mouniran💭

Description
Biblioterapevtik blog:
🌀 ichki garmoniya sari
📚 mutolaadagi adabiyotlar
🧠 emotsional intellektni shakllantiruvchi postlar
✍🏻 Munira Niyazimbetova – economics specialist, psychology enthusiast, journalist.
Bog'lanish uchun: @munircim
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 2 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month, 3 weeks ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 5 months ago

6 days, 1 hour ago

Psixologiyada "autentlik" tushunchasi bor. Bu insonning o'z haqiqiy menini anglab, uni qabul qilib va shu bilan yashay olishini anglatadi. Autentlik bir qancha ilmiy asoslarga tayanadi. Masalan, Carl Rogersning "self-actualization" nazariyasiga ko'ra, autentlik – insonning o'z his-tuyg'ulari va ehtiyojlarini yaqindan tanib, ularga mos ravishda yashashidir. Inson haqiqiy o'zligini qabul qilganida ruhiy jihatdan barqaror bo'lish ehtimoli oshadi. Boshqa bir nazariya, Erving Goffmanning konsepsiyalariga ko'ra, jamiyat va madaniyat insondan ma'lum normativlarga moslashishni talab qiladi. Bu esa ko'p hollarda shaxsning haqiqiy "men"ini yashirishga olib keladi. Autentlikni saqlab qolish uchun inson shaxsiy chegaralarni belgilashi, jamiyatning ba'zi talablariga qarshi turishga intilishi mumkin. Psixoterapiya jarayonida ham autentlikni rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Masalan, Carl Rogersning "person-centered therapy" usulida terapevtning samimiyligi hamda mijozning individualligini anglashiga yordam berish asosiy e'tiborda bo'ladi. Bu jarayon shaxsning o'zini qabul qilishiga va ichki uyg'unlikka erishishiga yordam beradi. Pozitiv psixologiya asoschisi Martin Seligmanning "Well-being theory" nazariyasida ham autentlik – insonni baxtli va mazmunli hayot kechirishiga olib keluvchi muhim omil sifatida ko'rsatilgan. Haqiqiy o'zlikni yetarlicha anglash nafaqat shaxsiy o'sishga, balki insonning jamiyatdagi o'rnini topishiga ham ko'maklashishi mumkin.

@niktofilist

1 week, 3 days ago

Insonlar orasida yolg'on va manipulyatsiya orqali maqsadlarga erishish yoki vaziyatni boshqarish holatlari uchrab turadi. Biroq bu harakatlar o'rtada ishonch yo'qolishiga olib kelishi, keyingi muloqot yoki hamkorlikni qiyinlashtirishi mumkin. Samimiylik esa aksincha, ichki va tashqi dunyoni uyg'unlashtiruvchi, uzoq muddatli ishonch hissini shakllantiruvchi fazilat. Inson o'zini ochiq va haqqoniy tutganida ichki qoniqish his qiladi. O'z xatti-harakatlarida yashirin maqsadlar bo'lmagani uchun o'zini oqlash yoki yolg'onlarni yodda saqlashga energiya sarflamaydi. Yolg'on, manipulyatsiya bilan erishilgan yutuqlar vaqtinchalik, samimiy harakatlar esa uzoq muddatli qoniqish hissini olib keladi.

@niktofilist

2 weeks, 5 days ago

Kamchiliklarga haddan tashqari fokus qaratib, katta ijobiy jihatlarni e'tibordan chetda qoldirish – "90/10 falsafiy qoidasi"

• psixolog John Gottmanning munosabatlar bo'yicha o'tkazgan tadqiqotlariga ko'ra, sog'lom va barqaror munosabatlarda har bir salbiy holat yoki janjalni qoplash uchun kamida 5 ta ijobiy tajriba kerak. Agar salbiy-ijobiy tajribalar muvozanatda bo'lmasa juftliklarning ajrashish ehtimoli oshadi. Bu shuni anglatadi: 90% yaxshi tomonlarni qadrlamasdan, 10% kamchiliklarga haddan ziyod e'tibor qaratish munosabatlar inqiroziga olib keladi.

• inson miyasi evolyutsion jihatdan salbiy tajribalarga ko'proq diqqatli. Bu hodisa "negativity bias" deb ataladi. Tadqiqotlarga ko'ra, odamlar yaxshi narsalar (90%) bilan oson moslashadi, lekin kichik salbiy narsalar (10%) miyani uzoq vaqt band qiladi va kuchliroq ta'sir ko'rsatadi. Bu tarafkashlik odamlarni mavjud munosabatlarning umumiy yaxshi tomonlarini ko'rishdan chalg'itadi.

• ko'pchiligimiz ba'zan o'zimizga tegishli narsalardan ko'ra, boshqalarning hayoti, munosabatlari mukammalroq deb o'ylaymiz. Bu psixologik hodisa "grass is greener syndrome" deb ataladi va insonlarning mavjud 90% ga emas, yo'q bo'lgan 10% ga ko'proq qiziqishini tushuntiradi. Lekin ular shu 10% ni topgan taqdirda ham, oldingi munosabatdagi 90% — mehr, ishonch va barqarorlikni yo'qotib qo'yish ehtimoli bor.

Hech kim mukammal emas va mukammallikni talab qilish mavjud munosabatlarni izdan chiqarishi mumkin. 90% ijobiy jihatlar ham qadrlanishga loyiq, 10% kamchiliklarni esa tushunish, kechirish yoki ularga moslashish mumkin. Bu qoida insonning dunyo va boshqalarni qabul qilish borasida emotsional yetukligini oshirishga yordam beradi.

@niktofilist

3 months ago
mouniran💭
3 months ago

Oxir-oqibat o'zingizga mukammal darajada mos bo'lgan ma'lum bir soha, mavqe yoki imkoniyatga duch kelasiz. Uni topganingizni albatta sezasiz, chunki u bolalarcha hayrat va hayajon uyg'otadi. Topishingiz bilan hammasi o'z o'rniga tushadi. Siz tezroq va chuqurroq o'rgana boshlaysiz. Mahoratingiz shu darajaga yetadiki, o'zingiz ishlayotgan guruhda mustaqilligingizni bildirib, o'z yo'lingizdan ketasiz. Biz nazorat qila olmaydigan narsalarga to'la dunyoda bu sizga eng oliy kuchni beradi. Vaziyatingizni mustaqil belgilaysiz. O'zingizga xo'jayin bo'lib, zolim boshliqlar yoki ayyor tengdoshlaringizning injiqliklariga ortiq tobe bo'lmaysiz. Bundan tahminan 2600 yil avval qadimgi yunon shoiri Pindar "Kim ekaningizni o'rganish orqali o'zingizga aylaning!", deb yozgandi. U shularni nazarda tutgan: tug'ma xususiyatlaringiz va intilishinglaringiz sizni taqdirning bir qismiga aylantiradi. Bu asliyatingizdir. Ba'zilar hech qachon o'zligini topmaydi, o'ziga ishonmay qo'yadi, boshqalarning didiga moslashadi va oxir-oqibat asl tabiatini yashiradigan niqob kiyadi. Ichingizdagi ovoz yoki kuchga e'tibor qaratib, kimligingizni anglashga imkon bersangiz, aylanishingiz kerak bo'lgan shaxs, mahorat egasi bo'la olasiz.

? Robert Grin, "Mahorat" kitobidan

@niktofilist

3 months, 3 weeks ago

Masofa saqlash vaxshiylik emas. Darhol samimiy bo'lmaslik sovuqqonlik emas. Ishonish qiyinligi kibr emas. Xushmuomalalik zaiflik emas. Bag'rikenglik qo'rqoqlik emas. O'zini haqqoniy baholash maqtanish emas. Odobni saqlash va ehtiyotkorlik bilan yondashish ikkiyuzlamachilik emas. Aslida, odamlarni toifalarga bo'lib, ularni yetarlicha tanimasdan, tushunmasdan noto'g'ri qarashlar bilan hukm qiladigan har qanday odam – mingta qobiliyati va ko'nikmasi bilan ham bo'm-bo'sh xarakterlidir.

@niktofilist

6 months ago

.. a new era, new understandings, with more care for myself ???

@niktofilist

6 months, 1 week ago

Kimnidir yaxshi ko'rishni tanlash degani, hafsalang pir bo'lishiga, vaqtida kutuvlar oqlanmasligiga, farqlar doim ham mos kelmasligiga duch kelish mumkin degani. Agar shularga qaramasdan ham yaxshi ko'rish va munosabatni saqlab qolishni istasangiz demak, tortishuvlarda, xafagarchilikda ham, o'zingizdagi mas'uliyatni his qila olasiz degani. Faqat bu mas'uliyat o'zaro, tomonlar hamjihatligida his qilinsagina samaraliroq natijalarga olib keladi. Siz kimgadir har doim foyda keltirishi kerak bo'lgan obyekt sifatida qarasangiz, unda siz uni mavjudliginimas, undan keladigan qulaylikni yaxshi ko'rasiz. Bu borada nartsissizm haqida chuqurroq tanishish yordam beradi. Sizga esa hech kim, har doim, har qanday vaziyatda foydali bo'lishga majbur emas. Agar kimnidir qarashlari siznikiga mos kelmasa bu uning "yomon odam" ekani va tanqidlar ostida qoldirish shartligini anglatmaydi. Shunchaki uning yashash tarzi sizning standart va streotiplaringizga mos emas. Biz muqim ishongan "ideallarimiz" buzilishi esa bizga azob beradi. Chunki bunaqada rivojlanishimiz, miyani qayta "dasturlashimiz" kerak. Agar kimnidir qabul qilish sizga noqulaylik keltirsa, bemalol kuzatmasligingiz, indamay o'tkazib yuborishingiz mumkin bo'lgan sog'lomroq, beziyon variantlar ham bor.

@niktofilist

6 months, 1 week ago

Intellektual kamtarlik – har qanday xulosaga kelayotganda adashayotgan bo'lish ehtimolini yodda tutishdir. Xo'sh, bu nimani anglatadi? Birinchidan, radikallashuv oldini oladi. Radikallashuv insonning o'zi haqligiga mutlaq ishonchi asosida rivojlanadi va o'zgalar bilan ziddiyat asnosida mustahkamlanadi. Ikkinchidan, intellektual kamtarlik bizga doimiy rivojlanishda bo'lishimizga yordam beradi. Men mutlaq haqman deb o'ylagan odam izlanishdan to'xtaydi va qolgan vaqtini mavjud pozitsiyasini himoya qilishga sarflaydi. U o'smaydi, rivojlanmaydi, doimiy bir xilda turadi. Alternativ fikrlarga yopilib qolgani bois, o'zining adashayotganini bilish imkoniyatidan ham mosuvo bo'ladi. Uchinchidan, intellektual kamtarlik shaxslar o'rtasidagi ziddiyatni kamaytirib, tolerantlikni kuchaytiradi. Ijtimoiy muloqot kengayadi. Uning jamiyatda ko'proq bo'lishi o'sha jamiyatning o'z-o'zini ko'proq taftish qilishiga yordam beradi.

Xurshid Yo'ldoshev

@niktofilist

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 2 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month, 3 weeks ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 5 months ago