Zakovat +

Description
Donat uchun:
https://tirikchilik.uz/mad_max93
Advertising
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 1 month ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 1 week ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 2 days ago

1 day, 1 hour ago

Jamoa sardorlarining yarmidan ko'pi ("Benom", "Metaverse", "Magnum", "Sodiq school", "Ekspromt", "Jobir Ahmedov" va "Farruh Rafiqov") o'z versiyalarini yuborishdi.

*🦉Zakovat +*

1 day, 1 hour ago

Kanalimiz versiyasi bo'yicha eng yaxshilarni aniqlash uchun kuzgi mavsum yakuni bo'yicha profliga top-10 jamoa sardorlariga murojaat qildik.

Kanalimiz kuzatuvchilari versiyalari yakunlangan (1; 2; 3; 4)**.

Tez orada eng yaxshilar kim bo'lganini e'lon qilamiz!

*🦉Zakovat +*

2 days, 22 hours ago
2 months, 4 weeks ago

Qiziq faktlar yozadigan kanal uchun qiziq nom taklif qilinglarchi.

3 months ago

Aytgancha, Nasaf chempion bo'larmishmi.
*?Zakovat +*

3 months ago

Shamsiddin legenda!

5 months, 3 weeks ago

Zo'r chiqibdi. Yoqdi :)

5 months, 3 weeks ago

?Bingo navbatchiligi, 22.06.2024 yil.

Benom jamoasining savollar muhokamasi:

Bu o‘yinda to‘g‘risi ko‘p savollar bir qismli bo‘lganigami jamoa ko‘p holatda to‘g‘ri variantni tanlashga bosh qotirishga majbur bo‘ldi. Ba'zida to‘g‘ri va ba'zida noto‘g‘ri qarorlar bilan yakunda 4-o‘rinni egalladik.

2-savolda Vlad Sepesh va yozishmalardagi dog‘lar haqida gap ketganda Firdavs qon yig‘lashmi degan versiyani bergandi. Keyin qon terlashdir balki degan variant chiqdi va yozishmalarda ter oqib tushgandir deb o‘ylab shu variantni berdik va xato qildik. Keyin bu holatda boshqalarni bilmadim-ku gemolakriya so‘zini yaxshi eshitmagan ekanman. Bo‘lmasa lakriya, lakrimoza kabi yig‘lash, ko‘z yosh ekaniga yetib borsa bo‘lardi.

Ardan ismli sayohatchi haqidagi savolda Nadar ekaniga yetib bordik anagrammaligidan. Shu payt ismi Pol edi deb Sardor Pol Nadar shaklida yozdirgandi. Ammo, “aniq bilmay adashmaylik formada kim” deb so‘raldi deya Polni o‘chirib Nadarni berdik. Darhaqiqat bu sayohatchi Gaspar Feliks Nadar ekan. Pol Nadar ham sayoxatchi va fotograf bo‘lgan va uning o‘g‘li ekan.
8-savolda qaxramonni Supermen bilan solishtirdik unga o‘xshab ko‘zoynak taqqandir ham dedik. Lekin bu javobni 3 so‘zda ifodalay olmadik. Bu aynan Supermenga tegishli ko‘zoynak bo‘lishi mumkinligi xayolga kelmadi.

24-savolda dastlab “devorda osilgan miltiq yakunda otiladi” kabi holatga ishora bor deb o‘ylab Chexov varianti keldi. Davri ham tushib turgandi. Keyin kinolarga bog‘liq rus odami deb Stanislavskiy varianti keldi. Qaysi variantni tanlashni o‘ylanib turganimizda esa formada Moskvada tug‘ilgani aytilgani yordam berdi. Chunki Chaxovning Taganrogda tug‘ilgani mashhur fakt. Shu tarzda o‘zimiz negaligini unchalik tushunmasakda, to‘g‘ri javobni topa oldik.

26-savolda Yer filmi, zulmat va vahima haqida gap ketgach almashtirish bo‘lsa kerak deb Mars yoki marslik variantlari kelgandi. Ammo, Firdavs anagramma yasashga urinib Rey variantini aytib qoldi va jamoa ko‘zi ojiz Rey Charlz haqida gap ketayotganini darhol tushunib oldi.

27-savol yana variant tanlash qiyin savollardan bo‘ldi, qarama qarshilikka borishni istamaslikdan oq rang tinchlik berlgisi deb shuni o‘yladik. Ammo, Abbos balki ikkala rang aralashuvidir deb binafsharang variantni aytdi. Yakunda birlik, umumiylik haqidagi gaplar esga tushib binafsharangni berishga qaror qildik va adashmadik.
Ali Hamroyev filmi haqidagi savolda o‘tgan asr o‘rtalari, ikkinchi yarmidagi voqealarni o‘ylashni boshladik. A.Hamroyev haligacha film olayotgani hammamizni hayron qoldirdi. Samarqandda deyilgach Toshkent zilzilasi kabi variantlar chopildi, epidemiyami yoki qovun terish paytimi deb ham o‘yladik. Keyin “yozgi ta'til vaqida o‘qitgan” degan variantni berdik. Ammo agar Hamroyev tirikligini bilganimizda ham kovid variantini bergan bo‘lardik, nazarimda.
30-savolda yana teng kuchli variantlar qurshovida qoldik. Xattot va tarjimon variantlari bor edi, ammo xattotlar bor narsani ko‘chirishini odatda o‘zgarish qilmasligini hisobga olib tarjimon variantini berdik. Yakunda bu kabi ko‘plab javoblar apellyatsiya orqali olinibdi.
32-savolda ham sichqon dumi yo xo‘roz patini yulish kabi fikrlardan kelib Shum bola va “Kichkina tabib” dagi Terminator variantlari kelgandi, yakunda sichqon dumi o‘xshashroq deb, Shum bolani bergandik.
Ohirgi savoldagi holat ya'ni bir hodisaning bir necha xil nuqtai nazarda berilishi Rasyomon effektini esga soldi va davri ham mos deb A. Kurosava variantini berdik. Rodari haqidagi fakt yangilik bo‘ldi.

Qisqasi shular, paketdan esa menga ko‘proq Nigeriyaliklarning CS dagi g‘alabasi, Melis aka, Rey va sichqon dumi haqidagi savollar yoqdi.

@breynstorm

5 months, 3 weeks ago

"Bingo" jamoasi savollarini "Benom"chilar qanday topgani/o'tkazib yuborgani haqida.

Yana kimda qanday qiziq holatlar bo'ldi?
*?Zakovat +*

8 months ago

Yomon tuyg'u ekan. Barsachilarni, Sitichilarni endi tushundim?‍♂️****

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 1 month ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 1 week ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 2 days ago