Yoshlar kanali

Description
??O‘zbekiston yoshlari kanaliga xush kelibsiz!

- Ta'lim yangiliklari;
- Talabalar muammolari;
- Abituriyentlarga tavsiyalar.
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

8 months ago

*Ramazon Hayitida necha kun dam olinadi?*

ℹ️ Bu haqda ma’lumot berishdan oldin alohida ta’kidlash kerakki, Ramazon Hayitining birinchi kuni hozircha aniq emas. Shariat qoidalari bo‘yicha, Hayit kuni yangi oy ko‘rinishiga qarab belgilanadi. Shu sababli ushbu postda aytilgan ma’lumotlarni "Hayit kuni aniq bo‘ldi" deb talqin qilinmasligini so‘rayman.

Hozirgi rejaga ko‘ra, Ramazon Hayitida ketma-ket 3 kun dam olish kuni bo‘lishi kutilmoqda. Bular:

? 10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni;

? 11-aprel, payshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

? 12-aprel, juma — 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;

? 13-aprel, shanba — barcha uchun ISH KUNI;

? 14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.

? Sharh:

Ramazon oyining 30-kuni 9-aprel, seshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Demak, agar yangi oy ko‘rinishi o‘zgarmasa, unda Ramazon Hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Prezident farmoniga ko‘ra, 11-aprel, payshanba kuni barcha xodimlarga qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. 12-aprel, juma kuni esa 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga esa 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni bo‘ladi.

Demak, 13-aprel, shanba kuni barcha xodimlarga, 6 kunliklarga ham, 5 kunliklarga ham ISH KUNI bo‘ladi.

Agar mabodo yangi oy ko‘rinishi hozirgi taqvimdan farq qilib qolsa, unda dam olish kunlariga ham o‘zgarish kiritilishi mumkin.

? Izoh: qo’shimcha dam olish kunlari 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoni asosida belgilangan.

@yoshlar_kanali_news

8 months, 1 week ago

⚡️ Ona tilidan milliy sertifikat imtihonida esseda so‘z sanalmaydi
▪️ Bilimlarni baholash agentligiga ko‘ra:

Esse yozish jarayonida buyuk shaxsdan iqtibos keltirilishi kerakligi borasida, shuningdek, so‘zlar soni xususida qatʼiy talab mavjud emas. Lekin talabgor mavzu doirasida o‘z fikrlarini dalillar asosida yoritishi lozim.

Tajribaga ko‘ra, so‘zlar hajmi belgilansa, talabgor o‘z fikrlarini to‘liq bayon etgan bo‘lsa-da, so‘zlar sonini belgilangan talabga yetkazish maqsadida sunʼiy tarzda esseni davom ettirishga majbur bo‘ladi. Esseni tekshirish jarayoni avtomatlashtirilgan bo‘lib, platforma tekshiruvchilarga ixtiyoriy esse (tanlama usulda) talabgorning ism va familiyasi ko‘rsatilmagan holda yuboriladi.

**?* Ona tilidan sertifikat olmoqchi bo‘lgan abituriyentlarga yuboring.***

@yoshlar_kanali_news

8 months, 1 week ago

"Talaba"ning haftaligi:

Dushanba - bugun og‘ir kun demak, dam olamiz.
Seshanba - og‘ir kundan so‘ng dam olmasak bo‘lmas.
Chorshanba - Gagarinni oyga uchganini nishonlaymiz.
Payshanba - haftaning qoq o‘rtasi bugun o‘qisak charchaymiz.
Juma - shunday ulug‘ kunda o‘qiymizmi?
Shanba - kichik sinflardan nima kamimiz bor, o‘qimaylik.
Yakshanba - iyee hamma dam oladi. Biz o‘qiymizmi ? ?

@yoshlar_kanali_news

8 months, 1 week ago

⚡️Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan xodim va talabalar ketma-ket 4 kun dam oladi*➖ 21-mart — payshanba;
22-mart — juma;
23-mart — shanba;
24-mart —* yakshanba.

@yoshlar_kanali_news

8 months, 1 week ago

**Saqlab qoʻying kerak boʻladi!

Majburiy blok savollarida tushadi.**

2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”

1991-yil — Alisher Navoiy yili.
1992-yil — Hamshiralar yili.
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili.
1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili.
1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili.
1996-yil — Amir Temur yili.
1997-yil — Inson manfaatlari yili.
1998-yil — Oila yili.
1999-yil — Ayollar yili.
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
2001-yil — Ona va bola yili.
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili.
2003-yil — Obod mahalla yili.
2004-yil — Mehr-muruvvat yili.
2005-yil — Sihat-salomatlik yili.
2006-yil —Homiylar va shifokorlar yili.
2007-yil —Ijtimoiy himoya yili.
2008-yil — Yoshlar yili.
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili.
2010-yil — Barkamol avlod yili.
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.
2012-yil — Mustahkam oila yili.
2013-yil — Obod turmush yili.
2014-yil — Sog‘lom bola yili.
2015-yil — Keksalarni eʼzozlash yili.
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili.
2017-yil— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili.
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili.
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili.
2020-yil — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili.
2021-yilYoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili.
2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili.
2023-yil — Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili.
2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”
@yoshlar_kanali_news

8 months, 2 weeks ago

? Qisqalug'at

?Abituriyent –urushga otlangan, lekin uning dahshatini hali his qilmagan ko'ngilli;

?Talaba – nima uchun jang qilayotganini bilmagan askar;

?Guruh sardori (starsta) – omon qolishni istaganlardan sigaret puli yig'ib, orqa safga qo'yuvchi serjant;

?Guruh nazoratchisi (kurator) – urush ketayotganini yashirmoqchi bo'lgan musiqachi leytenant;

?Kafedra mudiri – askarga tanksiz bir ish chiqarolmasligini tushuntiruvchi mayor;

?Dekan – tanklar yo'nalishini boshqaruvchi polkovnik;

?Prorektor – qo'lga olingan tanklarni hisobdan chiqaruvchi general

@yoshlar_kanali_news

8 months, 2 weeks ago

#qonunchilik_yangiliklari *⚡️Ota-onalarning har qanday yoshdagi farzandlari kontrakti uchun to‘lagan pullari daromad solig‘idan ozod qilinadi*

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-891-son, 28.12.2023-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Ota-onalar har qanday yoshdagi farzandlarining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qishi uchun to‘lagan pullari daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Ilgari faqat 26 yoshgacha bo‘lgan farzandlar uchun to‘langan pullardan daromad solig‘i olinmagan. Ushbu Qonun 2024-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.

@yoshlar_kanali_news

8 months, 2 weeks ago

#farosat Qo‘l berib so‘rashish odobi:

– Uzatilgan qo‘l albatta muallaq qolmasligi kerak, bu – insonni yerga urish bilan barobar bo‘lib qoladi;

– Ikki qo‘l bilan qo‘lni siqib so‘rashish haddan tashqari xursand holatda, minnatdorchilik belgisi sifatida qabul qilinadi;

– Ikki qo‘l berib so‘rashish paytida albatta so‘z bilan ifodalanadi, bunda minnatdorchilik so‘zlari va boshqa iliq so‘zlar qo‘llash mumkin;

– Qo‘l berib so‘rashish tez va qisqa bo‘lishi lozim;

– Qo‘l berib so‘rashish davomida ozgina egilib qo‘yish, so‘rashayotgan insonga nisbatan hurmatni belgilaydi;

– Ostonada, stol ustidan qo‘l berib so‘rashish xunuk ko‘rinadi;

– Tanishini ko‘rib qolgan taqdirda ham binoning boshidan bu boshiga qo‘lni cho‘zib kelish insonni kulgili holatga solib qo‘yadi;

– Ayol kishi bilan uchrashib qolganda, ayol birinchi bo‘lib qo‘l uzatmaguncha erkak qo‘l uzatmaydi;

@yoshlar_kanali_news

8 months, 2 weeks ago

*⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-aprelga qadar uzaytirildi*

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalarining ayrim talaba-oʻquvchilariga bazaviy/tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati joriy yilning 10-apreliga qadar etib belgilandi.

@yoshlar_kanali_news

8 months, 3 weeks ago
Tashkent City parkida bayram

Tashkent City parkida bayram

Benom guruhi siz uchun kuylaydi

? Kirish tekin
? 8 mart soat 19:00
? Tashkent city

@yoshlar_kanali_news

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago