Shahriyor Mahmayusupov

Description
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz⤵️

Instagram:➡️http://www.instagram.com/shahriyor_mahmayusupov

YouTube:➡️https://youtube.com/channel/UCL7ZeFNYakJjKCWQd2c6zBQ

Ikkinchi kanalim: @futbol_satrlarda
Advertising
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid

3 days, 23 hours ago

Chiroqchida ayni vaqtlar juda kuchli jala

3 days, 23 hours ago
6 days, 9 hours ago

#jumboq

"Sharada" topishmogʻi

Uy hayvoni kabi qoʻy-u mol,
Toq tuyoqli, lek goʻshti halol.
Soʻnggi harfi oʻzgargani on,
Nomus ila kelar yonma-yon.
Talab qilar sendan sharm-hayo,
U yoʻq ersa, yoʻq erur davo.

Javobini izohlarda qoldiring!

@shahriyor_mahmayusupov

4 months ago
4 months ago
4 months ago

#haqiqat

Bir tanishim "Ichki ishlar vazirligi" Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limiga $1000 dollar bilan ishga joylashganmish...

Endi chin ko'ngildan xizmat qilarmish

@shahriyor_mahmayusupov

5 months, 4 weeks ago

#nevergiveup

Taslim bo'lmang do'stim ozgina qoldi,
Yashashni o'rganing toki tiriksiz.
Bu hayot bizlarni ne ko'yga soldi,
Buyuklik bo'lmaydi qiyinchiliksiz.

@shahriyor_mahmayusupov

5 months, 4 weeks ago

Bugun shoir Bek Ali akamizning she'riyat kechasiga tashrif buyurdik. Kecha shunchaki ajoyib o'tdi va shoirning bir-biridan go'zal she'rlari meni ham qalam tebratishga majbur qildi...

TOSHKENT SARSON QILDI

Toshkent sarson qildi meni onajon,
Topolmay sarsonman to'g'ri yo'limni.
O'ylardim, shoirlik yo'ldir eng oson,
Yetar qayergadir cho'zsam qo'limni.

O'ylardim men buyuk shoir bo'laman,
Olqishlar ostida qolaman bir kun.
Bugun yo'qdek go'yo so'nggi choram ham,
Boshimni silovchi qo'l yo'qdir bugun.

Bugun men tentirab qolganman ona,
O'qilmay o'lyapdi yozganlarim ham.
Ammo, izlamayman bunga bahona,
Hatto chekmayapman aslo bunga g'am.

Tushunolmay qoldim o'zimni o'zim,
Ne qilishim kerak, qilyapman nelar.
Nogahon charchoqdan yumilsa ko'zim,
Ushalmagan armon qalbimni tilar.

Balki, hammasini unutish kerak,
Balki ketish kerak qishloqqa qaytib.
Balki chorlar ismim yozilgan terak,
Uvullar shamolda ismimni aytib.

To'g'ri, sog'ingandir meni u qishloq,
Ko'rgisi kelgandir ota-onamning.
Meni kutar balki go'zal qizaloq,
Sababchisi shudir qalbda nolamning.

Menchi?! Qalbini gard bosgan shoiring,
Oshig'i bo'lganman ushbu shaharning.
Shaharlikdek tunda yurishim ko'ring,
Qadrini sezyapman endi saharning.

Qalbin mog'or bosgan o'g'lingni kechir,
Kechir qalbi sog'inch sezmagingni.
Maylida men o'qib yurardim bultur,
Bu yilchi? Bu yil kim tinglar mening dardimni.

Lekin kechmayapman, ona bu yerdan,
Shu yerda ko'ryapman go'zal hayotim.
Yiroq ketmoqchiman men dala, qirdan,
Poytaxtda ko'rinar mening najotim.

Ammo mening yo'lim unga havola,
Allohim biladi boshimda ne bor.
Men qilaveraman, tugamas nolam,
Seni eslamasdan bir kunda bir bor.

Afsus, shunday ekan shoirlik ona,
Balki o'zim uni shunday kashf etdim.
Unutilib men tug'ilgan ostona,
Men Toshkent haqida ko'p she'rlar bitdim.

Afsuski unutdim qishloq havosin,
Unutildi qo'y-u qo'zi marashi.
Kuyladim Toshkentning go'zal navosin,
Rom etdi qizlarning nozli qarashi.

Bilmayman, sarsonman shu o'ylar ichra,
Yo'limni topmoqqa yetmaydi ko'zim.
Allohim baxt nasib etgandir bizga,
Shunday deb aldayman o'zimni o'zim.

Toshkent sarson qildi meni onajon,
Shu she'rga joyladim hamma dardimni.
Boraman, sen uchun topaman imkon,
Juda ham sezyapman bugun qadringni.

Toshkent, 29.05.2024

Fikr va mulohazalaringizni izohlarda qoldiring!

@shahriyor_mahmayusupov

5 months, 4 weeks ago
6 months ago

#ibrat

UKAMGA

Yoshligimda men ham sendek sho'x bo'lganman,
Ilinganman yolg'on sevgi tuzog'iga.
Kelajagim zo'rdek - ko'ngli to'q bo'lganman,
Botib qolgan edim g'aflat botqog'iga.

O'ylamasdim ne bo'ladi erta-indin,
Mukammaldek ko'rinardi shu hayotim.
Unutilib qolgan edi dunyo-yu din,
Meni mag'lub etgan edi hissiyotim.

Kitob degan narsa menga yot, begona,
O'qisam ham o'qir edim men nomiga.
O'sha hayot go'zal edi va koshona,
Doim meni tortar edi o'z domiga.

Bo'lmas edi islom degan tushuncham ham,
Namozni ham kattalar-chun deb o'ylardim.
Yolg'on sevgi bu qalbimga edi malham,
Doim soxta muhabbatga aldanardim.

Bilmas edim bismillahning ma'nosin ham,
Bir oyatni to'g'ri aytib berolmasdim.
Agar robbim suyamasa bu yelkamdan,
Ko'rayotgan marrangizda bo'lolmasdim.

Ha men edim u adashgan, nodon bola,
O'tmishimni kovlasangiz cho'p ham chiqmas.
Oxiri yo'q u yo'llarda ko'p ovvora
Bo'lgan bola axir menman, o'sha nokas.

Toshkent, 27.05.2024

Fikr va mulohazalaringizni izohlarda qoldiring!

@shahriyor_mahmayusupov

We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid