emasliklarini (chunki ularga Yevrosiyo markazi boʻlishni koʻproq yoqadi) daʼvo qilmaydilar. Bu 2006-2017-yillar davomida puturdan ketgan Markaziy Osiyo bir butunligini tiklash uchun juda muhim.

Menga yana umumiy tariximizning kimga ko‘proq aloqadorligi haqida bahslashib oʻtirmasdan, shu tarixni o‘rganishni boshlash takliflari ham yoqdi. Xususan, O‘zbekiston bayonotidagi Al-Xorazmiy, Forobiy, Jomiyga nisbatan «umummintaqaviy mazmun», «Markaziy Osiyoning buyuk mutafakkirlari, olimlari va faylasuflari» kabi iboralarning yangrashi 2016-yilgacha boʻlgan, bizning beshta davlat haqida hech qanday tasavvurga ega boʻlmagan tarixiy arboblar merosiga nisbatan mualliflik huquqi sohibi maqomi uchun buyuk kurashga kirish holatidagi ritorikadan tubdan farq qiladi?‍♂️

Uchrashuvlar uchun milliy koordinatorlarni yaratish gʻoyasi ham yomon fikr emas. Aynan shu narsa hamkorlikning mamlakatlar davlat idoralari oʻrtasida qoʻshimcha oʻzaro hamkorlik jarayoniga start beradigan gorizontal vektoridir. Agar bir-biri bilan muloqot qilish odati davlat byurokratiyasining ongiga kirib borsa, hozirgi rahbariyat o‘rniga kim kelishidan qatʼi nazar, uni ana shu ongdan chiqarib tashlash qiyin bo‘ladi.
Nihoyat, mamlakatlar taxminan bir xil dolzarb muammolar majmuasi haqida soʻz yurita boshladilar. Oʻz-oʻzidan, ularning har biri oʻzi uchun eng muhim hisoblangan narsani birinchi oʻringa qoʻyadi. Bu hali ustuvorligi umumiy manfaatlardan iborat boʻlgan yagona kun tartibining shakllanishi emas. Biroq, bu endi har bir rahbar qoʻshnilarining muammolariga eʼtibor qaratmagan holda, oʻziga taalluqli muammolar haqida gapiradigan vaziyat ham emas.

1 year, 3 months ago

(2/3) Jamiyatimiz uchun ham o‘z qadriyatlarini qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi. Farzandlarning ta’lim olishiga qilinadigan sarf-xarajatlar «qo‘shnilar havas qiladigan» to‘y o‘tkazish uchun pul yigʻishdan ko‘ra ustuvorroq boʻlishi lozim. Insonning shaxsiyatini…

1 year, 3 months ago

(1/3) Bu yil Mustaqillik kuni arafasida nima haqida yozishni oʻylar ekanman, yil (rasman) siyosiy jihatdan juda faol oʻtganiga qaramay, qandaydir siyosiy befarqlik mavjudligi toʻgʻrisidagi xayollar qurshovida qoldim. Xuddi biror kitob oʻqiyapsiz yoki serial…

1 year, 3 months ago

(1/3)Bu yil Mustaqillik kuni arafasida nima haqida yozishni oʻylar ekanman, yil (rasman) siyosiy jihatdan juda faol oʻtganiga qaramay, qandaydir siyosiy befarqlik mavjudligi toʻgʻrisidagi xayollar qurshovida qoldim. Xuddi biror kitob oʻqiyapsiz yoki serial tomosha qilyapsiz, kitob yoki serial yarmiga kelganda esa syujet shu darajada odatiy tus oladiki, davomini oʻqish yoki tomosha qilishni xohlamaysiz. Nima sodir boʻlishi va nima bilan yakun topishini oldindan bilasiz?

Odatda Mustaqillik kuni arafasida mamlakatimiz nima qilishi, nimalarga e’tibor qaratishi zarurligi haqida o‘ylayman. Biroq, bu yil bunga xohish yoʻq. Negaki, hozirgacha yozgan muammolarim hali ham oʻz yechimini topmadi. Ular hali ham dolzarb. Kimgadir qiziq boʻlsa, ular haqida bu yerda oʻqib chiqish mumkin. Qolaversa, bizda nafaqat xato qilish, balki oʻzimizning eski xatolarimizni takrorlash tendensiyasi ham kuzatila boshladi. Aftidan, bu safar hammasi koʻngildagidek boʻlishiga umid qilgan holda? Kichik spoyler: xatolar hamisha salbiy oqibatlarga olib keladi, qaysi yilda va kim tomonidan qilinishidan qatʼi nazar.

Biroq, bugun gap hokimiyat xususida emas. Bu safar jamiyatning o‘zi haqida mulohaza yuritib koʻramiz. Shu jumladan, uni qamrab olgan befarqlik xususida. Yoki ehtimol, hech qachon tark etmagan befarqlik toʻgʻrisida. Aytish kerakki, apolitiklikning urfga kirishi — bu global hodisa. Turli davrlarda turli jamiyatlar buni boshidan kechirgan va hozir ham boshdan kechirmoqda. Apolitik boʻlish, siyosat bilan shugʻullanish va biron-bir lavozimni egallashga intilmaslik normal jarayon ekanligi haqida avvalroq yozganman. Har kim oʻz kasbini oʻzi tanlaydi. Men buni tushunaman va qabul qilaman. Shu nuqtai nazardan, shaxsan oʻzim mutlaqo apolitikman va siyosat bilan shugʻullanishim dargumon — bir qator sabablarga koʻra menga toʻgʻri kelmaydi?‍♂️

Biroq, oʻzingni goʻyo atrofda sodir boʻlayotgan jarayonlarning senga daxli yoʻqdek, seni qiziqtirmaydigandek va «meni oʻz holimga qoʻying, bu borada hech narsani tushunmayman» qabilida tutgan holda «apolitik» boʻlish, eng kamida, gʻayritabiiy holat. Biz oʻzimizni siyosiy jarayonlardan ajratib qoʻya olmaymiz, chunki ular nafaqat «yuqoridagilarga», balki sizu-bizning kundalik hayotimizga ham taʼsir koʻrsatadi. Va hokimiyatning jamiyat bilan oʻzaro munosabatlarni qanday yo‘lga qo‘yishi jamiyatning mazkur jarayonlarda qay darajada faol ishtirok etishiga bog‘liq. Har qanday hokimiyat tabiatan demokratik boʻlmaydi. Uni o‘zaro tiyib turish va muvozanat tizimi, amalda ishlaydigan qonunlar, jamiyat oldidagi shaffoflik va fuqarolar bilan doimiy muloqot demokratik qiladi. Va bu shartlarning barchasi, koʻp jihatdan, pastdan talab mavjud yoki yoʻqligiga bogʻliq. Chunki «yuqoridan» hech kim oʻzi istaganini qilish erkinligini cheklashni xohlamaydi. Apolitiklik va uning oqibatlarining zarari haqida mana bu postda, 5-misolda soʻz yuritgan edim.

???

1 year, 4 months ago

(3/4) Oxir-oqibat, hokimiyat – xuddi oldingi 25 yilda boʻlgani singari – u yoki bu qarorlar qabul qilinadigan, real voqelikdan tashqaridagi dunyoga oʻtadi. Uning barqarorligiga asosiy tahdid ham aynan mana shunda. Byurokratik hisobotlar va bayonotlardagi «reallik»dan…

1 year, 4 months ago

(2/4) Endi esa prezidentlik saylovlarida partiyalardan koʻrsatilgan nomzodlar qo‘lga kiritgan ovozlarni aks ettiruvchi raqamlarga murojaat qilsak. O‘zLiDeP/«Milliy tiklanish» – 87,05%, «Adolat» – 4,43%, O‘zXDP – 4,02%, Ekologik partiya – 3,47%. Savol: partiyalarning…

1 year, 4 months ago

(1/4) Oʻzbekiston uchun qizgʻin oʻtayotgan 2023-yilning yarmi ortda qoldi. Hukumatimiz va uning targʻibotchilari taʼbiri bilan aytganda, Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha referendum va muddatidan oldin oʻtkazilgan prezidentlik…

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago