Infinite Entertainment, Zero Cost: Get Your Free Books, Music, and Videos Today!

Bilimni baholash agentligi

Description
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• facebook.com/dtmuzb
• instagram.com/dtmuzb
• youtube.com/@BaholashUz
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 6 days, 11 hours ago

🔥 Amalda.uz – Eng so'nggi yangiliklarni qisqa formatda o'qishni ma'qul ko'radiganlar uchun!

Tijoriy hamkorlik: 👉 @Murojaat_a

Last updated 3 weeks, 1 day ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 10 months ago

1 week, 1 day ago

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi 2024-yil 30-martdan 18-aprelga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (26-28-aprel) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

*✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari*:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

1 week, 2 days ago

Milliy sertifikat uchun huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari o‘tkaziladi

📝 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq 2020-2024-yillarda oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga imtihon topshiriladigan 9 ta umumta’lim fanidan milliy sertifikat joriy etish vazifasi qo‘yilgan edi. Mazkur topshiriq agentlik tomonidan 2023-yilda nihoyasiga yetkazildi.

⚖️ Agentlik tomonidan huquqshunoslik fanlaridan ham milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etish ustida ish olib borilayotgan bo‘lib, joriy yilning 3-may kuni aprobatsiya test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

📱 Bunda huquqshunoslik fanlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan va huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/service/98 havolasi orqali aprobatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

📍 Huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari Toshkent (200 nafar), Buxoro (600 nafar), Namangan (600 nafar) va Urganch (600 nafar) shaharlarida tashkil etiladi.

📆 Aprobatsiya sinovlarida ishtirok etish bepul bo‘lib, talabgorlarni ro‘yxatga olish 28-aprelgacha davom etadi.

🖥 Aprobatsiyada ishtirok etuvchilar soni cheklangan bo‘lib, ma’lum bir hududda o‘rinlar soni to‘lganda, ro‘yxatga olish muddatidan oldin yakunlanishi mumkin.

** Kelgusida tashkil etiladigan imtihonlarning yanada sifatli bo‘lishini ta'minlash maqsadida huquqshunoslik fanlaridan tayyorgarlikka ega bo‘lgan va aprobatsiya sinovlarida albatta ishtirok etish imkoniyati mavjud bo‘lgan talabgorlarning ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz!

*✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari*:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

1 week, 3 days ago

👍 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “Chet tilini bilish darajasini baholash uchun test topshiriqlarini shakllantirish” bo‘yicha malaka oshirish kursi o‘tkazilmoqda

🗓 Navbatdagi “Chet tilini bilish darajasini baholash uchun test topshiriqlarini shakllantirish” bo‘yicha 48 soatlik malaka oshirish kursining onlayn (📹 Zoom va Canvas platformasi orqali) mashg’ulotlari 29-aprel kuni boshlanadi.

Unda tinglovchilarga chet tilidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash uchun test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

👩👨 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida chet tilini bilish darajasini baholash imtihonlariga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 26-aprel kuniga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service platformasi orqali ro'yxatdan o‘tishingiz mumkin.

💻 Mashg‘ulotlar 29-apreldan 20-maygacha davom etadi.

⚡️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 26-aprel.
Imtihon narxi: 1 050 000 so‘m.
To‘lovni amalga oshirish muddati: 2024-yil 26-aprel.
📱 @bba_ilmiy_markaz

📞 (95) 507-70-72

🏢 @IlmiyMarkazUz

2 weeks ago

⚡️ **Guruh nazoratchiligiga nomzodlar diqqatiga!

📣 Ma’lumki, 2024-yil 1-fevral kuniBilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilingan edi.
Tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan va o‘quv-seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etib, seminar yakunida test sinovi topshirgan nomzodlarning test sinovi natijalari e’lon qilindi**.

📱 Nomzodlar test sinovi natijalarini my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali bilishlari va test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar tanlovning suhbat bosqichida ishtirok etish uchun ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

📝 Tanlovning suhbat bosqichi barcha hududlarda 2024-yil 22-apreldan 26-aprelga qadar (shu kunlari ham) o‘tkaziladi.

🔗 Havola: https://my.uzbmb.uz/service/62

* *Izoh: tanlovning suhbat bosqichiga kelmagan nomzodlar tanlovdan chetlatiladi.

*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

2 weeks, 1 day ago

Davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi 2024-yil 2-aprel kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini dt.uzbmb.uz sayti orqali bilishlari va o‘z sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.

👨🏻‍💻 Buning uchun “Natijani ko‘rish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

2 weeks, 1 day ago

⚡️ Xabaringiz bor, 2024-yil 19-mayda Bilimni baholash agentligi tomonidan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkaziladi.

🔰 Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahrida 2024-yil 8-may kuni geografiya va kimyo fanlaridan milliy sertifikat uchun repetitsion test sinovlarini tashkil etishi rejalashtirilgan.

📍 Test sinovlarida https://my.uzbmb.uz saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tgan va tegishli to‘lov (102 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

🖥 Talabgorlar 30-aprel kuni soat 9:00 ga qadar ro‘yxatdan o'tishlari va to'lovni amalga oshirishlari mumkin.

📌 Ishtirokchilar o‘z natijalarini @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun:🔹 **(95) 515-68-68

llmiy markazning telegram kanali:*👉 @IlmiyMarkazUz 👈*

3 weeks ago

Akademik litseylarga kirish imtihonlari formatidagi diagnostik test sinovlari
Bilimni baholash agentligi tomonidan akademik litseylarga kirish test sinovlari formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi.

📝 Ushbu diagnostik test sinovlari orqali talabgorlar o‘z bilimini sinab ko‘rishi va akademik litseylarga kirish test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishi mumkin.

📱 Eng asosiysi, ushbu xizmat onlayn test shaklida ishga tushirilgan bo‘lib, undan istalgan vaqtda my.uzbmb.uz/service/97 havolasi orqali bepul foydalanish mumkin.

▶️ Shuningdek, diagnostik test sinovi natijasi asosida akademik litseylarni tanlagan holda o‘tgan yilgi o‘tish ballarini hamda o‘qishga kirish imkoniyatini aniqlash mavjud.

🤖 Bundan tashqari, OTMlarining bakalavriatiga kirish imtihonlaridagi majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun @BMB_Quiz_bot telegram boti ishga tushirildi.

Mazkur bot orqali majburiy fanlardan test topshiriqlarini elektron shaklda ishlash va bu orqali majburiy fanlardan test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

3 weeks, 2 days ago
***🇬🇧*** **Ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi …

🇬🇧 Ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi bot ishga tushirildi

Sun’iy intellekt elementlaridan foydalangan holda ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi bot (ilmiy tadqiqot ishi doirasida) ishlab chiqildi.

📱 Mazkur bot orqali foydalanuvchining ingliz tilini bilish darajasini 4 ta ko‘nikma (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) asosida aniqlash mumkin.

📝 Shuningdek, bot orqali fikrlar, taqrizlar va maslahatlar olish hamda yozma ishni plagiatga tekshirish imkoniyati mavjud.

🔗 Bot manzili: @mock_milliy_test_bot

*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

3 weeks, 2 days ago
**Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!**

Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!

Aziz yurtdoshlar!*🌙 Bilimni baholash agentligi xalqimizni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ramzi bo‘lgan, dillarimizga quvonch, dasturxonimizga qut-baraka, oilamizga tinchlik ne’matlarini olib keluvchi Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr)* bilan samimiy muborakbod etadi!

🤲 O‘zbekistonimizni marhamatli Alloh ezgulik va shukronalik, Haq yo‘lida sobitqadamlik bilan siylasin! Orzularingiz ijobatini ziyodasi bilan tuhfa etsin! Ramazon oyining muqaddas kunlarida qilingan savob ishlaringiz, pok niyatlaringiz, ibodatlaringiz va ezgu duolaringiz ro‘yobi nasib etsin!

* Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!**✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

1 month ago

⚡️ **Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆 2024-yil 7-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat** imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da) kiritiladi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 6 days, 11 hours ago

🔥 Amalda.uz – Eng so'nggi yangiliklarni qisqa formatda o'qishni ma'qul ko'radiganlar uchun!

Tijoriy hamkorlik: 👉 @Murojaat_a

Last updated 3 weeks, 1 day ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 10 months ago