Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 2 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Shu kitob bitdi.
Har qanaqa isyonkorlik baribir bostiriladi...
Ota-onalarga esa kichik eslatma: farzandingizga o'z hayot yo'lini xohlaganidek yaratishiga qo'yib bering. Mayli, xatolar qilsin, zero ularsiz nimagadir erishib bo'lmaydi. Unga taqiqlar qo'yishingiz uni tobora sinib borishiga sababchi bo'ladi.
Bir kuni Jalil kichkinagina tomorqasida yetilgan tarvuzlarni chiqarib, qo‘shnilariga ulashibdi. Tarvuzlar shirinligidan, qo‘shnilar uni maqtay-maqtay yeyishibdi. Ular orasidagi Doston esa “menda bundan-da shirin qovunlar bor” debdi. Avvaliga uning gaplariga hech kim e’tibor bermabdi. Oradan 2-3 kun o‘tgach, yana tarvuzlar tarqatilganda, yana hamma xursand bo‘lib turganda Doston shu gapini takrorlabdi. Shunda odamlar “xo‘p, uni maqtaganingdan nima naf hozir”, deyishsa, shunchaki bu tarvuzlardan-da shirinroqligini ta’kidlabdi. Hamma hayron emish. Shundan so‘ng Doston faqat qovunlari shirinligi, Jalilning qovunlari unga yetolmasligini maqtanarmish.
Qo‘shnilar shu vaqtga qadar Jalilning tarvuzlari ta’mini bilishar, Dostonning qovunlarini esa faqat dovrug‘ini eshitishar ekan.
Janobi Don Kixot o‘z yordamchisi Sancho Pansa bilan birgalikda g‘alaba qozondi )))
Anchadan buyon bir muammo meni o‘ylantiradi. Chet eldagi istalgan yozuvchining asarlar nomlari va yillari yoki rejissor-aktyorlarning filmlari ro‘yxatini Google’da bittada topib olsa bo‘ladi. Ayniqsa, Wikipediya bu borada birinchi manba bo‘lib xizmat qiladi.
Lekin o‘zimizning yozuvchilarni yozgan kitoblari, ularning yillari va umuman bibliografiyasini bitta joyga yig‘adigan birorta manba topib bo‘lmaydi. Nega shunaqa?
UzWiki ijodkorlariga mana shu taklifni bermoqchiman. Ha, bor, yozuvchilar biografiyasi va ularning asarlari haqida ma’lumotlar. Lekin, menimcha, hammasi ham to‘liq emas. Albatta, bu borada ham ishlar olib borilayotgan va yaqin orada bu muammo ham yechilar. Lekin buni tezroq bo‘lishini istagan bo‘lardim )
Katta-katta yozuvchi shoirlarimizning asarlari to‘liq bo‘lmasa nomlari jamlangan. Lekin juda ko‘p uncha mashhur bo‘lmaganlari haqida ma’lumotlar yig‘ish qiyin.
Nosog‘lom (abyuziv) munosabatlarda abyuzerning portretiJuda ko′p oilalar, munosabatdagi insonlarda turli nizolarni ko‘ramiz. Ularning kelib chiqish sabablari, qanday oqibatlarga olib borishi haqida esa deyarli o‘rganilmaydi. Keling, bugun munosabatlarda abyuzerlar tasviri qanday bo‘lishi haqida gaplashamiz:
1. E’tiborsizlik. Bu munosabatlarda ehtiyoj va talablarni ignor qilaverish. Abyuzer hech qachon partnyorining ehtiyojlari haqida qayg‘urmaydi
2. Agressiya. Mojarolar baqir-chaqir, haqoratlar, jismoniy zarar yetkazishlar bilan bo‘lib o‘tadi
3. Ikki xil standartlar. Abyuzer o‘zi erkin yashaydi (xohlagan payti ko‘chaga chiqadi, o‘rtoqlari bilan ko‘rishadi, pulni xohlagancha sarflaydi), lekin partnyoriga esa bu narsalarga ruxsat yo‘q.
4. Nazorat va chegaralarni buzish. Abyuzer partnyorini barcha tirik mavjudotlardan qizg‘onadi va uning harakatlarini cheklashga urinadi. Yoki uning muloqotini nazorat qiladi — telegramini o‘ziga ulab olish, yozishmalarni tekshirib turish. Atrofda juda ko‘pchilikda kuzatiladi-a? )
5. Shantaj. Abyuzer har xil shartlar qo‘yadi va o‘zi xohlamagan narsani partnyori qilmasligi uchun uni manipulyatsiya qilishga urinadi: “Agar bugun uylarni tozalamasang, do‘stlaring bilan ko‘rishishga chiqmaysan”.
6. Qo‘pol hazillar, kinoyalar. Partnyorga nisbatan uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini pasaytirish uchun qilingan qo‘pol hazillar, tabassum niqobi ostiga yashiriladigan kinoyalar. Parnyor maksimal yerga urilganidan keyin: “ha, men shunchaki hazillashdim-ku”, deyish.
7. Sherikning imkoniyatlarini past baholash. Abyuzer o‘z qurbonining shaxsiy hayoti, uning chegaralari bilan hisoblashmaydi. “Sening qiziqishlaring menikichalik muhim emas”. “Do‘stlaring senga yomon ta’sir o‘tkazmoqda”, “Sen bema’ni ishlar bilan shug‘ullanyapsan”.
8. Kayfiyatning o‘zgarishi. Abyuzer dunyodagi eng jozibali inson bo‘lishi mumkin, lekin yarim soatdan so‘ng u baqiroq zolimga ham aylana oladi. Uning xatti-harakatini oldindan aytib bo‘lmaydi. Partnyor esa uning oldida o‘zini qanday tutishni bilmaydi.
Bu nosog‘lom munosabatlardagi ba’zi belgilar. Bular qatoriga yana bir-ikki bandlarni qo‘shishim mumkin edi. (Biroq, ularni ham yozsam, aynan abyuziv munosabatlardagi insonlar qattiqroq jazavaga tushib qolishi mumkin).
Telegram'ning o'zbekzabon segmentidagi adabiyot, kitoblar, san'at, ilm-fan va boshqa sohalaridagi eng faol blogerlarning sahifalarini bir joyga saralab to'pladik. Siz bu sahifalardan yangi bilimlar, qiziqarli faktlar va kitob haqida qiziqarli tahlillarni topishingiz mumkin.
Ro'yxatdagi barcha sahifalar bitta havolaga jamlangan. Uni bosib, istaganingizga yoki barcha sahifalarga a'zo bo'lishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda ko'p vaqt o'tkazsangiz, bu sahifalar sizning vaqtingizni foydali, mazmunli va samarali o'tishiga yordam beradi.
https://t.me/addlist/LNJ9I8bQEeFlYTdi
Telegram
UzBookblogs
Abdurahmon Egamberdiyev invites you to add the folder “UzBookblogs”, which includes 32 chats.
Hozircha ushbu kitobdan o‘rin olgan ikkita hikoya, “Ishg‘ol qilingan uy” va “Aksolotl”ni o‘qib chiqdim. Ikkalasi ham insonni bir zumga o‘yga toldiradi.
Birinchi hikoyada aka va singil o‘zlarining keng uyida bamaylixotir yashashadi toki ularning uylarini begonalar sekin-sekin egallab olishgunicha. Avval bitta xona, keyin yana biri va oxirda aka-singil uyni tashlab chiqishga majbur bo‘ladi. Ancha o‘yladim, ramz qidirdim. Ba’zi manbalarda begonalar Argentinaga kelgan yangi hukumat va ular o‘ziga yoqmaganlarni sekin siqib chiqarishiga ishora ekanligini yozilgan. Kortasar ham yangi hukumat bilan kelisha olmagach, u yerni tashlab, Yevropaga ketgani yozilgan. Yana bir taxmin borki, begonalar bu — yolg‘izlik. Yolg‘izlik insonni sekin-sekin qamrab oladi va yakunda uni hech narsasiz qoldiradi degan ma’no kelib chiqishi ham mumkin. Xullas, o‘quvchi o‘zicha xulosani chiqaraverishi mumkin.
Ikkinchi hikoyada esa akvariumdagi aksolotlga mahliyo bo‘laverib, yakunda o‘zi ham ulardan biriga aylanib qolganini sezmay qoladi. Haqiqatan ham odam bir narsaga mukkasidan ketsa, uni egallay boshlaydi va atrofda hech kim uni tushunmaydigandek, uni qabul qila olmaydigandek, o‘ziga o‘xshagan “aksolotl”lar bilan til topishadigan bo‘lib qoladi. Bu hikoya haqida yanada kengroq xulosalar chiqarsa bo‘ladi. Juda yoqdi.
Kitobdagi qolgan hikoyalarni ham navbat bilan o‘qishni boshlayapman, kecha ta’kidlaganimdek, “Love, Death and Robots” serialidek. Unda ham voqealar kutilmagan burilish oladi va kutilmagan yakun bilan intiho topadi. Kortasarni o‘qish kerak, azizlarim.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 2 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago