Numberspeaks

Description
The numbers speak for themselves.
Advertising
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 2 months ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month ago

10 months, 2 weeks ago
Numberspeaks
1 year, 5 months ago

Tashabbusli budjet 2023-yil ikkinchi mavsun, rostdan ham 1,5 mingta ovoz bilan g'olib bo'lish mumkinmi?Tashabbusli budjetga ajratilgan mablag'lar quyidagicha
2021-yil - 530 millard so'm.

2022-yil birinchi mavsum - 1201,3 millard so'm.
2022-yil ikkinchi mavsum -1419,0 milliard so'm

2023-yil birinchi mavsum - 2882,9 millard so'm.
2023-yil ikkinchi mavsum  - 1022,8 millard so'm va ajratilayotgan mablag'lar ortishi kutulmoqda.

Tashabbusli budjet jarayonida ma'lum bir tashabbus uchun ajratilishi mumkin bo'lgan mablag'ning eng yuqori chegarasi BHMning 4000 barobarigacha yoki bo'lmasa 2023-yil ikkinchi mavsum uchun 1,320 million so'mni tashkil qiladi.
Asosiy savol, 1500 ta ovoz bilan g'olib bo'lish mumkinmi ?
Qisqa javob -yo'q.
Nega, chunki istalgan mahalla, cheklanmagan tashabbuslarni portalga joylashlari  mumkin.  2023-yilning dastlabki mavsumida jami 33 680 tashabbus tasdiqlangan va ovoz berish jarayoniga o'tqazilgan. Har bir tashabbusning 1,5 mingta ovoz yig'ish imkoniyati juda yuqori  ekanligini inobatga olib, shartli ravishda 2023-yil birinchi mavsumidagi barcha tashabbuslar g'olib bo'lgan deb hisoblansa bu davlat budjetiga 40 trillion so'mdan ortiqqa tushgan bo'lardi va ikkinchi mavsum uchun undan ham ko'proq.
Xulosa, 1500  dan ortiq ovoz yig'gan tashabbuslarni g'olib deya  topish uchun butun boshli  loyihaga qo'shimcha o'zgaruvchilarni kiritish kerak bo'ladi. Albatta, mavsum boshida tashkilotchilar biror ochiq bayonotlar bilan chiqishi qiyin, agar qandaydir bayonot bo'lsa ham istalgan o'zgarishlarni kelgusi mavsumlarga tegishli bo'lishi aytiladi yoki shunchaki avval bo'lganidek yakuniy natijalar kutulib, oldindan bashorat qilib bo'lmaydigan, minglab dastlabki g'oliblarga nisbatan adolatsiz bo'lgan qarorga kelinadi.

Adolatsizlik shundaki, 20 mingdan ortiq  ovoz yig'gan mahallalar faqatgina yakunda 2000 ta ovoz g'olib bo'lish uchun yetarli ekanligini  bilishgan edi.

1 year, 7 months ago

Kambag‘allik

O'zbekistda kambag‘allik darajasi 2022-yilda 14% ni tashkil etgan bo'lib, bu 5 milliondan ortiq fuqarolarning rasman kambag‘al ekanligini anglatadi. Kambag‘allik bu birlamchi extiyojlari minimal darajada qondirish uchun yetarli mablag'ga ega bo'lmaslikgina emas. Kambag‘allik haqida gap ketganda faqat daromad bilan chegaralanib qolmaslik kerak. Yana bir muhim jihat shundaki, boy davlatdagi kambag‘allar va kambag‘al davlatdagi kambag‘alning o'rtasida  keskin farqlanish mavjud. Kambag‘al davlatda, kambag‘al bo'lib yashash juda  yomon bo'lib, ular doim quyidagi muammolarga duch keladilar 

- kasal bo'lganda yetarlicha malakali tibbiy xizmatlardan foydalana olmaslik, davosi aniqlangan kassaliklarda vafot etish, bolalar va onalar o'limining ko'pligi.
- maktab yoshidagi bolalarning dars vaqti yoki darsdan keyin mehnat qilib pul topishga majbur bo'lishi.
- Maktabni tamomlagan aksar yoshlarning ilmiy darajasi o'qish va yozishdan nariga o'tmasligi.
- Ish topa olmaslik, kelajakka nisbatan ishonchsizlik, bugun uchun yashash.
- Oilasidan olisda, uzoq muddatlar turli xil  shaharlar va davlatlardan ish izlash.
- Yetarlicha to'yib ovqat yemaslik.
- Adolatsizliklardan, tahqirlardan, kamsitishlardan, jinsiy tajovvuzlardan  himoyalanmaganlik.
- Ijtimoiy va siyosiy faol bo'lmaslik.

1 year, 7 months ago

Tashabbusli budjet haqida.
Tashabbusli budjet jarayonida g'olib deb topilgan tashabbuslarni loyihalashtirish uchun tenderlar o'tqazildi. Xech qanday pozitiv yoki negativ o'zgarishlar yo'q. O'zbekistondagi ixtiyoriy o'rtacha siyosiy yoki iqtisodiy institutlar  qay darajada bo'lsa, tashabusli budjet jarayonini loyihalash va qurilish jarayonlari ham shundan farq qilmaydi. Birgina misol tayyor shablon mavjud shunchaki raqamlar va nomlar o'zgartiriladi, Google xaritadan bir dona surat qo'yiladi, mana shu kamtarona xizmatlari uchun loyihalash firmalariga 20-22 million so'm to'lanar ekan. Ketma-ketlik juda ham sodda, loyihalash korxonasi tenderda yutadi, u qishloq yo'llarini kelib ko'radi va hammasi shu yerda boshlanadi.  Qishloqda ularni mahalla oqsoqollari, rais va faol fuqarolar kutib oladi. Keyingi jarayonlar haqiqiy nizolarning boshlanishi chunki  yutilgan pul qishloq yo'llarining hammasiga yetmaydi ammo yutish uchun deyarli barcha qishloq ahli o'z hissasini u yoki bu ko'rinishda qo'shishgan.  Mahallada esa cheklangan resurslarni muqobil taqsimlash uchun na biror adekvat yechim, va na tajriba mavjud.   Xech qachon erkin demokratiya bilan yuzlashmagan xalq, mavjud muammoni demokratik yo'l bilan yecha olmas ekan.  Tashabbusli budjet jarayoni jamoaning siyosiy ong va  faolligini oshiruvchi vosita sifatida qarash mutloq notog'ri. Nega deyilganda davlat sektoridagi eng quyi organ ham jamoatchilik fikri asnosida faoliyat yuritmaydi. Qurilishni, loyihlashni nazorat qiluvchi hokimyatni umuman aytmasa ham bo'ladi. Ochiq aytganda, davlat tashkilotining eng kichik organining,  eng kichik xodimining ixtiyori, mahalladagi yuzlab kishilarnikidan ming martalab ustun va xal qiluvchidir.
Shu va shunga o'xshash holatlar yakunda, mahalladagi  turli manfaatlarni bir-biriga zid qilib qo'yar  va bu ziddiyatni adolatli yechish uchun "Sudyalar" topilmas ekan, natijada ziddiyatlarning aksari adolatsiz yechim  topar ekan. 

Demokratiya qanday barpo qilinishini bilmayman lekin endi, pastdan yuqoriga qarab qurilmasligiga ishonchim komil.

1 year, 7 months ago

Kambag‘allik chegarasi

O'zbekistondagi kambag‘allik darajasi yillar kesimida nechi foizni tashkil qilganligi haqida ma'lumotlarni topish oson emas. Jahon banki tomonidan yuritiladigan statistika oxirgi marta 2013- yilda yangilangan va unda O'zbekistonda kambag‘allik darajasi 14,1% ni tashkil etganMana bu yerda esa,  pandemiyadan oldin 7,4% bo'lganligi va 

2018-yil  9,5%
2019-yil 11%
2020-yil 12-15%
2021-yil 17%
2022-yil 14% ekanligi ma'lum qilingan.

2017-2022-yillar oralig'ida  mamlakatimizdan kambag‘al aholi soni qariyb 2 barobarrga ko'paygandek tasavvur uyg'otadi. Aslida ham shundaymi? Keling shu savolga javob izlaymiz.

Jahon banki tomonidan yuritiladigan hisob kitoblarda kambag‘allik chegarasi kishi boshiga kunlik daromadlar:
Kambag'al davlatlar uchun 1,9$.
O'rta daromadli davlatlar uchun  3,2$.
Boy davlatlar uchun 5,5$ qilib o'rnatilgan. (2022-yil sentabr oyidan esa bu ko'rsatgichlar yangilangan bo'lib, 2,15$, 3,65$  va 6,85$ ni tashkil etgan)*.

O'zbekiston, 2020 -yilga qadar asosan Jahon banki tavsiyalariga muvofiq hisoblash metodologiyasidan foydalanib, kambag‘allik chegarasini o'rnatgan.
2020-yilda O'zbekiston tarixida  birinchi marta minimal iste'mol xarajatlari aniqlandi va bu miqdor kishi boshiga bir oy uchun 440 ming so'mni tashkil qildi. Mana bu yerda minimal iste'mol xarajatlari(MIX) qanday hisoblanishi tushintirilgan. Shuningdek, har yili 20-yanvarga qadar MIX miqdori e'lon qilib borishi belgilangan. 2022-yil uchun MIX 498 ming so'm bo'lgani ma'lum, 2023-yil bu miqdor qancha bo'lishi xali ochiqlanmadi.

Kambag‘allik chegarasini belgilash uchun Jahon banki foydalanadigan metod va milliy hisoblash usuli bir-biridan keskin farq qilmaydi. Yana ham aniqroq tushunish uchun Jahon banki tomonidan tavsiya qilinadigan 3,2$ chegarasi AQSH dollarining  almashinuv kursini  anglatmaydi, bu miqdor xarid qilish qobilyatini ifodalaydi. Misol uchun 2021-yil AQSH da 3,2$ ga xarid qilish mumkin bo'lgan iste'mol savatidagi tovar va xizmatlarni O'zbekistonda 0,74 $ ga olish mumkin bo'lgan, yani Jahon banki 7841 so'mdan kam daromadga ega O'zbekistonliklarni kambag‘al deb hisoblaydi. Milliy standart bo'yicha hisoblaganda esa kambag‘allik chegarasi 14,600 so'm bo'lgan. Demak, yuqoridagi kambag'allar sonining ikki barobarga ortishi, kambag‘allik chegarasini belgilovchi minimal summaning qariyb ikki barobarga orttirib hisoblanayotganligi sabablidir.

World Bank Open Data

Free and open access to global development data

1 year, 8 months ago

P2P o'tkazmalar haqida.P2P (peer to peer) Uchinchi shaxsning bevosita  ishtirokisiz pul mablag'larini bir kishidan boshqasiga o'tkazish usuli.

B2B (Business to Business )
C2B (Consumer to business)
B2C (Business to Consumer)
C2C (Consumer to Consumer)
B2G (Business to Government)
G2B (Government to Business) va boshqa modellar ham mavjud.

P2P o'tkazmalarini Konstitutsiya va "Bank siri tog'risida" gi qonunga zid deyish qiyin. Nega deyilganda bank va mijoz o'rtasida sir mavjud bo'lib, banklar uni cheksiz yoki mutloq sir sifatida saqlamaydi, mavjud vakolatli davlat organlar zarur  holatlarda, istalgan ma'lumotlarni, ixtiyoriy banklardan talab qilib olish imkoniyatiga ega. O'zbekistondagi biror bankning o'z mijozi haqidagi ma'lumotlarni vakolatli organlarga taqdim qilmaganligini va aynan shuning uchun vakolatli organ uni sudga berganligini kuzatish juda ham noyob hodisa.

"Bank siri to'g'risida"gi qonunning 11- moddasida "Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar davlat soliq xizmati organlariga bank mijoziga (vakiliga) soliq solish masalalariga taalluqli hollarda qonunchilikka muvofiq taqdim etiladi." 10-moddasida esa "Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar davlat ijrochisiga uning yozma so‘rovi, shu jumladan elektron hujjat tarzidagi so‘rovi asosida, mazkur bank mijoziga (vakiliga) nisbatan davlat ijrochisining ish yurituvida bo‘lgan ijro ishi bo‘yicha taqdim etiladi."- deyilgan. Ya'ni konstitutsiya bo'yicha bank sir saqlashga haqli lekin qaysi holatlarda sir saqlanmasligi qonun bilan belgilangan va bu to'g'ri jarayon.

Demak, P2P o'tkazmalari haqida soliq organlarining ma'lumot so'rashini Konstitutsiya va qonunlarga zid deyishga shoshilmaslik kerak. Bu qonuniy qarash, adolat yuzasida aytilganda esa, P2P o'tkazmalarining ochiqlanishidan banklar manfatdor emas, ular mijozlarida ayrilib qolishlari mumkin. Masalan eng kuchli sir saqlaydigan bank eng katta omonatlarga, eng ko'p mijozlarga ega bo'lib boraveradi. Noqonuniy orttirilgan pullarni bankka qo'yib qonuniy daromad olish yoki P2P o'tkazmalari orqali soliqlardan qochishdek yana yuzlab imkoniyatlarni beradi.

Yana bir misol istalgan korxona, tashkilot, muassasalarga  mijozlari bilan aloqalarni soliq organlaridan sir saqlash vakolati berilmagan, faqat banklar bundan mustasno, ular sir saqlashlari mumkin va bu konstitutsiya darajasida. Aytish mumkinki, banklar juda boy va kuchli ta'sirga ega bo'lganligi uchun mana shunday huquqni va uning ortidan foyda olishni qo'lga kiritishgan.

Telegram

bakiroo

P2P ўтказмалар ҳақидаги ахборотлар солиқ органларига берилиши Янги Конституцияга зид ва ноқонуний! Кечадан бошлаб, янги таҳрирдаги Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси кучга кирди. Бош қомуснинг 15- моддасига кўра Ўзбекистон Республикаси Конституцияси…

1 year, 8 months ago

O'zbekiston Respublikasi xalqaro zaxiralari.
O'zbekistonning xalqaro  zaxiralari 1-aprel 2023-yil holatiga ko'ra  35,4 milliard AQSH dollarini tashkil qilgan.

- Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar (erkin konvertatsiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda) 10,1mlrd AQSH dollarini tashkil qilgan. Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari 100% naqt va depozit shaklda bo'lib, qimmatli qog'ozlarga umuman joylashtirilmagan.

-XVJdagi mablag' jalb qilishga doir maxsus huquqlar (SDR) 1,06 mlrd AQSH dollari.

-Oltin 24,2 mlrd AQSH dollari.

Jahon bankining 2021-yildagi ma'lumotlari bo'yicha, davlatlarning jami zaxiralari o'rtacha  11 oylik importni qoplash uchun yetarli, ammo bu ko'rsatkich 2008 -yildagi inqirozdan oldin  5-7 oyni tashkil etgan.

O'zbekistonning xalqaro zaxiralari 14,1 oylik import uchun yetarli bo'lgan bo'lsa, bu ko'rsatkich
Qozog'iston - 5,4 oy
Qirg'iziston -  5,4 oy
Tojikiston   - 6,6 oy
Turkiya    -  4,3 oy
AQSH     -  1,9 oy
Xitoy    - 11,6 oy
ni tashkil etgan(2021y)

Xulosa qiladigan bo'lsak mamlakatimizning xalqaro zaxiralari dunyodagi o'rtacha ko'rsatkichidan yuqoriroq va bu tendensiyani ijobiy holat sifatida baholovchilar juda ozchillikni tashkil etsa kerak. Shuningdek, markaziy bank xalqaro zaxiralarning oltin bo'lmagan qismida qanday operatsiyalarni amalga oshirishi haqida yetarlicha to'liq ma'lumotlarni ochiqlamaydi, xozirgi yuqori infilatsiya sharoitida ($ 4,99%, € 6,9% 2023y mart) zaxiralarning markaziy bank tomonidan yetarlicha ximoyalanganligi borasidagi ishonchsizliklar ham  mavjud.

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 2 months ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month ago