@RekberTaehyung
@laguspotifyd
Channel Spotify yang asli cuman ini, hati-hati terhadap plagiat
■ By: dream-tax.com
■ 频道核心主题:永久性存储文件
Pul.
Menga pul yetishmayapti deb o’ylagan paytlaringizda ko’pincha sabr yetishmayotgan bo’ladi.
Chegirma
Mahsulotni auditoriyaga tezlik bilan olib kirish uchun ko’p bizneslar chegirmalardan foydalanishadi.
Albatta, bu foydali.
Qachonki, me’yor bo’lsa.
Hozir men sizga agar chegirma me’yoridan oshiq ishlatilsa, uzoq muddatda biznesingiz uchun qanday ‘‘minus’’ lar olib kelishi mumkinligini aytaman.
1. Qiymat pasayishi - chegirmadan ortiqcha ko’p foydalanish auditoriya oldida mahsulotga bo’lgan ishonchni pasaytirib, qiymatini tushurib yuboradi
2. Foydaning kamayishi - bu aniqki, marja keskin kamayib ketadi. Bu ayniqsa kichik bizneslarga katta zarar beradi
3. ‘‘Chegirma ovi’’ - marketingda shunday tushuncha bor - chegirma ovi. Biznes mahsulot uchun qancha ko’p chegirmadan foydalansa, insonlar shuncha ko’p uni kutadigan bo’lib qolishadi. Bu esa mahsulotning TO’LIQ qiymatda sotilmasligiga olib keladi
4. Brend imidjiga ziyon - insonlar sizning mahsulotingizni sifatsiz va arzon deb o’ylashni boshlashadi.
Xulosa: foydalanmang demoqchi emasman, foydalaning.
Faqat me’yor bo’lsin.
Velosiped
‘‘Velosipedni qayta ixtiro qilma’’ degan gapni hech eshitganmisiz? Men ko’p hollarda shu prinsipga amal qilaman.
Raqobat bozorida oldinda bo’lish uchun hamma qilmayotgan ishni qilishingiz shart emas.
Noodatiy yondashuv doim ham to’g’ri bo’lavermaydi.
Qoida oddiy:
Odatiy ishlarni noodatiy yo’l bilan qilib ko’rish kerak.
Hamma qilayotgan narsani olib, siz unga sal noodatiylik qo’shing.
3 xil.
Biznes muvaffaqiyatli bo’lishi uchun kompaniyaning qaror qiluvchi bo’limida 3 toifa insonlar bo’lishi kerak.
1. Vizionerlar - kompaniyaga yuqoridan qaraydigan inson. Ko’pincha strategik maqsadlarni belgilaydi
2. Menejerlar - kompaniyadagi operativ jarayonlarni, qisqa qilib aytganda ijroni ta’minlab beradigan shaxs.
3. Expertlar - ayni soha ekspertlari. Biznes yo’nalishini, mijozlarini, mahsulotini hammadan yaxshiroq tushunadigan tajribali shaxs.
Jamoada shunday insonlar topilsa, yirik ehtimol bilan biznes ‘‘uchadi’’
Baribir vaqt kerak.
Har qanday ishda, jarayonda sifatni yaratish uchun vaqt kerak.
Siz qancha ko’p pul, energiya sarflashingizdan qat’iy nazar, vaqt doim asosiy omillardan bo’lib qolaveradi.
Mashhur milliarder Uorren Baffetning ajoyib gapini keltirib o’tmoqchiman.
Sen 9 ta ayolni homilador qilib 1 oyda farzandli bo’lolmaysan.
Ba’zi bir narsalar baribir vaqt oladi.
Shunchaki uzluksiz harakat va sabr kerak xolos.
4 xil xodimlar.
Har bir kompaniyada deyarli hamma xodimlar 4 turga bo’linadi.
Tanbal aqllilar - ko’proq boshqaruv bo’limlariga qo’yish kerak. Sababi resurslarni tejab ishlatadi.
Harakatchan aqllilar - kuchli komandalar boshqaruviga qo’yish kerak.
Tanbal befahmlar - ko’proq oddiy ishlarga jalb qilish kerak. Shunda foydasi bo’ladi.
Harakatchan befahmlar - bundaylar bilan ishlamagan ma’qul. O’ta ko’p yirik xatolar qiladi
Agarda siz xodim bo’lsangiz, qaysi turga ko’proq mos tushasiz?
Eng baxtsiz davlat
‘‘Global Mind’’ loyihasi 71 ta davlatda 400,000 dan ortiq insonlar bilan tadqiqot olib bordi.
Pandemiyadan keyin insonlarning aqliy sog’lik darajasini o’rganishni boshlagan bu loyiha O’zbekistonni dunyoning eng baxtsiz davlati deb e’lon qildi
O’zbekiston dunyodagi eng baxtsiz xalq istiqomat qiladigan davlat sifatida yetakchilik qilmoqda
Qoyil.
Bir paytning o’zida ham eng tinch, ham eng baxtsiz davlat nomini olish paradoksdek ko’rinyapti.
Nima deb o’ylaysiz?
Nega biz shunchalik baxtsiz, hayotdan norozimiz?
Pul.
Pul bu raqamlar.
Raqamlar cheksiz davom etadi.
Agar siz baxtli bo’lishingiz uchun pul kerak bo’lsa, baxtni qidirishingiz ham cheksiz davom etadi
©️ Bob Marley
‘‘O’quv Markaz’’ chilar bormi?
Arzonroq, samarali yo’llar bilan o’quvchi sonini ko’paytirish istagida bo’lgan o’quv markaz rahbarlari bo’lsa, takliflarga ochiqman.
O’zimga yozsangiz bo’ladi. Menda ham siz uchun yaxshi takliflar bor.
@RekberTaehyung
@laguspotifyd
Channel Spotify yang asli cuman ini, hati-hati terhadap plagiat
■ By: dream-tax.com
■ 频道核心主题:永久性存储文件