Yurist| Hamid AKMALOV

Description
⚖Huquqqa oid⚔
🎓Yosh yurist blogi
🛡Huquqiy konsultatsiya
🧾Sudga da'vo ariza va iltimosnoma yozish xizmati;
📩Murojaat va savollar uchun:
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

1 month, 3 weeks ago

3-martdan uy-joy subsidiyasi ichun arizalarni qabul qillish boshlanadi❗️****
Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida arizalarni 3-mart kuni soat 09:00dan boshlab jo‘natish mumkin.

Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal (my.gov.uz) orqali topshirish mumkin. Bunda ariza beruvchi xohishi bilan uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlari kiritilishi mumkin.

Shuningdek, arizachi yoki uning turmush o‘rtog‘ining (shu jumladan, kafil sifatida keltirgan yaqin qarindoshlari) o‘rtacha daromadi quyidagicha bo‘lishi kerak:

🔻Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (hozirda 3,11 mln — 9,24 mln so‘m);

🔻Toshkent shahrida — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7−9,2 baravari (hozirda 3,11 mln so‘m — 10,62 mln so‘m).

@Yurist_Akmalov👈

1 month, 3 weeks ago

🔰Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–26-sonli Farmoni qabul qilindi

⚡️Ushbu Farmon bilan joriy yilda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlangan boʻlib, ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar soni o‘tgan yilgiga nisbatan 1,5 baravarga oshirildi hamda dastur doirasida 30 000 nafar talabgorlarga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratish belgilanmoqda.

@Yurist_Akmalov👈

1 month, 3 weeks ago

⚡️Rasman: Jarima ballari 12 balldan oshsa haydovchi transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi Qonun bilan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, quyidagilar uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi: Yo‘l…

3 months, 4 weeks ago
4 months ago

⚡️13.12.2024-yilda Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda ham tashkil etish amaliyoti joriy qilinadi.

Qaror bilan oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar ham tasdiqlandi.

@Yurist_Akmalov?

4 months ago

"Mening maktabim" loyihasiga start berildi❗️****
Mazkur loyiha uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan, 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab barcha umumta’lim maktablarida "Mening maktabim" loyihasini amalga oshirish maqsadida tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining 2025-yil uchun xarajatlar smetasida bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobari miqdorida mablag‘ ajratiladi.

Mablag‘lar "Mening maktabim" loyihasi doirasida 5-11-sinf o‘quvchilari tanloviga ko‘ra elektron doska, kompyuter, sport jihozlari, kitoblar kabi maktab uchun zarur jihozlar olish uchun sarflanadi.

@Yurist_Akmalov?

6 months, 3 weeks ago

1-bosqich talabalari diqqatiga❗️****

⚡️1-bosqich talabalar uchun 24–27-sentyabr kunlari ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishi yuzasidan onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratildi.

Vazirlar Mahkamasining 605-son qaroriga asosan oliy ta’lim muassasasidan uzoq joylashgan hududlardan kelgan birinchi bosqich talabalari (doimiy yashash joyi boshqa tumanda (shaharda) bo‘lgan ijara asosida yashaydigan talabalar)ga sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, joriy o‘quv yilida talabalar safiga qabul qilingan va talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan birinchi bosqich talabalar uchun 24–27-sentyabr kunlari ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishi yuzasidan onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratildi.

❗️Eslatma: Nizomga asosan “talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan” deganda yotoqxonada turishga ehtiyoji bor, ammo joylar soni cheklanganligi bois ijarada turishi taqozo qilgan talabalar tushuniladi. Shu bois, o‘z ixtiyoriga ko‘ra ijarada turuvchilarga kompensatsiya to‘lovlari belgilanmasligi eslatib o‘tiladi.

Arizalar vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasi orqali faqat onlayn qabul qilinadi.

@Yurist_Akmalov?

6 months, 3 weeks ago

Bugun - 24-sentyabr. @Yurist_Akmalov KANALI 1 YOSHDA!

Bundan 1 yil avval aynan ushbu sanada kanalimiz o'z faoliyatini boshlagan edi. Asosiy maqsadim qo‘limdan kelganicha, imkonim, aqlim va kuchim yetganicha yurtdoshlarimizning huquqiy bilimlarini oshirishga ko‘maklashish, bilganlarimni ular bilan o‘rtoqlashish, shu jamiyat rivojiga biroz bo'lsada hissa qo'shishdan iborat.

Agar kimningdir kichkinagina muammosi yozganlarim orqali hal bo‘lsa, agar ustozlarimiz bergan ilm orqali hech bo‘lmasa 1 kishiga yordamim tegayotgan bo‘lsa, hech bo‘lmasa 1 kishi Ota-onangga rahmat deb duo qilib qo‘yayotgan bo'lsa, shuning o'zi men uchun kifoya, bu dunyoda bundan ortiq mukofot yo'q.

Yana bir gap – shu 1 yil davomida meni qo‘llab kelgan, ukasidek, akasidek yoki do‘stidek qabul qilib, iliq mehrini darig‘ tutmayotgan barcha mushtariylarga o‘zimning cheksiz minnatdorligimni bildirmoqchiman. Sizlarning har biringizni juda hurmat qilaman!

@Yurist_Akmalov?

7 months ago

23-SENTYABRDAN SUBSIDIYA UCHUN ARIZALARNI QABUL QILISH BOSHLANADI❗️ Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning tasdiqlangan maqsadli parametrlari doirasida arizalar qabul qilishning ikkinchi bosqichi joriy yilning 23-sentyabr kuni soat 09:00 da boshlanadi.…

7 months ago

KRЕDIT TARIXI NIMA****

? "Kredit axboroti almashinuvi to'g'risida"gi Qonunning 5-moddasiga ko‘ra, kredit tarixi — kredit byurosi tomonidan kredit axboroti subyektiga nisbatan shakllantirilgan kredit axboroti majmui hisoblanadi.

Kredit axboroti subyektining bajarilish sanasidan e’tiboran 5 yildan ko‘p vaqt o‘tgan pul summasini to‘lash majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kredit tarixiga kiritilmaydi.

⚠️Ya’ni, kredit olgan shaxsning qachon kredit olgan, qancha kredit olgan, kreditni qanday to‘lagan, muammosiz to‘laganmi yoki kechiktirib to‘laganmi degan va boshqa shu kabi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan shaxsning kredit tarixi kredit tashkilotlarida 5 yil davomida saqlanadi. Kredit olaman deb bankka borgandim "chyorniy" da ekansiz deb kredit bermadi degani ham manashu kredit tarixi yaxshi bo‘lmaganligi uchun kredit berilmadi degani.

*@Yurist_Akmalov?***

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago