Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

Description
Muhammad Amin Mirsaidovning shaxsiy sahifasi

Murojaat: @Mirsaidov_1997
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

3 weeks, 3 days ago
1 month ago

O‘tgan 27 yosh xulosalari...

Shu kanal o‘z faoliyatini boshlaganiga ham fevral oyida 5 yil to‘ladi. Ancha salmoqli davr. Bu orada birga ulg‘aydik, ko‘p yaxshi-yomon lahzalarni yashab o‘tdik. Yozganlarimdan yozolmaganlarim ko‘p bo‘ldi. Bugun ham nimalarnidir yozmoqchiman. O‘tib ketgan 1 yilligimning, 27 yoshimning qisqa sarhisobini.

  1. Shaxsiy uylik bo‘ldim. Bu ham hayotimdagi qandaydir darajada yutuq. O‘ziga shukr.

  2. Ko‘pyillik xizmatim singgan loyihamni norozi holatda tark etdim. Bundayam bir xayr bor ekan. Yangi nashriyot faoliyatini yo‘lga qo‘ydim. Nomi Yog‘du.

  3. Navoiydagi maktablardan biriga direktor etib tayinlandim. Kutmagandim. Yuki, mashaqqati, mas'uliyati og‘ir. Yuzim yorug‘ bo‘lishidan umidvorman.

  4. Arab tilidan onlayn va oflayn dars berishni davom ettiryapman. Shogirdlarim safi 2000 taga yaqinlashib qoldi. Eng katta yutug‘im shu.

  5. 1000KITOB loyihasi doirasida xalqimiz uchun muhim kitoblarni nashr qilishdek savobli ishda hissam qo‘shildi. Kitobxonlarga muborak bo‘lsin!

  6. Mutolaa loyihasida rahbarlik lavozimlaridan birida ozmi-ko‘pmi faoliyat olib bordim. Anchagina kitoblarni elektronlashtirishda mehnatim singdi. Shukr.

  7. Oylik daromadimni 2000$ ga yetkazib oldim. Moliyaviy mustaqillik muhim jarayon. Bardavom bo‘lsin.

  8. Yog‘du nashriyoti uchun bir qator ajib va manfaatli kitoblarning tarjima huquqini oldik. Tez orada nashrdan chiqaramiz. Oz qoldi.

  9. Ko‘p yaqinlarimni yo‘qotdim. Yangi qiyofalar, yangi qalblar hayotimga kirib keldi. Hammasi Allohdan.

  10. Kitob mutolaasi o‘tgan yilga qaraganda ancha sustlashib qolgani bor gap. To‘xtab qolmasin.

  11. Ko‘p sinovlarda boshimiz qaynadi. Pishdim. Hammasi yaxshilikka.

  12. Muhimi, kanal faoliyati to‘xtab qolmadi. Yozyapman, yozolyapman. Yana yozishim kerak. Salomat bo‘ling.

@mirsaidov_sahifasi

1 month ago
[#tavallud\_kun](?q=%23tavallud_kun)

#tavallud_kun

Xush kelibsan, 28 yosh...

@mirsaidov_sahifasi

1 month ago
1 month ago
[#imlo](?q=%23imlo)

#imlo

🤦‍♂

Venzin yuo‘q
Benzin yo‘q

@mirsaidov_sahifasi

1 month, 1 week ago

Britaniyaning BBC nashri 2024-yilning eng yaxshi kitoblarining 24 talik ro‘yxatini e'lon qilibdi. Ancha qiziqarli, tanish va notanish nomlar bor ekan:

  1. Sally Rooney: "Intermezzo"
  2. Joyce Carol Oates: "Flint Kill Creek"
  3. Garth Greenwell: "Small Rain"
  4. Rachel Kushner: "Creation Lake"
  5. Miranda July: "All Fours"
  6. Molly Aitken: "Bright I Burn"
  7. Yael Van der Wouden: "The Safekeep"
  8. Jo Hamya: "The Hypocrite"
  9. Kaveh Akbar: "Martyr!"
  10. Alan Hollinghurst: "Our Evenings"
  11. Olga Tokarczuk: "The Empusium"
  12. Jonathan Coe: "The Proof of my Innocence"
  13. Andrew O'Hagan: "Caledonian Road"
  14. Lucas Rijneveld: "My Heavenly Favourite"
  15. Madeleine Gray: "Green Dot"
  16. Scarlett Thomas: "The Sleepwalkers"
  17. Colin Barret: "Wild Houses"
  18. Édouard Louis: "Change"
  19. Helen Oyeyemi: "Parasol Against the Axe"
  20. Neel Mukherjee: "Choice"
  21. Andrew Boryga: "Victim"
  22. Chukwuebuka Ibeh: "Blessings"
  23. Percival Everett: "James"
  24. Alexandra Tanner: "Worry"

@mirsaidov_sahifasi

1 month, 1 week ago

Cho‘chqa bosib ketdi mening bog‘imni,
Bir-biridan oq, semiz cho‘chqalar.
Ko‘ppaklarday talab hammayog‘imni,
Hech to‘ydim demaydi bu go‘rso‘xtalar.

Ey voh, cho‘chqalardan bezorman bu kun,
Alam gulxanida yonmoqda ichim.
Alloh, Alloh, o‘zing bir chora qilgin,
Mening cho‘chqalarga yetmaydi kuchim.

*© Muhammad Yusuf*

@mirsaidov_sahifasi

1 month, 1 week ago

Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi Yoshlar ishlari agentligi 1000KITOB loyihasidan Yog‘du nashriyotining hujjatlarini so'rabdi. Bunga-ku umuman qarshiligim yo‘q. Lekin nega aynan Yog‘du? Qiziq?

@mirsaidov_sahifasi

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago