Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 2 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her
Futbol ishqibozlari 11-yanvar tongini katta xursandchilik bilan qarshiladi. Milliy terma jamoamiz himoyachisi Abduqodir Husanov Angliyaning “Manchester Siti” klubi safiga o‘tmoqda. Taniqli futbol insayderi Fabritsio Romano transfer haqida bugun yoki ertaga rasman e’lon qilinishini ma’lum qildi.
Ha, biz bu transfer ahamiyatini hali to‘la anglab yetganimiz yo‘q. Sababi, Husanovning yangi chempionatga moslashib olishi va o‘yinini yaxshilab borishiga qarab voqelikning mohiyati yanada ortadi. Ammo naqdi shuki, hamyurtimiz dunyoning eng kuchli va tomoshabop ligasi - APLga, bo‘lib ham chempionatning eng kuchli, sovrinlar uchun asosiy davogar klublaridan biri safiga qo‘shilmoqda. Shubhasiz, o‘zbek futboli tarixidagi eng yorqin voqealardan biri bu.
Ba’zilar Husanov transferi atrofidagi voqealarni tahlil qilarkan, uning milliy chempionatimizda bir daqiqa ham o‘ynamaganini gapirmoqda. Husanov o‘z vaqtida “Bunyodkor”ning hatto o‘rinbosarlari tarkibiga ham qabul qilinmagan ekan. Bu huddi Kamerun terma jamoasida o‘ynamoqchi bo‘lganda, pul talab qilingani uchun Fransiyaga qaytgan va dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylangan Klian Mbappe tarixiga o‘xshaydi. (Shu voqea orqali Kamerunni korrupsiyaga botgan, qoloq davlat sifatida tasavvur qilaman.) Ha, balki, vaqt o‘tib Husanov misolida o‘zbek futbolidagi Kamerunnikiga o‘xshash tizimsizlik muammolari yanada yaxshiroq ochilar, o‘rganilar, ammo, keling, bugun voqelikning o‘zidan xursandchilik his qilib olaylik. Muammolar haqida ko‘p gapiriladi, lekin har kuni ham Husanov chiqavermaydi, har kuni ham futbolchimiz APLga o‘tavermaydi.
Naqadar shirin voqelik. Bugun faqat shu haqda o‘ylagim kelyapti.
Prezident Administrasiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq mulozimi Komil Allamjonovga suiqasd ishi yuzasidan Harbiy sudda mahkama boshlangan. Bu haqda Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ma’lum qildi.
“Mahkama sudlanuvchilar soni ko‘pligi, qo‘yilayotgan ayblov jiddiyligi va uning jamoatchilik uchun muhimligiga qaramay yopiq tarzda olib borilmoqda”, – deb yozdi huquq himoyachisi.
O'zbekiston xalqaro IQ reytingida ikki pog'ona yuqoriladi
Xalqaro IQ reestri har yili foydalanuvchilar tomonidan oʻz platformasida oʻtkazilgan testlar natijalariga koʻra oʻrtacha IQ – aql koefissienti boʻyicha mamlakatlar reytingini eʼlon qiladi. 2024-yilda o‘tkazilgan tadqiqotda butun dunyodan 1,4 million kishi qatnashdi.
2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra reytingda quyidagilar yetakchilik qilmoqda:
Xitoy - o'rtacha IQ 107,43
Eron – 106,63
Janubiy Koreya – 106,57
Yaponiya – 106,54
Singapur - 105,25.
Dunyo boʻyicha oʻrtacha IQ 100. Sharqiy Osiyo mamlakatlari yuqori oʻrtacha koʻrsatkichga ega, Markaziy va Janubiy Afrika va Lotin Amerikasi koʻrsatkichlari esa pastroq.
Markaziy Osiyo davlatlarining 2025-yilgi reytingdagi o‘rinlari:
Qozog‘iston — 66-o‘rin, o‘rtacha IQ 97,27
O‘zbekiston — 69-o‘rin, o‘rtacha IQ 96,98 (2023-yilda 71-o'rin)
Qirg‘iziston — 84-o‘rin, o‘rtacha IQ 93,46
Tojikiston – 96-o‘rin, o‘rtacha IQ 93,17.
Turkmaniston boʻyicha maʼlumotlar test ishtirokchilari soni yetarli emasligi sababli reytingga kiritilmagan.
Shunisi qiziqki, Markaziy Osiyo mamlakatlari yaqinlik va madaniy aloqalarga qaramay, oʻrtacha IQ darajasida farq qiladi. Qozog‘iston mintaqada 66-o‘rinda yetakchilik qilgan bo‘lsa, Tojikiston 96-o‘rinda. Bu farqlar ta’lim tizimidagi tafovut, axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Shuni hisobga olish kerakki, reyting ma'lumotlari ma'lum chalkashliklarni keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan onlayn test natijalariga asoslanadi.
Umuman olganda, Xalqaro IQ reestry reytinglari mamlakatlar bo'ylab o'rtacha zakovat darajalari haqida qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etadi, ammo ularning natijalari mumkin bo'lgan cheklovlar va ma'lumotlarga ta'sir qiluvchi omillar nuqtai nazaridan talqin qilinishi kerak.
Nuqtalar: Huquqiy oqibati yo‘q ikki qonun – xizmat ko‘rsatish va reklama sohasida o‘zbek tilining ahvoli haqida suhbat
Nuqtalar dasturining navbatdagi soni o‘zbek tili, aniqrog‘i, unga bog‘liq juda muhim va ayni paytda hukumatning til borasidagi siyosati samarasiniyam, samarasizliginiyam yaqqol ko‘rsatuvchi, shu ishlarga yuz bo‘luvchi bir yo‘nalish tahliliga bag‘ishlandi. O‘zbekistonda xoh davlat bo‘lsin, xoh nodavlat, xizmat ko‘rsatish sohasida o‘zbek tilining qo‘llanilishi va mamlakat hududida reklamaning tili masalasi.
Dastur mehmonlari – Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi bo‘lim boshlig‘i Abdurahmon Raupov va ayni masalalarni ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p ko‘tarib kelayotganlardan biri, jamoatchilik faoli Obidjon Latipov bo‘ldi.
Til qadri...
Ssenariy muallifi va rejissyor: Shohruh Norqulov
Operator: Jasur Yusupov
Rassom: Erkin Xushmatov
Maslahatchi: Xurshid Abdurashid
Ijtimoiy rolikni suratga olishda qatnashgan va yordam bergan barchaga katta rahmat!
Asliddin Kamol aloqaga chiqdi, u bilan hammasi joyida. Tez orada o’zi o’tgan voqealar haqida batafsil ma’lumot beradi.
Bizga xolis jurnalistika kerak
Kecha YXHTning Varshavada o‘tayotgan anjumani doirasida Nyu-Yorkdagi Jurnalistlarni himoya qilish tashkiloti vakilasi bilan so‘zlashdik. Tabiiyki, suhbat so‘z erkinligi va hamkasblarimiz himoyasi borasida kechdi.
Xalqaro tashkilot vakilasiga ko‘ra, ko‘pchilik hamkasblarimizning professional faoliyatidagi nuqsonlar, ya’ni tarafkashlik, muayyan buyurtma va shartnomalar asosida ishlashi nafaqat bizga, balki xalqaro tashkilotlarga ham ma’lum. So‘nggi yillarda javobgarlikka tortilgan bir necha bloger, jurnalist do‘stlarimiz faoliyati va ularni himoya qilish masalasida biroz tilimiz qisiqdek.
Birniki mingga, degan naql ishlaydi bu yerda. Hukumatlar ham bunday vaziyatlardan samarali foydalanadi. Shu boisdan ham halol va obyektiv media maydonni yaratish, u yerga tasodifiy va tirraqilarni kiritmaslik o‘zimizning zimmamizdagi ma'suliyatdir.
Bizga manfaatlardan uzoq xolis jurnalistika kerak. Bu maydonni yarata olsak, so‘z erkinligi prinsiplarini xalqaro maydonda ham himoya qila olamiz. YXHTning anjumani doirasidagi bugungi majlisda shunga amin bo‘ldim.
Abdurahmon Tashanov, Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi.
@haqiqatdaIlyos
Universitetda 1 semestr viruslarga oid fitopatologiya fanini o’qiganmiz. Hozir bu fandan ko’p narsa esimda qolmagan-u, lekin viruslarning uncha-bunchaga o’lmasligi, qulay muhit va sharoit paydo bo’lishi bilan yana qaytib tirilishi, joylashgan organizmini zararlashda davom etishini bilaman.
Masalan, ba’zi viruslar sovuq va namgarchilikni yaxshi ko‘radi, shunday muhitda juda tez ko‘payadi va tarqaladi. Ba’zilari esa aksincha, iliq va issiq havoni yaxshi ko’radi, bu ular uchun qulay muhit hisoblanadi.
Endi, agar hech bir ishni majburlovsiz tashkil qilolmaydigan rahbarlarni ham shartli virus deb olsak, oxirgi vaqtlarda ularning ko’payishi va hamma tomonni rasvosini chiqarishi uchun qandaydir qulay muhit paydo bo’lgandek taassurot uyg’onmoqda. Keling, yaqin haftalarda tez-tez ko’zimiz tushayotgan yangiliklarni eslaymiz:
O’qituvchilarning paxtaga jalb qilinayotgani va terimga chiqmagan taqdirda ular o’zining o’rniga ikki terimchi topishga majburlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi (Senat tezda munosabat berdi va bu jinoyat oqibatlaridan mas’ullarni ogohlantirdi).
Oxirgi vaqtlarda tadbirkorlarni quyosh panellari o’rnatishga majburlash holatlari ko’paygan. Tadbirkorlarning ko’pchiligi quyosh paneli o’rnatish bo’yicha topshiriq olgani, o’rnatmaguncha ularning binosi elektr va gazdan uzilgani (bu orqali million va balki, milliardlab zarar ko’rishayotgani) haqida yozmoqda. Ammo bu kabi holatlarga hozircha hech kim, hech bir idora aniq va qat’iy munosabat bilan chiqmadi.
Gazeta va jurnallarga majburiy obunalash holatlari yana qaytgandek. Har holda turli hududlardan menga murojaat yozayotgan tibbiyot birlashmasi xodimlariga ko’ra, ularning idorasiga ko’plab nomdagi gazetalarga obuna tashkil qilish vazifasi yuklatilgan. “Bu safar ishlar avvalgidan farqli ixtiyoriy obuna niqobi ostida qilinmoqda. Hammasi tavsiyaviydek ko’rinadi, lekin aslida majburiy”,- deydi bog’langanlar. (Buni viruslarning mutatsiya xususiyatiga o’xshatdim).
Mamalakatda viruslar bilan bog’liq shunday gaplar. Ularga qulay, noqulay muhit javobgarlari ogoh bo’lishi kerakki, qarshi kurash choralari kuchaytirilmasa, bu virus degani bir ofat. U ozgina qulay muhitga tushdimi, o’lishi qiyin. O’z vaqtida qattiq kurashilmasa ko’payib ketadi va islohot deya aytib kelinadigan butun tizimlarni tezda yeb bitirishi ham hech gap emas.
Muhitni tushundingiz a, qonun muhiti haqida gapiryapman. Shu muhitda immunitet pasaygandek ko’rinmoqda oxirgi vaqtlar.
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yana bir taniqli xususiy universitet litsenziyasini bekor qilish bo'yicha sudga da'vo arizasi kiritibdi. Biri kelib quradi, ikkinchisi tayinlanarkan, buzishni boshlaydi. Hech narsaga ishonch yo'q, hech qaysi yo'nalishda…
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 2 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her