Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
"Qosh qoʻyaman deb koʻz chiqarish" yoki "Ayiqona iltifot"
Ibora rus masalchisi I.A.Krilovning masalidan kelib chiqqan. Bu ibora oʻrinsiz biror xizmat tufayli yaxshilik emas, zarar keltirish ma'nosida qoʻllanadi. Ayiqning besoʻnaqay, axmaqona xatti-harakatlariga ham ishora bor. Doimo kimningdir xizmatiga tayyor, ammo fahm-farosati oʻziga yarasha, iltifotli axmoq odam dushmandan koʻra xavfliroq ekanligidan ogoh etadi.
"Koʻk koʻz odamga doʻst boʻlmaydi" eshitganmisizlar sizlar ham?
"Koʻk koʻz odamga doʻst boʻlmaydi" eshitganmisizlar sizlar ham?
Bir qo'shiq tarixi
“Qarg‘alar uchsa qaraylik
Marg‘ilonning yo‘liga...”
Bu qo‘shiqni barchamiz “Yalla” guruhining ajoyib ijrosi orqali yaxshi bilamiz.
“Qarg‘alar uchsa qaraylik
Sarmishsoyning yo‘liga...”
Xo‘sh, o‘zi bu raqsbop, xalqona kuyning yaratilish tarixi qanday bo‘lgan? Nega endi aynan Marg‘ilon yo‘li?! Nima uchun qarg‘alar uchgan vaqtida qarash kerak bo‘lgan?! O‘zi, shunday qo‘shiqqa bulbul, juda bo‘lmasa kaptar mosroq tushmasmidi?!
Yo‘q! Tushmas edi. Chunki... Chunki, bu qo‘shiq siz va biz o‘ylagan bilgandek doira zarbi jarangi bilan raqsga tushishga majbur etuvchi sho‘xlikni emas, balki yuraklarni anordek siqib, qonini oqizguvchi dardni o‘zida ko‘tarib turadi. Keling, tarixga nazar solaylik.
Oqposhshoning “muzaffar va g‘olib” qo‘shini - “ulug‘ og‘amiz” O‘rusiya askarlari O‘rta Osiyoni zabt etish uchun qattiq “yeng shimargan” vaqtlar. Bir uloqni uch tomondan talashib, horigan raqib uloqchidek turgan xonlik-u amirlik rahnamo xon-u amir, bek-u boyonlari birin-ketin o‘z bo‘ynini qullik zanjiriga egib, taslim bo‘lish payida yurgan payt. Ammo, oddiy xalq orasida bu qullikka rozilar yo‘q edi. Odamlar shusiz ham bir parcha yerini yana yarim qilishga intiladigan, erkiga, hurligiga chang soladigan har qanday begona qo‘lga qarshi turishga intilardi. Shunday intilishlar Marg‘ilon aholisi orasida ham kechayotgan edi.
1875-yilda shahar mudofaada qattiq qarshilik ko‘rsatadi. Ammo, kuchlar teng emas edi. Yaxshi harbiy tayyorgarlik ko‘rgan oqposhsho armiyasi va kazaklar polklari shaharni qo‘lga kiritadilar. Ana o‘shanda, haqiqiy Qiyomat yuz beradi - Oqposhsho buyrug‘iga binoan qarshilik ko‘rsatgan aholi ichidan yosh yigitlar va erkaklarning barchasini dorga osishga buyuradi. Qatl ruslar Marg‘ilonga kirib kelgan yo‘lda amalga oshiriladi. Boisi, bu barchaga, keyingi isyon boshlamoqchi bo‘lganlarga dars bo‘lishi kerak edi...
Qatl amalga oshirilgach, maqtullarning jasadiga teginishga, ularni ko‘mishga ruxsat berilmaydi. Urinib ko‘rganlar esa, safni yana bir jasad bilan to‘ldirardi.
Vaqt o‘ta boshlagach, quzg‘un (qora qarg‘a)lar jasadlarni yeyish uchun Marg‘ilonga yopiriladi. Marhumlarning yaqinlari esa, jasadlarni yana tahqir etilmasin uchun qushlardan himoya qilishga kirishadi - qarg‘alar ko‘ringani hamono, ularni haydash uchun yo‘lga yuguradilar. Bu hol qo‘shiqning birinchi baytida keltirilgan:
“Qarg‘alar uchsa, qaraylik
Marg‘ilonning yo‘liga...”
Ammo, qushlardan himoya etgan bilan tabiatdan himoya etib bo‘lmasdi - kundan-kun jasadlar o‘zidan badbo‘y hid taratar, yo‘ldan o‘tishning, o‘tish tugul, unga yaqin yo‘lashning iloji bo‘lmay qoladi. Shu darajada-ki, hid butun shahar va yon-atrof qishloqlariga ham tarqaladi. Ammo, shunchalar yomon hid chiqsa-da, inson o‘z og‘asini, o‘z inisini, umuman, o‘z yaqinini “sassiq” deya olarmidi?! Xalq bu bo‘yni yoqimli iforga tenglaydi, xush bo‘ylarga tenglaydi. “Handalak bo‘ylik” deya ataydi marhumlarni:
“Hidi kelsa, mast bo‘laylik,
Handalakning bo‘yiga.
Handalak bo‘ylikkinam, sen
Unda zor, men bunda zor...”
Kishilar uchun eng alamlisi o‘z yaqinlarini tuproqqa qo‘ya olmas edilar, loaqal teginish ham mumkin emas:
“To‘tiqushning bolasidek
Ikkalamiz intizor.
Intizorlik torta-torta
Tanda toqat qolmadi.
Yo‘l chivindek sarg‘ayib,
Ucharga holim qolmadi...”
Bu qo‘shiq ana shunday qonli, qayg‘uli davr xabarchisi. Xalqning deyarli barcha kuyi o‘z dardini ifoda etgan.
©odnoklassnikidan olindi.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago