Edu Makon

Description
? Just more than a teacher
- Uzbekistan???
- IELTS C1
-CEFR/MULTILEVEL
- Teaching management and psychology
- HR manager
- English teacher and owner of Edu Makon
- The creator of online turk tili
-Havaskor copywriter


To contact me: @togayev99sk
Advertising
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 week, 2 days ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated an hour ago

5 months, 3 weeks ago

Today's quote

Bir so'm pul bir marta ishlab topiladi.
Bir so'm pul faqat insonning umri hisobiga keladi.

Shunday ekan umring bilan topilgan pulni har narsaga isrof qilish aqldanmi?

Chanqoqni qondirish uchun Moxito ichish mantiqqa ziddir, sababi 0.5 l gazsiz suv ham foydali ham arzon.

Maqsadsiz xarajatlarning qilmaslik bu ziqnalik emas, balkim moliyaviy onglilikka ishoradir.

Xulosa: pulning eng yomon joyi shuki, u faqat umr hisobiga keladi. Umr esa nimaligini siz juda yaxshi bilasiz!!!
P.S. bu motivatsiya emas...

5 months, 3 weeks ago

Our lovely probhet Muhammad sollollohi alayhi vassalam was right:

Once he says: " one of the signs of "Qiyomat" is the disappearance of baraka in time".

Now we all see that time is passing at a lightining speed. A month seems like it passed as a day.

Inglizchani tushinmaganlar uchun:)

Vaqt juda tez o'tyapti. Vaqtimizda baraka yo'qdek. Yo sizda aksimi?

5 months, 3 weeks ago

Balkim sizda ham bu qiyinchiliklar bo'layotgandir, oz qoldiii

Xatolarsiz o'sishning iloji yo'q
yoki tajriba yotib orttirilmaydi...

2024 yil oldingi yillardan tubdan farq qilyapti...

Everestdan uylanmoqchiligim uchun ketdim, aniqrog'i ketkazildim. Boshida biroz xafa bo'lgandim, ammo har bir ishning ortida bizga foyda keltiradigan hikmat borligini vaqt o'tib angladim.

Boshida biroz ishsiz yurdim, aniqrog'i yaxshigina qiyinchiliklar bo'ldi. Lekin men bir narsani aniq bilardimki, olgan bilimlarim menga as qotadi, yo'l topiladi...

Kichkina joydan ish chiqdi, borish kelish to'rt soat, puli ham arzimagan. Ammo oyiga 600$ naq xarajatim bor.

Ishni 5 ta ustozlarga ingliz tilini o'rgatishdan boshladim, atigi 5 ta.
Ularning deyarli hammasi magistr, doktrant va kitob mualliflari va katta o'qituvchilar.

Shu vaqt mobaynida Yunusobodda bir xalqaro maktabning markazida menejerlik qila boshladim. Xatolar bo'ldi, ba'zida pand yedim, minusga kirdim, asablar ketdi. Nasiba ko'tarilguncha o'sha joyda ishladim.

Undan keyin Chilonzorda HR manager sifatida ishladim, ancha ishlar bo'ldi. Tajriba oldik, o'rgandik, ish ko'rsatdik va xatolar qildik. Ish juda stressli bo'lib, qishning sovuq kunlarida 12 gacha qolish oddiy hol edi.

Shu orada Registonning Sergeli filialidan taklif tushdi, Humo o'quv markazidan taklif tushdi, ishimiz sababli u yoqda ishlamadim.

Onlayn turk tili kurslarini tashkil qildik.
Unchalik muvaffaqiyatli chiqmagan bo'lsa-da, birinchisiga ancha yaxshi edi. Tajriba orttirdik.

Sergelidagi ish kundan kunga rivoj topa bordi. Guruhlar bir oyda 5 taga ko'paydi. Menga o'quvchi sifatida kelgan o'qituvchilarning ko'pchiligining farzandlari menda o'qiydi. Yaqin oylarda imtihon topshirishadi.

Shu orada Chilonzordan o'zim arenda olib ishlab ko'ra boshladim. Ijara biroz qiyin va qimmat, ammo sinab ko'rmaslik foyda keltirmaydi degan qabilda ish ko'rdim. Hech bo'lmasa, yaxshi tanishlar orttirdim. Networking biznesda va shaxsiy hayotda juda muhim.

Qattiq ishlandi, mehnat qilindi, yakshanbada odatda dam yo'q, faqat ish va izlanish. Vaqt o'tdi, minuslardan chiqildi va oldinga o'sish birmuncha ko'rinib qoldi...

To'g'ri, xarajat katta, arendalar va boshqa tashvishlar bor, ammo daromad 5-7 x oshdi. Endigi navbat yangi marralarga.

Aytgancha, CEFR bo'yicha markaz ochish harakatida yuribmiz, yana bir kichkina do'koncha ham ochmoqchimiz, Alloh nasib qilib ochib qolsak, jarayonlarni ulashib boraman.

CEFR ga ham imtihon topshirdim, natija chiqsa, ulasharman. Xulosa shuki, ilm olgan odam hech qachon kam bo'lmaydi ekan. Faqat bir sharti bor bunda: Ilm doimiy olinadigan narsa, agar uni olishdan to'xtasa, biz kutgan natija bo'lmasligi mumkin.

Sizda nimalar o'zgardi???

Yarim yillik voqealardan...

7 months, 2 weeks ago

Assalomu alaykum!

Hayit ayyomimiz muborak bo'lsin, inshAlloh keyingi bayramlarda ham Alloh hammani salomat qilib yetqazsin.

Bugun haqiqiy bayram, bugun xarakat qilsa, bugun yeb ichsa, bugun xursandchilik qilsa isrof yo'q, tanbeh yo'q.

Barcha musulmon ahliga Hayit muborak!!!

Happy The Hayit?

7 months, 2 weeks ago
7 months, 2 weeks ago
7 months, 3 weeks ago

Assalomu alaykum hammaga!

O'tkan safargi hasharimizdan lavhalar.

Videoni ko'rishga erinmang.

#Vatan uchun bir tup daraxt ekamiz

7 months, 3 weeks ago

Shu yurtning farzandi sifatida bunday loyihalarga befarq bo'lmang!

Siz ehson qilgan arzimagan 5000 so'm yoki 10.000 bilan Vatanimiz go'zalligiga, obodligiga o'z hissangizni qo'shishingiz mumkin.

Shu arzimagan pul birlashib katta-katta loyihalarni amalga oshishiga yordam beradi va biz ham Vatanimiz taraqqiyotga o'z hissamizni qo'shgan bo'lamiz.

Qo'lingizdan kelganicha ehson qiling!!!

Bu ishni tashkil qilgan insonlarga, jumaladan, Rasul Kusherbayevga alohida rahmat!!!

7 months, 3 weeks ago

Share SAMPLE TOPICS AND QUESTIONS.pdf

8 months ago

*Yana yigʻladingmi tong chogʻi,
Yomgʻir yoʻqlab kelmaydi bekor.
Bilmam balki sogʻinding chogʻi,
Tushlarimga kelasan takror.

Soʻroqlaydi yoqamdan tutib,
“Bormaysanmi bugun yoniga?
Termuladi maktubing kutib,
Sogʻinchdan oʻt qalar joniga”.

Eltar yomgʻir jolalaringni,
Boshim uzra yogʻdiraverar.
Eshittirib nolalaringni,
Sen tomonga ogʻdiraverar.

Gʻururliman quloq solmayman,
Dir-dir titrasam ham ostida.
“Men… men axir bora olmayman,
Ishonchimni dorga osdi-da!”

Yana tongda yigʻlading chogʻi,
Oʻksib-oʻksib yosh toʻkdi osmon.
Nurab bitgan ishonchim togʻi,
Yomgʻir eltganlari puch yolgʻon.*

Sayran / 27.03.2024@sayran_sayri

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 week, 2 days ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated an hour ago