Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her
Shu qadar nafis, shu qadar begʻubor
Yosh fotojurnalist sifatida o‘z faoliyatimni nafaqat san’at, balki ijtimoiy masalalarni yoritishda ham ko‘rishim kerakligini tushunaman. Yaqinda "Salom, Toshkent" tonggi dasturida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldim va bu tajriba menga fikrlarim va his-tuyg‘ularimni keng auditoriyaga yetkazish imkonini berdi.
Intervyu davomida do‘stlarim Madina A’zam va Kamron Hasanov haqida ham gapirdim. Ularning har ikkalasi ham men uchun nafaqat do'st, balki ilhom manbayi.
Ustozim Husniddin Ato esa men uchun muhim shaxsdir. U o‘zining tajribasi va bilimlari bilan meni har doim qo‘llab-quvvatlaydi. Ustozimdan olingan saboqlar, menga nafaqat professional, balki shaxs sifatida ham o‘sishga yordam bermoqda.
Fotojurnalistika orqali ayollarning ovozini yoyishga intilib kelmoqdaman. Har bir suratda bir hikoya, bir xotira bor, nazarimda. Ushbu hikoyalar orqali ayollarning kuchi, qat'iyati va jasoratini ko‘rishingiz mumkin.
Ko‘rsatuvdagi chiqishimni havola etmoqchiman, juz’iy kamchiliklar uchun uzr so‘rayman, e’tiboringiz uchun rahmat!
( Vaqtingizni o‘gʻirlamaslik uchun reklamalarsiz va faqat o‘zimning chiqishimni joylayapman, agar sizga to‘liq ko‘rsatuv qiziq bo‘lsa bu yerdan topasiz )
Feysbukda mahallam haqidagi fikrlarim mashhur Bo‘lib ketdi ?:
Хашар - это традиция взаимопомощи, которая до сих пор жива в Узбекистане. Фотожурналистка Xolida Musurmonova поделилась в своем блоге рассказом о том, как проходит хашар в ее родном кишлаке.
В моем кишлаке есть такая традиция, — пишет Холида. — Хашар!
Когда кто-то из сельчан строит дом, его соседи и родственники собираются ему на подмогу, то есть организуют хашар. В этот раз помогали перекрыть и утеплить крышу. В простонародье этот процесс называют „Жунбоз“ или „Ломвоз“. И пока подпоясанные ремнями молодцы проявляют самоотверженность наверху, внизу женщины хлопочут у очага.
Хашары обычно совпадают со знойной летней порой (чилля). Поэтому, помимо основных блюд, готовят прохладительные напитки, которые отлично утоляют жажду. Сегодня в меню чалоб (напоминает айран), ун оши, сўзма (бугирсаки) и, конечно же, плов (хонтура).
Для меня хашар - символ дружбы, единства и силы, - делится со своими читателями талантливая Холида и продолжает:
„Я очень люблю свою махаллю, все мои соседи трудолюбивы, поддерживают образование своих детей, радуются достижениям друг друга. Младшие, пусть они и выше меня ростом, называют меня „Опа“ и относятся ко мне с уважением, старшие — защищают всех девочек в нашем квартале как своих родных сестер. А ровесницы такие же шустрые и дерзкие, как я. Недавно на свадьбе брата так бегали, брались за всё, не считая работу работой, труд трудом. Приезжие родственники позавидовали моей маме, да и я сама была впечатлена.
Наверное, свет и доброта в моем сердце оттого, что есть люди, которые это ценят…».
*фото: Холида Мусулмон (@xolida_musulmon_photography)
Boqsang azob, boqmasang uvol
XALQCHIL senat vakili Tanzila opam umrini xalqiga tikdilar! ?
Fotohikoya janrini nega yaxshi ko‘raman, nega oddiy reportajga ichim ilimaydi, deb o‘ylab qolaman.
Sababini topgandekman, fotohikoyada butunlik bor: jarayon, fojia, hissiyot — hammasini eng yuqori darajada his qila olasiz. Fotohikoyani oddiy vizual bilimga ega bo‘lmagan inson ham tushunadi, mutaxassis ham tan beradi.
Jurnalistikada muammolarni yoritish, o’sha muammoga faollar va mas’ullar e’tiborini jalb qilishda fotohikoya qo‘l keladi.
Tuzaldi. Hamma suratlarim joyida. Qanchadan-qancha tajribalarim, katta loyiha-yu o‘sha loyilar xamirturishlari, hislarim, yillarim — hammasi, hamma-hammasini qaytib oldim, shukr!
Inson psixologiyasida boshqarishga muhtojlik va bo‘ysunishga ehtijoy bor. Ikkisi ham aslida qullik. Insonning fitratiga singib ketgan 2 qusur necha asrlarki, butun millatlar fojiasi va “fojia”siga sabab bo‘lmoqda.
Oddiy misol keltiraman. Juda mayda.
Shunchaki eringanimdan kimgadir ish buyirgim keladi, mendan zaif, kichkina kimgadir “Bor, kalishimni opke”, deyman, bechara ukacham o‘zbekchilik, opam-da, deb o‘zining ishini, darsini yigʻishtirib, vaqtini menga sarflab yugurib aytganimni qiladi. Bu menga yoqib qolib, har safar shu rejimni boshqa ko‘rinishlarda takrorlayman. Bu masalan edi.
Ikkinchi ko‘rinishni esa, hozirgina ukamga sinab ko‘rdim. Charchagandim, ishlarim o‘xshamayapti, harddiskimniyam buzib qo‘ydim. O‘zimni juda ojiz his qilyapman. Nimadir qilishim kerak. Nimadir menga kuchli ekanligimni isbotlasin. Nima qilsam ekan. Mana ukam. Mendan kichkinami, kichkina. Ish buyiraman: “Ho‘v, bor menga suv opke”. Umuman o‘z yumushlarimni kimgadir aytmaganligim uchun o‘zimni yomon his qilyapman. Ammo och egom, kimnidir xo‘rlab maza qilmoqchi.
Rostan, maza-ku to‘gʻrimiiii? Birov sen ichadigan suvniyam opkeb bersaaa! Ha, deganlar, o‘lganingiz yaxshi. Bu ochlik, ablaxlik.
Masalan, kimdir menga ish buyirsa: “Damingni ol” deyman. Nega menga berilgan aziz umrni senga yugurdaklik qilishga sarflay axir. Mehr va hurmat — bu umuman boshqa masala.
Shun-chun kimgadir o‘z yumushlarimni bajartirmayman. Ular mening ukam, singlim, bolam bo‘lsa ham. Bunday holda ikki karra azob chekaman, chunki.
1– o‘zimning ojizligimdan
2– kimningdir aziz vaqtini olyotganimdan.
Inson kimgadir xizmat qilsa, uning himoyasidaman, deb o‘ylaydi, kimnidi boshqarsa esa kuchli ekanligini his qiladi. Yuqorida aytganimdek, ikkisi ham qullik.
Aytgancha, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! :)??
Qaynotam:
– “Oʻzbekiston”ga qoʻy, dugonagni koʻrsatyapti.
(Xolida haqida gap ketyapti)
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her