Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Суньий интеллектнинг жавобларини таҳлил қилинг. У бизга аниқ жавоб берувчи машина эмас. Мавжуд жавобларни ичида кўп эьтироф этилганини етказувчи, холос. Бу энг тўгриси дегани эмас
@MamatovHusanbek никли обуначимизнинг қораламаларини эълон қилдим. Сабаби масалага ўзига хос ёндашув, таҳлил бор. Бу жуда яхши. Хато ва камчиликлар бўлиши табиий. Энг асосийси таҳлил услуби, ўз йўли ва ўзига хос ёндашуви бўлиши. Қолгани вақт сари сайқалланиб бораверади. Бу ерда келтирилган фикрлар тўлиқ уники эмасдир. Аммо бошқа бир мақоладан таъсирланиб, уларни кенгайтириб, ўз фикрларини ҳам баён қилганлиги муҳим ҳамда келажак учун умид беради. Яна кимларда тарих фанига оид қораламалар (кўчирилмаган, оргинал, фойдаланилган манба ва адабиётлар ҳақида айтилган) постлар бўлса мен билан боғланинг. Талабларимизга мос тушганларини каналимизда мақолангизни эълон қилишимиз мумкин
El Temur (Yuan imperiyasi), Nayman (Oltin O‘rda), Amir Qozog‘on (Chig‘atoy ulusi) va Ilxoniylardagi Tavochi, Buqa hamda Amir Choban kabi shaxslar o‘z davrida hukmdorlardan ko‘ra katta kuch va ta’sirga ega bo‘lgan. Ular bevosita taxtni egallamagan bo‘lsa ham, davlat siyosatini nazorat qilgan va hukmdorlarni taxtga chiqarib yoki ag‘darib yuborishgan.
O‘xshashliklar:
1. Haqiqiy hokimiyat egasi – Rasmiy hukmdorlarning soyasida bo‘lib, amalda davlatni boshqarishgan. Ularning roziligisiz muhim qarorlar qabul qilinmagan.
2. Hukmdorlarni taxtga chiqarish va tushirish – Barchasi o‘z tarafdorlarini taxtga olib kelgan yoki o‘zlariga to‘sqinlik qilgan hukmdorlarni yo‘q qilgan. Masalan:
El Temur bir necha Yuan imperatorlarini taxtga chiqargan.
Nayman Oltin O‘rda xonlarini qo‘llab-quvvatlagan yoki almashtirgan.
Amir Qozog‘on Bo‘qi Temurni Chig‘atoy ulusining xoni qilgan.
Tavochi, Buqa va Choban Ilxoniylar taxtidagi o‘zgarishlarga sababchi bo‘lgan.
3. Harbiy kuch va qo‘llab-quvvatlovchi tarafdorlarga ega bo‘lish – Barchasi katta harbiy qo‘shinlar va sodiq amirlar orqali o‘z hokimiyatini mustahkamlagan.
4. Oilaviy va siyosiy tarmoqlarni yaratish – O‘z qarindoshlari va tarafdorlarini yuqori lavozimlarga joylashtirishgan. Masalan, Amir Choban o‘z qizini Ilxoniy hukmdoriga turmushga bergan, El Temur ham saroyda o‘z odamlari orqali hukmronlik qilgan.
5. Oxiri bir xil bo‘lgan – ortiqcha kuchayib, yo‘q qilingan – Har biri oxir-oqibat o‘z hukmdori yoki raqiblar tomonidan yo‘q qilingan. Ularning ta’siri haddan tashqari kuchayganida hukmdorlar ularga qarshi harakat boshlagan.
Farqlar:
1. Davlat va geografik hududlar
El Temur – Yuan imperiyasida (Xitoyda) ta’sirli bo‘lgan.
Nayman – Oltin O‘rdada (Rossiya va Sharqiy Yevropa hududlari).
Amir Qozog‘on – Chig‘atoy ulusida (Markaziy Osiyo).
Tavochi, Buqa va Choban – Ilxoniylar davlatida (Eron, Ozarbayjon, Iroq).
2. Siyosiy tizim va boshqaruv usuli
El Temur va Ilxoniy amirlari Xitoy va Erondagi byurokratik tizimlarga moslashgan.
Nayman va Amir Qozog‘on ko‘chmanchi an’analarga tayanib, mo‘g‘ul-turk urf-odatlariga ko‘ra davlatni boshqargan.
3. Merosi va davomchilari
El Temur vafotidan keyin uning oilasi ta’sirini yo‘qotgan.
Naymanning vorislari Oltin O‘rdada uzoqroq yashab qolgan.
Amir Qozog‘onning siyosiy vorisi Amir Temur keyinchalik ulkan imperiya asos solgan.
Amir Chobanning oilasi Ilxoniylar davrida uzoq davom etmagan.
Xulosa:
Bu shaxslarning barchasi davlat ichida “soya hukmdor” bo‘lgan va rasmiy hukmdorlarning nomi bilan boshqarishgan. Ular siyosiy o‘yinlar orqali kuchaygan, lekin haddan tashqari kuchga ega bo‘lishgani uchun yo‘q qilingan. Farqlar esa ular yashagan davlat tizimi, geografiyasi va siyosiy merosida ko‘rinadi.
Муаллиф @MamatovHusanbek
Университетлардан сўрасангиз, магистратурада ўқиш албатта керак дейди. Нимага деб ўйлайсиз? Чунки магистратура университетлар учун ажойиб маблағ манбаи. Магистратура талабалари одатда бир йилда бакалаврлардан кўпроқ пул тўлайди. Етакчи университетлар магистратура дастурларидан нақадар манфаатдор эканини ўтган йили Британия ҳукумати қабул қилган қарор таъсиридан билиш мумкин. Олдинги ҳокимият муҳожирларни камайтириш пайида халқаро талабаларга оиласини Британияга олиб келишни таъқиқлади. Қарабсизки, бу йил чет эллик магистрлар сони 40%га камайган ва кўпгина университетлар жар ёқасида.
Университетда дарс берувчи сифатида айтай—магистрлар билан ишлаш алоҳида завқли. Улар ўқишга бакалаврларга нисбатан жиддийроқ ёндашади. Улар билан чуқурроқ мавзу ва саволларни муҳокама қилиш мумкин. Аммо ҳаммага магистратура керакми? I'm not so sure ?
Олий таълим, адабиёт, Япония, Англия, университетлар, футбол ва бошқа мавзулардаги кундалик ёзувларим сизга қизиқарли ва фойдали бўлса, каналга ёзилинг ва бу мавзуларга қизиқадиган дўсту яқинларингизга ҳам юборинг ?**
@profsherzod
#taziya
O'zbek adabiyoti yana bir hassos shoiridan ayrildi...
Yarashmoq uchun ham nizo tug‘ilgan,
Oshiqlar ko‘nglida rizo tug‘ilgan.
Imroniy dillarda tug‘ilsa Maryam,
Maryamiy ruhlarda Iso tug‘ilgan.
Kamtarin tilaklar o‘solar – o‘sgay,
Javonmard elda gul nisolar o‘sgay.
Nihollar shaklida o‘ssa umidim,
Daraxtlar shaklida asolar o‘sgay.
Ko‘p g‘alat savdolar baso ulg‘aygan:
Goh qiyshiq kulbada raso ulg‘aygan;
Ulug‘bek ko‘shkida – Abdullatifxon,
Fir’avn qasrida Muso ulg‘aygan...
Men na shoh, na gado, na valiy zotman,
Nafsim egarlagan yayloqi otman.
Shuncha gunoh bilan hanuz qaddim tik,
Shuncha nuqsim bilan hanuz hayotman.
Kel, vahm sherini jayron qil, Xudo,
Chavandoz nafsimni vayron qil, Xudo.
Mendek bir yomondan yaxshi og‘ochlar
Undirib, meni bir hayron qil, Xudo.
©️Mansur JUMAYEV
Nananziyni oʻqib...
"Nomussiz hayoting qadri yoʻqdir va pushaymon bilan zoe ketgan umrni qaytarib boʻlmaydi".
Amir Temur.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago