BOTIR BANNOP (ijodiy kanal)🙂

Description
Sochlarim to'zg'igan fikrlar chalkash.
Yuragim tanamga sig'may qolmoqda,
Qanday bo'lay endi, buyuk qalamkash.
She'rlarim tug'ilmay nobud bo'lmoqda.

@BotirBannop

@BotirBannopfanclub

@BotiraliBannopov

Tel 910404054
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

1 month, 2 weeks ago

Iqbol Mirzo
Aytgil do'stim, nima qildik vatan uchun

Oʻylanib qolaman, hayollarim rost,
Dunyo boʻlsa axir aslida uch kun.
Oʻzbekmiz, deb faxr ila yuramiz va lek,
Aytgil doʻstim nima qildik vatan uchun.

Ajdodlarning tarixini o'rgangan payt.
Shijoatlar toʻlib ketar sochib uchqun,
Biron tarix qoldirdikmi bugun biz ham,
Aytgil doʻstim nima qildik vatan uchun.

Savollar bor javobini bilolmayman,
Parvoz etdik osmonlarga goʻyo bugun,
Oʻzni oʻylab, oʻzligimiz unutdikmi,
Aytgil doʻstim nima qildik vatan uchun.

Dunyo quvib, dunyoimiz esdan chiqdi,
Bu ishlarga aytgin axir sabab, nechun.
Yashab turgan Vatanimiz esdan chiqdi,
Aytgil doʻstim nima qildik vatan uchun.

Botir Bannop

@botirbannop

1 month, 3 weeks ago

Assalomu alaykum
Bugun katta ustozlar bilan uchrashuvda boʻldik Iqbol Mirzo Shavkat Doʻstmuhammad
Va https://t.me/Anvar_MIRZO_original
Va men Ustoz Anvar Mirzo bilan tanishishga ulgurib ayni damda Quvasoy Shahridagi maktablarning biriga ijodiy uchrashuvga ketyapmiz bunaqa sheʼrlar oʻqimagandim anchadan baqa

1 month, 3 weeks ago

Hayot

Sovqotib ketyapman, onajon,
Titroq bosadi ichimni.
Sevib ham, sevilmay yashasam,
Doʻst qilay,aytingchi , men kimni?

Orzuga aylangan bolalik,
Kelajak-armondan iborat.
Sinovdan chiqmagan bu boshga,
Ajal ham keladi nihoyat.

Ungacha
Indamay
Jimgina.
Ungacha
Indamadim
Jimgina.

Koʻnglimni toʻq qilib yashasam,
Orzuyim yoʻq qilib yashasam,
Kechiring, onajon, kechiring,!
Men sizga doʻq qilib yashasam.

©Botir Bannop

2024

@botirbannop

1 month, 4 weeks ago

14-#Hikoyam

📜YANA BIR OʻRNAK

Avvalambor, assalomu alaykum! Sizlarga mamnunlik bilan bir muxlisimizning hikoyasini oʻrnak sifatida aytmoqchiman. (Hikoyada ba'zi joylari oʻzgartirilgan boʻlishi mumkin.)
U menga shunday yozgan edi: "Men ilm olishni va ilm majlislarida qatnashishni sevganim uchun bir oʻqishga borib qoldim va kuzatuvchi sifatida darslariga kirdim. Arab tili ekan. Bolalarning 90% ini boshlangʻich maktab oʻquvchilari tashkil qiladi. Ularni yuzlaridan nur, qorachiqlaridan xursandchilik, tillaridan esa bu galgi musobaqa tushmas edi. Ularni koʻrib, hayriyat, bizdan ham yaxshiroq ilmni sevadigan tolibi ilmlar bor ekan deb juda sevindim. Soʻng dars boshlandi. Boshlanganda ham bir yoʻla musobaqa bilan boshlandi. Uni sharti– kelgan mavzularini tez oʻqish ekan. Men esa bir varaqqa ularni oʻqiyotgan matnini necha daqiqada tugatgani yozib turdim. Oʻquvchilar soni 10dan ziyod boʻlsa ham vaqt qanday oʻtgani bilinmadi...
Hayajonli daqiqalar muallim birdaniga gap boshladi:
— Oxirgi oʻrinni kim oldi?
Men: —Anavi bola 2-daqiqayu 27-soniyada oʻqib tugatdi,— dedim. Menimcha oʻsha bola guruhning eng kichkinasi edi. Muallim bolani yoniga chaqirdi.
—Bu boladan oldingisi qancha avval tugatdi?
Men: —17soniya,— desam, bolani yumshoqqina qoʻlariga oddiygina chizgʻich bilan ogʻriqsiz 17ta urib qoʻydi. Soʻng undan keyingi bola chiqdi.
U ham oʻzidan avvalgi boladan qancha soniya qolib ketgan boʻlsa shuncha jazo oldi.
Soʻng yana boshqasi chiqdi va shunday davom etaverdi. Bu jazoni 1-oʻrinni olgan bola olmas ekan xolos. Ogʻriqsiz jazo olayotgan bolalarning navbatdagisi chiqdi. U ham oʻng qoʻlini tutqazdi. Kerakli jazoni olgach, haligi bola chap qoʻlini ham tutqazib: —Bunga ham uring!— deya, faxr bilan turardi. Men erkalik qilib ustozga oʻzini koʻrsatyapti, shekilli deb oʻyladim. Muallim ham narigi qoʻliga ogʻrir-ogʻrimas yana urib qoʻydi. Keyin mendan,
— Nimaga urgizganini bilasizmi?— deb savol berdi mualim.
Men shosha-pisha:— Yoʻq, nega?— desam, jazoni olgan bola chidab turolmay::— Ustoz urgan tana —In Shaa Alloh doʻzaxda yonmaydi!— deb ixlos bilan gapirdi. Agar yonimda hech kim boʻlmaganida gapidan ta'sirlanib yigʻlashga tayyor edim. Bu bolalardagi bunday jasoratni koʻrib ba'zi maktablardagi kichik, lekin insonni uyaltiradigan koʻngilsizliklar koʻz oldimga keldi. Koʻp eshitamiz, "Ustozi urgan ekan. Ota- onasi maktabga kelib, ustozini sharmanda qilib ketdi!"- degan gaplarni. Eh, afsus shu kap-katta oʻquvchilar va ularni ota- onalarini jasorati shu bolalarchalik boʻlolmayotganiga achinib ketasan kishi.
Xulosa oʻzingizdan. Shu maktabdagi ustozlar ham yaxshi boʻlsin deb oʻquvchini urishadi, soʻkadi. Agar siz bilan biz shu arzimas yegan kaltaklarimizni ham bizga foydasi borligini bilib va shu bolalarchalik ilmni sevganimizda, albatta, yanada koʻproq olimlar chiqar edi. Ha, aytgancha, ilm olishga hali ham kech emas!

© Muallif: Botir Bannop

Sana: 2022-yil, 9-iyun.

1-oktabr ustoz va murabbiylar kuni bilan fakultet va barcha Institutimiz hodimlarini chin yurakdan tabriklayman.

4-22MKQ talabasi
Bannopov Botirali

2 months ago
VIDO

VIDO

Siz endi yashaysiz orzularimda,
Niyatlar xammasi suvlardek oqdi.
Mendek soddagina oddiy yigitni,
Afsus yuragingiz bugun yoʻqotdi.

Toʻrt yarim yil axir duolar qilib,
Men sizni soʻradim moʻtabar zotdan.
Taqdir nasib umrim yuz yil boʻlsa ham,
Oʻchira olmayman sizni men yoddan...

©Botir bannop

24,09,2024(22:32)

@botirbannop

2 months ago

Kimda 2022 2021 2020 2019 yilda ochilgan guruhlar bolsa sotib olaman Shoshiling😋 💵 2022 = 20ming soʻm 🇺🇿 💵 2021 = 25ming soʻm 🇺🇿 💵 2020 = 30 ming soʻm 🇺🇿 💵 2019 = 35 ming soʻm 🇺🇿 Guruhlarni obunachisi boʻlishi wartmas. Ochilgan yili korinsa…

2 months, 1 week ago

Kimda 2022 2021 2020 2019 yilda ochilgan
guruhlar bolsa sotib olaman

Shoshiling😋

💵 2022 = 20ming soʻm 🇺🇿

💵 2021 = 25ming soʻm 🇺🇿

💵 2020 = 30 ming soʻm 🇺🇿

💵 2019 = 35 ming soʻm 🇺🇿

Guruhlarni obunachisi boʻlishi wartmas.
Ochilgan yili korinsa boʻldi!!
Bitta bolsa ham yozing !
#kanal_kerak_emas 👎

Shunga yozila boʻlsa puli naqt @botiralibannopov

2 months, 2 weeks ago

Mana bugun 20 ga ham kiribmiz doʻstim

2 months, 2 weeks ago
BOTIR BANNOP (ijodiy kanal)🙂
2 months, 2 weeks ago
BOTIR BANNOP (ijodiy kanal)🙂
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago