Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 2 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
23 yoshga kirib anglab yetgan ba'zi fikrlar bilan bo'lishmoqchiman. • Shaxsiy hayot sifati ish hayotiga proporsionaldir. Avval ko'proq ishlab olay, keyin shaxsiy hayotimni to'g'irlayman deyish xato fikr. • Yaxshilik qilish kelajak uchun qilingan eng ishonchli…
23 yoshga kirib anglab yetgan ba'zi fikrlar bilan bo'lishmoqchiman.
• Shaxsiy hayot sifati ish hayotiga proporsionaldir. Avval ko'proq ishlab olay, keyin shaxsiy hayotimni to'g'irlayman deyish xato fikr.
• Yaxshilik qilish kelajak uchun qilingan eng ishonchli sarmoya. Qilgan yaxshilik hech qachon javobsiz qolmaydi. Yillar o'tib yaxshilik boshqa ko'rinishda albatta qaytib keladi.
• Hayotdagi manfaatsiz aloqa faqat ota yoki ona/opa bilan bo'ladi. Qolgan barcha aloqa tagida manfaat bor. Bu tabiiy. Shuning uchun ham odamlar mendan foydalanishdi deb siqilib yurish shart emas.
• Inson hech qachon birovlarga xiyonat qilmaydi, o'ziga xiyonat qiladi.
• Puli ko'p odam Allohning yerdagi kassiri. Kassir kerakli pulni to'g'ri joyga taqsimot qilmasa, Alloh uni ishdan bo'shatadi. Qarindoshlar, yordamga muhtojlar hamisha rejadagi taqsimotga kirishi kerak.
• Hayotingizda eng kamida 3-4 nafar sizni boringizcha qabul qiladigan, qaysidir xatoyingiz uchun ham fikri o'zgarmaydigan, sizni mushkulingizni o'zini mushkulidek qabul qiladigan odamlaringiz bo'lishi kerak. (Masalan, men har safar samolyotga o'tirganimda qarzlarimni ro'yxatini yuborib qo'yadigan odamim bor, bunday odam bo'lishi juda muhim.)
• Kim bilandir kelishuv qilayotganda har safar avval yomonidan boshlash kerak. Dushman kabi kelishib, do'st kabi xayrlashish kerak.
• Hamisha o'z bilganingizdan qolmaslik. Tinglash yaxshi, lekin qilgan tanlovingizni oqibati baribir sizniki. Hozirgi qilgan tanlovingiz to'g'riligini 30 yildan keyin ham bilishingiz mumkin, chunki yo'l hali tugamagan.
• Ko'chadagi unchalik yaqin bo'lmagan odamlarga yaxshi muomala ko'rsatib, o'z yo'ldoshlaringizdan buni qizg'onish xato.
• Kimnidir fikri uchungina uni yomon yoki yaxshi odamga chiqarish nisbiy. Odam birgina fikri yoki harakati uchun yomon odam sanalmaydi.
• Sherikchilikda ish boshlash agar sherik yaxshi bo'lsa ne'mat. Chunki siz yo'q bo'lib qolsangiz, oilangiz qiyin ahvolda qolmaydi.
• Boshqarilmasdan turib boshqarolmaysiz.
• Inson so'zlayotgan gapiga juda xushyor bo'lishi kerak. Chunki inson gapirgan gapi bilan aniq sinaladi. Qisqa qilib aytganda, katta ketmang)
• Dunyoni har bir nuqtasida biz his qilayotgan muammolar bor. Chet elda boshqachada degan fikrlar absurd. Dunyodagi asosiy qonuniyatlar bir xil ishlaydi. Bu yerda biznes qila olib, uni mantig'ini topa oldingizmi, chet eldayam buni qila olasiz. Muhimi mantiqni topa bilish. Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-u tarozu degani shu.
• Qiymatli bo'lsangizgina qimmatli bo'lasiz. Qimmat sotish san'ati bo'lmagan gap. Birovni ilojsizligi foyda olish manbai emas. Bizni e'tiqodga bu zid.
• Mashina olsam, yangi uy olsam, uylansam baxtli bo'laman deyish shunchaki xomxayol. Hozir baxtli bo'la olmagan odam keyin ham baxtli bo'lishi qiyin masala.
• Insonga har safar bir narsa berilganda undan nimadir olinadi. O'ylamang, bu odam juda baxtli, juda omadli deb. U shu holatda yetguncha yetarlicha badal to'lagan.
• O'zingizdan va O'zidan boshqa hech kimga ishonib qolmang. Na do'stga, na rahbarga va qarindoshlarga.
Vaqt tez o'tib ketyapti
O'zimga yaqin bo'lgan odamlar bilan qachon suhbatlashsam shu gapni eshitaman. Goh-gohida o'zim ham shunday deb qolaman.
Kuni kecha bir insonga ham shunday degandim, ajoyib narsa aytdi:
"Nodirbek, chiroyli narsalar tez o'tib ketadi. Qanday kelib, qanday ketganini bilmay qolasiz. Bemor odamga 1 kun 10 kundek, mahbus odamga 1 yil 10 yildek o'tadi. Agar vaqt tez o'tayotgan bo'lsa, bilingki, hayotingiz yaxshi o'tyapti."
Hech bu rakursdan qarab ko'rmagan ekanman.
Sizlarda qanday tez o'tyaptimi yoki sekin?)
Piyoda sifatida siz moshinani ko'rayapsiz degani, haydovchi sizni ko'rayapti degani emas - ehtiyot bo'ling!
O'qituvchi sifatida siz o'zingizni tushunayotganingiz, tinglovchi sizni tushunayapti degani emas - e'tiborli bo'ling!
Banda sifatida siz Uni ko'rmayotganingiz, U sizni ko'rmayapti degani emas - ogoh bo'ling!
Ko'zingizni yumib olib qarshingizdagi odamni ko'rmayotganingiz ham, u odam sizni ko'rmayapti degani emas axir - aqlli bo'ling!
Majlisda eng muhim odam bo'lsangiz, imkon qadar oxirida gapiring.
Sigir jo'shib ketmasa, sut bermaydi.
Qishloqda yashab ko'rmaganim uchun sigir qanday sog'ilishi haqida ma'lumotga ega emasman. Lekin yaqinda qanday sog'ilishi haqida ajoyib bir narsa eshitdim.
Sigirni shunchaki borib sog'a olmaysiz, juda qiynalasiz. Sog'ish uchun avval uni tagiga buzoqni olib kelish kerak. Buzoq kelsa, sigir sut berishni boshlaydi.
Chunki sigir buzoq kelganini ko'rib, jo'shib ketadi, natijada bor sutni buzoq tomonga haydaydi. Shundan so'ng, odam sigirni sog'ib oladi.
Bu ustoz shogirdlikdagi bir mohiyatni ochishga ajoyib misol bo'la oladi.
Ustoz o'z shogirdlariga bilim berishga doim intilib keladi. Lekin ustozdan to'liq bilimni olish uchun shogird ustozni jo'shita bilishi ham kerak.
Balki bu bir tomonlama fikrdir, ammo shu paytgacha olgan xulosalarimga ko'ra, ustozni shogird jo'shita bilishi juda muhim. Chunki shogird o'sha bilimga ishtiyoqi qanchaligini ko'rsata borgani sari, ustozni ochilmagan qirralari ochilib boraveradi.
Boshqa holatlarga ham buni qiyoslasa bo'lar ekan, kim bilandir suhbatlashmoqchimisiz, zo'r tinglovchi ekanligingizni ko'rsating, maslahat olmoqchimisiz, yaxshi amal qiluvchi ekanligingizni ko'rsating, katta ishlarni qilmoqchimisiz, mas'uliyatli ekanligingizni ko'rsating. Va hokazo.
Bir oz tabassum.
Ikki nasroniy- Devid va Maykl sahroda adashib qolibdi. Ochlik va tashnalikdan o‘lay deganda birdan uzoqda masjid ko‘rinibdi.
- Devid: «Maykl, kel o‘zimizni musulmonga solamiz, shunda ular bizga taom va ichimlik berishadi, aks holda, ochlik va tashnalikdan halok bo‘lamiz», «Mening ismim Ahmad bo‘ladi, senchi, kim bo‘lasan?».
- Maykl: «men rostini aytib qo‘ya qolaman».
Masjidga yetib borishgach imom ularni iliqlik bilan kutib oldi va ismlarini so‘radi.
-Devid: «mening ismim Ahmad».
-Maykl: «meniki Maykl»
-Imom yordamchilariga: «iltimos, Mayklga taom va suv keltiring», deya: Devidga o‘girilib: «Birodar Ahmad, Ramazon muborak!» degan ekan.))
Shirinso'zlik.
Bu voqea baliqni muzlatib saqlaydigan korxonalardan birida bo‘lgan. Bir kuni korxona ishchilaridan biri shu kungi oxirgi ishini yakunlab qo‘yish uchun baliq saqlaydigan muzlatgichga kiradi. U muzlatgich ichida ishlab turgan paytda to‘satdan uning eshigi qulflanib qoladi. U qancha urinmasin, eshikni ocha olmaydi. Bor ovozi bilan qichqirib, boshqa ishchilarni yordamga chaqira boshlaydi.
Lekin ish vaqti tugab, korxonada hech kim qolmagan edi. Besh soatlar chamasi vaqt o‘tib, sovuqdan u kishi deyarli o‘lishiga yaqin qolgan paytda to‘satdan korxonaning qorovuli muzlatgichning eshigini ochib, uni qutqarib qoladi.
Korxona mudiri qorovuldan: “U ishchi boshqa ishchilar bilan korxonadan chiqib ketmaganini, uning zavodda qolganini qayerdan bilding?”, deb so‘raganida, u: “Men bu korxonada o‘ttiz yildan beri ishlayman. Korxonaga har kuni yuzlab ishchilar kirib chiqadi. Lekin bu ishchidan boshqa birortasi har kuni men bilan salomlashib, hol-ahvolimni so‘ramas edi.
Shu kuni kechki payt undan shu so‘zlarni (yaʼni, salomlashib, mendan hol-ahvol so‘rashini) eshitmadim va ishchilar chiqish vaqtida ularning orasidan uni qidirib topmadim. Shundan bildimki, u hali ham korxonada ekan. So‘ng korxonaga kirib, uni qidirdim va nihoyat topdim”, deb javob berdi.
Alloh taolo Baqara surasining sakson uchinchi oyatida: “Odamlarga shirinso‘z bo‘lingiz!”, deb marhamat qilgan. Shirinso‘z qalblarning kalitidir. Yaxshilikdan bo‘lgan birorta narsani kam sanamang. Chunki, gohida sizga arzimas bo‘lgan narsa siz bilmagan holda o‘zgalarning qalbida umidni paydo qiladi, ularning hayoti ijobiy tomonga o‘zgarishiga katta hissa qo‘shadi. Yaxshilik urug‘i qayerga ekilsa ham, zoye bo‘lmaydi. Bir kun albatta unib chiqadi.
Kanalga yaqin orada qilish kerak bo’lgan narsalar emas, aksincha qilish kerak bo’lmagan narsalar haqida 1-2 fikrlarni yozmoqchiman. (Ya’ni, xatolar, tushurgan qovunlar, keyin nima qilganim haqida)
Yana nima mavzularda yozsam erinmay, unfollow qilmasdan o’qiysizlar))
Izohlar ochiq, fikrlar kutaman?
Mashhur rus adibi Lev Tolstoy o‘zining “Masallar”ida quyidagi masalni keltiradi: "Ikki xo‘roz bir go‘ngxona uchun talashishdi. Xo‘rozlardan biri kuchli, ikkinchisi kuchsiz edi. Kuchli xo‘roz kuchsiz xo‘rozni yengdi va quvib yubordi. Ana shundan boshlab kuchli…
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 2 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago