Fyodor Dostoyevskiy

Description
Fyodor Dostoyevskiy asarlarining tahlili, iqtiboslar
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 3 Wochen her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate, 3 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her

1 month, 1 week ago

Siyqasi chiqqan Dostoyevskiy

*Bugun instagramdagi kontenlarni iqtibosli gaplar bosib ketdi. To'g'ri bu yaxshi lekin, oxiri paytlar meni e'tiborimni tortgan narsa bu Dostoyevskiyning asarlaridagi kichik kichik gaplarni iqtibos qilishlari bo'lmoqda. To'g'ri, Dostoyevskiydan iqtibosli gaplar topsangiz bo'ladi lekin har bitta gapini nuqtama nuqta iqtibos qilishlari Dostoyevskiyni siyqasini chiqarishga olib kelishi mumkin (mumkin emas, aniq narsa bu).  Dostoyevskiy iqtiboschi adib emas balki, uning takrorlanmasligi personajlarning tushunish qiyin bo'lgan xarakteri va harakatlarida. Kontentlar esa bizni Dostoyevskiyni faqat sitata bop yozgan deb tushunishga majbur qilmoqda. Agar bu ketishda davom etsa, Dostoyevskiyning zamonaviy turk adabiyotidan nima farqi qoladi. Dostoyevskiy o'z fikrlarini juda ham chigal bo'lgan syujetlar va yostiqdek keladigan kitoblari orqali yetqazib bera oladi.

Albatta bu yerda tanqid qilmoqchi bo'lgan shaxsim bor(hayp uchun emas) O'lmas Temur degan ''bookbloger''. Reelslarimdan chiqqanidan so'ng akkountiga kirib ko'rsam aynan shu bloger ham sababchi ekan aynan Dostoyevskiyni iqtiboschi deb o'ylashlariga. Oxirgi olgan 10 ta postining 9 tasi Dostoyevskiyning asarlaridan parchalar (aslida parcha ham emas) haqida ekan. Bu narsani esa qattiq qoralayman u Dostoyevskiyni o'qib undan qattiq ta'sirlangan deb ham hisoblaylik lekin, men buni ortida trenddan boshqa narsa ko'rmayapman. Yana aytishi bo'yicha Dostoyevskiy sizni hayotga chirkin qarashga o'rgatar emish atrofga axlatga qaragandek qararmishsiz, hech qachon bunga qo'shilmayman balki Dostoyevskiy sabab inson insoniylashadi qay darajada og'ir ahvolda ham odamlar o'z prinsiplariga sodiq qolishini haqiqiy inson kim bo'lishini ko'rsatib beradi. U vahima qilib o'qib berayotgan gaplarni yozish uchun Dostoyevskiy bo'lish shartamas ko'chadagi taksist ham shunaqa gaplar ayta oladi.

Men faqat bir narsani so'rardim Dostoyevskiyni siyqasini chiqarmang, uni hamma o'qishi va tushunishi shartmas. Men Dostoyevskiyni o'qib turib uni asarlaridagilarni hayotda bo'lmaydi deb (tushunmaydiganlardan) o'ylaydiganlardan hursand bo'laman.*

1 month, 2 weeks ago
[​​](https://telegra.ph/file/165e1a2003fad3881a519.jpg)[#taqriz](?q=%23taqriz)

​​#taqriz

DOSTOYEVSKIYNI ANGLASH

(Mangu bedorlik siri)

Adabiyotshunos olim Ilhom Gʻaniyev qalamiga mansub mazkur risolani o‘qisangiz, Dostoyevskiy ijodi va falsafasi, “Jinoyat va jazo” romanining biz anglamagan mantiqlarini anglab olishingiz mumkin.

Ixchamgina kitobchada muallif sizni Dostoyevskiyning qorong‘u va rutubatli olami ichra sayohatga olib chiqar ekan, har qadamda adibning achchiq haqiqatlardan iborat falsafiy g‘oyalarini yuzaga chiqarib boradi.

Quyida ana shu risoladan parchalar keltirsam balki Dostoyevskiyni tushunishingiz osonroq bo‘lar:

*“Eynshteyndek buyuk olim ham Dostoyevskiyni o‘qib o‘z kashfiyotini yaratgan”

“Aslida tartibsizliklar ichra juda go‘zal, hech kim anglamagan bir mantiqiy go‘zallik, mag‘z bo‘ladi. Tartibli narsalarda hayrat, yangilik, isyon, g‘ayb bir narsa juda oz topiladi”

“Dostoyevskiyning o‘z makon va zamoni bor. Har bir asar o‘ziga xos olam”

“Dostoyevskiy asarlari rostdan ham boshqotirmaga o‘xshaydi... Atrofga nisbatan sizni shafqatsiz realist bo‘lishga, xom-xayollardan voz kechishga chorlaydi”

“Dostoyevskiy umri davomida baxtli odamlar haqida yozmadi. Ammo odamzod baxtli yashashi kerak, deb hukm chiqardi”.

“U hech kimdan hech narsa kutmadi, hech kimdan nolimadi va hech kimga yuragini ochib to‘kmadi. U o‘z qahramonlarinigina sevdi...”

“U hech kim, hech qanday jamiyat, hech bir zamon insonni yenga olmasligiga imon keltirdi”

“Odam o‘zining ko‘rguliklarini hisoblashni yoqtiradi. Baxtini esa sanab o‘tirmaydi”

“Siz Dostoyevskiyni o‘qigach hech narsaga befarq bo‘la olmaysiz”

“Dostoyevskiy bizni ko‘pam shodlik ko‘chalariga yetaklamaydi”

“Dostoyevskiy so‘zlari qandaydir sirli, mahobatli, ikkinchi tomondan o‘ta sodda, o‘smirning oddiy xayolidek shaffof! Uning asarlarida hamma rang bor. Hamma rangning botinida shaxs iztirobi, qayg‘u-g‘ami va ideallari bor”

“Dostoyevskiy bizni ham, o‘zini ham ayamaydi”

“Dostoyevskiy oddiy odamlar uchun yozmagan!”

“Dostoyevskiy asarlarida azob chekishga mahkum etilganlar galereyasi yaratilgan”

“Har bir avlod Dostoyevskiyni o‘zicha o‘qiydi”*

2006-yilda nashr etilgan mazkur kichik risola sotuvda yo‘q. Izlasangiz ham topilmasligi aniq. Elektron variantiku aslo! Lekin muallifi Ilhom aka Gʻaniyevni tanisangiz o‘zlaridan topsangiz bo‘ladi... O‘zim ham tasodifan "Sharq ziyokori"dan topganimga o‘n yildan oshdi....

@timur_books

1 month, 2 weeks ago
[​​](https://telegra.ph/file/5c1ccbc336483af6c5c83.jpg)**Fyodor Dostoyevskiy**ning oʻzbek tiliga tarjima qilinmagan …

​​Fyodor Dostoyevskiyning oʻzbek tiliga tarjima qilinmagan kitobi – "Yer ostidan maktublar"ini oʻqiyapman. Doimgiday hissiyotlarga boy, mulohazaga chorlovchi joylari koʻp. Quyida asardan ozginasini tarjima qildim:

– Agar qizim boʻlsa, uni oʻgʻillarimdan koʻproq sevsam kerak.
– Nega?
– Bilmasam, oʻzim shunchaki, Liza. Bitta odamni tanirdim. Turqidan ot hurkadigan qoʻrs odam edi. Biroq qizining oldida mutlaqo boshqa odamga aylanar, uni erkalab-erkalab sira toʻymasdi. Qizi balda raqs tushganida besh soat bir yerda qimirlamay, hatto koʻzini pirpiratmay, ixlos bilan tomosha qilardi. Shunchalik yaxshi koʻrardi qizini. Qizi charchab uxlab qolar, bedor ota esa unga termulib oʻtirardi. Oʻzi kir-chir kiyinar, birovga bir tomchi tomizmas, qizidan esa soʻngi chaqasini ham ayamas, qimmatbaho sovgʻalar olar, sovgʻasi qiziga yoqsa baxtdan yettinchi osmonga uchardi. Otalar qizlarini doim onalardan koʻra koʻproq yaxshi koʻrishadi. Ba'zi qizlar ota uyda qirolichaday yashashadi. Menimcha, qizim boʻlsa uni erga bermasdim.
– Qanaqasiga?
– Qizgʻanaman-da axir, oʻlay agar. Begona erkakni qanday oʻpadi, qanday qilib uni oʻz otasidan koʻproq sevadi? Buni oʻylashning oʻziyoq dahshat. Bilaman, valdirayapman, biloxir hamma koʻnikadi. Lekin menga shunday tuyuladiki, uni erga berguncha oʻzimni xarob qilaman, nomzodlarni birma-bir chiqitga chiqaraman. Oxirida oʻzi sevgan odamga beraman. Ammo qiz sevgan yigit doim otaning nazdida talabgorlarning eng nomaqbuli boʻlib koʻrinadi. Ha, har doim shunaqa boʻladi. Koʻp oilada shuning ustida kelishmovchilik chiqadi.
– Qizlarini hurmat-izzatda uzatish nari tursin, sotishga ham rozi oilalar qancha.
– Sevgi nimaligini bilmaydigan badbaxt oilalarda shunaqa boʻladi. Sevgi yoʻq joyda aql ham boʻlmaydi.

@salimov_blogi

1 month, 3 weeks ago
**Деярли 3 ой давомида ёзилган пост**

Деярли 3 ой давомида ёзилган пост

Ф.М.Достоевскийнинг ижодини қанчалик яхши кўришимни оз бўлсада билсангиз керак. Қуйидаги review унинг Братья Карамазовы асари тўғрисида ёзилган. Вақтингиз бўлганда, албатта, бу review'ни ўқиб чиқинг.
Марҳамат 👇

https://link.medium.com/BC5aFkAaR6

@readnroll

1 month, 3 weeks ago
[​​](https://telegra.ph/file/ba368d1bcd7f4150e0fc8.jpg)"**Xotiralar**" **Anna Dostoyevskaya**

​​"Xotiralar" Anna Dostoyevskaya

"– Esingda boʻlsin, Anya, men seni har doim juda yaxshi koʻrganman va hech qachon aldamaganman, hatto xayolimda ham!"

Kitobni zoʻr qiziqish bilan oʻqidim va kutganimdek, menda ulkan taassurot qoldirdi. Avvalboshda asarni Anna Dostoyevskaya yozganligini tez-tez unutib qoʻygan holda, goʻyo buni Dostoyevskiy yozgandek uning tasvirlash usulini qidirdim. Nega qahramonlar ichiga chuqur kirib bormayapti, degan savol takror-takror kelaverdi.
Men uchun qadrli boʻlgan bir qancha kitoblar muallifi endi boshqa bir asar ichida tasvirlangandi.

Dostoyevskiy Anna bilan vafotiga qadar oʻtkazgan hayoti davomida har bir masalada u bilan maslahatlashadi, biror narsani yashirmaydi. Annaning oʻz fikriga ega, samimiy, mehribon va oqila ayol ekanligini hamisha qadrlaydi. Garchi Dostoyevskiy kasalmand, boʻynigacha qarzga botgan, yosh jihatdan ancha katta boʻlsa ham oʻz oʻrnida eng oliyjanob va chin insoniy hislatlarni oʻzida mujassam etgan edi. Qalbi bolalarnikidek begʻubor va sofligini kitobda keltirilgan koʻplab voqealarda koʻrishimiz mumkin.

Fyodor Mixaylovich umrining aksariyat qismida qarzlarni toʻlash harakatida yurgan. Ijodiy faoliyatida ham shu sabab shoshilinch ish yuritgan, kitobda yozilishicha, boshqa ijodkorlar kabi oʻzi istaganidek, xotirjam yozolmagan. Belgilangan muddatgacha ulgurish uchun imkon qadar tezroq tugallash, asardagi hattoki eng murakkab personajlar va sahnalarni ham tezroq yaratish, voqealar rivojini davom ettirishga majbur boʻlgan. Achinarlisi, Fyodorning sodda va samimiyligidan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanadigan kishilar uning oldiga tez-tez kelib turgan, vafot etgan akasidan bir vaqtlar qarz olganligini pesh qilib, aldab pul undirishgan. (Dostoyevskiy marhum akasi zimmasida boʻlgan barcha qarzlarni oʻz zimmasiga olgan edi) Shunday ishonuvchanligi sababli hayoti davomida juda koʻp pand yeganligini Anna Dostoyevskaya ta'kidlab oʻtgan.
Men eng afsus qilganimlarim orasida biri shu boʻldiki, "Aka-uka Karamazovlar"ning rejalashtirilgan, gʻayrioddiy qiziqarli ikkinchi qismi, ya'ni yangi roman goyasi Dostoyevskiyning oʻlimi sababli amalga oshmay qolgan ekan.

Dostoyevskiy nafaqat buyuk yozuvchi, balki oilasiga nisbatan sadoqatli va juda mehribon ota, hamda har qanday holda ham suyanish mumkin inson boʻlganligiga amin boʻlasiz. Bundan tashqari, oilaviy munosabatlari bilan yaqindan tanishib borish mobaynida uning yangidan-yangi qirralarini kashf etsangiz ajabmas. Kitob menga yozuvchi hayoti va ijodiga doir juda koʻp narsanlarni bilib olishimda yordam berdi. Ayniqsa, "Xotiralar"dan keyin Fyodor Mixaylovichning asarlarini mutolaa qilishga boʻlgan ishtiyoq yanada ortadi. Oʻylaymanki, ularni yozishga turtki boʻlgan hodisalar va yozilish jarayonlari hech kimni befarq qoldirmasa kerak.

Mutolaa davomida Annaning Dostoyevskiy bilan ilk koʻrishuvlaridagi xavotiriga bir muddat toʻxtaldim. Ya'ni shunday buyuk yozuvchiga, qalbi teran, keng fikrli insonga munosib suhbatdosh boʻla olarmikinman degan qoʻrquvi. Vaqt oʻtib u nafaqat yaxshi suhbatdosh, balki sevimli turmush oʻrtoq ham boʻla oldi. Bilmadim, balki bu boshqalar unchalik ahamiyatli emasdir, lekin bu e'tiborimni tortdi, ma'lum ma'noda tasirlandim ham. Keyin, asar soʻnggiga kelib quyidagi jumlani oʻqidim: "Hech kim, hatto eng yaqin do'stimiz ham bizni tuzata olmaydi, lekin hayotda butunlay boshqacha tuzilish va fe'l-atvorga ega, hammaga boshqacha qarashdagi, har doim o'z-o'zidek qoladigan va bizga zarracha taqlid qilmaydigan odamni uchratish katta baxtdir... Biz "butunlay boshqa tabiat, boshqa muhit, boshqa qarashlar odamlari" edik, lekin "har doim o'zimizday qoldik", bir-birimizga hech qanday taqlid qilmadik va qalbimiz bilan aralashib ketmadik, shuning uchun ikkalamiz ham ruhiy jihatdan o'zimizni erkin his qildik". Buni tahlil qilishni har kimning oʻziga havola etaman.

"... hatto xayolimda ham!" Juda koʻp narsani ifodalab bera olgan, nazdimda.

Agar imkon boʻlganida shundayin insonga munosib ayol boʻlganligi uchun Anna Dostoyevskayaga chuqur minnatdorchilik bildirardim. Baxtli qila olganligi uchun ham.

@bir_parcha_osmon

2 months, 3 weeks ago
2 months, 3 weeks ago
2 months, 3 weeks ago
[​​](https://telegra.ph/file/f514ec8417be3af08eb09.jpg)*"Qayerda edi, - deb oʻylab yoʻlida …

​​"Qayerda edi, - deb oʻylab yoʻlida davom etdi Raskolnikov, - qayerda oʻqigan edim, bir oʻlimga hukm etilgan odam qatl etilmasdan bir soat oldin, agar men juda ham baland bir yerda, qoyaning tepasida, faqat ikki oyoq sigʻadigan bir joyda yashashimga toʻgʻri kelganda, atrofim esa zimiston va qorongʻulik, tubsiz, intihosiz okean, abadiy zulmat, abadiy yolgʻizlik va abadiy boʻron esib yotgan bir muhit boʻlsa-yu, shu bir qarich yerda tik turib, bir umr, ming yil, million yil yashashga toʻgʻri kelsa, shunda ham shu hayot oʻlib ketganga qaraganda ming marta afzal, deb bilardim! - degan ekan. Faqat yashamoq, yashamoq va yana yashamoq! Qanday yashamagin, faqat yashamoq!... Nechogʻliq haq ekan u! Yo Rabbim, qanday haq gap bu! Inson ablah! Va uni shuning uchun ablah deb atayotgan odamning oʻzi ham ablah", qoʻshib qoʻydi u bir daqiqalardan song.
"Jinoyat va Jazo"
© Fyodor Dostoyevskiy

2 months, 3 weeks ago

Яна князь Мишкиннинг Рогожинга айтган гапини кўп эслайман. Суҳбат дин ва Худо мавзусида кечарди. “ Эрталаб шаҳарни айлангани чиқдим. Ичиб маст бўлиб олган солдат олдимга келди, эгни афтодаҳол. У “Барин, мана шу кумуш хочни ол, сотаман, биттанга; кумуш”. Хочни қўлида ушлаб турибди, лекин кумуш эмас, қалай, ўзи катта, Хочни дарров бўйнимга тақдим. Солдат хурсанд: “Калласи йўқ баринни аҳмоқ қилдим,” деб, хочнинг пулини ичгани қоқвоқхонага отланди. Ўзимга–ўзим, йўқ, Исони сотиб ичадиганни қораламай тураман. Ичкиликка муккасидан кетган бу шўрликларнинг юрагида нима бор, ёлғиз Худонинг ўзига аён”. Эҳтимол меҳрибон фарзанд, интизомли ходим, фаол фуқаро, вафодор ёр, яхши ота ёки онадирсиз, бироқ эътиқод моҳиятини, ҲАҚИҚАТнинг қийматини баҳсбозликдан, ташвиқот руҳидаги ваъзлардан ёки басир кўз баҳосидан изласангиз гўзаллик, етуклик ҳеч қачон сизга ўз рухсорини кўрсатмайди. Маънавий баркамоллик тушунчаси сиз учун табассумнамо салом-алигу, хайр-хўшдан ўзга нарса эмас! Қадриятнинг улуғвор қадрини белгилайдиган мезон — дўппи ва хонатлас! Ҳақиқат эса бақир-чақир танқидомуз таъкидлигича қолаверади. Достоевский донишмандликнинг олий шартларини издиҳом телба деб кулаётган ва куюнаётган Мишкиннинг кўксида кўради. Князь ғолибга эмас, мағлубга эгилишни биларди. Оломон ҳукмига ташланган бахтсиз ожизага юксак эҳтиром билан қарашни, мазлумани ачина-ачина севишни, мазахга маҳкум қария Иволгиннинг донкихотча лофларига тоқат қилишни, жаҳолатни ҳамдардлик ила инкор этишни фақат мискин юракли мишкинлар эплайди. Чунки у гўзаллик дунёни қутқаришига ишонарди. Бироқ гўзалликдан мосуво дунё ахийри унинг ўзини абгор қилди, пажмурда жон қилди. Ваҳоланки, гўзалликнинг ўзи ҳимояга муҳтож экан….

2 months, 3 weeks ago

КEЧИР БИЗНИ, БАХТСИЗЛИК

Рус адабиётини жаҳон саҳнасига олиб чиққан зотлар, шубҳасиз, Фёдор Достоевский ва Лев Толстойдир. Лев Николаевич ҳақиқатни ижтимоий пўртаналар оқимидаги одамнинг рангин ва зиддиятли виқорида кўрса, Фёдор Михайлович уни изтироб ичида инжалашган инсондан излайди. Ва ЯШАЙМАН деган ниятда кўз очган одамзотга дарднинг тийран ва мунгли нигоҳи орқали боқади. Достоевскийнинг шикаста қаҳрамонлари билан сирлашаркансан, ўзингни таранг тортилган ип устида юраётгандек сезасан. Узилиб кетса-я, узилиб кетса-я, маржондек сочилиб кетган асабларни қандай қилиб яна ипга тизаман? Ўзим ҳам тўзғиб кетмасмикинман?
Настасья Филипповна — таҳқир этилган номус, князь Мишкин — беғуборликнинг баҳосиз бадали, Парфён Рогожин — ёнаётган ғурур, Аглая — қисмати қаро қадрсиз муҳаббат, донкихот Иволгин — кулгининг аянчли туси, дали-қув Лебедев — ўзига мубтало ёлғон, хастажон Ипполит — аламнинг ҳасад томон ўрлаётган қоп-қора тутуни. Ҳатто олийжаноб князь Мишкин ҳам, бу ғамзада йигит “Қандай ўлсам яхши бўлади? Иложи борича, эзгуроқ бўлиб кўринса”, деб сўраганида, у : “ёнимиздан ўтиб кетинг, бахтимизни кечиринг” деб айтади. Бахт — истеъдод ва муҳаббат каби кечириш қийин бўлган маъсум гуноҳ! Айбсиз айбдорликнинг ажри, бу! Банда банданинг бахтини тан олиши, ўзга ўзганинг муҳаббатини эътироф этиши, инсон инсон истеъдодига иқрор бўлиши, жуда мушкул савдо. Одамзот ҳали бу кенгликка қодир эмас. Дардга дош берган ирода гўзалик қаршисида синади. Чунки булар Парвардигор ихтиёридаги ноёб омонат. … Эй, воҳ! Қайғунинг қиёфаси бунча кўп бўлмаса! Бу қаҳрамонлар ким? Уларнинг ўтмиши қандай, бугуни-чи, не бўлишидан қатъий назар, сиз изтироб чекаётган инсонга таъзим қиласиз, унга ҳукм ўқишдан, ўзингизнинг даражангизга тушириб қўйишдан тилингизни тиясиз. Аслида мутолаадан мақсад ҳам шу эмасми?!

Настасьянинг ҳаётини кул қилган Афанасий Тоцкий ўз ахлоқсизлигидан тонмайдиган ахлоқсиз. Дарддан мосуво бедаво кибрга хос худбинликнинг олий турқи. Ажабланарлиси, у Настасьяга, ўспирин қизалоққа қилган чексиз ёвузлигини мудҳиш ҳодиса деб билмайди. Аксинча мен уни тарбияладим, унга мурувват қилдим дейди, ва ўз “марҳамати”га чиндан ишонади! Бу қоқигулбознинг тавба-тазарруси бачкана анфисалар хархашаси билан ўлчанади. Умридаги энг тубан иши деб тантиқ хоним ва ношуд ошиқнинг йиғи-сиғисидан иборат чойгул машмашасини билади. Моҳиятига нигоҳ ташласанг, бор-йўғи “гулдастачи”! Настасья алам аччиғида айтган бўлса-да, ҳақ эди. “Чойгул таққан жаноб”нинг истаги ичи пўк хотин-халажни лол қолдирмоқ ва тўнкафаҳм мардаклардан ўз устунлигини исботламоқ! Тағин у кишим рогожинлардан ҳазар қилади, мишкинларни одам сиёқида кўрмайди. Бунақа бенаволар билан бир столда ўтириш таъби нозик тўрамнинг тарбияларига тўғри келмайди. Бу расамади пўрим одам билан романнинг дастлабки саҳифаларида учрашасиз, кейин француз маркизасининг этагидан тутганча ғойиб бўлади қолади. Лекин мутолаа давомида, гарчи номи тилга олинмаса-да, унга уйғонган нафратингни жиловлаш борган сари қийин кечади. Хоҳ Настасьянинг фарёди бўлсин, хоҳ Рогожин ўкириги, хоҳ Мишкиннинг юракни ачитар маъюс ҳолати бўлсин, ҳатто гўзал Аглаянинг кўз ёшларида ҳам давру давронини суриб юрган ҳурматли афандим Афанасий Ивановичнинг тавозесини кўрасан. Парфён Рогожин — тоцкийлар хор қилган гўзалликнинг фожеий асири, бахтсиз мардум қотилликка келгунча Аёл аталмиш дарду балонинг бор даҳшатини кўради, ҳасратини чекади, адо бўлади. Гўзаллик хўрланмасин экан, у хўрландими тамом, ҳўлу қуруқ баробар ёнади. Унинг уволи, хуни оғир келаркан. Жаннат ва жаҳаннам эшиги бирдек очилади, мезонлар йўқолади, каломлар унутилади. Алам алангасида ёнаётган шайтон Раҳмонга тик боқади. Дарвоқе, Фёдор Михайлович “Ака-ука Карамазовлар” романида ёзган эди: “Гўзаллик нафақат даҳшатли, айни чоқда сирли ҳодисадир. Бу ерда Худо шайтон билан олишади, олишув майдонлари эса одамларнинг қалби”. Шунинг учун ҳам Рогожин ҳар қанча ваҳшийлашмасин китобхон худди Мишкин каби донишмандона қалб билан уни кечириб бораверади. Чунки Парфён икки дунёсини ҳам тиккан маҳбубаси Настасьяни эмас, бузуқ ҳирснинг исён бўлиб ёнаётган машъум мевасини маҳв этади.

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 3 Wochen her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate, 3 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her