Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 6 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
Shturvalni unga bering
Har kunimizda muammolar bilan to‘la. Kimlardir foydali, kimlardadir foydasiz muammolarni yechish bilan ovora.
Taniqli inson bo‘lish, katta maosh olish, hammaga yordam berishni hamma barobar xohlaydi.
Ota-onalar "bolam yaxshi o‘qimayapti", "ko‘cha kezishdan hech kelmaydi" deyishadi.
Yoshlar esa "o‘zimni hech boshqa olmayapman", "dangasalik qilib qo‘yaman" deyishadi.
Ko‘pchilik qochadigan narsa ham, sizni ulg‘aytiradigan ham, tajribali qiladigan ham bu mas’uliyat.
Oddiy kemachini kapitan qilishni istasangiz, unga shturvalni bering.
Loyiq bo'ling, keladi
Jamoada lider bo'lishni istashadi, lider qilib saylashmasa xafa bo'lishadi.
Turli xil kontentlar tayyorlashadi, ularni sayqallab ijtimoiy tarmoqqa yuklashadi. Kutilgan natijalar bo'lmaydi.
Oyligim kam deb nolishadi, ammo ular aytayotgan oylikga yarasha ish qilmayotganliklarini tushuntira olmaysiz.
Qilayotgan ishlarimiz, qo'yilayotgan maqsadlarga kutilayotgan natijalarimizga mos kelmaydi.
Kutilmalar qo'ymang, barcha qilayotgan ishlardan qoching.
Avval loyiq bo’lasiz, bir kun albatta keladi.
Mehrsiz mehnat qadrsiz
Talabalar imtihonda yolg‘on yoki g‘irrom ishlatishga harakat qilishadi.
Muammoni oldini olish uchun ustozlar ham tekshiruvchilar yollashadi.
Ikki tomon ham eng yomon harakat turlaridan foydalanadi. Natijada jamiyat jabr ko‘radi.
Darslari qiziq o‘tiladigan, yoqimli ustozni talabalari aldashganini hech ko‘rmadim.
Yaxshi ustoz o‘z kasbini sevadi. Sevmadimi demak majburlikdan ustozlik qilyapti.
Majburlik esa chala, yomon va sifatsizlikka katta hissa qo‘shuvchi omil bo‘ladi.
Onangiz mehr bilan qilgan ovqatni maza qilib yeysiz. Mehrsiz ovqatning ikkinchi qoshig‘i ham tatimaydi.
Yondashuv to‘g‘rilanmas ekan jinoyatni oshirishga, qiziqishni o‘ldirishga xizmatda bo‘lamiz.
Qilayotgan ishingizni yaxshi ko‘rib qiling. Chunki mehrsiz ishni hech kim qadrlamaydi.
Tekshiring
Beshikdan to qabrgacha savollarimiz bor.
Savollar bo'lmasa javoblar topilmas va qidirilmas.
Ilm ikki tomoni o'tkir qilichkabidir. Uni to'g'ri ishlatmasangiz o'zingizni jarohatlaydi.
Qanchalik to'g'riligini bilishni istaysizmi? O'rgating va o'rganing.
Qanchalik mavuzni chqur bilishingizni istasangiz uni boshqalarga o'rgating.
Agar ular bu mavzuga tushunishmasa demak siz hali mavzuni yaxshi bilmas ekansiz.
Bilimni tekshirish uchun test topshirish emas, o'rgatish yaxshiroq aniqlaydi va o'rgatadi.
Ko’z yuming
Film juda yomon edi. Ayolimga qarab “yur uyga ketamiz” dedim.
Ayolim “Yo’q. $30 pulni shunchaki isrof qilmasak kerak?” dedi.
“Aynan bu narsa qolishimizga sabab bo’la olmaydi, yur” deb qaytardim.
“Film yoqsa ham yoqmasa ham pul ketdi. Biz buni qolish uchun sabab qilmasligimiz kerak” dedim.
[hikoyadan parcha]
Bu tushuncha ilmiy tilda sunk cost fallacy deyiladi.
Siz sarflagan resurs (pul, kuch, vaqt, …)ingizga achinib foydasiz ishni bajaraverasiz.
Bu holatga tushmaslik uchun avval o’sha narsa haqida fikrlar eshiting va izlaning.
Tushib qoldingizmi, ko’z yuming.
Nima bilan o'lchaysiz?
"Meni faloncha ming obunachim bor, senikichi?" deyishdi.
"Qiymatingiz obunachilaringiz sonidami?" deb so'radim.
Ijtimoiy dunyoda obunachilar soni, tashqi ko'rinish qiymat ekan.
Ko'p bo'lsa shuncha inson qiymati qimmatlar ekan.
Elektr toki o'chgan kun, atr-upangiz tugagan kun qiymatingiz tushadi.
Inson bo'ling, olim(a) bo'ling, insofli bo'ling. Qiymatingiz faqat ko'tariladi.
Savol berdim
Biz o'zimizni qanchalik o'sganimiz yoki tushganimizni ko'rish uchun, qilgan ishlarimizga qaraymiz.
Bunday qilishimizga sabab, qachon to'xtasak va dam olsak bo'lishini aniqlab olishga o'xshaydi.
Bu yerdagi eng katta muammo bu hech nima qilmaganimizdagi xislar bo'ladi.
Yoki boshqalarni ko'proq narsaga erishayotganini ko'rish, hasad, o'zidan norozilik va imposter sindormi paydo qiladi.
Ko'rayabsizmi, bu qanchalik bizni hozir qilayotgan ishimizdan zavqlanish va roxatlanishdan uzoqlashtirayabdi?
Maqsad qilish va u yo'ldagi natijalarni o'lchashda indekatorlarga qarash ikki tomonli qilichga o'xshaydi.
Ehtiyotkorlik bilan uni ishlatmasangiz sizga jarohat yetkazishi ham mumkin.
Jarayondan zavqlanish uchun "Istagim birovlardan o'tishmi yoki foydali ish qilishmi?" deya o'zimga savol berdim.
Yiqilmasangiz yurishni o‘rganmaysizG‘alaba ortida yuzlab, minglab mag‘lubiyatlar va omadsizliklar yotadi. Tahlil qilsangiz ulardan o‘rganasiz.
Harvard, Oxford kabi top universitetlar, Google, Meta kabi gigant kompaniyalarga bir deganda kirganlar soni juda kam.
Ertalabdan kechgacha masala ishlab olim bo‘lmaysiz. Haqiqiy musobaqa yoki ilmiy ishlarda qatnashib olim bo‘lasiz.
Har narsaning birinchisi hayajonli va qiyin bo‘ladi. Keyingilarida albatta muvaffaqiyat qozonasiz.
Taslim bo‘lmoqchi bo‘lsangiz 1 yoshli bolalarni tomosha qiling. Siz ham xuddi ulardek yiqilmasangiz, yurishni o‘rgana olmaysiz.
Tan oling, o'sasiz
Ba’zi bilimlarim yaxshi deb o‘ylardi. Bir kompaniyada texnik intervyu bo‘lib, bir opa mavzuni o‘ta chuqur so‘rab dodimni berdi, bilmasligimni tan oldim. Oldingidan ko‘proq va yaxshiroq o‘rganyapman. O‘sishni sezyapman.
iPad bozorda eng ko‘p sotilgan payt, Stiv Jobsga iPhone 1 konsepsiyasi ko‘rsatiladi. Jobs uni ahmoqona fikr deb ataydi. Keyinroq o‘ylab ko‘p muhokamadan keyin o‘z aybini tan oladi. Natija iPhone eng qimmat va zo‘r brendga aylangan. [manba]
Oppenheimer filmini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Enshteyn atom bomba ixtirosi imkonsizligini aytadi. Oppenheimer esa jamoa tuzib uni sinab ko‘rishni boshlaydi va natijada birinchi atom bombasi 1945-yil 6 Avgust kuni Nagosakiga muvaffaqiyatli tashlanadi. [manba]
Fikrlar ko‘p, avval eshitib ko‘ring. Keyin o‘ylab ko‘ring. So‘ngra bajarib ko‘ring. Fikrlarni yoqimsizligiga emas isbotiga qarang. Ba’zan haqiqat achchiq bo‘ladi.
Ko‘proq o‘sishni istaysizmi, unda tan oling!
Majbur bo'lasiz
Ertalab uyg'onishga qiyinalardim. Har kuni uyg'onishim kerak bo'lgan vaqtga meeting belgilaganman, uyg'onish osonlashdi.
O'rganishga qiynalardim. Bir do'stimga yaqinroq kunni belgilab o'rgatishga vada berdim. Barcha bilimlarni o'rganishim osonlashib ketdi.
O'zingizni majburlamang. Shunchaki majbur qiluvchi vaziyatlarni yarating. Shunda zerikmaysiz, majbur bo'lasiz.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 6 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago