? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid
OʻZBEKISTON POSBONLARI
Qonida bor Temur qoni,
Vatan uchun fido joni,
Kasbi uning shuhrat, shoni,
Qurqmas, botir, arslon bari.
Oʻzbekiston posbonlari.
Sarhadlarda bedor tuni,
Mashaqqatda oʻtar kuni ,
Yurtni sevgan bilar buni ,
Sizdan rozi yosh-u, qari.
Oʻzbekiston posbonlari.
Yurt ishqida yonar yurak,
Shiroqlardan olgan oʻrnak,
Xalqga shunday alplar kerak.
Siz elimning oltin, zari.
Oʻzbekiston posbonlari.
Bunda bordir Tumarislar,
Ajdodlarga hos vorislar,
Xalqim degan oʻgʻil-qizlar,
Yursin sizdan dushman nari.
Oʻzbekiston posbonlari.
Tinchligimiz qurgʻonlari,
Oriyatli oʻgʻlonlari,
Omon boʻlsin tan-jonlari,
Bayraminggiz muborakdir.
Oʻzbekiston posbonlari .
✍ Sardor NAZAROV
Yaqinlashib kelayotgan 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bilan barcha vatan himoyachilarimizni tabriklayman.
YANGl YlL TlLAGl
Umrimizning bir yili,
Utib ketmoqda mana.
Bir yoshga ulg'aytirar,
Bizni bugungi sana.
Qordek oppoq orzuga,
To'ldirib qalb-u dilni.
Yaxshi niyat-la kutib,
Olaylik yangi yilni.
Ezgu istak, maqsadlar,
Doim oldga chorlasin.
Baxti kulib hammaning,
Quyosh bo'lib porlasin.
Ko'zlarda chaqnab sevinch,
Ko'ngil quvonchga to'lsin.
Azizlarim, barchaga,
Yangi yil qutlug' bo'lsin.
✍ Sardor Nazarov
https://t.me/Sardorutkirogli
KECHIROLMADIM ❤
✍️Lochin Elmuhammad so‘zi
?Bekzod HAQQIYEV musiqasi
ABROR DOʻSTOV - Yangi talqinda jonli ijroda premyera - OCHILMADI DARVOZANGIZ
✍ Sardor Nazarov
Pushaymon 2 Yurib kecha kunduzi sayoq Gohi pand yeb gohida tayoq Qoʻlim sindi baʼzida oyoq Mendan odam chiqmadi Ona Pul odamni uzgartdi rostan Bosh aylanib utdim-ku mastdan Lekin buni qilmadim qasddan Mendan odam chiqmadi Ona Yoshligimda sodda bolaydim…
Pushaymon 2
Yurib kecha kunduzi sayoq
Gohi pand yeb gohida tayoq
Qoʻlim sindi baʼzida oyoq
Mendan odam chiqmadi Ona
Pul odamni uzgartdi rostan
Bosh aylanib utdim-ku mastdan
Lekin buni qilmadim qasddan
Mendan odam chiqmadi Ona
Yoshligimda sodda bolaydim
Gapirsanggiz quloq solaydim
Bugun alam tirnaydi ichim
Mendan odam chiqmadi Ona
Yaxshilardan olmadim oʻrnak
Oʻqimadim aybim shu jindak
Bulganidek gurujda kurmak
Mendan odam chiqmadi Ona
Na bir qizni baxtli qiloldim
Na bir yaxshi oʻgʻil boʻloldim
Shu yoshgacha sizdan pul oldim
Mendan odam chiqmadi Ona
Musofir ham boʻlib oʻymadim
Nafsimga qul boʻlib tuymadim
Topganimni ichdim oʻynadim
Mendan odam chiqmadi Ona
Yana eski ishim boshladim
Moshinni ham urib tashladim
Otamning ham dilin gʻashladim
Mendan odam chiqmadi Ona
✍ Sardor Nazarov
Sardor Nazarov so‘zi
Ulug'bek Karimov musiqasi
SEVAR EDIM SINFDOSHIM
Yetgan edi yoshim go'yo sevgi yoshga ,
Kecha-kunduz hajrida zor kuyar edim .
Ko'nglim tushdi parisifat qalamqoshga ,
Sevar edim sinfdoshim sevar edim .
Yurak yutib yuragimni yorolmasdan ,
Tuyib-tuyib ko'zlariga qarolmasdan .
Tanaffusda yoniga ham borolmasdan ,
Sevar edim sinfdoshim sevar edim .
Go'zallashib borar edi kundan kunga ,
Yigitlarning bari oshiq edi unga .
Javob xati yozar edi bitta menga ,
Sevar edim sinfdoshim sevar edim .
Taqdir ekan ayro tushdi yo'llarimiz ,
Gullamasdan so'ldi sevgi gullarimiz.
Yoshligimiz qumsar hamon dillarimiz ,
Sevar edim sinfdoshim sevar edim .
✍Sardor Nazarov
? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid