Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
“fsp.agro.uz” ichki bozor narxlarini barqarorlashtirish borasidagi muhim qadam
Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini samarali jamg‘arish va monitoring qilish uchun zamonaviy va shaffof tizim – “Oziq-ovqat mahsulotlarini zaxiralash” axborot tizimi (fsp.agro.uz) ishga tushirildi.
Mazkur tizim orqali kartoshka, piyoz, sabzi va guruch kabi muhim oziq-ovqat mahsulotlarini hududlar va tadbirkorlik subyektlari kesimida real vaqt rejimida monitoring qilish imkoniyati yaratildi.
Bu jarayonda mahsulotlarni zaxiralash rejalariga muvofiq ma’lumotlarni jamlash, kundalik savdo hajmlarini kuzatish hamda sotilgan mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish amalga oshiriladi. Ushbu shaffof mexanizm mahsulotlar resurslarining nazoratini kuchaytirish va mavsumiy narxlarning keskin o‘zgarishini oldini olish imkonini beradi.
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni
1992-yilning 14-yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etildi. Shu munosabat bilan, 1993-yildan boshlab, 14-yanvar mamlakatimizda Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda. Bu sana Qurolli Kuchlar tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar, faxriylar va o‘z burchini yuksak mas’uliyat bilan bajarib kelayotgan barcha insonlarni sharaflash kuni hisoblanadi.
Vatan himoyachilari kuni mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, xalqimizning osoyishta hayoti uchun jonini tikkan insonlarni e’tirof etish imkoniyatidir. Bu nafaqat harbiylar uchun, balki yurt tinchligini saqlashga hissa qo‘shayotgan har bir vatandosh uchun ham qadrli bayramdir.
14-yanvar xalqimizni jipslashtiruvchi, yurt himoyachilariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish kuni sifatida, milliy g‘urur va vatanparvarlik ramzi bo‘lib qolmoqda.
Aziz va muhtaram yurtdoshlar, qadrli do`stlar!
Sizlarni kirib kelayotgan yangi 2025- yil bilan samimiy muborakbod etamiz!
Yangi yil Siz azizlarga ulkan muvaffaqiyatlar, baxtu-saodat, tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik va xonadonlaringizga fayzu-baraka olib kelsin!
Aziz yurtdoshlar, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yolida olib borayotgan sermazmun va fidokorona mehnatingizda omad va zafarlar doimo yor bo
lsin!
Hurmat bilan: "Agrosanoatni raqamlashtirish markazi" MChJ jamoasi
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish, sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Keyingi yillarda mamlakatimizda yerga oid munosabatlarda tenglik va shaffoflikni, yer resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlashga hamda yer uchastkalari o‘zboshimchalik bilan egallab olinishining oldini olishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga yerga oid huquqiy munosabatlarda barqarorlikni ta’minlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlari himoyasi kafolatlarini kuchaytirish hamda mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldini olish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
10-dekabr – O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun.
Madhiyamizga oid qonun 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan, ushbu mukammal badiiy asar O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov hamda atoqli sanat arbobi, benazir kompozitor Mutal Burhonov tomonidan ancha mehnatu mashaqqat bilan yaratilgan.
O'zbekiston Respublikasi sanat arbobi Mustafo Bafoevning fikricha, ustoz bastakor M.Burhonovning “Ko'ngil xazinasi” kitobida O'zbekiston davlat madhiyasining yaratilishi haqida shunday deyiladi:
“Vatan tuyg'usi, Vatan madhiyasi. Bu tushunchalar mushtarak, bir-biroviga uyg'unlashib ketgan. Vatanni madh etish, uni ulug'lash har bir inson qalbidan o'rin olishi kerak.”
Darhaqiqat, garchi kim uchundir balandparvoz tuyulsa-da, o'zi tug'ilib o'sgan mo'tabar diyorga mehr, o'z eliga bo'lgan ehtiromni shakllantirishda madhiyamizning o'rni beqiyos.
Bugun — 8 dekabr, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. O‘zbekistonda bosh qomus qabul qilinganining 32 yilligi nishonlamoqda.
Asosiy qonun 1992 yilning 8 dekabrida respublika Oliy Kengashida qabul qilingan edi. Konstitutsiya bilan davlat va jamiyat rivojlanishining demokratik tamoyillari belgilab qo‘yilgan. Respublikada ro‘y berayotgan demokratik o‘zgarishlar davomida Konstitutsiyaga ham o‘zgarishlar kiritib kelinmoqda.
Mamlakatda Konstitutsiya qabul qilingan kun bayram va dam olish kuni deb e'lon qilingan.
"Agrosanoatni raqamlashtirish markazi" MChJ xodimlari Konstitutsiya qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan barcha O‘zbekistonliklarni tabriklaydi. Konstitutsiyaviy huquqlaringizni biling va himoya qiling, huquqlaringiz buzilgan holatda Konstitutsiyaga tayaning.
“1-OKTABR — USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI”
Barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Sizlarga mustahkam sog‘lik, mas’uliyatli va sharafli kasbingizda omad va zafarlar, xonadoningizga fayzu baraka tilab qolamiz.
Mehnatingiz doimo muhim va ahamiyatli, biz sizni juda qadrlaymiz, aziz ustozlar!
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago