Negative

Description
Agar kanal sizga foyda keltirmasa kanal siz uchun emas! Yaxshisi kanalni tark eting!

@Negative_shorts qisqa lekin achchiq
gaplar
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 1 day ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

1 month, 4 weeks ago

Alloh taolo Qurʼoni karimda shunday marhamat qiladi:

“Ajab emaski, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi boʻlsa. Va ajab emaski, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon boʻlsa. Alloh biladir, siz esa bilmassiz”.
(Baqara surasi 216 oyat)

Alloh taolo bandalarining hamma holatlarini yaxshi biladi. Ular nimani yoqtirmasliklarini ham biladi. Insonning tabiati shunday: mashaqqatni, qiyinchilikni yoqtirmaydi. Lekin Islom odamlarga yoqadigan narsalarni emas, balki ularga foyda boʻladigan, ikki dunyoda baxt-saodat keltiradigan amallarni taklif qiladi.

Ushbu oyatni oʻqib, oʻzimizni ota-onamiz, ustozlarimiz va farzandlarimiz munosabatlarini ham koʻrishimiz mumkin. Bolaligimizda ota-ona va ustozlar biror nimaga bizni buyurishsa yoki maslahat/dalolat qilishsa u narsa bizni nafsimizga yoqmagani sababli (yaʼni u ishda biroz mashaqqat borligi uchun) u ishni qilmaganmiz yoki birozgina mashgʻul boʻlib tark qilganmiz. Vaholanki, keyinchalik oʻsha buyurilgan ish (agar biz uni qilganimizda) biz uchun juda manfaatli boʻlishi mumkinligiga koʻp marotaba amin boʻlganmiz. Farzandlarimiz ham aksariyat hollarda oʻzlarini huddi shunday tutishadi.

Bugun nafsimizga unchalik yoqmaydigan ish, ertaga shu nafsimizning aynan oʻziga yoqadigan natijaga erishishga sabab boʻladi, faqat buni yaxshi tushunishimiz va kerak boʻlganda oʻzimizni biroz qiynashimiz kerak xolos. Zero, Alloh taolo Qurʼoni karim oyatlarida shunday marhamat qiladi (Sharh surasi 5-6 otyalar):
5. Bas, albatta bir qiyinchilik bilan osonchilik bordir.
6. Albatta, bir qiyinchilik bilan osonchilik bordir.
Arab tili qoidasiga binoan, ushbu ikki oyatning umumiy manosi “bir qiyinchilikdan soʻng ikki osonchilik bor”, degani ekan. Bu manoda hadisi shariflar ham bor. Bularning hammasi moʻmin kishini qiyinchilik paytida oʻzini yoʻqotib qoʻymasdan, balki jiddu-jahd, aql-farosat bilan harakat qilishga va Allohdan yengillik kutishga undaydi.
Koʻpincha biznes faoliyat boshlagan tadbirkorlar birinchi kichkina qiyinchilikni oʻzidayoq dinimiz qatʼiy taqiqlagan/shariatga zid ishlarni qilib, masalan kimlargadir pora berib ish bitirmoqchi boʻlishadi. Vaholanki, biroz miyasini ishlatsa, masalaga farosat koʻzi bilan qarasa oʻsha muammoni harom aralashtirmasdan (masalan tegishli soha mutaxassislarini jalb qilgan holda yoki oʻsha muammo boʻlib koʻringan masalaga chuqurroq qirib, uni yaxshiroq oʻrganib) xal qilishi ham mumkin. Agar shunday qilinsa, oʻzi va jamiyat uchun yana bir qancha manfaat chiqishi mumkin:
1. Pora kabi gunohi kabira sanaluvchi ishni qilmasdan oxiratini saqlaydi (“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam pora beruvchi, pora oluvchi va ularning oʻrtasidagi vositachini laʼnatladilar”. (Imom Ahmad, Termiziy, Ibn Moja rivoyati);
2. Muammoni hal qilish tajribasi paydo boʻladi va keyingi safar oʻzi yoki yaqinlarida yana shunday holat yuzaga kelsa, bemalol muammoni xal qilishda oʻziga ham ularga ham yordam berishi mumkin boʻladi;
3. Boshiga muammo tushganda oʻzini yoʻqotib qoʻymasdan, masalaga sogʻlom aql bilan yondashish koʻnikmasi xosil boʻladi yoki shu xususiyati kuchayadi;
4. Oʻzining ruhiy holati yaxshilanadi, xodimlarining unga boʻlgan hurmati oshadi, jamosidagi umumiy muhit yaxshilanadi, oʻzaro birdamlik kuchayadi;
5. Muammoni oʻzi xal qilib mablagʻini tejaydi yoki birorta mutaxassisni yollab (masalan huquqshunosni), uni halol pul topishiga sabab boʻladi;
6. Boshqa tadbirkorlarga ham ibrat boʻladi (yaʼni ularning miyasiga, “bu qilgan ishni biz ham qila olamiz”, degan fikr oʻrnashadi).
Vallohu aʼlam.

Manba

@Negative_shorts

1 month, 4 weeks ago

Asabiylashmay, desangiz…

Bo‘lar-bo‘lmasga asabiylashishdan, behuda g‘azablanishdan saqlanish uchun quyidagilarga rioya etish kerak:
       1. Ko‘p xastaliklar zamirida asab buzilishi yotishini unutmang.
       2. Jigari, buyragi, oshqozoni, yuragi kasal odamlar hayoti notinch, asabi buzuq bo‘lsa, ularni davolash juda qiyin kechishini yodda tuting.
       3. Hadeb kayfiyati buzilaveradigan, arzimagan narsaga ham jahli chiqaveradigan kishilarda yurak, oshqozon nevrozi paydo bo‘ladi.
       4. Kishi ishda yoki begonalar oldida emas, uyda ham o‘zini bosishi, og‘ir bo‘lishi lozim.
       5. Jahl chiqqanda tomirlar qisilib, qon bosimi oshadi, noto‘g‘ri ura boshlaydi, odam kechasi yaxshi uxlay olmaydi, boshi og‘riydi.
       6. Qahr-g‘azab, alam, qattiq sog‘inch, tushkunlikka tushish ham spirtli ichimliklar ichish, tamaki, nos chekish yoki ortiqcha vazn kabi omillar sirasiga kiradi.
       7. Homilador yoki emizikli ayol osoyishta hayot kechirishi, asabini tashqi muhitning yomon ta’sirlaridan asrashi lozim. Shunda bolaning asabi mustahkam bo‘ladi.
       8. Odob-axloq, bir-birini tushunish, boshqalarga nisbatan sabr-toqatli bo‘lish, ishda, ko‘chada do‘stona munosabatlarni vujudga keltirish muhim ahamiyatga ega.
       9. Allohning Kalomi Qur’oni karimni, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam hadislarini doim o‘qib yuring.
       10. Atrof-muhitdagi ranglarga, tabiat manzaralariga e’tibor berish asab faoliyatini bir me’yorda ushlab turadi.
       11. Qovurilgan, yog‘li, sho‘r, achchiq ovqatlarni, qazi, kaboblarni me’yoridan ortiq, har kuni iste’mol qilish asabiylashishga olib boradi.
       12. Meva-sabzavotlarni, oshko‘klarni ko‘p iste’mol qiling.
       13. Asab buzilganida olma yeyish, hidini hidlash, olma choy ichish tavsiya etiladi.
       14. Asabiylashmaslik uchun har kuni 2 daqiqa sekin yugurish, muntazam jismoniy mehnat qilish, badantarbiya bilan shug‘ullanish zarur.
       15. Asab tizimi ishini yaxshilash, uning mustahkamligini oshirish uchun V1, V2, V3 kabi vitaminlarga boy arpa non, qo‘y go‘shti, pishloq, tuxum, karam, baliq, qovoq, ismaloq, olma, asal iste’mol qilib turish maqsadga muvofiqdir.

Ziyovuddin Rahim, "Baxtli xayot sari" kitobidan

@Negative_shorts

2 months ago

NEGA “SEVISHIB” TURMUSH QURGANLAR HAM KO‘PINCHA AJRASHIB KETISHADI?

Tabiatda yil fasllari o‘zgarib turishini, har bir faslning o‘ziga xos takrorlanmas go‘zalliklari borligini bilamiz. Tabiatdagi o‘zgarishlarni orziqib kutamiz, ulardan zavqlanamiz. Lekin o‘z ruhiy olamimizda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni ko‘ra bilmaymiz. Bu esa hissiyotlarimizga, oilaviy hayotimizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu o‘rinda so‘z muhabbatdagi fasllar o‘zgarishi haqida boryapti.
O‘tish davri ma’lum bir inqirozlar bilan kechadi. Shuning uchun bu bosqichda bir qator qiyinchiliklarga duch kelish mumkin. Chunki aynan shu davrdan boshlab sevgilisini ideallashtirib idrok qilishga moyillik kamayib boradi. Endi odam qanday bo‘lsa, shundayligicha, aniq, xolisona idrok qilinadi.
Er-xotin qanchalik yosh bo‘lsa, bu davr shunchalik og‘ir o‘tadi, o‘zaro kelishmovchiliklar ko‘payadi. Ularning yoshligi, tajribasizligi oqibatida “muhabbatimiz o‘ldi” yoki “umr yo‘ldosh tanlashda adashdim, men hali yoshman, xatoyimni to‘g‘rilab olaman”, deb oilaviy yong‘inni alanga oldiriladi, ahvol yanada og‘irlashadi. Kuyov o‘zicha: “Ko‘cha to‘la xotin”, desa, kelin: “Er qurib qolibdimi? Ko‘chaga chiqsam, son mingta er. Xohlasam, ertagayoq birontasiga tegib olaman”, degan xayolga borishi mumkin. Natijada to‘yinishga uchragan hissiyotlarni ruhiy jihatdan tahlil qilib, to‘g‘ri xulosa chiqarish o‘rniga salbiy munosabatlar yuzaga keladi, ikki yosh bu munosabat quliga aylanib qoladi. Bu esa asta-sekin oila poydevorini yemiradi, uning barbod bo‘lishiga olib keladi. Endi o‘zaro er-xotinlar emas, ular orasida yuzaga kelgan salbiy munosabatlar kurashadi. O‘rtadagi ixtilof muhabbat butkul tamom bo‘lgunicha davom etadi. Biroq hammada ham bunday bo‘lavermaydi. Bir-birini ko‘rib-yoqtirib oila qurgan, tinib-tinchib, uvali-juvali bo‘lib ketgan er-xotinlar ham ko‘p.
Xalqimizda “Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q” degan maqol bor. Bu, eng avvalo, oilaviy hayotga, er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarga taalluqli. Shuning uchun doim o‘rtadagi sevgi-muhabbat, qadr-qiymat arzimagan sabablar bilan yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, har qanday ko‘ngilsizlik oldini olib yashash kerak. Aks holda o‘ylamay bosilgan qadam bir umr ruhiy azob berishi mumkin. Zero, o‘ylamasdan chiqarilgan noto‘g‘ri qaror, suyaksiz tildan chiqib ketgan bir og‘iz so‘z bir umrlik afsus-nadomatga sabab bo‘lishi hech gap emas.
Hayot – murakkab jarayon. Unda nimalar bo‘lmaydi, deysiz. Arzimas sabablar bilan janjal chiqarish, uni avj oldirishning keragi yo‘q. Bizda “Er-xotinning urushi – doka ro‘molning qurishi” degan gap bor. Ayniqsa, o‘rtada bir-biridan shirin farzandlar bo‘lsa, mas’uliyat ikki hissa ortadi. Barbod bo‘layotgan oilani, hech bo‘lmasa, norasida go‘daklar uchun asrab qolish shart.
Oilaviy hayotdagi xursandchiliklarni, o‘tib ketgan shirin damlarni, iliq munosabatlarni eslash ham arzimas nizolar kelib chiqishi oldini oladi. Bu o‘rinda er-xotin bir-birining xulq-atvoridagi ijobiy xususiyatlarni eslab turishlari muhim ahamiyatga ega.

@Negative_shorts

4 months, 1 week ago

Bugundan yangi oʻquv yili boshlandi, kimdir maktabda bitiruvchi boʻlsa kimdir universitet/institutlarda 1-kurs.

Hayotingizni eng muhim qismlaridan birida turipsiz. Bitiruvchilar deyarli kelajak yoʻnalishini tanlab boʻlishgan, lekin bu yoʻnalishingizni yana qayta koʻrib chiqing hali vaqt borida. Haqiqatdan bu yoʻnalishda oʻsa olasizmi?

1-kurslar, sizlar yoʻnalish tanlab boʻlgansiz, endi sizda boshqa narsalar tanlanilishi kerak. Bular universitetda oʻz ustida ishlash yoki oʻzingiz kabi 2-3 ta dangasa doʻst/dugona orttirib 4 yil umrni zoye ketkazish yokida universitetdagi hech kimga keraksiz tadbirlarga qatnashib talabalik davringizni havoga uchirishingiz mumkin.

Ukam, singlim sen oʻqishing kerak! Oʻyin kulgu hech qayerga qochmaydi, universitetdagi bayram tadbirlarga qatnashganing bilan shoxing chiqmaydi. Aksincha, shu vaqtni sohangni oʻrgatishga qaratsang eng zoʻr kadr boʻlasan. Kelajakda senday kadrlar Oʻzbekiston uchun judayam kerak boʻladi. Shunchaki diplom uchun oʻqima!
Ha yana bir narsa, 1 semestr, boʻlmasa 1 yil oʻqib koʻr. Bu yoʻnalishda kelajagingni koʻrmay qoldingmi, vaqtida ket! Yana 3 yilingni keraksiz narsaga sovurma?.

AXLOQ

Jorj Maklorin 1948-yilda Oklaxoma universtitetida qabul qilingan birinchi qora tanli talabadir. Uni oq tanli talabalardan alohida o‘tirishga majbur qilishgan edi. Ammo u o‘z nomini universitet tarixida o‘tgan eng yaxshi uchta talaba ro‘yxatiga muhrlay oldi.
Maklorin aytadi:
"Kursdoshlarim menga hayvonga qaraganday qarashar edi. Men bilan hech kim gaplashmas edi. Domlalar ham xuddi men uchun kelishmaganday tutishar edi o‘zlarini. Savol bersam javob berishmas edi. Ammo men bor kuchimni ishga solib talabalarning barchasidan o‘zib ketdim. Endi ular bilmagan narsalarini mendan so‘rashga majbur edilar. Hamma narsani orzu qilsa bo‘ladi, ammo muvaffaqiyatni emas. Unga mehnat bilan erishiladi".
Boshqalar modomiki seni shakling, ko‘rinishing va kiyiming uchun tahqirlar ekan, sen yuzingni quyosh va oy singari munavvar qiladigan axloqqa ega bo‘l tamom. Hammasi yaxshi bo‘ladi

"Karles Puyol aytgan edi: Talabalik shunchaki profilga universitetingni logotipini va instagramga universiteting haqida statusniy video qo‘yvolib to‘rt yilingni o‘tkazadigan joy emas".

"Qōrqma" asarida shunday jumlalar bor edi: Qiz bolani agar dimplomi bõlsa hattoki iffat chegarasidan chiqib ketgan bõlsa ham yerda qolmaydi...(afsuski shunday insonlar ham oramizda yõq emas) Nima uchun õqiyotganligingizni bilib oling, bugun qilgan harakatlaringiz ertangi kuningiz qanday bõlishini ta'minlaydi.

----------------

1.Hozir qilayotgan ishlaringni katta qismi bekorchilikdan o'zgasi emas! Eng muhim ishlarini birinchi navbatda bajargin.

  1. Ro'zg'or g'amini yeb yuraverish seni rivojlantirmaydi. O'zingni ham o'ylashni, oxiringni va hoziringni o'yla.

  2. Ertaga boshlayman degan "rejalar" hech qachon bajarilmaydi, harakat qilish vaqti doim hozirdir.

  3. Qadr-qimmat. Senga nima ustunroq ekanligini miyang orqali yaxshilab tahlil qil, keyin shuni qabul qil yuraginga.

  4. Noliyverma, muammo hammada bor, bosh bor ekan muammo kelaveradi. Hech qayerga qocha olmaysan.

  5. Insonlarga yaxshilik qilishdan to'xtama, faqat chegara degan narsani unutma.

  6. Yaxshi hayot istasang, yomoniga ko'nikmada harakat qil.

  7. Seni odamlar qanday shakl-shamoyilda ko'rishi muhim emas, insonlar bari bir unutadi.

  8. Jamiyatni fikirlari, sening shaxsiy fikirlaringdan ustun emas.

  9. Insonlardan nimadurlar kutma: Jo‘ja tuxumni o‘zi yorib chiqsagina bu hayotda yashay oladi, u uchun kimdir yorib bersa emas.

@Negative_shorts

4 months, 1 week ago

TEKSHIRUVCHI

Taʼlim mudirligidan bir maktabga tekshiruvchi yubormoqchi boʻlishibdi. Tekshiruvchi yoʻlga chiqib, yoʻlning yarmiga kelganida mashinasi buzilib qolibdi. U mashina tuzatishni bilmas ekan. Mashinaning kapotini ochib, motorga termulib, qoʻlidan bir ish kelmay oʻtiraveribdi. Shu payt uning oldidan bir bolakay oʻtib qolibdi. Bolakay tekshiruvchiga: “Maylimi sizga yordam bersam?”, debdi. Tekshiruvchi: “Tuzatish qoʻlingdan kelsa mayli”, debdi. Bolakay: “Otam mexanik, men u kishiga yordam berib turaman”, debdi.

Bolakay motorga qarab turib, tekshiruvchidan asboblar va kalitlar turadigan qutini olib kelishini soʻrabdi. Tekshiruvchi qutini olib kelib bolakayning oldiga qoʻyibdi. Bir necha daqiqa urinishdan soʻng bolakay teshiruvchidan mashinani oʻt oldirishni soʻrabdi. Tekshiruvchi hayron boʻlib, mashinani oʻt oldiribdi. Mashinaning motori soatdek aniq ishlay boshlabdi. Tekshiruvchi bolakayga rahmat aytib, undan nega bu vaqtda maktabga bormasdan bu yerlarda yurganini soʻrabdi. Bolakay shunday debdi:

“Men sinfimizda eng qoloq oʻquvchiman. Bizning maktabimizga bugun tekshiruvchi kelar ekan. Shuning uchun oʻqituvchimiz bugun maktabga kelmasligimni tayinlagan edilar. Aks holda maktabni sharmanda qilar ekanman!”.

Xulosa shuki:
   Ana shunaqa qilib biz isteʼdodlarni halok qilamiz. Zakiylik va moʻjizalar yaratish faqatgina maktab oʻquv dasturlarida cheklangan emas. Shaxslarni munosib oʻrniga qoʻyish bilan biz moʻjizalar yaratishimiz mumkin.

Sinfimizda ikkichilar bor edi. Muallimlar doimo ularga “senlar odam boʻlmaysan”dan nariga oʻtishmas edilar. Ular darslarda ikkichi boʻlishsada, mototsiklning motorini titib tashlab, boshqatdan tera olar edi. Holbuki, aʼlochilar bu ishni qila olmas edi. Oʻsha ikkichilar “odam boʻlmaysan”ni eshitaverib, oxiri buzuq yoʻllarga kirib, juvonmarg boʻlib ketdi.

Yoshlarning ruhini sindirib qoʻymaylik. Ulardagi isteʼdodni aniqlab oʻsha tomon yoʻnaltiraylik. Ana shundagina haqiqiy moʻjizani koʻramiz!

Manba

@Negative_shorts

4 months, 1 week ago

24 SOAT...

Bilaman bu juda ham oz muddat, gohida o‘ylagan niyatni ham, bugun qilishim kerak deb o‘zimizga vada berilgan so‘zni ham bajara olmaydigan muddat...
Lekin kimlar uchundir bu shunchaki kun, atigi 365 kunning biri, 7 kunning davomi holos...
Hech o‘zingizga o‘zingiz nima qilishga ulgurdim, nimalar qildim.. deb savol berib ko‘rganmisiz...
Nima uchun yashayapman?
Maqsad!!!
Hulosa qilishga shoshilmayman... chunki vaqt haqida tasavvurlarim butunlay o‘zgacha... fikrlarim chalkash...
Yodimga tushgani...
Mahallamizda bir qariya onaxon bo‘lardi.. Biz uni budilnik deb atardik.)))
Chunki gohida sinfdosh do‘stlarimiz bilan maktabdan qaytayotganimizda ataydan:
- Holajon, soatingiz nechchi bo‘ldi? deb har doim qiziqib so‘rardik... Onaxon bo‘lsa har gal aniq vaqtdan yoki 2 yoki 3-4 daqiqa adashib aytardi... eng muhimi soat nechchiligini bilardi...
Ajablanarlisi onaxonni qo‘llarida biror martayam soat ko‘rmaganmiz...
Qiziq a? Soatni bilmay turib qanday qilib uni nechchi bo‘lganini aytish mumkin???
Men qiziqishlarim ortgani sayin buning sababini bilishga intilardim...
Kunlar o‘tib:
- Holajon, qanday qilib soatni aniq vaqti nechchi bo‘lganini aytib bera olasiz? Menga ham o‘rgating... dedim bolalarcha qiziqish bilan. Onaxon bo‘lsa uzoq uhh tortib:
- Mayli sababini aytaman, lekin sen buni qilishingni hohlamayman...
- Nimaga?
- Chunki, meni yoshligim behuda o‘tib ketgan. Shuning uchun daqiqa sanab o‘tiraman...

Titrab ketdim... Vaqti kelib anglaganim, odamni xarob qiladigan narsa bekorchik ekanligini angladim. Shuning uchun asosiy vaqtimni xunar o‘rganish, ilm olishga sarfladim... O‘zim yerda bo‘lsam marrani baland tog‘ misolid. ko‘rdim...
Balki yozganlarim sizga shunchaki tez tez o‘qib chiqib ketadigan fikrday tuyular.
Balki bu so‘nggi yildir,
Balki so‘nggi kunlar...
Balki ohirgi 24 soat…

@Negative_shorts

7 months ago

https://telegra.ph/OZOD-QUSHLA-06-09

@Negative_shorts

Telegraph

OZOD QUSHLA

Hayot mo’jizalardan iborat ekanligiga sen ham ishonarding. Sen ham bu asrdan mo‘‘jiza kutib yasharding. Holdan toyib ishdan qaytar ekansan, kichkinagina mu’jaz uyingda to‘shakka cho‘zilgancha, yolg‘izlik saltanatiday ko‘rimsiz, huvillagan xonangda qandaydir…

7 months, 1 week ago

Xudodan qo'rqaman...

Zamon rivojlangan sari firibgarlikni turlari ham rivojlanib bormoqda. Soxtakorlikni eng mashhur usullaridan biri bu har qanday mavzuga dinni aralashtirib o'zidan avliyo yasash hisoblanadi. Tijoratda, o'zaro oldi berdilarda to'g'ri kelsa kelmasa "Xudodan qo'rqaman", " Xaromdan xazar qilaman" kabi so'zlar firibgarlarning ish quroliga aylangan. Ayniqsa uzun yaxtak bilan do'ppini boshiga qo'ndirvolib har ikkita gapni birida "Astag'firriloh" deydigan "Xojiaka"larni firibgarlarni dohiysi deb aytishimiz mumkin. Xolat shu darajaga yetganki bu janobi "ulamo"larimiz o'z ish haqligi bo'yicha o'zlariga fatvo ham chiqarib olishgan. Hafta bo'yi kayf safoni qilib Juma kunga borganda "qoriaka" rejimini yoqib oladiganlar hammangizga tanish bo'lsa kerak.
Nega o'zi bu haqida gaplashyapmiz...
Diniy erkinlik berilgan sari diniy radikallashuv ham avj olib bormoqda bundan firibgarlar juda ustamonlik bilan foydalanib kerak bo'lsa Aroqni Halol deb sotishmoqda. Ko'ngillari tuzagan razillikni qilib oxirida Xudodan qo'rqaman buni yaxshilik yo'lida qildim deydiganlar virus kabi ko'paymoqda. Xattoki Qimordan yutilgan pulni ehson qiladigan saxavatpeshalarimizga hech kim teng kela olmasa kerak.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak din firibgarlar uchun o'ziga hos himoya vazifasini o'tab beryapti.

@Negative_shorts

7 months, 1 week ago

Tavakkalchi ahmoqlar
Media sanoati rivojlanishi fonida Turli xil siyqasi chiqqan motivatorlarning bir tiyinga qimmat motivatsiyasi o'zagida tavakkal qilish yotadi va bu motivatorning gaplariga o'z dohiysiga ishonganday ishonadigan miyyasizlar o'zini pul keltiradigan yoki dohiysi maslahat bergan sohalarga aralashib ko'rishadi. Biznesni B sini ham tushunmaydigan "Biznesmencha"Lar katta miqdorda qarz yoki kredit bilan ish boshlashadi. Sohani tushunmasligi 1 so'mlik tovarni 2 so'mga sotsam 1 so'mi manga qoladi deb bor budini biznesga tikib yuboradi. Soliqlar bo’yicha bilimi yo’qligi Daromad va Xarajatlarni to’g’ri taqsimlay olmasligi ortidan yaratgan biznesi bir yilga bormasdan Bankrot bo'ladi va O'zini ham sotsa to'lay olmaydigan kreditga va qarzlarga botib ketadi.
Xudo omadini berib qolsa qarzlarini to'lab kreditni bir amallab yopar lekin o'tgan vaqt qaytmaydiku insonlarni ishonchi qaytmaydi ku. Bu qarzlarni kechikib yopish orqasidan nechta nechta odamlarga yo'lg'on gapiradi nechta nechtasi bilan yuz ko'rmas bo'ladi. O'ziku mayli Oilasini rizqini qiyib oilasidan ham halovat ko’tariladi. Asosiysi sog'lik deb atalmish narsani asta sekinlik bilan yo'qotib boradi. Qolganlarda o'xshayaptiyu nega manda o'xshamaydi deb har balolarga qo'l uradi. Natijada tubsiz jarlikka yanada yaqinlashadi. Xatto xatolardan saboq chiqargan taqdirda ham o'tgan umri ortga qaytmaydi ishonchlar qaytarib berilmaydi.
Hammasini tushundik lekin buni yechimi qayerda?
Tavvakkal qilish o'z o'rnida yaxshi lekin xalqimizda dengizni chuqurligini bilmasdan turib suvga tushma degan dono o'giti bor. Shunday ekan biznes qilmoqchi bo'lsangiz avval uni chuqur o'rganib chiqing o'zingizni ustoz tanlang va u ustozni so'zlaridan chiqmang. Sohani mutaxasislaridan maslahatlar oling va ularni nasihatlariga amal qiling. Albatta o'z mustaqil fikringiz bo'lsin va bir odamni gap so'zlariga ishonib qolmang. Kichik Marketchani boshqarib ko'rmasdan Gipermarket qurish haqida xom hayollarga berilmang. Ishim yurishib ketsa qaytaraman deb o'zingizni qarzga tikib tashlamang kreditga yaqinlashmasangiz ham bo'laveradi. Zinadan asta sekinlik bilan ko'tariling yo'qota oladigan narsangiz ustida tavvakkal qiling.

@Negative_Shorts

8 months, 1 week ago

“HAR KIM OʻZICHA MUSULMON”

Hozirgi kunda “diniy qiyofada” boʻlish moda boʻlganligi sababli soqol quyganlar va hijob (burqa) ga oʻranganlar, oʻzlari uchun “yangi musulmonlik qoidalari”ni uylab topishayapti. ?

Islomda aroq harom qilingan desang; - Men birovga yomonlik qilmayapman, ozor yetkazmayapman qolaversa aroqni oʻzi emas kayfi harom! deyishadi.

Hijob va burqa kiyganlar muslimalik odob-axloqlariga rioya etishi lozim deyilsa; - Koʻnglim toza, oʻrtada ishq sevgi boʻlsa, qilayotgan ishimiz zino hisoblanmaydi! deyishadi.

Qurʼon oʻqib, uyda toat- ibodat qilib oʻtirish kerak deyilsa; - Nega endi guldek yoshligimni, toʻrt devor orasida oʻtkazishim kerak? deb javob berishadi.

Hammasi davrga bogʻliq boʻlib qoldi. Haqiqiy musulmon boshqa bilan ishi yoʻq. Koʻchada oʻz dindorligini koʻz-koʻz qilayotganlar vaqtinchalik dindorlardir

Manba

@Negative_Shorts

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 1 day ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago