Saodat sohili - Sh.Isoqova

Description
Kanal ochish xom ijodni ko‘z-ko‘z qilish uchun emas, balki uni bir joyga jamlab, qachondir qayerdadir istalgan vaqtda izlab topish osonligidir maqsadimiz!
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 8 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 8 months ago

1 month ago

**Nafing agar xalqqa beshakdurur,
Bilki, bu naf o'zingga ko'prakdurur.

Alisher Navoiy**

1 month ago
Saodat sohili - Sh.Isoqova
1 month ago
Saodat sohili - Sh.Isoqova
3 months, 2 weeks ago
3 months, 2 weeks ago

Худодан қўрқаман фақат.
Фақат ўйлаганимни гапираман.
Гапириб,
олазарак боқмайман атрофга.

Ўйлаганимни ёзаман —
ёлғон сўз киролмас
шеърим чегарасига.
Кимга таъзим этсам —
ҳурмат этганимдан;
кимга таслим эрсам —
яхши кўрганимдан.

Бировдан сўраб,
қадам ташламайман,
шу сабабдан,
қадамим ҳам
мени ташламас.
Яна қайтараман,
Худодан қўрқаман фақат.

Хуллас,
шу тартибда
ўзимга ўзим
рухсат берганман —
одамдай яшашга.

Усмон Азим

3 months, 2 weeks ago

Bolaligimdagi bir voqea esmga tushib ketdi, mahallaning oʻzim tenqurlari bilan birga oʻynardik. Oʻshanda chamasi 5-6 yosh edim, u vaqtda biz Namanganda yashardik. Dugonachalarimning biri mendan 1-2 yosh katta boʻlsa ayrimlari teng edi 1-2 yosh kichiklari ham boridi. Mahalla koʻchalaridan zeriksak bir-birimizning uyimizga kirib bir toʻda boʻlib oʻynardik. Bir kuni Mahliyo ismli qiz “Kim necha martta kasal boʻlgan” - deya savol berdi, gripp ma’nosida aytgandi adashmasam. Hamma men buncha, men shuncha deb aytdi, oʻzimga kelganida esa bolalik qilibmi yoki qovunligimdanmi atrofimdagilardan bitta koʻpaytirib aytdim. Keyin meni oʻyin-kulgu davrasidan siqib chiqarib yuborishdi, shartta yuzimga eshikni yopishdi, kirib ketib oʻyinni davom ettirishdi. Men boʻlsam ulardan boshqa bolalar bilan oʻynab onamga qarashib boxchaga borib, maktabga borib bunday ajratishlarni, boʻlinishlarni e’tiborga ham olmagandim. Bugun esa shu dugonachalarim amakimlardan, kelnoyimlardan telefon raqamimni soʻrab qoʻngʻiroq qilib hol soʻrashadi, menimcha ular endi katta boʻlishgan. Oʻsha vaqt kichkina boʻlsam ham bu voqea yodimda qolib ketgandi.
Hozir ham shu kabi oʻyinlar davom etmoqda, kimdir kimnidir qayerdandir siqib chiqarishga urinishlar, turfa oʻyinlar, mayli nima ham derdim, Xudo insof bersin!

3 months, 3 weeks ago
Saodat sohili - Sh.Isoqova
3 months, 3 weeks ago
Saodat sohili - Sh.Isoqova
3 months, 3 weeks ago

#tashrif Bugun , O‘zbеkiston davlat san’at va madaniyat instituti(miz)da Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Shuhrat” medali sohibi, taniqli shoir Botirjon Ergashev bilan ijodiy uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda Botirjon Ergashev doimgidek samimiy va dilkashlik bilan suhbat olib bordilar biz bu suhbatlarni ancha sogʻingan ekanmiz, yayradik!
Talabalarni, umuman olganda har bir insonni turfa xil dardini tinglash oson, ammo ularga dilkash boʻlish hammaning ham qoʻlidan kelavermaydi. Dardkash boʻlishdan koʻra dilkash inson boʻla olish men kuzatayotgan ikodkorlar orasida shu insonda koʻproq namoyon boʻladi, madaniyatimiz va ijod malhami desak ham boʻlar, koʻpiga guvohmiz.
Botirjon Ergashev talaba yoshlarga qarab, “Men sizlar bilan rasmiy emas, samimiy va ochiq suhbat qilishga tashrif buyurdim” - deya boshladilar, ammo manashu samimiy suhbat orasida qanchadan, qancha madaniy va tarbiyaviy masalalarda avjiga chiqib urchiyotgan kamchiliklarni, jamiyatimizdagi rasmiy, norasmiy xatoliklarni toʻgʻirlashga undab oʻtdilar.
Xulosa qilib aytganda ta’lim bilan tarbiya tengma-teng birgalikda rivojlanishi muhim ekanligini his qilishimizga katta hissa qoʻshdilar.

3 months, 4 weeks ago
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 8 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 8 months ago