Hasanboy Rasulov's Blog

Description
Ingliz tili o'qituvchisi va bloger Hasanboy Rasulov kanali
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

1 year, 7 months ago
E'tibor berganmisiz, ko'p mashxur shaxslar hayoti …

E'tibor berganmisiz, ko'p mashxur shaxslar hayoti qiyinchiliklar bilan o'tib, ijodi orqali endi el og'ziga tushib, yaxshi hayot kechirishni boshlab og'zi endi oshga yetganda Alloh jonini oladi. Hayotdan erta ko'z yumadi. Bu Allohning biz bandalariga eslatmasi bo'lsa kerak deb o'ylab qolaman. Yoshing, nasabing, boy yoki kambag'alligingni farqi yo'q sen ham qachondir, rejalaring bir dunyoligida to'satdan vafot etishing mumkin degan xulosani olishimiz kerakligini o'ylayman. Hammamizning borar joyimiz bir. Bundan faqat ibrat olishimiz kerak. Farhod Mannopovning (Mitti vine) ijodiga hurmatim o'zgacha edi. O'limidan juda ta'sirlandim. Bizga ko'p narsalarni eslatib ketdi. Alloh rahmatiga olgan bo'lsin. Inna lillahi va inna ilayhi roji'un.

? @hrasulov - Hasanboy Rasulov blogi

1 year, 7 months ago
Ba'zida foydalanuvchilar biror fayl tashlab berishimni …

Ba'zida foydalanuvchilar biror fayl tashlab berishimni so'rashadi. Tashlab bersam, bu telefonimda ochmadi boshqa nomer beraman o'shanga tashlang deyishadi. O'ziz istagan odamga forward qilib olaverasiz deb hech tushuntira olmayman shundaylarga. Yuqorida suhbatimiz ham yarim soat davom etgan, hech ham forward qilishni tushuntira olmadim.
Aytilgan raqamni saqlab keyin unga yozib tashlab berish varianti ham bor, unaqada bilib yoki bilmay blok qilib spam berib tashlashadi. ? Birovga yaxshilik qilaman deb spamdan chiqmay yuraman keyin.
Bu texnofoblarni nima qilsa bo'lar ekana?

? @hrasulov - Hasanboy Rasulov blogi

1 year, 8 months ago

Stresslarga to'la mamlakat

Chet eldagi sokin hayotga o'rgangan odamlar yurtimizga qaytishsa juda ham qiynalishadi. Bu yerdagi kunlik hayoti stresslarga to'la o'tadi. Shu sababdan ham yana chet davlatga qaytib ketgisi kelib qoladi. Nafaqat chet eldan kelgan, balkim hech ham chetga chiqmagan, o'z fikriga ega, o'zining haq-huquqlarini poymol bo'lishiga indamay qarab tura olmaydigan har qanday odam uchun ham shunday deb bilaman. Fikrimni bir misol bilan dalillamoqchiman.
Bugun tuman markazidagi shifoxonadan dorixonaga borib kelishimga to'g'ri keldi. Dorixona ham uncha uzoq emas. 200-300 metr chiqadi. Faqat u dorixonaga svetoforli chorahhadan "г" shaklida o'tib boriladi. O'sha birinchi peshexoddan o'tayotsam bir Cobalt mashinasi telefon kavlab kelib, qizil yonganini ko'rib qoldi shekilli peshexodning yo'lini to'sib to'xtadi. Mashinasini aylanib o'tishimga to'g'ri keldi. Keyin dorixonadan dorilarni olib qaytishimda yashil chiroqda peshexoddan o'tyapman, Kaptiva mashina juda tez kelib yaqinimda tormoz berdi. Peshexodning qolgan yarmida Neksiya 1 avtomashinasi ham peshexod yo'lini to'liq to'sib qo'ygan holda turardi. Uni aylanib o'tish davomida oynasini taqillatib tanbeh bersam, zarda qilib mashinasini chiyillatib oldidagi Damasni urib olishiga sal qoldi. 5 daqiqa piyoda sifatida ko'chada bo'ldim shuncha madaniyatsizlikka guvoh bo'ldim. Mashinaga haydasangiz boshqa mashinalarning manyovrlari, befarosatligi, noto'g'ri parkovka qilishlari, mashinangizni chiqib ketolmaydigan qilib yo'lini to'sib qo'yishlari, burilish chiroqlarini yoqmay burilishi, tinmay orqadan "margat" qilishi asabingizni buzsa peshexodlarning ham ularga qizil chiroqda o'tib kelishi, o'tish mumkin bo'lmagan joylarda yo'ldan chiqib kelishlari sizni stressga soladi.
Piyoda rolida bo'lsangiz ham huddi shunday stresslarga to'la bo'ladi.
Ehh qachon shu oddiygina 2-3tagina rangdan iborat svetoforni ranglarni ajratishni boshlar ekanmiz... Qachon do'konlarda navbat turishni o'rganar ekan... Qachon madaniyatimiz ustida ishlab, bir-birimizga hurmatda bo'lishni o'rganar ekanmiz?
Svetoforda yashil yonishini kutib turgan, shuncha joy tursa ham uzoqdan kelib peshexoddan o'tib ketayotgan itlarni (bunisini hayotda ham ko'rganman) videolarini ko'rsam, hayvonlarga mehrim oshadi. Shu xayvonlar bizdan aqlli.
Bu narsalarni bilmaymizmi? O'rgatilmaganmi? Unday emas, bog'cha paytida svetoforni o'rgatadi. Bizda "nigilizm" juda kuchli. Ya'ni nagliy mensimaslik.
Bilamiz, amal qilmaymiz, qilishni xohlamaymiz! Xudbinmiz! O'zimizdan ozganing hayoti - hayot emas. Shu yomon illatlarni yo'qotishimiz kerak.
Shu oddiy qoidalarni xalqimizga o'rgata olmayapmiz, renesans-penesans degan narsalarni biror 50 yilga surib tursak ham bo'laveradi.

? @hrasulov - Hasanboy Rasulov blogi

1 year, 8 months ago
Bu mazmundagi xabarlarga tez-tez duch kelyapmiz. …

Bu mazmundagi xabarlarga tez-tez duch kelyapmiz. Afsuski, hali ham shundoqqina bank karta raqamimni yozib, sovrinni kartamga tushirib olaman deydiganlar judayam ko'p topiladi.
Kartangizni puli yo'q bo'lsa ham aslo ma'lumotlarini kiritmang. Ular kartangizga pul tushsa xabar beradigan programmaga ulab qo'yadi. Qachonki kartangizga pul tushishi bilan yechib olishadi. Iltimos, rasmdagi sichqon bo'lishni bas qiling! Qanchadan qancha kanallar, blogerlar ogohlantiryapti. Lekin baribir nafsingiz g'olib kelib oxirida o'zingiz qurbon bo'lib qolyapsiz. Bitta narsani miyaga quyib, formula qilib yodlab oling! TEKIN PISHLOQ QOPQONDA!? @hrasulov - Hasanboy Rasulov blogi

1 year, 8 months ago

Xalqimizni ko'p qismi Rossiya bizni boqyapti, Putin bo'lmasa biz och qolamiz deb fikr yuritishadi. Lekin afsuski Rossiyada musofirlarga munosabat juda yomon. Aslida o'sha musofirlarimiz Rossiyani boqyapti. Putin tekindan-tekin bekor yurishgani uchun pul to'lamayapti. Naborot bularni ham arzon ishlatyapti, ham patent deb pulini olyapti. Patentga pul to'lanmaganni shtraf qilib pulini olyapti. Fikr qiling kim-kimni boqyapti... Shu ishni boshqa davlatda qilsa bular 4-5 barobar ko'p pul topishardi. Mehnat huquqlari kafolatlarnadi. Qo'shimcha bonuslar, imtiyozlar, yashash uchun joy, ishga borish uchun avtobuslar bilan ta'minlagan bo'lardi. Biz esa millatdoshlarimizni shunaqa hor qilganlarni, ulug'lab, ko'klarga ko'tarib yuraveramiz...

? @hrasulov - Hasanboy Rasulov blogi

1 year, 8 months ago

Tasavvur qiling... Yo'q qilmay qo'yavering baribir eplolmaysiz... ?

? @hrasulov - Hasanboy Rasulov blogi

1 year, 8 months ago
Fantaziya level 99

Fantaziya level 99
Uzr, lekin men hech qanaqasiga tasavvur qilolmadim. Tasavvur qildim lekin ma'no chiqarib bo'lmayapti. Tasavvur va mantiq ustida hali ko'p ishlashim kerak ekan... ?

@hrasulov - Hasanboy Rasulov blogi

1 year, 8 months ago
O'zi kamdan kam televizor ko'raman. Bir …

O'zi kamdan kam televizor ko'raman. Bir marta Yoshlar kanalida yaxshi kino bo'layotganiga ko'zim tushib qolib, qiziqib ko'rayotgan paytim bir narsa e'tiborimni tortdi. Ya'ni REKLAMAlar.
Har 15-20 daqiqada reklama qo'yilyapti. Sekundomerga qo'yib hisobladim reklama davomiyligi ham naqd 14 daqiqaga yetdi. O'sha 14 daqiqa ichida reklama yozuvi bilan chiqadigan poroshokni ham qo' shganda jami 49ta reklama qo'yildi. Va eng qizig'i aksariyat qismi dori-darmonga to'g'ri keladi. Farm biznesni cho'qqisiga olib chiqib berayotganlar shular bo'ladi. Bolalar o'limini homiysi ham shular deb bilaman. Ozgina pulga nimani bo'lsa reklama qilib beradigan beburdlar. Telekanal deganida sal vijdon degan narsa bo'lishi kerak. Ayniqsa davlat moliyashtiradigan telekanallarda.
Qisqa vaqt TV ko'rib shuni tushunib yetdimki, TV ko'rmay qo'yib to'g'ri qilgan ekanman.

? @hrasulov - Hasanboy Rasulov blogi

1 year, 8 months ago

Toshkent shahridagi ingliz tili ustozlari agar shahar hududi deb DTM bergan ma'lumotnomangiz uchun sizga 15 foiz to'layotgan bo'lsa endi 30 foiz ustama talab qilsangiz ham bo'ladi. Baribir qishloqdan farqi qolmadiku ?
#joke_time

? @hrasulov - Hasanboy Rasulov blogi

1 year, 8 months ago
Yaxshiyam bu kompaniya Hindistonniki ekan. O'zimizni …

Yaxshiyam bu kompaniya Hindistonniki ekan. O'zimizni milliy kompaniya bo'lganda, bitta uzr yoki hayfsan bilan ishini davom ettiraveradi. Kamiga tovarlari o'tmay qolib, ko'rgan zarari uchun subsidiya ham ajratib berilardi.

? @hrasulov - Hasanboy Rasulov blogi

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago