Svoya Igra

Description
Murojaat uchun @WhiteWolfRM
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 1 day ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

1 month, 3 weeks ago

Mashxur asar personajlari prototipi

  1. Shunchaki xotirangizni sinaymiz. Jon Ueyn Geysi qaysi yovuz qahramon prototip bo'lgan.?
    Javob: Penyvays.
    Stivin King "Masxaraboz U"

  2. Samuil Abramovich Voronov- 20 asrda odamga maymun bezlarini ko'chirib o'tkazib shou-shuvlarga sabab bo'ldi. Operatsiyadan keyin qariyalarda ko'rish yaxshilandi, jinsiy faollik oshdi, aqli zaif bolalar aqlga ega bo'ldi. U qaysi asar qahramoniga prototip bo'lgan?
    Javob : Ityurak. (Professor Preobrazhenskiy) Bulgakov

  3. Ostap Shor Odessada tug'ulgan u Moskvadan Toshkentga qatnaydigan poezdda konduktor bo'lib ishlagan zarguzashtlarga ishtiyoqmand edi. Uning rassomchilik, shaxmatda ham o'zini ko'rsatdi. U Odessaga aytganda jinoyat qidiruv bo'limiga ishga kirdi va banditizmga qarshi kurashdi.
    U qaysi personaj prototipi hisoblangan?
    Javob : Ostap Bentner. (12 stul) Ilf va Petrov

  4. Jon yozuvchining yaqin do'sti edi va chiroyli ko'rinishga ega hisoblangan. U keyinchalik yozuvchi bilan tortishib qoladi va do'stlik aloqalarini uzadi. Do'stidan g'azablangan yozuvchi o'z asariga uni prototip qilib oladi, zero asarga faqat uning familyasi mos kelar edi. Qaysi asar. Javob : Dorian Grey. (Oskar Uayld)

  5. O'zining zo'rovonlik, jinoyat haqidagi asarlari bilan tanilgan yozuvchi bir kuni gazeta o'qiyotganida 1948 yildagi Salli Xorner va Frank Lasallning hayajonli hikoyasi e'tiborini tortdi: o'rta yoshli erkak 12 yoshli Salli Hornerni o'g'irlab ketdi va politsiya uni boshqa Kaliforniya mehmonxonasida topguniga qadar deyarli 2 yil yonida ushlab turdi. Va bu hikoya asosida Salli Honrenri o'z asari qahramoniga prototip qilib oladi. Qaysi asar?
    Javob: Nobokov. "Lolita"

1 month, 3 weeks ago

Mashxur Qotillar

  1. U dastlab 1984-yilda qotiliklarda ayblanib hibsga olinadi, lekin qon guruhi testi noto'g'ri olingani sababli ozod etiladi. "Sovet Jek Ripperi" laqabiga ega u 1994-yilda 52 ta qotillikda ayblanib qatlga hukm qilinadi. U kim?
    J: Andrey Chikatello

  2. Davom etamiz. Bu insonning asl tarjimai holi ma'lum emas, shu tufayli u o'zining mashxur tahallusidan foydalanadi. U foxishalarni o'ldirish bilan shug'ullangan, ishi bilan Skotland-yard detektivlari shug'ullansada hech qachon qo'lga tushmagan. U kim?
    Javob : JeK Ripper

  3. Ba'zi seriali qotillardan farqli ravishda u ko'plab insonlar umriga zomini bo'lmagan. U mashxur musiqachini otib tashlaydi, voqea joyidan yashirinish o'rniga shu yerda kitob o'qib politsiya kelishini kutadi. Sud uni umrbod qamoq jazosiga hukm qiladi. U kim?
    J; Mark Chapman. (Jon Lennonning qotili)

  4. U 19 asrning xujjatlashtirilgan seriyali qotillaridan eng birinchilaridan bo'lgan. O'z qurbonlarini o'ldirish uchun,U mehmonxona ochgan bo'lib, u yer keyinchalik "Qotilliklar qasri" deb nomlangan. U kim?
    J: Genri Xovard Xolms

  5. U xayriya tadbirlarida bolalarni xursand qilish uchun masxaraboz kastyumida yurar, bu uning qotillik niqobi ekanin hech kimga ma'lum emas edi. 33 ta qotillikda ayblangan, 26 ta jasadni o'z uyi yerto'lasiga ko'mgan. U kim?
    Javob : Jon Ueyn Geysi

1 month, 3 weeks ago

Aqsh shtatlari etimalogiyasi

  1. Krik konfederatsiyasining hind qabilasidagilar dastlab Alibamonlar deb atalgan va bu o'z navbatida hozirgi shtatga nomi berilgan. Qaysi shtatga?
    Javob : Alabama

  2. Bu shtat eskimos tilidan "Alakshak", ya'ni "Yarimorol" ma'nosini, shuningdek, "Buyuk yerlar" degan ma'noni ham anglatishi haqidagi versiyalar mavjud. Qaysi shtat
    Javob : Alyaska

  3. Ushbu shtat nomi ispan tilidan "Qizil rangli" ma'nosini bildiradi. Bu nom 1861-yil Kongress tomonidan uchun hudud sifatida tanlandi va 1876-yilda shtatga aylantirildi. Qaysi shtat?
    Javob : Kolorado

  4. Shtatga Virjiniyaning birinchi gubernatori va general-kapitan Lord De La Uorr nomi berilgan. Lord De La Uorr ning nomi birinchi bor 1630-yillarda tilga olina boshlangan va shuningdek, uning nomi ko'rfaz, daryo va ko'llarga ham berilgan.
    Javob : Delaver

50.Qadim hindu qabilasining nomi. Qabila nomi "Ah-hee-oo-ba" - "Uyqusiraganlar", "Uyqusirab yuruvchilar" bo'lgan degan etimologik qarashlar mavjud. Ushbu qabila hozirgi shtat hududidagi daryo bo'ylarida yashashgan va o'zlari yashaydigan hududni shunday deb kelishgan. Qaysi shtat
Javob : Ayova

4 months, 3 weeks ago

Mavzu :  Adabiyot

10.  1799 - yili 20 mayida tavallud topgan bu farang yozuvchisi, o'zining "Inson komediyasi" asari bilan mashxurlikka erishgan. U kim

J: Onore de Balzak

  1. 1935-yilda tug'ulgan amerikalik yozuvchining mashxur asarini yozishiga veteranlar kasalxonasida giyohvand moddalar bilan ishlagan vaqtlari turtki bergan va bu asar orqali mashxurlikda parvoz qilgan. U kim
    J: Ken kizi ( Kakku uyasi uzra parvoz)

  2. 1890-yilda tug'ulgan Nasr va fantastik janrda ijod qilgan sovet yozuvchisi. U 1903-1917 yillarda "hukumatga qarshi nutqlar" va "avtokratiya asoslarini buzishga va mavjud tizim asoslarini ag'darishga olib kelgan"inqilobiy g'oyalarni tarqatgani uchun bir necha bor hibsga olingan. U kim
    J: Aleksandr Green

40.  1875 yilda tug'ulgan bu yozuvchi 1929-yilda Nobelga loyiq ko'riladi. Uning ilk romani "Budenbroki" nomi ostida chop etiladi va mashxurlikka erishadi. U kim
J: Tomas Man

50.  O'z ijodini 1972] yildagi Myunxen olimpiadasida qurbon bo'lgan 11 isroillikka bag'ishlab yozilgan asar bilan boshlagan bu amerikalik detektiv - fantastik janridagi yozuvchi 1940 - yilda Tenessida tavallud topgan. U kim
J: Tomas Harris

4 months, 3 weeks ago

Birinchilar

  1. Bu jamoa futbol tarixiga ilk Yevropa chempionlari sifatida qolgan. Qaysi jamoa?
    Javob : SSSR

  2. fransuz shoiri Sulli-Pryudom;nemis shifokori Emil Adolf fon Bering;golland kimyogari Yakob Xendrik Vant-Goff;nemis fizigi Vilgelm Konrad Rentgen; royhatdagi bu insonlar tarixda u sifatida qolishgan. Uni mavzuga moslab ayting
    J: Birinchi Nobel laurentlari

  3. Bashorat Mirboboyeva haqida juda kam narsa maʼlum. U “Ogonyok” (“Alanga”) jurnalidagi maqoladan so‘ng yulduz bo‘lib porladi. U ilk mashinist ayol bo'lib tarixga kirishdan tashqari yana bir soha bo'yicha o'z jinsi vakillari orasida O'zbekistonda birinchi bo'ldi. Qaysi ko'rsatgich
    J: Birinchi parashutdan sakragan ayol

  4. O'zbekiston yoshlar terma jamoasining JCHda kiritgan birinchi goli,birinchi sariq kartochkasi va birinchi qizil kartochkasi egasi  kim
    J: Islom Inomov

  5. 1847 yil ingliz jarrohi bo'lgan bu inson tibbiyot tarixida ilk bor bemorni operatsiya qilishdan oldin og'riq qoldiruvchi vosita sifatida xloroformdan foydalangan. Kim
    J : Jeyms Yang Simpson

4 months, 3 weeks ago

Mavzu : Sebastyanlar

U O'z davrining turli janrlarida yozilgan 1000 dan ortiq musiqa asarlari muallifi. Ishonchli protestant bo'lib,  ko'plab ma'naviy kompozitsiyalar yaratgan. U kim
J: Sebastyan Bax

  1. 1987-yilda Xoffemxaymda tug'ilgan nemis sportchisi 4 karra jahon chempioni bo'lgan bu insonni topish orqali siz ham poygaga qoshilishingiz mumkin. U kim
    J: Sebastyan Fettel

  2. Yuqoridagi sportchi bilan bir yilda tug'ilgan bu italyan Yuventusdagi faoliyati bilan tanilgan. Uning karerasidagi so'nggi manzil Sampdoriya edi. U kim
    J: Sebastyan Jovinko

  3. Asli kelib chiqishi rumin bo'lgan bu aktyor 1982-yilda tug'ulgan bolib, o'zining Marvel kinokompaniyasi suratga olgan filmlaridagi "sovuq" rollari bilan tanilgan. U kim.
    J: Sebastyan Stan "Qishgi askar"

  4. 1971-yilda tug'ulgan nemis yozuvchisi. O'zining  psixotrilleri bilan tanilgan bu inson " aerofobiya", "paket", "men qotilman", "terapiya" asarlari muallifi hisoblanadi. U kim
    J: Sebastyan Fitshek

7 months ago

Muxtor
10. Parij kommunasi va u bir xil muddat mavjud boʻlgan.
J: Turkiston muxtoriyati, qabul Qoʻqon muxtoriyati
20. 1941-2013-yillarda yashagan oʻzbek shoiri, yozuvchi va dramaturgi mavzumizga mos tushadi.
J: Omon Muxtor
30. 1942-yilda tugʻilgan qozoq shoiri Chingiz Aytmatov bilan birgalikda kitob yaratgan.
J: Muxtor Shoxonov
40. 1897-1961-yillarda yashagan qozoq adibi Abay yoʻli epopeyasi bilan mashhur.
J: Muxtor Avezov
50. 1858-1931-yillarda yashagan bu xalq qahramoni Liviyaning Italiya bosqiniga qarshi kurashida rahnamolik qilgan.
J: Umar Muxtor

7 months ago

Matritsada FI
10. Ingliz tilidan tarjima qilingan-CONMEBOL–UEFA Chempionlar Kubogi, avval rasman Yevropa/Janubiy Amerika Millatlar Kubogi sifatida tanilgan va Artemio Franchi kubogi deb ham ataladi, bu CONMEBOL va UEFA tomonidan tashkil etilgan va Amerika Kubogi va UEFA Yevropa chempionati g‘oliblari o‘rtasida o‘tkaziladigan qit’alararo futbol o‘yini
J: Finalissima
20. Telegram yoki instagramda koʻplar profiliga yozib olgan bu soʻzlar arabcha sevgi izhori ekan.
J: anta fi qolbi
30. Qahramonning ilhomlantiruvchilari amerikalik tadbirkor Jorj Frensis Treyn va amerikalik yozuvchi va sarguzashtchi Uilyam Perri Fogg edi. Turmush oʻrtogʻi Quda xonim boʻlgan bu personaj qimorga juda qiziqqan. Uning 20000 funtga (hozir 2.4 mln funt) oʻynagan garovi haqida bir nechta filmlar va multfilmlar suratga olingan. Uning Britaniyaga qaytishiga inspektor Fix yordam beradi.
J: Filias Fogg
40. Bu aktrisaning aktyorlik faoliyati tez-tez tanqidlari va salbiy sharhlar bilan ajralib turadi. 1972-yildan boshlab otasining 7 ta filmida rol oʻynagan.
J: Sofiya Koppola
50. Aleksandriya Kutubxonasiga Ptolomey 2 asos solgan. Uning laqabini mashhur shahardan qisqaroq qilib aytib bering.
J: Filadelf

7 months ago

??

7 months, 1 week ago

Matritsada BI
10. 2017 yilda yuqori chastotali savdo dasturlarini yaratgan ishlab chiquvchi Changpeng Chjao tomonidan tashkil etilgan. Hozirda kriptovalyutalarning kunlik savdo hajmi bo'yicha eng yirik kriptovalyuta birjasini boshqaradigan global kompaniya hisoblanadi.
J: Binance
20. Qabul oʻqilishi. B-127, birinchi film voqealaridan yigirma yil oldin, yaʼni 1987-yilda Kaliforniya'dagi kichik plyaj shaharchasida boshpana topadi. U yerda Charlie Watson ismli oʻsmir qiz bilan tanishadi. D.S: B-127 ning yerdagi ismi nima?
J: Bamblbi
30. 1955-yili AQSHda tugʻilgan Uilyam Stenli Artur Smit, Ragen Vadaskovinich, Allen, Tommi, Devid, Kristin, Kristofer, Adalana va Dennilar bir necha marotaba talonchilik sodir etish va zoʻrlash jinoyatlarida ayblangan. D.S. ular haqida yozilgan eng mashhur kitob qanday nomlanadi?
J: Billi-Milligan koʻp aqllari
40. Drinch va Dalvinning bu qoʻshigʻi 2022-yilda yaratilgan boʻlib uni eshitgan Dubayga, ularning oldiga borgingiz kelib qolsa ajab emas.
J: Habibi Come to Dubai
50. Eutrema japonicum) yoki yapon otqulog‘i Brassicaceae oilasiga mansub oʻsimlik. Oʻsimlikning vatani Yaponiya va Rossiyaning Uzoq Sharqi,Saxalin, Koreya yarim oroli, Yaponiyadagi tog‘ vodiylaridagi daryolar boʻylab tabiiy ravishda oʻsadi. Uning mashhurroq nomi nima?
J: Wasabi

Wikipedia

Volume (finance)

amount of a security traded during a period of time

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 1 day ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago