🔔 Reklama: https://t.me/EduRek/16
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi yangiliklari
🌐 Manba: www.uzbmb.uz
Last updated 2 months, 3 weeks ago
? ELON VA REKLAMALAR ✓
? SOTING YOKI SOTIB OLING ✓
? ENG ISHONCHLI KANAL ✓
? AZOLAR JONLI AKTIF 300,000 ✓
? ID 830125650 ✓
?? @VODIY_BOZOR_KANAL_ADMINI
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
? ONLINE SAVDO ✅
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Last updated 1 year, 4 months ago
???
Kanalimizda judayam ko‘p foydali mahsulotlar bor, ko‘rib chiqib buyurtma berishingiz mumkin
✅ Biror bir mahsulotga buyurtma berishga qiynalsangiz yoki qandaydur muammo bo‘lsa quyidagi profilga yozing
? @Sotuvchi_A ?
Last updated 1 year, 4 months ago
Ramazon madrasasi (15)
"Ramazon ustma-ust ibodat qilish oyi"
Rasululloh ﷺ ansorlardan bir ayolga aytdilar:
"Sen biz bilan nega haj qilmading?
U ayol ulovi yo‘qligini aytdi.
Shunda Rasululloh ﷺ dedilar :
"Agar Ramazon kelsa umra qil. Chunki Ramazonda umra qilish hajga teng. (yana bir rivoyatda) "Men bilan haj qilishga teng"
(Buxoriy Va Muslim)
Dars:
Buning sababi Ramazonda ibodatlar ichma-ichligi hosil bo‘lishida.
Banda Ramazonda bir o'q bilan bir necha quyonlarni ovlaydi..
Ro‘za ustiga umra..
Ro‘za ustiga namozlar..
Ro'za ustiga zikr, qur'on va duolar...
Ro'za ustiga sadaqa, zakotlar berish..
Ro‘za ustiga tilni tiyib chiroyli gapirish..
Ro‘za ustiga taqvo..
Ro‘za ustiga sabr..
Ro'za ustiga iftorda shukr..
Ro‘za ustiga da'vat..
Ro‘za ustiga ta'lim..
Ro‘za ustiga ribot..
Ro‘za ustiga jihod..
Ro‘za ustiga shahid bo‘lish..
hokazo..
Ibnul Qoyyim rohimahulloh aytadilar:
Bir ibodat ichida bir necha ibodat qilish ilmning eng noyob sharafli turlaridandir. Uni faqat sodiq talab qiluvchilar va ilmdan qovurg'asi to'yinganlar biladilar. Ular bir ibodatga kirib bir necha ibodat bilan chiqadilar!
Bu Allohning fazli bo‘lib uni istaganiga beradi ..
(Favoid)
Alloh taolo aytadi:
"Uning moyi unga olov tegmasa ham yoritib yuboray deydi. (Olov tekkach esa) Nur ustiga nurdir! Alloh o‘zining ushbu nuriga istagan kishilarini hidoyat qiladi"
(Nur.35)
?Qur'oni karim tafsiri
450-dars:
"Isro" surasi tafsiri
(18-qism)
02:57 Oyatning sababi nuzuli;
12:49 Odamlarning savollariga javob uslublari;
19:06 Ruh haqida;
27:30 Ruh Allohning amridan ekani;
38:20 Sizlarga oz ilm berilgan ma'nosi;
44:39 Qur'onni ketkazib yuborish ma'nolari;
59:11 Qur'on Allohning rahmati ma'nosi;
1:08:54 Ins va jin jamlanib qur'ondek kitob tuza olmasligi;
1:32:24 Qur'on turiga solib misol keltirishi;
(85-89-oyatlar)
⬇️⬇️⬇️
Ramazon madrasasi (14)
"Ramazonning bir kuni, mo‘minning umr yo‘li"
Ro‘za oyatlarida Alloh taolo aytadi:
"Shukr qilishingiz uchun"
(Baqara.185)
Rasululloh ﷺ Ramazonni "Sabr oyi" dedilar.
(Ahmad rivoyati)
Chunki ro‘zada kun bo‘yi sabr bilan iftorni kutamiz. Iftor qilgach tun bilan shukr qilib ibodat qilamiz.
Dars:
Mo‘minning hayotiga qarasang shu ikki holatdan chiqmaydi. Qiyinchilik vaqti ro‘zador kabi sabr qiladi. Ofiyat vaqti iftor qilgan kabi shukr qiladi.
Rasululloh mo‘minning hayoti haqida aytdilar:
"Mo‘minning ishi qiziq. Uning hamma ishi yaxshilik. Unga xursandlik yetsa shukr qiladi bu unga yaxshi. Qiyinchilik yetsa sabr qiladi bu ham unga yaxshi. Bu faqat mo‘minga"
(Muslim)
Umar raziyallohu anhu aytadilar:
"Sabr va shukr (oxirat sari miniladigan) ikki ulovdir. Men ularning qaysi birini minishim farqi yo‘q"
Abdulloh ibn Mas'ud raziyallohu anhu aytadilar:
"Iymon ikki bo‘lak. Yarmi sabr, yarmi shukr"
Shunga binoan, ramazonning har kuni senga hayotingdagi "Sabr" vaqtini, har tuni esa hayotingdagi "Shukr" vaqtini esaltsin..
Alloh taolo aytadi:
"Albatta ana shunda barcha "O‘ta sabrli va o‘ta shukrli" kishilarga ibratlar bordir.."
(Luqmon.31)
Ramazon madrasasi (8)
Nega ramazonda ko‘pchilik ozish o‘rniga semiradi?
Och qolishdan qo‘rqib saharlikda ko‘p ovqat yeyish va ko‘zi ochlik qilib iftorda ko‘p yeyish sabab, jasadga keraksiz "yuk" (vazn) ortadi. Bu yukni jasadga foydasi emas zarari bor. U faqat kishini harakatlanishini susaytiradi.
Oshiqcha ichimlik ham chanqoqni kun bo‘yi daf qilmaydi. Balki kishini faqat bezovta qilib tez-tez hojatga yugurtiradi. Chunki, insonda tuya kabi o'rkach yo‘q-ki ozuqa va ichimlik zaxira qilsa..
Dars :
Ramazondan boshqa vaqtda ham shundan ibrat olish lozim. Ertaga nima qilaman deb g'am qilish va erishganda ochko‘zlik hissi insonga zarur bo'lmagan "yuk" (qiyomatda javobgarlik) oshishiga sabab bo'ladi. Dunyoda ham oxirat sari harakatlanishini susaytiradi..
Va tez-tez hojatga (musibatga) yugurtiradi..
Shuning uchun kun bo‘yi ochlik, tashnalikdan emas, qiyomat kuni ochligi va tashnaligidan qo‘rqib "ochko‘z" bo‘lish kerak.
Alloh taolo aytadi:
"(Safarda) Zaxira olinglar, (bilinglarki) eng yaxshi zaxira taqvodir"
(Baqara.197)
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
"Odam bolasiga belini tutadigan ozgina luqmalar kifoyadir. Agar lobud bo'lsa uchdan biri taomiga, uchdan biri ichimligiga, uchdan biri nafas olishiga bo‘lsin"
(Termiziy)
Shunga o‘xshash ma'noni dunyodan kishining nasibasi haqida ham aytganlar :
"Odam bolasi "molim, molim"deydi. molingdan senga yeb tugatganing, kiyib chiritganing, sadaqa qilib oxiratga o‘tkazganingdan boshqa narsa yo‘q"
(Muslim)
?"Asmoul husna"
83-dars: (115-ism)
Ar-Roshid ismi haqida!
00:54 Lug‘aviy ma'nosi;
09:43 Ulamolar tariflari;
13:37 Quronda kelgan o‘rni:
17:24 Borliqdagi ta'sirlari;
23:40 Insondagi ta'sirlari;
45:04 Shariatdagi ta'sirlari;
52:13 Qiyomatdagi ta'sirlari;
52:37 Bandaning nasibalari;
01:18:10 Allohga bu ismi bilan duo qilish.
⬇️⬇️⬇️
Ramazon madrasasi (7)
"Ramazon solih zurriyot istash oyi"
Alloh taolo aytadi :
"Endi (Ramazon kechalarida) ayollaringizga tegachoqlik qilaveringlar va ALLOH SIZGA BITGAN NARSANI ISTANGLAR"
(Baqara.187)
Oyatdagi "Alloh sizga bitgan narsa" dan maqsad aksar mufassirlar aytishicha "zurriyod istash" .
Nega ramazon kechalarida "zurriyot istash" ni zikr qildi ?
1- sabab :
Solih zurriyot ko‘payishi uchun. Shaytonlar kishanlangan, kishining nafsi jilovlangan, taqvo, rahmat, barakot oyida hosil bo‘lgan farzand Allohning izni bilan solih farzand bo‘lishi umid qilinadi. Shuning uchun uni oyatda "lakum" ya'ni "sizning foydangizga" degan uslubda keltirildi.
Abu Hayyon aytadilar;
Oyatdan maqsad :
"Sizlarga faqat shahvatni o‘tash uchun emas, nasil qoldirishinglar uchun ushbu oyda ayollar muboh qilindi"
Chunki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:
"Nikohlaninglar, nasil qoldiringlar, men qiyomat kuni ummatlar oldida sizlarning ko'pliginglar bilan faxrlanaman"
2-sabab:
Ramazonda qalb ibodatga forig‘ bo‘lishi uchun .
Roziy aytadilar;
"Inson qalbi shahvat bilan mashg‘ul ekan toat-ibodatga qalbi bo‘sh bo'lmaydi. Qachon shahvatini bitirsa qalbi bo'shaydi. Shunga binoan oyatning ma'nosi:
"Endi (Ramazon kechalarida) ayollaringa teginib ixlosdan man qiladigan xayollardan forig‘ bo‘linglar. Undan so‘ng Alloh sizlarga bitgan namoz, zikr, laylatul-qadrdagi ajru-savoblarni istanglar "
Sa'diy aytadilar:
"Ramazon kechalarida ayollaringa yaqinlik orqali Allohga yaqinlikni niyat qilinglar "
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:
"Birlaringning avratida ham sadaqa qilish imkoni bor "
(Muslim)
?"Asmoul husna"
80-dars: (112-ism)
Al-Badi' ismi haqida!
0:56 Lug‘aviy ma'nosi;
09:02 Ulamolar tariflari;
19:49 Quronda kelgan o‘rni:
24:48 Borliqdagi ta'sirlari;
32:12 Insondagi ta'sirlari;
46:40 Shariatdagi ta'sirlari;
48:05 Qiyomatdagi ta'sirlari;
49:54 Bandaning nasibalari;
01:16:33 Allohga bu ismi bilan duo qilish.
⬇️⬇️⬇️
?Ramazon madrasasi (01)
Bugun Alloh uchun ertalabdan kechgacha halol ovqat, halol ichimlik , halol shahvatni tark qilding..
Dars:
Hayotingga bir nazar sol ! Shular kabi senga halol bo‘lgan qaysi haqqingni Alloh uchun tark qila olding?
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:
"Kim haq bo'la turib tortishishni tark qilsa, men unga jannatning atrofidan bir uyga kafilman!"
(Abu dovud)
?Termiziy sunani sharhi
252-dars:
00:13 Qur'on ortidan pul olish;
05:16 Qur'on haromini halol qilgan unga iymoni yo‘qligi;
07:10 Qur'onni jahriy va maxfiy qiluvchi misoli;
11:30 Uyqudan avval o‘qiladigan suralar;
14:28 Tongda o‘qiladigan suralar;
16:41 Nabiy alayhissalam qiroatlari;
21:16 Nabiy alayhissalam vitrlari;
23:53 Allohni kalomini yetkazish;
30:37 Qur'on duodan mashg‘ul qilsa uning mukofoti;
34:15 Qiroatlar kitobi;
41:36 Hud surasidagi qiroatlar;
43:50 Kahf surasidagi qiroatlar;
47:57 Rum surasidagi qiroatlar;
(2917-2936)
⬇️⬇️⬇️
🔔 Reklama: https://t.me/EduRek/16
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi yangiliklari
🌐 Manba: www.uzbmb.uz
Last updated 2 months, 3 weeks ago
? ELON VA REKLAMALAR ✓
? SOTING YOKI SOTIB OLING ✓
? ENG ISHONCHLI KANAL ✓
? AZOLAR JONLI AKTIF 300,000 ✓
? ID 830125650 ✓
?? @VODIY_BOZOR_KANAL_ADMINI
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
? ONLINE SAVDO ✅
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Last updated 1 year, 4 months ago
???
Kanalimizda judayam ko‘p foydali mahsulotlar bor, ko‘rib chiqib buyurtma berishingiz mumkin
✅ Biror bir mahsulotga buyurtma berishga qiynalsangiz yoki qandaydur muammo bo‘lsa quyidagi profilga yozing
? @Sotuvchi_A ?
Last updated 1 year, 4 months ago