A D A S H D I K ❤️‍🩹

Description
Hammasini hayotiy olib yozaman

🗓 Ochilgan sana | 12.12.2023 | Navoiy

(O'zgacha yo'nalish still va dizayn.)

Men butun dunyoni unutishim mumkin ammo sening ko'zlaringni emas🥹💔✋

✍🏻✍🏻Yozganlarim qalblarga zarba boʻlmasa safsata Sotibman
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 4 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

1 month ago

**Kuchlilarni sevishmaydi ular juda noqulay odamlar Ularni boshqarib boʻlmaydi

Ular oʻzlariga quloq solishadi oʻz qadrini bilishadi
Ularning botinida langar bor langarki u orqali halol yashash hamda hech nimaga qaramay baxtli boʻla olish istagida sobit boʻla oladilar

Ildizlari mustahkam va zaminga shu qadar chuqur kirganki sugʻurib olish yoki uzib tashlash mumkin emas Xuddi ularning metin irodasi gʻururi axloqi va oʻziga ishonchini yoʻq qilib boʻlmaganidek

Kuchlilar har qanday haqiqatga taqdirning zarbalariga xiyonatga va oʻz hislari toʻfonlariga yolgʻiz dosh berishga qodir

Ular ogʻriqdan qoʻrqmaydi chunki oʻz qalbidagi savashni yashab oʻtib va buning doʻzaxiy otashiga dosh berib jarohatlarini hikmatga aylantira oladi shu sababli qalblarini goʻzallik va nafosat tark etmaydi

Kuchlilar birovning yoʻliga chiqib sadaqa soʻramaydi baxtni bozorga solmaydi muhabbat tilanmaydi biroq Yaratgan ularga ishqni ravo koʻrsa uni buyuk neʼmat deb qabul qiladi va sevgililarini (va ularning sirlarini) hech qachon sotmaydi

Halol yashaydilar vijdonan ish qiladilar oʻtmishlarini anduh va mukofotlarini koʻzkoʻzlamaydilar boshqalarga qanday yashashni oʻrgatmaydilar faqat oʻz qalblari bilan mashgʻul boʻladilar

Hayotiga oʻzi masʼul uni birovning yelkasiga ortmaydi oʻz aytmishlari va qilmishlarining masʼuliyatini zimmadan soqit qilmaydi yiqilsa faqat oʻzini ayblaydi xatolardan xulosa qiladi xolos kuchlilar bekorchi afsuslar qilmaydi foydali xulosalar chiqaradi

Ular farosatli aldash va oʻzlariga yot narsalarni agar oʻzlari istamasalar singdirish mumkin emas Hech qachon va hech qanday shart evaziga

Va ular ketishni biladi Bir marta va butunlay Kuchlilarning hislari tabiati va sabrini sinashga urinmang oʻzingiz sinasiz#YoLgzLiKk@adashdik | 🔐**

1 month ago

**Men qaytaman
Yuraklarim hamon kemtik
Kemtik dilim tub tubida hamon kemtik
Hayotimni shoshib shoshib yashayman lek
Bir so'z aytgum kuyuk kuyuk sekin- sekin

Yulduzlarni qasirlatib chaynar sahar
To'lin bo'lgan oyni qo'ymay haydar sahar
Men qaytaman
O, mobodo qaytmasam gar
Sen mard ketgin
She'rlar aytib ortga qaytar

Shunda hamma qayg'ularni tashlab chopgum
Quyoshni bir tomonidan ushlab chopgum
Bu dunyoni yondirguvchi bir so'z aytib
Keyingina ko'zlarimni mangu yopgum

Men qaytaman
Faqatgina ishon menga.
O azizim ishonmoqlik - yarim hikmat
Ishonolsang sening uchun baxtman tushun
Ishonmasang sening uchun g'ammam faqat...#YoLgzLiKk@adashdik | 🔐**

1 month ago

Endi xohlagancha sigaret tutat
Oʻzing xohlagandek yashama endi...
#YoLgzLiKk@adashdik | 🔐****

1 month, 1 week ago

#nazmdan

Quyundek bosadi aqlimni,
O‘zligini anglamas xotir.
Dunyo mening chekimdamidi,
Nega buncha olay havotir?

Ko‘zlarimni qopladi quyun,
Ko‘zlarimda ruhlar soyasi?
Qulab tushdi zaminga yana,
Yuragimning yetmish qoyasi

Ko‘zlarimga sanchilar tunlar,
Bedor osmon suhbat quradi.
Kipriklarim jamlolmay halak,
Lashkar tortib safda turadi.

Zamin buncha ildamlab ketding,
Bo‘ronlarda quvdim, yetmadim.
Oyga narvon ortmoqlab borib,
Yulduzlarning rashkin chertmadim

Kunduzlarni bosar havotir,
Tunlar atak-chechak yuradi.
Ichikishlar endi asotir,
Cheksizliklar menla turadi.

Quyundek bosmasin aqlimni...
21.08.2023.

1 month, 1 week ago

#...

U har kuni limon choy uchun kiradigan qahvaxonaga,
men qaymoqli, ikki xissa shakarli qahva uchun kiraman.

U o‘tirgan o‘rindiqda o‘tiraman, u qaragan tomonga qarayman...
Uning xayollarini surmoqchi bo‘lsam kerak, shu yo‘l bilan.

U limon choy ishishni kanda qilmaydi, men esa qahva.

Umuman olganda, bizni hech narsa bog‘lab turmaydi.

Bitta qahvaxona,
kesishadigan bitta yo‘lak,
termulganimiz bitta tomon demasa, hech narsa bog‘lab turmaydi bizni.

Shunchaki,
bizning odatlarimiz boshqa,
u saharda limon choy ichadi,
men esa tushlikda qahva...

U ketadi...
Men kelaman...

Uning bo‘yi,
uning tabassumlari
o‘rnashib qolgan qahvaxonaga.

U dunyodan bexabar,
U mendan bexabar.

Agar...
agar bir kuni,
U bilan limon choy ichgani kelsam,
u o‘tiradigani emas,
ro‘parasidagi o‘rindiqqa cho‘k tushsam,
tasavvurimda qad rostlab,
o‘rnashib bo‘lgan yuzlariga,
qosh-u ko‘zlariga termulsam,
qo‘llaridan tutsam...
nima bo‘larkin..?

Vaqt to‘xtab qoladimikin?
U xayratdan lol bo‘lar-u,
O‘zini o‘nglay olarmikin..?

Tushlar, o‘nglar, xayollar... barchasi qaymoqli qahva bilan boshlanib
va yana u bilan tugaydi...

1 month, 1 week ago

**Kuz kabi boqarsan donishmand,
Kuz kabi yoqarsan ruhimga.
Sen bilan shunchaki tanishman,
O’rtada bo’lmagan muhim gap.

Mezon–ich-u tashimda yong’in….#YoLgzLiKk..@adashdik | 🔐**

4 months, 1 week ago

Qay darajada ayrildinglar
Yer yuzida oxirgi bo'lib u bilan qolsam ham odam zotini saqlab qolish uchun ham birga bo'lmaydigan darajada...

#YoLgzLiKk..

@adashdik | ?

4 months, 2 weeks ago

Ular ko'ngil uchun bir yupanch, xolos -
dunyoda baxt yo'qdir sendan boshqa...
#YoLgzLiKk..@adashdik | ?****

4 months, 2 weeks ago

"Qachondir yoningda bo‘lishimni istasangu, lekin buning iloji bo‘lmasa, ko‘zlaringni mahkam yum va qo‘llaringni yuragingning ustiga qo‘y. Men sening ko‘z qovoqlaring ortidagi qorong‘ilikda, yuragingning har bir urishida bo‘laman. Qachonki kemaga chiqadigan bo‘lsang, sochlaringning orasidan o‘tgan shamol emas, mening barmoqlarim bo‘ladi. O‘qiyotgan kitobingning har bir satrida yoki tinglayotgan qo‘shig‘ingning musiqasida nafas olishni davom ettiraman. Yomg‘irli kunda yelkangdan o‘padigan yomg‘ir tomchisi qiyofasida ham yoningda bo‘lishim mumkin. Balki, hidlash uchun qo‘lingni uzatgan gul bargidan uchib ketayotgan kapalak bo‘larman. Meni qanchalik ko‘p his qilishni xohlasang, men ham shunchalik ko‘p yoningda bo‘lishni davom ettiraman" dedim va ketti u..?)#YoLgzLiKk..@adashdik | ?****

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 4 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago