Mutolaa zavqi

Description
Mutolaa zavqi
😀😁😂🤣😃😄😅😆😉😊😋😎😍😘😗😙😚☺🙂🤗🤔😐😑😶🙄😏😣😥😮🤐😯😪😫😴😌🤓😛😜😝🤤😒😓😔😕🙃🤑😲☹🙁😖😞😟😤😢😭😦😧😨😩😬😰😱😳😵😡😠🤥🤒🤕🤧

Kanalga takliflarga binoan kitoblar tashlanadi va tavsiya etiladi...
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated hace 2 meses

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated hace 3 meses, 3 semanas

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated hace 1 año, 8 meses

1 month ago
1 month, 4 weeks ago

#Taqriz
#Mixail_Bulgakov
#Xosiyatsiz_tuxumlar_va_Ityurak
Bu ikki asar muallifi birligi va mavzulari oʻxshashligi hamda ketma ket oʻqiganim uchun bitta qilib taqriz yozishga qaror qildim. Ancha yillar avval Bulgakovning Usta va Margaritasini oʻqigandim. Qariyb tahminan 10 yil oʻtib endi nasib qildi yana uni boshqa kitoblarini oʻqish. Qissalar mavzusiga kelsak, Xosiyatsiz tuxumlarda Professor Persikov zoolog olimning fanga hali nomaʼlum boʻlgan ilmiy kashfiyoti va uning oqibatlari haqida boʻlsa, Ityurakda Professor Preobrajenskiyning gʻayritabiiy operatsiyalari va ularning oqibatlari haqida. Bu ikki asar gʻoyasi aslida bu ishlarni insoniyatga jamiyatga va ilm fanga ham hech qanday foydasi yoʻqligida. Syujetiga kelsak, Xosiyatsiz tuxumlar qissasida Persikov bundan yuz yil avval Moskvadagi zoologiya institutida oʻqituvchi boʻlib ishlardi va tajribalardan birida u shu kungacha fanga nomaʼlum boʻlgan bir holatni koʻrib qoladi va shu ish boʻyicha kuzatuv va tahlillar olib bora boshlaydi. Huddi shu vaqtda mamlakatdagi parrandalar orasida oʻlat tarqashi hamda bu ishdan habar topgan olim butun mamlakatdagi bu kasallik odamlarga yuqmasidan avval barcha tuxumlar va parrandalarni yoʻq qilishga muvaffaq boʻlishi haqida. Albatta hukumat yordami bilan. Hammasi yaxshi albatta lekin endi butun mamlakatda hech qanday tovuq ham tuxum ham yoʻq edi. Buni oʻzgartirmoq boʻlgan hukumat Professor Persikovning ilmiy ishi boʻyicha ishlatiladigan asbobdan foydalanib Germaniyadan olib kelgan tuxumlar yordamida mamlakatdagi parrandachilik tarmogʻini qayta tiklamoqchi boʻlishadi. Lekin afsuski Professor Persikovga institutga joʻnalatilishi kerak boʻlgan tuxumlar bilan parrandachilik uchun joʻnatilayotgan oddiy tuxumlar almashib qoladi va gʻalati mavjudodlar tuxumlarni ochib chiqa boshlaydi.
Ityurak qissasida bundan yuz yil avval boʻlib oʻtgan voqealar boʻlib, doktor Preobrajenskiyning uyiga daydi koʻcha it Sharik qanday kelib qolgani, doktor u bilan juda yaxshi munosabatda boʻlib boqishi. Chunki it unga tajribasi uchun kerak edi. Tajriba shundan iborat ediki, doktor Filipp Preobrajenskiy bir oʻlgan odamning miya gipofizini oʻsha Sharikka koʻchirib oʻtkazadi. Xoʻsh oqibatda bu tajribalar natijasida nimalar sodir boʻldi deb oʻylaysiz? Buni bilish uchun kitoblarni oʻqib chiqishingizni maslahat beraman.

@Diyoraxonnosirova

2 months ago

Baʼzan sukunat suhbatdan koʻra odamlarni koʻproq yaqinlashtiradi.

@Diyoraxonnosirova

3 months, 2 weeks ago

Bizlar asta ketayotirmiz –
Halovatli sokin yurtlarga.
Fursat balki menda ham tig’iz,
Otlanishim kerak safarga.

Ona zamin, qum bosgan dashtlik,
Oq qayinzor o’rmon, chamanlar!
Yuragimda uyg’otar g’ashlik
Gala-gala ketayotganlar.

Men bu yerni juda sevardim,
Suydim bunda nimaki bo’lsa.
Sevar edim qarag’aylarim
Shafaq tushgan suvga termulsa…

Ko’p xayollar surdim osuda,
Ko’p qo’shiqlar qilgandim ijod.
Shu zamin, shu yurt og’ushida
Bor bo’lganim uchun edim shod.

Baxtli bo’ldim qizlarni o’pib,
Chechaklarni ezg’ilab yurdim.
Haydamadim itlarni tepib,
Ularni o’z ukamdek ko’rdim.

U yurtlarda yo’q bu chamanlar,
Oqqush bo’ynin cho’zmas javdarim.
Shu sabab ham ketayotganlar
Dilga titroq solguvchi dardim.

Topolmasmiz hech u tomonda
Bu poyonsiz o’tloqlardan iz.
Shu sababdan foniy jahonda
Yashaganlar men uchun aziz.

✍?Sergey Yesenin
@Diyoraxonnosirova

4 months, 2 weeks ago

Единственный способ сохранить здоровье – есть то, что не любишь, пить то, что не нравится, и делать то, чего не хочется делать.

4 months, 2 weeks ago

Ложь обойдет полсвета прежде, чем правда успеет надеть ботинки.

6 months, 2 weeks ago

Если бы животные разговаривали, собаки трещали бы без умолку, а коты обладали бы редким даром не говорить ничего лишнего.

6 months, 2 weeks ago

Танцуй так, как будто на тебя никто не смотрит. Пой, как будто тебя никто не слышит. Люби так, как будто тебя никогда не предавали, и живи так, как будто земля — это рай.

6 months, 2 weeks ago

Нам нравятся люди, которые смело говорят нам, что думают, при условии что они думают так же, как мы.

6 months, 3 weeks ago

Deysan dushmanlarsiz oʻtdi bu hayot,
Nahot sharaf boʻlsa bundayin isnod.
Kimda ustun boʻlsa nomus or va shon,
Uning hayot yoʻli oʻtmagay oson.
Raqib yoʻq, koʻtarib hammaning koʻnglin,
Yarim yurak bilan yashaganing chin.
Bilmay sohtalikning fosh etmoq darsin,
Yirtib yubormading yolgʻon pardasin.
Toptab tashlamading sotqin kimsani,
Tan ol, qoʻrqoqlarning boʻlmas dushmani.

@Diyoraxonnosirova

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated hace 2 meses

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated hace 3 meses, 3 semanas

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated hace 1 año, 8 meses