Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated hace 1 día, 22 horas
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated hace 1 mes, 3 semanas
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated hace 1 año, 5 meses
Jahonda siyosiy vaziyatlar kundan kunga taranglashib bormoqda. Shu sababli, bexabar qolib ketmang deya, bir-ikki qiziqarli, shu bilan birga tahlikali xabarni yetkazib qo’ysam.
II jahon urushida “uchlar ittifoqi” degan ittifoq bor edi: Germaniya-Italiya-Yaponiya. Bu ittifoq uzoq vaqt mobaynida shakllangan, ammo hozirgi kunda mana shunga o’xshash yangi ittifoq hosil bo’lmoqda. Bu “Rossiya-Shimoliy Koreya-Eron” ittifoqi.
Yaqin Sharqdagi vaziyat mintaqaviy kun tartibida birinchi o’rinda turibdi. Ayniqsa Eronning Isroilga qarshi amalga oshirgan oxirgi hujumi ziddiyatni chuqurlashtirdi. Rossiya-Ukraina urushi fonida Eron juda qudratli mamlakatga aylanib ulgurdi. Arab davlatlarining nashrlari xabar berishicha o’tgan hafta Eron poytaxti Tehronda 50-60 km uzoqlikda noma’lum tadqiqot o’tkazgan. Natijada 4 ballik zilzila sodir bo’lgan. Ekspertlar Eron yadro quroliga ega bo’ldi degan fikrda.
Eronning yadro qurolini portlatib ko’rishi fonida Shimoliy Koreya va Xitoy harbiy harakatlarini tezlashtirib yubordi. Yonhap agentligining ma’lum qilishicha Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan chegarada joylashtirgan artilleriya qo’shinlarini yuqori shay holatga keltirgan. Ikki kundan buyon Koreya yarimoroli tinch emas. O’z navbatida Xitoy ham Tayvan orolini blokada qilib keng miqiyosli harbiy mashg’ulot o’tkazyapti.
Bularning barchasi juda xatarli va o’ylantiradigan hodisalar. Eng yomoni esa Eronning yadro qurolini portlatib sinov o’tkazib ko’rgani. Chunki mintaqamiz 3 ta yadroviy qurolga ega gegemon davlatlar qurshovida qolmoqda. Bu esa mintaqa xalqlariga og’ir asoratlar tug’dirishi mumkin.
Yevropa Chempionlar ligasida Ispaniya yutsa Lamine Yamalga Ispaniya hukumati 200 ming dollar pul, 1 ta Tahoe, Madriddan 2 xonali uy, GAI 777ZZZ nomer, Madrid tuman hokimiyati 65 talik Samsung televizor, o'qigan maktabi rasmini maktab faxriylari doskasiga ilib qo'yarmikan? Hokimiyat katta bo'lgan mahallasini yo'lini asfalt qilib berib, Germaniyadan qaytishini karnay-surnay bilan kutib olarmikan? Shunaqa qilishmasa, hayronman nega bu bola futbol o'ynab yuribdi?
Yapon ijodkorlarining o'ziga xosligi bor. Oddiygina hokkularni o'qish bilan ham buni sezish mumkin. Bizning kitob bozorlarimizni turklarning o'zi ham o'qimaydigan yengil-yelpi matnlari bosib ketganligi uchun aql-zakovat sohiblari, tafakkurli insonlarning asarlarini (chinakam asar degulik kitoblarini) ko'rmay qolamiz. Shulardan biri yaponiyalik ijodkor Kobo Abe. Quyida Kobo Abening "Quti odam" asaridan iqtiboslar keltiraman:
Agar odam yarim kechada ko‘zoynak taqsa yoki yuzini niqob ostiga yashirsa, bilki, ko‘nglida biror yomon o‘yi bor yoki azbaroyi o‘zi qo‘rqqanidan shunday qiladi – buni boshqacha izohlab bo‘lmaydi.
O‘zi shunaqa bo‘ladi: yo‘l chekkasidagi yaltiroq narsani ko‘rib, beixtiyor to‘xtaysan... Siniq shisha parchasi bir chaqaga ham arzimasligini fahmlab turasan, ammo baribir, shishaga tushib jilvalangan nur unga hayratomuz bir joziba baxsh etadi.
Yangi personaj paydo bo‘lishi munosabati bilan taxminlar o‘zgaradi.
O‘zing qiziqqan narsani toki qo‘ling bilan ushlab ko‘rmas ekansan, ko‘ngling joyiga tushmaydi.****
Sen o‘zgarasan, sen bilan birga tashqi olam ham o‘zgaradi – boshqa hech qanday o‘zgarishlar mavjud emas. Bu o‘zgarishlar shu qadar ulkan-ki, eng shov-shuv ko‘taradigan yangiliklar ham ularning oldida ip esholmay qoladi.
Nigohlar so‘zlashuvi – xarob bo‘lish jarayonida vujudga keladigan eng mukammal hodisalardan biridir (Kim bilandir oxirgi marta ko'rishganingizdagi nigohni eslashga harakat qilib ko'ringchi).
*?*** Oddiy yo'lovchi
“Stajirovka” yoki “amaliyot” tashkil qilishdan asosiy maqsad qanday bo’ladi?
Yirik kompaniyalar, davlat boshqaruv organlarining amaliyot tashkil qilishdan asosiy maqsadi, odatda o’z kadrlar zahirasini shakllantirish bo’ladi. Bundan tashqari amaliyotchilarga turli topshiriqlar berib, kompaniya yoki boshqaruv organining kuchsizlangan qismini yaxshilash maqsad qilingan bo’lishi mumkin.
Bunda amaliyotchi topshiriqlarni qanday bajarayotgani, sohani tushunishi hamda jamoaning yukini yengil qila olishi kompaniya tomonidan o’rganiladi. Agar amaliyotchi topshiriqlarni uddalay olsa, uni ishga taklif qilib, kompaniya yoki boshqaruv organining kuchsiz tomonini kadrlar bilan to’ldirish mumkin.
“Amaliyot” o’tash strategiyasi aslida mana shu maqsadlarda joriy qilingan. Shu sababli ham ko’pgina xorijiy kompaniyalar amaliyotchilarga haq to’laydi. O’zimizda hali birorta amaliyotchiga haq to’lashganini eshitganim yo’q. Balki haq to’lashar men bilmasman.
Mustafo Cho'qayning vafoti to'g'risida 2 xil qarash mavjud. Chunki turkiston muxtoriyati qonga botirilganidan keyin Turkistonda siyosiy vaziyat o'zgarib, Markaziy Osiyoda siyosiy liderlarning hayoti xavf ostida qoldi. Qatag'on va qirg'inlar natijasida turkistonliklar muhojirlikka chiqib ketishdi. Siyosiy liderlarning bazilari Turkiya, Pokiston, Afg'oniston, Erondan qo'nim topgan bo'lsa, ayrimlarilari Yevropa mamlakatlariga ketishdi. Jahonda sodir bo'layotgan siyosiy inqirozlar va jahon urushi vaziyatni yana ham taranglashtirdi.
Fransiyada qo'nim topgan Mustafo Cho'qay ham 1941-yil nemis fashistlari tomonidan Germaniyaga olib ketilgan. Fashistlarning SSSRga hujumi sababli Germaniyada Sharq vazirligi tuzilib, natsistlarning Sharqdagi harakatlariga rahbarlik qilish vazifasi yuklatilgan edi.
SSSRga hujumning dastlabki oylarida 3 millionga yaqin askar asir olinib, ular orasidan yahudiylar ajratib olish mushkullik tug'dirdi. Chunki yahudiylar ham, musulmonlar ham sunnat qilingan. Nemis askarli esa yahudiylarni mana shu sunnat qilinganligiga qarab ajrata olishgan xolos. Shu sababli turkistonlik musulmon askarlarni ham yahudiy hisoblab otib tashlash odatiy hol bo'lib qolgan vaqtda, Sharq vazirligi asirlardan foydalanish masalasini ko'rib chiqdi.
Mana shunday holatda Sharqdan kelgan siyosiy liderlarni to'plab, ularga harbiy asirlarni saralash masalasi yuklatildi. Mustafo Cho'qayga fashistlar tomonidan harbiy asirlar saqlanadigan lagerlarga borib, turkistonliklarning ro'yxatini shakllantirish vazifasi yuklatildi.
Mustafo Cho'qay ro'yxatni shakllantirish maqsadida 1941-yil 27-noyabr sanasida Tschenstochau qamog'iga borgan. Qamoqxona rasmiylari asirlar orasida tif kasalligi tarqalgani to'g'risida ogohlantirishiga qaramay, Mustafo Cho'qay asirlar bilan gaplashib, turkistonliklar ro'yxatini shakllantirgan. 1941-yil 6-dekabr sanasida kasallik yuqish ehtimoli sabab Mustafo Cho'qay karantinga olingan. 21-dekabr kuni Berlinga jo'nab ketishgan. Yo'lda tif kasaliga chalingani ma'lum bo'lib, istmalab qolgan. Istma 40 darajadan pastga tushmagan. 27-dekabr kuni ahvol biroz yaxshilangan, ammo 18:20 da esa joni uzilgan.
O'sha vaqtda Fitratning yordami bilan Berlindagi Ziroaat maktabiga o'qishga jo'natilgan Vali Qayumxon Mustafo Cho'qayga hamrohlik qilgan. Vali Qayumxon Mustafo Cho'qayni Berlinda dafn etgan.
Sovet razvedkasining "Temir qo'l" maxfiy shtrixli josusi Oyqorlining sovet davrida tarqatgan ma'lumotiga ko'ra, Mustafo Cho'qayni Vali Qayumxon zaharlab o'ldirgan. Ammo Oyqorlining ushbu ma'lumoti haqiqatga mos kelmaydi.
Turkiston uchun kurash (I kitob) - Ahad Andijoniy
Ushbu kitob Ahad Andijoniyning Academiya Edu platformasidagi sahifasidan olindi. Muallif asarni erkin foydalanish uchun ochiq manbalarga joylashtirgan.
Ushbu I kitob O'zbekistonda "Sharq" nashriyoti tomonidan tayyorlangan.
Sotuvda mavjud!
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated hace 1 día, 22 horas
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated hace 1 mes, 3 semanas
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated hace 1 año, 5 meses