@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 4 Monate her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 8 Monate her
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 Jahr, 8 Monate her
#review #taqriz 📙Nikolas Nassim Taleb — ''Tasodifga aldanganlar" (Fooled by Randomness) "Boshqacha so‘z bilan aytganda, tarix bizga shuni o‘rgatadiki, ilgari hech qachon yuz bermagan voqealar ham sodir bo‘lishi mumkin" Bu Talebning "Incerto" turkumidagi…
📙Nikolas Nassim Taleb — ''Tasodifga aldanganlar" (Fooled by Randomness)
"Boshqacha so‘z bilan aytganda, tarix bizga shuni o‘rgatadiki, ilgari hech qachon yuz bermagan voqealar ham sodir bo‘lishi mumkin"
Bu Talebning "Incerto" turkumidagi birinchi kitobi bo‘lib, unda u o'zining mashhur noaniqlik, ehtimollik va xavf-xatar haqidagi g‘oyalarini boshlab bergan. Bu Tasodif hayotimizni, karyeramizni va ayniqsa moliyaviy bozorlarimizni qanday shakllantirishi haqidagi aytaylik ilmiy-falsafiy tadqiqotdir. Sobiq treyder Taleb shaxsiy kuzatuvlari, bozor o'zgarishlari va skeptitsizm namunalarini bizga taqdim etadi.
Kitobning bosh g'oyasi — Odamlar Tasodifning hayotdagi rolini past baholaydilar. Odamlar sabab-oqibat qonuniyatlarini barcha joyda qo'llashga intilgani sabab, ba'zan shunchaki omad kelib qolganini tan olishni istamasliklarini ta'kidlaydi. O'ta aqlli bo'lmagan treyder ham ba'zan omad tufayli katta yutuqqa erishishi mumkin deydi u.
U yana biz faqat g'oliblarni ko'rishimiz, mag'lublarni eslamasligimiz va shu orqali xulosa chiqarishimizni aytadi (omon qolgan samolyot teoriyasi). Shu qatorda treydingga oid juda ko'plab misollar bilan o'quvchini bu bozor qoidalari va undagi turli taktikalarni qo'llaydigan shaxslar haqida so'zlab beradi. Mutaxassislar Talebning bu kitobida yangi narsa ixtiro qilmagani, shunchaki bor nazariyalarga boshqa nigoh tashlaganini aytib o'tishgan.
Uning ko'p tilga olinadigan "Qora oqqush" fenomeni ham kitobda bir bor tilga olinadi, keyinchalik bu g'oyani mustahkamlab, yangi kitobida batafsil bayon qiladi.
Kitob turli latifalar, falsafiy mushohadalar, texnikaga oid bahs-munozaralar ichida aylanib yuradi, aniq bir strukturaviy yechim yo'q. Va albatta kitobni Talebning intellektual maqtanchоqligi chiday oladigan insonlar o'qishi mumkin, chunki u o'zini boshqalar aldanib yurganida haqiqatni tushungan yagona odam sifatida tasvirlaydi.
"Tasodifga aldanganlar" qaror qabul qilish, investitsiya kiritish yoki hayotda ehtimollikning ahamiyatini tushunishga yordam beradigan muhim qo'llanma hisoblanadi. U o‘quvchilarni o‘zlarining muvaffaqiyat hamda muvaffaqiyatsizlikni talqin qilish usullarini qayta ko‘rib chiqishga undaydi. Talebning uslubi keskin bo‘lsa-da, uning fikrlari, ayniqsa tasodifiylik muhim rol o‘ynaydigan sohalarda faoliyat yurituvchilar uchun g‘oyat qimmatlidir.
Kitob fikrlashga undovchi kitob, ammo hamma uchun emas.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori, UWED bitiurvchisi, jurnalist va endilikda yozuvchi — Jahongir aka Azimov o'z kitobini chop etibdi. U "O'zbekistonda yana bir kun" deb nomlanarkan.
Jahongir akani universitet davrlaridan beri bilaman va o'z ishining fidoyisi sifatida hurmat qilaman. Shu o'rinda, yangi kitob nashri bilan tabriklayman va o'ylaymanki, unda bayon etilgan hikoyalar vatanimizda yashayotgan ko'plab ajoyib insonlar to'g'risida oldin bilmagan yangi tassurotlarimizni bera oladi.
*"Bugun osoyishta o‘ylab ko‘rganimizda, nega Yevropa 1914-yilda urushga kirib qoldi, degan savol tug‘ilsa, hech qanday oqilona sabab, hatto bahona ham topilmaydi. Gap mutlaqo g‘oyalarda emas, hatto chegaradosh kichik hududlarda ham emas edi; men kuchning haddan ziyod to‘planishi - qirq yillik tinchlik davomida yig‘ilib, zo‘ravonlik ila chiqish yo‘lini qidirgan ichki dinamizmning fojiali natijasidan boshqa tushuntirish topa olmayman.
Har bir mamlakat to‘satdan qudratli bo‘lishni istab qoldi, o'z navbatida boshqalar ham shuni xohlayotganini unutgan holda. Har biri o‘zgalar hisobiga yana nimanidir qo‘lga kiritishni xohlardi. Eng yomoni shunda ediki, bizni aynan qalbimizga yaqin tuyg‘u - umumiy optimizm aldadi, chunki har birimiz oxirgi daqiqada raqib baribir qo‘rqib ortga qaytishiga yoki diplomatlarimiz navbatma-navbat safsatabozlikka qilayotganiga ishonardik."*
Stefan Sveyg o'zining "Kechagi dunyo" memuarida Yevropa osmoniga yaqinlashib kelayotgan urush soyasini qanday payqamay qolishganini ham juda go'zal tushuntirib o'tgan ekan.
O'sha davrdagi Yevropa qudratli, tetik va ajoyib edi. Biroq, Sveyg va boshqalar farovonligi ortida xavf yashiringanini xayoliga ham keltirmagandi. O‘sha paytda Yevropa uzra esayotgan mag‘rur ishonch shamoli bulutlarni ham olib kelardi. Ehtimol, yuksalish juda tez bo‘lgan, davlatlar va shaharlar haddan ziyod shoshilinch ravishda kuchaygan, kuch esa doimo odamlarni ham, davlatlarni ham undan foydalanishga, hatto uni suiiste’mol qilishga undaydi. Yevropa davlatlari boy edi. Ammo bu kamlik qilardi.
Telegram platforma qoidalarini buzgan foydalanuvchilarning IP-manzillari va telefon raqamlarini huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etishni boshlaydi - bu haqda Pavel Durov ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, bu choralar jinoyatchilarni cho‘chitishi lozim. U yana shuni qo‘shimcha qildiki, messenjerning "kuchli" qidiruv tizimi aslida faqat do‘stlar va yangiliklarni topish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, odamlarga noqonuniy tovarlarni sotish kanallarini topish imkoniyatini bergan ekan.
Shunaqa gaplar.
#nazm *Bu foniy jahonga ko‘ngil berganlar
Ishin barbod aylab, o‘tib boradir.
Qarang, Qur’on ochib, talay nodonlar
Iqbolni bir pulga sotib boradir.
Jafosi ko‘p, foniy, bu yolg‘on jahon,
Mard ko‘nglida tutar bo‘ldi ul makon,
Iyso eslab, Luqmon qilmas dard ehson,
Ko‘z yumib, tush kabi o‘tib boradir.
Kimlar bu jahonda bemalol yotmish,
Kimlar osmon uchib, kim loyga botmish,
Kimlardir molini baqoga otmish,
Kimlar hirsi dunyo tutib boradir.
G’avg‘odan tinmadi qanchaning boshi,
Kimi yoqar bo‘ldi padar, qardoshin,
Kimsalar har joyda tayyorlab oshin,
Kimsalar dong qotib yotib boradir.
Kimlar toju taxtda farmon jo‘natib,
Kimlar saman minib, surar sakratib,
Kimlar padarini, elni xor etib,
Gunoh zindoniga botib boradir.*
Maxtumqulining "Bu foniy jahonga ko‘ngil berganlar" she'ri (davomi ham bor)ni Jahongir Otajonov ashula qilibdi. Unga olingan klip ham, so'zlari ham menga juda ma'qul bo'ldi.
Maxtumqulini o'qib turish kerak.
Bu oy oilamiz uchun nihoyatda voqealarga boy bo'ldi. Ikkinchi marta ota bo'ldim. Ko'pgina loyihalar boshlab qo'ydim. Ish faoliyatimda o'sish va muhim sinovlar kuzatildi.
Shu bois kam o'qidim, ko'proq o'yladim, reja tuzdim, Endi oylardan ularning ijrosiga kirishaman. Menda iyun shunday o'tdi.
O'qilgan kitoblar: *♻️ *Lyu Sizin – "Death's End"Taqriz ? ko'k yozuvni bosing
Oyning eng qiziqarli postlari:? O'smirlarga yozgi mutolaa uchun TOP 7 kitob tavsiya
? Aktivizm
? Lakoniya? Zamonaviy terrorizm Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?@panda_books
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 4 Monate her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 8 Monate her
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 Jahr, 8 Monate her