?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 1 day ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
Bugun uzoq tanaffusdan keyin Kompas Klubi (Compass Club) ning navbatdagi uchrashuvini o’tkazdik. Bir nechta yangi kelganlar ham bor. Ular uchun klubning maqsad va vazifalarini qaytadan ko’rib chiqdik.
Kompas klubi - geologiya fanlari (asosan geofizika) bo’yicha xorijdagi nufuzli universitetlarda magistratura va PhD bosqichida ta’lim olmoqchi bo’lgan bakalavr talabalari uchun bepul platforma. Oddiy CV dan, yo’nalish (major) va uni qo’llaydigan soha (application) tanlashdan tortib universitet va professor topish, stipendiya (scholarship) yutishgacha yordam beramiz.
Bu klubdan yurtimiz geologiyasining eng oldi mutaxassislari, iymonli rahbarlari, dunyoning nufuzli universitetlarida o'qiydigan tirishqoq talabalari, ixlos bilan ishlaydigan olim va professorlari yetishib chiqadi degan umiddamiz.
Kun mavzularidan biri: SEG (Society of Exploration Geophysicists) ning imkoniyatlari va O’zbekistonda ilk SEG Student Chapter ochish haqida gaplashdik. Hozirda 128 ta davlatda 20 mingdan a’zolari mavjud. O’zbekistonlik talabalar uchun yillik a’zolik to’lovi 6$.
SEG a’zosi bo’lgan talabalar uchun 5,000$ gacha stipendiyalar mavjud. 2024-2025-o’quv yilida jami grantlar qiymati ~250,000$ ekan. Yutganlar orasida qo’shni Qozog’istonliklar ham bor. Umid qilamanki klubimiz a’zolari O’zbekistonliklardan birinchi sovrindorlardan bo’lishadi.
Quvonchli yangilik esa Umrzok Khushvaktovning UKdagi 4 ta universitetga qabul (conditional offer) qilinganligi. Umrzoq hujjat topshirish jarayonlari va “El-yurt umidi”grantiga topshirish haqida tajriba va rejalari haqida ulashdi.
Bir necha yil oldin Jumayev Dostonning dunyoda kuchli 100 talikka kiruvchi Bristol Universitetiga magistratura qabul qilinganligi, kamiga “El-yurt umidi” granti yutganligini eshitib juda xursand bo’lgandim.
P.S. Bu ikki yigit ham mening shogirdlarim emas, ularga dars o’tmaganman. Qisqagina suhbat qilganmiz, xolos. Mukofotni o’zimnikini qilmoqchi emasman. Ular maqsadlariga avvalo Allohning inoyati va o’zlarining mehnati bilan erishishdi.
Maqsadingiz jiddiy bo’lsa keling, klubimizga qo’shiling. Sizda ham imkoniyat bor!
2) Mavzuni tanlash: Aytaylik, sohani tanladingiz. Endi sizga uning ichida ilmiy ish qilishingiz uchun – hoh bitiruv malakaviy ishi bo’lsin, hoh magistrlik dissertatsiyasi bo’lsin, hoh doktorlik ishi bo’lsin – alohida bir mavzuni tanlash tushadi.
• Mavjud fakt①: yurtimizdagi ilmiy mavzulari nihoyat darajada keng va noaniq tanlanadi. ‘……..muammolari’, ‘…….tizimini takomillashtirish masalalari’ kabi. Rivojlangan dunyoda esa aniq gumon va savol ustiga ilmiy ish mavzusi quriladi. Misol uchun Daron Ajemo’g’lu-ning mashhur hammuallifligidagi kitob Why Nations Fail? (Nega davlatlar inqirozga yuz tutadi?) mavzusi aniq bir savol ustiga qurilgan ilmiy ishdir. Bizdagi holat ham o’zgarishi kerak.
• Mavjud fakt②: Biz mavzu tanlash kerak deymizu, asosiy ishni qilmaymiz. Ya’ni, sohamiz ichidagi bizga yoqayotgan mavzularga oid monografiyalar, maqolalar va dissertatsiyalarni to’plab o’qimaymiz. Bu esa katta xató. Xuddi benzini yo’q mashina yurmaganidek, tizimli mutolaasi yo’q talaba ham mavzu tanlay olmaydi. Axir uning miyasida axboroto yo’q, u miya qanday ishlasin?! Demak, protsess teskari harakat etishi zarur: yaxshi mavzu tanlash uchun siz avvalo sohangiz ichidagi mavzularni o’rganishingiz kerak, o’qishingiz va miyangizga axborotoni to’plab uni qayta ishlash kerak.
• Qanday qilibmi? Aytaylik, Xitoy-Qirg’iziston-O’zbekiston temir yo’li atrofidagi mavzularga qiziqyapsiz. Ammo sizda aniq fikr yo’q. Unday bo’lsa, bu mavzuga doir yozilgan kitoblar va monografiyalar, maqolalar va hisobotlarni obdon ko’rib chiqish kerak. Kamida 1 oyingizni shunga sarflang. Ana shunda bu mavzuga oid hali birorta ham kitob yozilmaganini, katta maqolalar esa endi-endi chiqayotganligiga guvoh bo’lasiz. (Rasmdagi Google Scholar-dan men kalit so’zlar bilan qidirgan sahifaga qaralsin.)
• Demak, mavzu tanlashda sohamizga oid chiqadigan jurnallarni so’nggi bir necha yilligini olib, ularning mundarijasini obdon ko’rib chiqish va biz qiziqayotgan mavzuga oid maqolalardan 10-15 tasini kopiyasini olib obdon o’qib chiqishimiz zarur. Mana shunda o’sha mavzuning qaysi tomonlari hali ham tadqiq etilmaganligi oydinlashadi. Yoki bo’lmasa, amalga oshirilgan tadqiqotlardagi mavjud kamchiliklar sizga ko’rinib qoladi. Yoki uning umuman o’rganilmaganligi ham ayon bo’lishi mumkin. Demak, uni tadqiq qilishda siz eng birinchilardansiz! Tabriklayman!
• Katta mavzu tanlamang: imkoni boricha mavzuni toraytiring. Yuqoridagi temir yo’l mavzusini har taraflama o’rgana olmaysiz, ammo uning O’zbekiston tashqi savdosiga iqtisodiy ta’siri yoki Farg’ona vodiysi sanoatiga ta’siri yoki bo’lmasam, yurtimizning elektro-texnika sanoatiga ta’siri mavzusini o’rganishingiz mumkin.
• Mavzuni tanlagach, uni ustozingiz, do’stlaringiz yoki men kabi chetda yurgan soha mutaxassislari bilan maslahat qilishdan tortinmang. Biz buni yuksak qadrlaymiz.
Javobim:
1) Soha tanlash: Qiziqqan sohangizni tanlang. Kamina huquqshunoslik sohasi ichida ham xalqaro investitsiyalar himoyasini o’rganuvchi xalqaro xususiy huquq va xalqaro ommaviy huquq sohalariga qiziqqanman. Ularni o’qisam o’zimga yoqardi. Darslari meni o’ziga tortardi. Ustozlar ham ajoyib bo’lishgan. Kafedradagi muhit ham bunda katta rol o’ynagan deb ayta olaman. Shunday ekan,
* O’zingizda qiziqish sezgan sohani tanlang; (ammo, o’ta sevib qoladigan darajada sohaga ‘muhabbat’ talab etilmaydi. Bo’lsa yaxshi, bo’lmasa hech qisi yo’q.)
* Ustozingiz faol yo’naltirsa va yordam bersa, bu ham tanlov sifatida yomon yo’l emas;
* Oson o’zlashtira oladigan sohani tanlang;
* Siz sevgan, hurmat qiluvchi insonlar faoliyat yuritayotgan sohani tanlash ham bir me’yor bo’la oladi;
* Kelajagi porloq sohalarni o’ylab sohani tanlash ham mavjud;
* Yechilishi lozim muammolari ko’p sohani tanlash ham tahsinga sazovor. Ayniqsa, O’zbekistonda.
Nota Bene: Sohani yuqoridagi me’yorlarga asoslanibgina emas, unga oid yozilgan mahalliy va xorijiy darsliklardan 3-4 tasini tizimli ravishda o’qib chiqqandan keyin tanlashni QATTIQ tavsiya etaman. Faqatgina mahalliy darsliklarni ko’rish sizga yetarlicha tasavvurni bera olmasligi ehtimoli borligi tufayli, xalqaro darsliklar(ingliz tilida yozilgan) ni ham alohida tavsiya etaman.
Sohaga oid 1-2 ma’lumotni eshitib shoshilib tanlash ham yaxshi emas. Darsliklar esa bu yo’lda sizning qiziqishingiz haqiqatan ham asoslimi yo’qmiligini tekshirishda sinov vazifasini bajarib beradi. Albatta buni sinab ko’ring.
What if you could write a secret message… using Earth? ?️?
O'tgan yil oxirida yangi loyihani boshlagandik.
Kompas klubi - Geologiya (asosan geofizika) sohasida eng zamonaviy bilim-ko’nikmalarni o'rganmoqchi bo’lgan va chet-elda magistratura, PhD bosqichida dunyoning nufuzli universitetlarida ta’lim olishni reja qilgan talabalar uchun darsdan tashqari va bepul
Klub maqsadi: talabalar - klub a’zolari o’rtasida birdamlik hissini shakllantirish. Ochiq muloqot, hamkorlik va fikr almashishni rag'batlantirish.
Talabalarning akademik va professional “sayohat”lari davomida bebaho bo'luvchi qo'llab-quvvatlovchi networkingni yaratish.
To'liqroq ma'lumot beruvchi klub nizomi ishlab chiqilmoqda (hozircha 32 sahifa va o'zgartirishlar kiritilyapti).
Bu rasmiy ro’yxatdan o’tishimiz uchun asosiy yuridik hujjat sifatida xizmat qiladi.
Dastlab so'rovnomadagi 15 ta savol bo'yicha 8 kishi tanlab olingandi. Bu faqat Geologiya Fanlari Universitetidan edi, keyingi navbat esa O’zMU va TDTUga. Qolaversa, "Gubkin"dan ham qiziqayotganlar yo'q emas.
Bugun esa 18 nafarga yetdik va safimiz kengayib boryapti.
Klub nomi uchun geologlarning asosiy ish quroli kompasdan foydalandik va bu ramziy ma'noda muvaffaqiyatingizga ham to'g'ri yo'l ko'rsatishini anglatadi.
Asosiysi, bu yerda biz haqiqatda kerakli bo'lgan “soft” va hard “skill”larni hamda jilmayib suratga tushishni ? ham birgalikda o'rganamiz.
Ya'ni maqsad o'rgatishdan ko'ra ko'proq yo'naltirishga qaratilgan.
Ma'lumotlar dunyosida esa, ular orasidan eng zarurlarini saralab olish ham o'ziga xos mehnat talab qiladi va san'at darajasiga yetib ulgurdi.
Ayrim asosiy ko'nikmalar:
- CV, raqobatbardosh rezyume shakllantirish;
- geofizika (kengroq ko'lamda esa geologiya fanlari) ning aniq bir yo'nalishini muayyan sohaga qo'llash (bu faqat foydali qazilma va zilzilalar bilan cheklanib qolmaydi. Muhandislik ishlari, qishloq xo'jaligi, muzliklar, ekologiya, iqlim o'zgarishi va hokazo);
- raqamli modellashtirish;
- dasturlash (asosan Python, C, CUDA, Julia, R);
- "Industry 4.0" dan ayrim kerakli elementlari (sun'iy intellekt);
- "remote sensing" va "GIS";
"Soft skill"lar va Geofizika (geologiya) bo'yicha mutaxassislarni taklif qilib, oyda bir marotaba seminarlar o'tkazish rejalashtirilgan.
Logotip ham tayyor. Vebsaytimiz demo versiyasi mavjud va to'ldirib, takomillashtirib boriladi.
Bu klubdan yurtimiz geologiyasining eng oldi mutaxassislari, iymonli rahbarlari, dunyoning nufuzli universitetlarida o'qiydigan tirishqoq talabalari, ixlos bilan ishlaydigan olim va professorlari yetishib chiqadi degan umiddaman.
Haa, shunaqa umidlarimiz katta!
Keling, safimizga qo'shiling, biz birgalikda kuchlimiz ☺️
Kompas klubi - muvaffaqiyat sari
"Compass Club - towards success"
Qani boshladik?
@GeoZOOM har ehtimolga qarshi shu guruhga qo’shilib olinglar
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 1 day ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago