Mushtariy Abdullayeva/Psixolog

Description
"Bizni to'g'ri yo'lga hidoyat qilgin. O'zing ne'mat berganlarning yo'liga. G'azabga qolganlarnikiga ham emas, adashganlarnikiga ham emas". (1:5-7)

Murojaat (faqat ayollar) uchun:
👉 @MushtariyA

Erkaklar uchun: @psixologAbdullayev
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

3 weeks ago

Qaynonam uyda folklor qo'shiqlarni muntazam kuylaydi. Shu tufayli o'g'lim ham xalq og'zaki ijodidan ancha xabardor. Albatta, folklor ashulalarni yodlash zarar qilmas. Ammo bitta muammo bor: Qo'shiqlarning aksariyati quyidagicha:

A) Yangi ko'ylak tikdilaaaar
Ayajonim bayramgaa..
Ko'ylagim xooo ko'ylagim
Kiysam kelar o'ynagim...

B)Erta bilan turaman nahori nashtayoo naxoranashtaaa
O'ng qo'limda ignayu tizzamda kashtayoo tizzamda kashta...

C) Namanganning olmasi...

Bunaqa ashulalar senga jichcha yarashmayapti degim keladiyu, indamiman...
🤦‍♀😅

3 weeks ago

Javob

Aytganimdek, bolalarga tengroq bo'ling. Kichkinasini avaylaganingiz sari kattasi ukaga nisbatan dushmanlik kayfiyatida o'sishi mumkin.

Nima qilish kerak?
1. Kichkinasini kattani yonida erkalamaslikka harakat qiling

  1. Kattasini ko'proq maqtang,
    Masalan, kichik yordami uchun "Yaxshiyam sen bor ekansan", "Sen dunyodagi eng yaxshi o'g'ilsan", "Mana shu ishda bizdan ko'ra ancha qobilyatlisan" va hk

  2. ''Sen kattasan, ukang kichkina", "Borgan sari yomon bola bo'lib ketyapsan", degan gaplarni foydasi yo'q, bola bunday gaplardan zerikkan. Balki shuning uchun ham akangmasman deyayotgandir. Akalik mas'uliyatini yoshiga nisbatan biroz ko'proq yuklatilayotgan bo'lishi mumkin.

  3. Unga bo'layotgan e'tiboringizni alohida ta'kidlab turing.
    Masalan, "Seni ancha sog'inib qolibman, yur ko'chada ikkalamiz aylanib kelamiz". "Sen katta tushungan bo'lganing uchun senga shuni beraman yoki shu yerga olib boraman". Bu so'zlarni ba'zi bazida ishlatib turish, bolani akalik rolidan nafratlantirib qo'ymasdan, balki aka bo'lishning ijobiy tomonlari borligini tushunishiga yordam beradi.

3 weeks, 3 days ago

5 yoshdan kichik bolalarda keng tarqalgan odat!

5 yoshdan kichik bolalarni biror joyga, o'ynatishga yoki aylantirshga olib borsangiz, uyga kelib kelmasdan nimadir kichik narsani bahona qilib yig'ini boshlab yuborishadi. Ota-onalar bola uchun qilingan harakatlarni natijasini ko'rmaganliklari sababli bolani noshukurlikda ayblashadi. Aslida vaziyat qanday bo'ladi?

5 yoshga bo'lgan bolalar asosan 2 ta sabab tufayli yig'lashadi. Birinchisi qorni ochligi, keyingisi esa uyqisi kelganligi tufayli. Ko'chadan kelganda esa shu ikkala holatdan biri bolada bo'lishi aniq. Ayniqsa, ko'p qavatli uylarda yashaydigan bolalar nisbatan kam harakat bo'lishadi va u bu joyga borganda oyoqchalar charchab qolishi tabiiy. Har qalay kunlik tartibi buzilgan bo'ladi. Odatdan tashqari ko'chada bola emotsional va jismonan faollashadi va ko'p energiya sarflaydi. O'zgarish xoh ijobiy bo'lsin, xoh salbiy bo'lsin bolaning organizmida (ijobiy) stressni keltirib chiqaradi. Shuning uchun bolaning noqulay holati turli xarxashalarda namoyon bo'lishi mumkin. Biz kattalar charchagan bo'lsak, biroz dam olsak yoki bittagina achchiq ko'k choy bilan charchoqdan qutilishimiz mumkinligini bilamiz va shuni harakatida bo'lamiz. Bola esa o'zidagi holatni bartaraf qilish uyoqda tursin o'zida qanday holat ro'y berayotganligini bilmaydi ham. Qo'lidan faqat yig'lash, boshqalar bilan talshish yoki injiqlik qilish keladi xolos.
Sizda ham shunday vaziyat bo'lib turadimi? Kommentga yozing.👇👇👇 Keyingi postlarda nima qilish kerakligi yuzasidan tavsiyalar beramiz, inshaAlloh...

3 months ago

Mana shunday hayotiy vaziyatlarda bolaga qanday munosabatda bo'lish kerak deb o'ylaysiz? Yoki siz nima qilgan bo'lar edingiz? Kommentga yozing
Sizni fikrlaringizdan so'ng o'zim bu holatda qanday yo'l tutganimni ro'y-rost sizlar bilan bo'lishaman

3 months ago

Bu men dars beradigan guruhlarimdan biri. Guruhlarim orasida eng ko'p shu guruhga dars o'taman. Haftasiga 8 para dars o'tgan kunlarim bo'ldi? Juda noyob guruh. Guruh menga yoqadi lekin ularni ko'proq tanqid qilaman deb o'ylayman.

Ushbu videoda eksperimental psixologiyadan tasavvur mavzusida seminarni boshqacha yondashuv bilan o'tishga harakat qildik...

3 months ago
Mushtariy Abdullayeva/Psixolog
3 months, 1 week ago
Bugun kasb bayramimiz ekan. Barcha Ustozlar, …

Bugun kasb bayramimiz ekan. Barcha Ustozlar, hamkasblarim, bakalavr, magistraturadagi kursdoshlarim va talabalarni tabriklab qolaman.

3 months, 1 week ago
Bugun e'lon qilgan bepul konsultatsiyalarni 3tasi …

Bugun e'lon qilgan bepul konsultatsiyalarni 3tasi dars davomida talabalar kuzatuvi ostida o'tkazishga harakat qildik. Menimcha har ikki tomon uchun manfaatli bo'ldi. Bir mijozimizni otzivlaridan ham buni sezgandekmiz.

3 months, 1 week ago
Mushtariy Abdullayeva/Psixolog
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago