Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
....Mayli qiyin boʻlsin, hamma narsaga boshqacha nazar bilan qaray, hech kim koʻrmaganni koʻray, his qilay... Birovlarni xafa qilmaslik uchun jim turay... Lekin bir kun hammasi yaxshi boʻladi, Allohim meni oʻzimdeklarga roʻbaroʻ qil, gapirmasakda tushunadigan, qalblar bogʻlangan yaqinlarga hamroh qil... Va hamma maqsadlarim ijobatida Oʻzing qoʻllab tur, orzularim armon boʻlmasin....
17 yoshimda yozgan ekanman, daftarlarni turli joylariga nimadirlar yozib chizib ketadigan odatim bor?.
(Koʻp narsa yozgan ekanman, joylashga lozim koʻrilgani shu boʻldi)
Bu dunyo oxiratning ekinzoridir...
Kanal faoliyati boʻyicha fikr mulohazalar, kamchiliklar boʻlsa yozib qoʻying
Oʻylab qarasam anchadan beri qilmabmiz, uyqu kelmayabdi va xohlasam ham uxlay olmayman?
Kelin qul emas!!!
Asli bu mavzuda yozish niyatimiz yoʻq edi, kelinga quldek qaraydiganlarni koʻrib, onasi bilan ayoli oʻrtasidagi tarozini teng ushlay olmaydigan "hurmatlilarni" koʻrib va mashinada bir ayolning gaplarini eshitib yozishga qaror berdik!
"Turmush qurganimga 5 yil boʻldi, bizda qaynonalar nagli aytadi, kelin qul deb, gapirishga ham haqqi yoʻq, indamay xizmat qilsa boʻldi, vazifasi shu" - dedi mashinada. Mashinada uch kishi, shafyor amaki, men va yoʻldan chiqqan yuqoridagi gaplarni egasi bor edi. Shafyor amaki meni dars oʻtgani ketayotganimga farzandlari bor ekan, abituriyent, shularga kuyinib mendan ball tizim haqida soʻradilar ( Otalarimizdan Alloh rozi boʻlsin)
Qodir qilganicha javob berdim, buni opa eshitdilar-da, bir qarab qoʻydi. Keyin gapirdi, "sizlarda hamma oʻqir ekan, maza, bizda 11 ni arang bitirib oladi, meni turmushga chiqqanimga 5 yil boʻldi, vaholanki men tengilarni oʻqib yurganlari ham talaygina, 18ga kirdimi, erga ber qutul" deb qoldi. Undan keyin esa yuqoridagi gaplarni aytdi.
Oʻylab qoldim, yoshgina qizni olib olib, yoʻlimga yurg'izib olaman deb xohlaganini qiladimikin bular? Yoki boʻlmasa qizni uyiga sovchilikka kelganda aytilgan qop-qop va'dalar qayerda qoladi ekin? Qizni 18 yil boqib, tarbiya qilib qoʻlingga berib qoʻydimi? Xo'rlashga nima haqqing bor? Kuyov toʻrachi? Ona bilan ayolni oʻrtasida tarozini teng ushlash qoʻlingdan kelmas ekan, bir otaning avaylab oʻstirgan gulini nega uzding? Qila olmasang nega va'da berding?
Nahot shu darajadamiz, agar shunchalik boʻlsa "tupurdim" senlarni mafkurangga, qoʻlingdan kelmasa, va'da ham berma! Berib bajara olmayabsanmi zulm ham qilma!
Hech boʻlmasa shu qoʻlingdan kelsin! Ota uyini tashlab keladigan qizga oson deysizmi? Toʻgʻri, xato bor, insonmiz, lekin sabr bilan to'g'irlasa bo'ladiku? Zulm qilish shartmi? Sabrda tengi yoʻq oʻzbek ayollari qayerda qolyabdi? Oʻsha zulm qilayotgan qaynonalar ham kelin boʻlgan, oʻylasa boʻladiku? Yoʻq!!! Biz oʻylamaymiz, kelin boʻlib keldimi, majbur hammasini qiladi! Ota uyiga qaytib keta olmasa, xalqimizni " chiqqan qiz chig'iriqdan tashqari" degan adolat toʻlib toshib ketgan gaplari boʻlsa, nima qilsin chidaydi-da!!!!
Mana ilm nimaga kerak? Din nimaga kerak? Nima uchun haqiqiy erkak boʻlish kerak? Nima uchun oilada ota ustun boʻlishi kerak? Nima uchun yigit qizdan ilmda ham, amalda ham ustun boʻlish kerak? Bizda shuncha sabab turibdi, koʻrib turibmiz, yana ilm ol desa yigitlar chetda!
Hurmatli yigitlar!!! Iltimos pul deb ilmni uloqtir qoʻymang, rizq oʻzgarmaydi, unga baraka beriladi. Barakani esa hidoyat yoʻli, mustahkam ibodat beradi. Shuni ham qila olmasangiz sizdan qanday oila boshligʻi chiqadi, ertaga onani gapiga kirib ayolni, ayolni gapiga kirib onani oʻksitib yuraverasizmi? Shunday boʻlmasligi uchun oʻqing, izlaning! Boʻldi yoshim yetdi uylanaman deyishdan oldin, oʻylab koʻring? Tayyormanmi? Munosibmanmi?
Ha deya olsangiz, bir ota avaylab oʻstirgan qizni otasidanda e'zozlayman, qoʻlimdan keladi. Tirgak bo'la olaman, oilani boshqara olaman degangiz, bamalol))))
✍ Xosiyat
Yozib boʻldim, haqiqatda qattiq jahlim chiqqani sezildi!
Aytgancha post muhokamalarga sabab boʻlishi mumkin)
Tashlamasimdan avval aytib qoʻyay, postda hamma haqida gap ketmadi, qoʻshtirnoq ichidagi ayrimlar haqida gap ketdi)
Va bu bizni hayotimizdan ham emas, shunchaki kuzatuvimiz xolos!
Gunoh bir shunday maʼnaviy dardni paydo qiladiki, odam din ilmidan mahrum boʻlib qoladi.
Chunki din ilmi bir nurdir. U Alloh tarafidan qalbga solib qoʻyiladi.
Gunoh esa zulmat va qorongʻulik boʻlib, u ilm nurini oʻchirib qoʻyadi...
Allohim barchamizni ilmda va amalda bardavom qilsin, Oʻziga oson...
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago