Tarixning saboqlari

Description
Assalomu Aleykum. Kanalimizga xush kelibsiz.
Kanalimizda:
? Tarixga oid ma'lumotlarlar tashlab boriladi
? Kanaldan post olinganida manbasini (@Tarixning_saboqlari) ko'rsatilishi shart❗
? Aloqa uchun: @Fayzullayev_Dilshod
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 5 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

1 year, 6 months ago

1187 yilda Salohiddin al-Ayyubiy Quddus tomon qo‘shin tortdi. 20 sentyabr kuni sulton qo‘shini (Hattin jangidagi qo'shin) shaharga yetib kelib, qamalni boshladi. Qal’ada 6 minglik salibchilar qo‘shini bor edi. 27 sentyabr kuni qal’a devori manjaniqlar orqali teshildi. Quddus uchun ayovsiz jang boshlandi. Ikki tomon ham juda katta yo‘qotishlarga uchradi. Salibchilar bir kun taslim bo‘lish uchun sultonga elchi jo‘natishdi. Biroq Salohiddin elchini qabul qilmay shunday dedi:
“Yuz yil oldin salibchilar Quddusga qanday kirgan bo‘lsalar men ham shunday kiraman”.
Salibchilar Quddusni egallashganda barcha musulmonlarni qilichdan o‘tkazishgan edi. Shahar qamali bir muddat davom etdi. Ilojsiz qolgan qal’a qo‘mondoni sultonning xuzuriga o‘zi elchi bo‘lib keldi. Shahar qo'mondoni Salohiddinni sulhga ko'ndiradi. Shahardagi nasroniy xalq, salibiy askarlar, ritsarlar va Qal'a qo'mondoni tirik qoldirilib, shahardan ketishiga rozi bo'linadi.
Salohiddin al-Ayyubiy Quddusga juma kuni kirib keldi. O‘sha kuni shaharda azon aytilib juma namozi o‘qildi. Salohiddin Quddusni egallagach Askalon, Akra, Tiveriada va Trablus grafligining bir qismini egalladi. Musulonlar kuchga to‘lganidan qo‘rquvga tushgan Rim Papasi Kilment III yangi salib yurishini tashkillashtirdi. Bu yurishda Angliya qiroli Richird I, Fransiya qiroli Filipp II va Germaniya imperatori Fridrix I Barbarossa ishtirok etdi.
@Tarixning_saboqlari

1 year, 6 months ago

#Xolid_ibn_Validning_janglari **Buzaxa jangi Xolid ibn al-Volid (r.a.) bilan Tulayha o'rtasida 632-yil sentyabrda bo'lib o'tdi. Xolid (r.a.)ning 6000, Tulayhaning 35000 askari bor edi.
Tulayhaning o'zi urush qizg'in bir paytda Allohdan hidoyat so'rash bahonasida o'z markazining orqa tomonida joy oldi. Murtadlar qo'shini, xuddi musulmonlar kabi, markaz va qanotlardan iborat bo'lib, alohida urug'lar birlashgan edi. Murtadlar qo'shiniga bitta Uyayna qo'mondonlik qilgan, u ham markazdagi elita 700 ta Bani Hazariy bo'linmasini shaxsan boshqargan. Lagerdan chiqib, Xolid (r.a.) butun chiziq bo'ylab umumiy hujumni buyurdi. Musulmonlar murtadlar jabhasini bir necha joylarda buzib, qanotlarini orqaga surishga muvaffaq bo'lishdi. Taxminan bu vaqtda Uyayna Tulayhadan 2 marta maslahat so'radi. So'ngra, o'z askarlari bilan qochadi. Murtadlar qo'shinning qolgan qismi allaqachon bosim ostida bo'lib, ko'p o'tmay musulmonlar hujumi ostida parchalanib ketdi. Shundan so'ng darhol Xolid (r.a.) murtad qo'shini qoldiqlarini ta'qib qilish uchun ilg'or askarlarni yubordi. Jangdan 30 milya janubi-sharqda musulmonlarni bir qism qo'shini murtadlarning bir qismini yengib, ular darhol qonsiz taslim bo'lishdi. So'ng Xolid (r.a.) shimolga yurib, Gamrada Uyaynani to'liq mag'lub qildi.
Banu Asad qo‘zg‘olonchilari tor-mor etilgan.

? Og'a Ali Ibrohim Akram "Allohning qilichi: Xolid ibn Valid, hayoti va faoliyati"**@Tarixning_saboqlari

1 year, 6 months ago

Unutilgan Jammu(Kashmir) dagi qotilliklar

Filippinda Musulmonlarga Amerika munosabati

Balujiston tog'lari 3 Arsloni. 80 Britaniyalik mustamlakachini yo'q qilgan Mujohidlar

Abu Bakr r.a. Qur'oni nega yoq qilingan?

Qo'y va Bo'rilar bir to'dada yashagan zamon

Telegram

Islom tarixi

​​#Jammudagi\_qotilliklar UNUTILGAN JAMMU QOTILLIKLARI 1947 yil noyabr oyida Jammu mintaqasida hindu-sikx to'dalari va hindu Dogra hukmdori Xari Singx armiyasi boshchiligidagi harbiylashtirilgan kimsalar tomonidan minglab musulmonlar qirg'in qilindi. …

1 year, 7 months ago

? Tarixiy kanallar statistikasi
?Katta uchlik:
1. @MuarrixKutubxonasi 3160 ta obunachilar
2. @Umumiy_tarix_uzb 2500 ta obunachilar
3. @Ibtido_Tarix 2149 ta obunachilar
?O'rta kanallar:
4. @Tarix_va_biz_official 808 ta obunachilar
5. @Islombilanbirgamiz 803 ta obunachilar
6. @IslomTarixi_Uz 748 ta obunachilar
7. @tanatoz1920 574 ta obunachilar
8. @Real_Tarix 554 ta obunachilar
9. @Tarixdan_testlar_videolar 455 ta obunachilar
10. @Tarixakademiyasi5 325 ta obunachilar
11. @Sharqmarvaridi 301 ta obunachilar
12. @Xorazm_tarixidan 298 ta obunachilar
?Kichkina kanallar:
13. @Bukharaemirate 211 ta obunachilar
14. @dunyotarixii 199 ta obunachilar
15. @tarixi_dunyo 144 ta obunachilar
16. @Osmanli_imperatorlugu 110 ta obunachilar
17. @Amir_va_Temurtarixii 95 ta obunachilar
18. @buxdutarix 66 ta obunachilar
19. @Tarixiy_biografiya 65 ta obunachilar
20. @adabiy_kechalar 36 ta obunachilar
21. @Tarixning_saboqlari 4 ta obunachilar

1 year, 7 months ago
**Usmonli harbiy islohotlari**

Usmonli harbiy islohotlari

Bu islohotlar Kuchuk-Qaynarji tinchlik sulhidan (1774) so'ng darhol boshlandi va yanicharlar korpusining tarqalishi (1826) bilan yakunlandi.
Ularni amalga oshirishga intilgan sultonlarga qarab uch davrga bo'lish mumkin - Salim III (1789-1807), Mustafo IV (1807-1808), Mahmud II (1808-1839) va Abdulhamid II (1876-1909). Edirnadagi ikkinchi voqea (1806) va Yamaklar qo'zg'oloni (1807-1808) natijasida sulton Salim III yangi tuzilayotgan armiya "Nizom-i Jadid" ni bekor qildi. Ammo baribir taxtdan ag'darildi. Buning oqibatida avval Serbiya (1815) muxtoriyat maqomi oldi. Gretsiya esa mustaqillikka erishdi (1832).

Qadrli obunachilar endi sizlar bilan XVIII-XIX-asrlarda Salim III, Mahmud II, Abdulmajid I (1839-1861) va Abdulhamid II lar davrida armiyani zamonaviylashtirish bo'yicha o'tkazilgan islohotlar haqida to'xtalamiz.

https://t.me/Tarixning_saboqlari

1 year, 7 months ago
Konkistador ( Ispancha: konkistadori - bosqinchi) …

Konkistador ( Ispancha: konkistadori - bosqinchi) - XV-asr oxiri - XVI-asrlar davrida, Amerika mustamlakasi davrida Yangi Dunyo hududlarini bosqinchi ispan yoki portugal bosib olishda qatnashganlar. Kashshof konkistadorlarning rahbarlari adelantadolar deb atalgan. Meksikalik tarixchi Xose Dyuranning so'zlariga ko'ra: "konkistadorlarning soni bir necha mingdan o'n minggacha edi", va argentinalik tarixchi Rudgieri Romano konkistadorlar sonini maksimal 4-5 ming kishi deb hisoblaydi.

https://t.me/Tarixning_saboqlari

1 year, 7 months ago
Tarixdagi eng muvaffaqiyatli qaroqchi Ching Shix …

Tarixdagi eng muvaffaqiyatli qaroqchi Ching Shix (1775-1844) ismli xonim edi. U dastlab Xitoyda foxishalik qilgan. Keyin esa qizil bayroq floti admirali Chjen Yi uni sotib olib unga uylangan. Admiral uni o'ziga teng ko'rgan. 1807-yili Admiral Chejn Yi vafot etgach, Ching Shix flot qo'mondoni bo'ladi.

https://t.me/Tarixning_saboqlari

1 year, 7 months ago
Qadimgi Rimda ayol gladiatorlar bo'lgan! Ayol …

Qadimgi Rimda ayol gladiatorlar bo'lgan! Ayol gladiatorni gladiatrix (ko'plikdagi gladiatrices) deb atashgan. Ular erkak gladiatrlaridan farqli o'laroq, juda kam edi.

https://t.me/Tarixning_saboqlari

1 year, 7 months ago
Aleksandr Makedonskiy tasodifan tiriklayin dafn etilgan. …

Aleksandr Makedonskiy tasodifan tiriklayin dafn etilgan. Olimlarning fikricha, Aleksandr Guillain-Barre sindromi deb ataladigan nevrologik kasallikdan aziyat chekkan. Ularning fikricha, u o'lganida, u aslida falaj bo'lgan va aqliy jihatdan miyyasi ishlar edi!

https://t.me/Tarixning_saboqlari

1 year, 7 months ago

Assalomu Aleykum.

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 5 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago