MUZAFFAR VAKKOSOV

Description
📚 👉 t.me/muzaffar_vakkosov1
🎧 👉 t.me/mv_audiokitoblar

✍Hayotiy shaxsiy fikrlarim

Postlar mavzusi⬇️
💰 Iqtisodiy ilmlar
😇 Psixologiya
🏘 Sotsialogiya
🧑‍🎓 Umuminsoniy ta'limotlar
🕌 Diniy qarashlar
🪐 Ilmiy mavzular


Admin: @M_Vakkosov
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 6 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

4 days, 13 hours ago

Muhabbat qalbni ishi. Uni so'rab olinmaydi, uni fidokorlik va qalban qilingan xizmatlar orqali qozoniladi!

© Hasanxon Yahyo

@muzaffar_vakkosov1

5 days, 14 hours ago
Keyinroq, nega ba'zi qizlarga aynan shunday …

Keyinroq, nega ba'zi qizlarga aynan shunday "erkakcha" xarakterli bo'lish yoqishi va ba'zi yigitlar masuliyatsiz bo'lib ulgayishning sabablarini tushuntiradigan; Bunday o'z hilqatiga mos bo'lmagan juftlar bilan qanday taqdir qonunlari bizni birlashtirishini ochib beradigan; Hamda, qaysidir oilada allaqachon shunday, oiladagi "erakak" va "ayol" energiyasida garmoniya buzulgan bo'lsa, qanday qilib barchasini tartibga solish mumkinligi haqida kengroq malumotlar beradigan, hayot va taqdir qonunlari haqida ham katta postlar bo'ladi👍

*Kanalni kuzatishda davom eting.

_ Agar siz hali oila qurmagan qiz bo'lsangiz va sizda ham masuliyatni o'z zimmangizga olishga urinadigan "erkakcha" qarashlar mavjud bo'lsa, hamda bundan qutilib, haqiqiy ayollik energiyasiga erishishni istasangiz.
_ Yoki allaqachon oila qurgan ayol bo'lsangiz va oilangizda shunga o'xshash vaziyatlar paydo boʻlgan bo'lsa, yoki oila a'zolaringiz bilan boshqacha koʻrinishdagi turli nizolar ko'p sodir boʻlayotgan bo'lsa, hamda oiladagi asl ayollik pozitsiyangizni topishni istasangiz, barcha ayollar albatta o'qishi kerak bo'lgan "Kuchli va ojiza ayol" kitobini o'qib ko'rishingizni tavsiya etaman.
Kitobni o'qib, hayot haqiqatlarni anglasangiz, oilangizda tubdan ijobiy oʻzgarishlarni sodir boʻlishiga zamin yaratgan bo'lasiz.

@muzaffar_vakkosov1

6 days, 12 hours ago

"Kuchli erkak" - bu nisbiy tushuncha!

Ba'zida "Har qanday kuchli ayol ham, o'zidan kuchli erkakni uchratganida unga bo'ysunadi" degan gaplarni eshitamiz. Bunday gapni odatda, o'zini nimadadir kuchli hisoblayotgan va kuchsiz erkaklarga itoat etishni istamayotgan ayollar(qizlar) ko'p aytishadi, go'yo o'zidan kuchliroq erkaklar kamayib ketganiga shama qilib.

Aslida bu gapda jon bor. Ya'ni ayol qanchalik kuchli bo'lmasin, tabiatan baribir erkak ko'magiga muhtoj, erkagining yelgasiga bosh qo'yib, unga o'zi uddalay olmagan ishlarini topshirishni istaydi.

Ammo "Kuchli erkak" tushunchasi nisbiydir. Ya'ni, bir ayol qaysidir erkakni "Kuchli" hisoblasa, ikkinchi ayol uchun u erakakning hususiyati yetarli darajada bo'lmaydi.
Xo'sh buning sababi nima?

Sabab insonlarning ong darajasiga bogʻliq:
_ Agar ayolni(qizni) ongi duyoviy istaklar darajasida bo'lsa, u uchun baxt ko'rsatkichi bu to'kin sochinlikdir. U faqat o'zidan ko'ra ko'proq pul topadigan erakakni "Kuchli erkak" deb biladi.
_ Agar ayolni (qizni) ongi tanaga bogʻliq ongda bo'lsa, u uchun kuchli erkak, bu jismoniy baquvvat, ko'chadagilar bilan jang qilib uni qutaradigan erakakdir. Bu ayol uchun erkagi ko'p pul topmasa ham erkagini "kuchli" hisoblaydi. Birinchi ayol jismon kuchli erkakni hurmat qilmaydi, agar ko'p pul topolmasa...
_ Agar ayolni (qizni) ongi dunyoviy istaklardan yuksalgan bo'lsa, va rahmoniy ilmlarni o'rganib, bu hayotni jannatga tayyorgarlik uchun berilgan deb hisoblasa, u uchun "kuchli erkak" bu O'zidan ham Iymonli va ilmli erkakdir. U erkakni ko'p pul topishiga qarab emas, halollik bilan topishiga qarab hurmat qiladi. U jismoniyatini janglarga emas, savob ishlarga sarflaydigan erakakni hurmat qiladi. Uni yoniga boy lekin iymonsiz erakak borsa, uni o'zidan kuchli hisoblamaydi.
Yuqorida tariflangan ayollar uchun esa, erkakni iymoni kuchli bo'lishdan ko'ra Pul topishi yoki Tanasi kelishgan bo'lishi muhimroqdir.

Ya'ni anglaganingizdek, aslida hamma uchun ideal "kuchli erkak" bo'lmaydi. Uni sizni ongingiz talablariga ko'ra o'zingiz kuchli va kuchsizga ajratasiz.

Huddi shunday "ideal ayol" ham bo'lmaydi. Uni erakaklar o'z ongidan kelib chiqib, ayoldagi aynan qaysidir hususiyatni qadrlashiga qarab o'ziga mos deb hisoblaydi.

  • Bu postdan maqsad ko'plab yoshlarda bo'ladigan savollar va tushunchalarga o'ziga hos tushuntirish berishdir. Ya'ni endi oila qurmoqchi boʻlayotganlar yoki yosh oilalar, juftlari bilan kelisholmay, yoki juft tanlay olmay qarama-qarshi jins vakillariga nisbatan unga mos bo'lmagan talablar qo'yib, yoki o'z ongiga ko'ra yigit yoki qizlarni yaxshi-yomonga ajratib, o'zlarini asosiz negativlarga to'ldirishlari kerak emasligini tushuntirishdir.

Albatta oilada halovat bo'lishi uchun o'z ongingizga mosini tanlashingiz kerak, shunda juftingiz bilan bir to'lqinda bo'lasiz, bu oilaviy baxt garmoniyasi uchun juda muhim. Lekin sizning idealingizga mos bo'lmagan boshqacha ongdagilarni kamsitmaslikka va ularga nisbatan negativlarga botmaslikka harakat qiling.

Ushbu postni mohiyatini tushunsangiz, o'z qobig'ingizdan chiqib, o'z ong illyuziyangizga tashqaridan nazar solgan holda, tushunasizki, dunyo yoki odamlar emas, aksincha o'z qarashlaringiz to'liq emasligini.

#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

1 week, 4 days ago

Dindor va axloqiy inson hamma narsa Haq taoloning irodasiga koʻra boʻlishini tushunadi. Bunday odam vaziyatni ichki nazorat qilmaydi, uni boshqarolmaydi. U intuitiv ravishda nima boʻlishini sezadi va kutilmagan hodisalarga tayyor turadi.

Moʻmin boʻlmagan, yuzaki ongi va egosi ustuvor boʻlgan odam barcha masʼuliyatni oʻz zimmasiga oladi. U atrofidagi dunyoda sodir boʻlayotgan hamma narsani - nafaqat tashqi, balki nozik tekislikda ham nazorat qilishga intiladi. Va bu inson uchun imkonsiz vazifadir, chunki nozik tekislikdagi har qanday vaziyatni nazorat qilish butun olamni boshqarishdir.

Iymonsiz odamning ong ostiga kirish imkoniyati cheklangan. Chunki u nima boʻlayotganini tushunmaydi, u botiniy haqiqatlarning haqiqiy rasmini koʻra olmaydi. Shuning uchun Stressli holatlarga ko'p duchor bo'ladi.

Stress paytida energiyaning katta, boshqarilmaydigan chiqishi sodir boʻladi va oʻzini oʻzi saqlash mexanizmi bu juda katta yoʻqotishni toʻxtatishi kerak boʻladi. Bu nafaqat insonning oʻzi, balki uning avlodlari uchun ham xavflidir.
Oqibatda, ruhiy qonunlar asosida bolalar va nabiralarni qutqarish uchun odam yurak yorilishi, insult, yurak xurujiga duch kelishi mumkin ...

Siz oʻz ruhingizni tartibga solib, farzandlaringiz ruhiga va qolgan avlodlaringizning ruhiga yordam berish uchun vaqt topishingiz kerak- bu sizning asosiy vazifangiz va sogʻlig'ingizni tiklanish shartidir.

Taslim boʻling, oʻzgartiring, hech narsaga bogʻliq boʻlmagan sevgi tuygʻusini saqlab qolishga harakat qiling. Agar siz ruh uchun toʻgʻri rejimni topsangiz, unda sizga bolalar va nabiralaringizga yordam berish uchun vaqt beriladi.

📚 S.N.Lazarev - Barcha dardlarga davo

@muzaffar_vakkosov1

2 weeks, 2 days ago

Ruhiy ilmlarni ko'p o'rganganim boismi, bilmadim. Negadir, odamlarni kuzatar ekanman, ularning turli xil xarakterlari, boshqa mavjudodlardan olingandek tasurot uyg'ota boshlagandi. Go'yo insonlarni ongini boshqarayotgan turli energiyalar, tabiatdagi boshqa mavjudodlarni ham boshqarayotgan energiyalar bilan aloqasi bordek.

Kimlardir "Shoqol" kabi o'laksalar bilan tirikchilik qilishaga urinadi. Kimlardir hayvoniy kuchiga ishonib o'zidan "Sher" yasab olgan. Yana kimlardadir "Tulki" kabi tili boshqayu dili boshqa. Insonlar jamiyatidagi boshqalarni chaqishdan lazzatlanib yashaydigan "Ilon" va "chayonlar" ko'pligi haqida gapirmasa ham bo'ladi.

Albatta hech bir odam o'zidagi bunday hayvoniy xarakterni ko'ra olmaydi. Chunki, har bir ongni illyuziyali pardasi bor. U parda qachonki o'sha ongidagi hayvoniy energiyani poklay olgandagina ochiladi va o'zining avvalgi haqiqati illyuziya ekanini anglaydi.

Bunday, mavjudodlar o'rtasidagi o'zaro energiya oqimlarini kuzatar ekanman, shunday xulosaga kela boshlagandimki: "Inson ongi yeriy istaklarga bog'liq, hayvoniy quyi ong darajada qolar ekan, uning ongini ham boshqa mavjudodlar taqdirini boshqaruvchi kuchlar boshqaradi ekan!"
Ammo men bu uyg'unlikni aniq mavjudligini isbotlovchi ilmlarni topa olmayotgandim. Yuqoridagi videoda esa, aynan shu narsa haqida gapirililgandek.

Keyinchalik bu mavzuda o'zimni qoniqtiradigan ilmlarni topa olsam, yanada chuqurroq postlar yozaman, albatta.
Lekin hozirgacha anlaganlarimdan shuni xulosa qilish mumkinki: Odam haqiqiy jannatiy, "Hazrati inson" darajasiga erishishi uchun, u yerga bogʻliq energiyalar ta'siridan qalbini va ongini poklashi kerak. Qachonki buni uddalay olsa, uning ongiga asl botiniy ilmlar va odatiy tana ko'ziga ko'rinmaydigan g'oyib dunyosi haqiqatlarini ko'rish mumkin boʻlgan parda ochib beriladi.

Alloh eng Buyuk Ilohdir! Odam ham qanchalik o'z ilohiy hilqatini anglab, yeriy energiyalardan yuksalsa, shunchalik Yaratganning mohiyatiga yaqinlashadi.

#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

2 weeks, 4 days ago

Iymoningiz necha gramm?!

Ko'pchiligimiz, tilimizda "Barchasi Allohdan!" deymizda, lekin, ichimizda erishgan va erisha olmaganlarimiz uchun qaysidir bandalarni ayblashda davom etaveramiz!
To'g'rimi?!

Hayotingizda sodir bo'lgan voqea va hodisalarda hamda, erishgan va erishmagan natijalaringizda kimni ko'proq sababchi sifatida bilishingiz bu iymoningiz darajasini ko'rsatkichidir!

Bu darajani bilish uchun o'zingizga atolatli bo'lgan holda, hayolan ulkan tarozini tasavvur qiling va uni bir tarafiga odamlarni aybdor deb bilgan jarayonlaringizni, ikkinchi tarafiga esa bu Allohdan deb, qalban sakinat bilan qabul qilgan jarayonlaringizni qo'yib ko'ring!!!

Qarang-a, torozining iymonimiz turgan tarafi qanchalar yengil. Go'yo kichik bir pishloq bo'lagini qo'yib qo'yilgandek!

Aslida aybsiz bo'lgan odamlar bilan to'ldirvorganimiz, ikkinchi taraf esa, og'irligidan yerga tegib qoldi... !

Xo'sh endi, iymoningizni asl darajasini anglay oldingizmi?
Xo'sh endi ham, meni iymonim kuchli deya olasizmi?

#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

3 months, 1 week ago

"Dunyoviylik Dini!"

Yaqinda ijtimoiy tarmoqda bir postga ko'zim tushdi, unda
"Arablar bizni bosib olganda biz Islomni qabul qildik, lekin Ruslar bosib olganda, bizga o'z dinini singdirolmadi!" degan maʼnoda, biz huddiki islomni saqlab qololdik deb yozilgan ekan.

Xo'sh nega deyarli bir asr xalqimizni boshida turgan ruslar bizga Xristianlikni singdirolmadi?
Gap shundaki ularni maqsadi bizga Xudoga olib boradigan qaysidir dinni singdirish emas, aksincha aholi ongidan va qalbidan har qanday dinni yo'q qilish bo'lgan. Hatto ular o'z xalqiga ham xristianlikdan uzoqroq bo'lishi uchun turli taqiqlar qo'ygan.

Xo'sh bundan maqsad nima edi?
Maqsad qandaydir "ko'rinmas Ilohga" emas, davlat rahbariga qalban itoat qiladigan xalqni tarbiyalash edi. Chunki imperializm ongidagi rahbarlar bilardiki odamlar qanchalik o'ziga itaotkor bo'lsa va dunyoviy xirslar bilan yashasa, shunchalik ularni energiyasini ko'proq iqtisodiyot manfaatlari uchun so'rib olish mumkinligini...

Odamlar ongidan va qalbidan Xudoga iymonni yo'q qilsangiz ularda faqat ko'zi ko'rib turgan dunyoda, jamiyat ichida kimlardandir qolishmay yashash istagigina qoladi. Hamda itoat qiladigan buyuk Ilohga iymonsizlik boshqa kimgadir itoat qilish istagini uyg'otadi va atrofidagi odamlarni boshqarayotgan qaysidir rahbarga itoat qilib uni ilohiylashtirishga moyil bo'lib qoladi.

Odam o'zini avvalo bu dunyoga imtihon uchun kelgan ruh emas, balki mazza qilib yashab qolishi kerak bo'lgan tana ekanligiga ishonsa, unda tana istaklarini bajarish va shu tanani boshqa tanalardan ustunroq qilishga urinib yashash u uchun hayot ma'nosiga aylanadi. Imperialism siyosatini maqsadi ham odamlarda shunday e'tiqodni uyg'otish bo'lgan. Ya'ni odamlar qanchalik dunyo xirslariga singib ketsa, shunchalik ko'p energiyalarini imperiya uchun sarflashadi. Va hamma oxiratini emas, faqat bugungi o'z manfaatlarini o'ylab, bir birlari bilan kim ko'p kapital jamgʻarish bo'yicha musobaqalashib yashashni boshlaydi.

Ko'chaga chiqib odamlarni kuzating: Agar odamlar o'z manfaatlari uchun boshqalarni aldayotgan bo'lsa, yoki zo'rlik bilan ojizlarni mollarini o'ziniki qilishga urinayotgan bo'lsa...
Xudodan emas, qandaydir o'yinlardan yoki qandaydir matohlardan o'zi uchun omad kutib yashayotgan bo'lsa....
Ayollar o'z qomadlari bilan nomahram erkaklar rohatlanishiga imkon berib, buni o'ziga oro berish deb ishonyotgan bo'lsa...
Odamlar nomahramlardan saqlanishlik uchun o'rangan ayollarni madaniyatsizlikda ayblashayotgan bo'lsa...
Erkaklar uyida xotini turib, ko'chada ko'ringan ayolga shahvat ko'zlari bilan qarab, ular bilan birga bo'lish istagini hech tortinmay aytishayotgan bo'lsa...
Odamlar Xudodan duo qilib emas, turli marosimlarda "Shayton suvini" qo'llariga ko'tarib o'zlariga muvaffaqiyat so'rashayotgan bo'lsa. Demak bilingki bizni bosib olgan rus imperiyasi bizni xalqimiz ongiga va qalbiga allaqachon o'zini "Dunyoviylik dinini" singdirib bo'lgan!

#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

3 months, 2 weeks ago

Qarzdorlik!

So'ngi vaqtda aynan shu mavzuda, ya'ni qarzdorlikdan qutilish mavzusida menga ko'p yozishmoqda...
Bu mavzu hozir dolzarb bo'lishi ajablanari emas, chunki "Kuz" keldi. Ya'ni odamlar o'z "Cho'ntagiga" qarab emas, boshqalarga qarab (to'y va boshqa marosimlarga) harajat qiladigan fasl hozir.

Demak "Qarzdorlik" va undan qutilish ilmlarini chuqur anglash uchun eng birinchi tushuncha bu - Qarz bu Xudo sizga berganidan ko'proq narsaga suniy tarzda erishish oqibatida yuzaga keladigan moliyaviy bo'shliqdir!

Qachon odam qarzdor bo'ladi?
Qachonki bugun Xudo unga bergan rizqiga qanoat qilmay nafsiga ko'ra atrofidagi kimlardandir qolishmay deb, qurbidan ortiq narsaga erishishga intilgan odam kimdandir keyin to'lash sharti bilan moliyaviy ko'mak oladi, bu jarayonni ruhiy qonuni shuki qarzdor kelajakdagi rizqini hozirdanoq qandaydir matohlar uchun ishlatib qo'ymoqda degani. Natijada unda kelajakda ham yetishmovchilik sodir boʻladi va qarzdorlik qo'shimcha qarzlarni vujudga keltiradi. Hamda bu surunkali tus oladi. Hatto odam bu zanjirni o'zida uzmasa, bu avlodlarida ham davom etishi mumkin. Shuning uchun qarzdor bo'lmay yashash ongiga erishish juda muhimdir!

Xo'sh buning uchun nimalarni anglash kerak?
1) Agar siz bugun atrofingizdagi kimlardandir moliyaviy qashshoqroq bo'lsangiz, kimdandir qarz olib ular bilan "Xoja ko'rsinga" bellashmasligingiz kerak. Aksincha Alloh bugun sizga bergan rizqiga qanoat qilishni va moliyaviy holatingizdan kelib chiqib yashashni boshlashingiz kerak. Shunda qarzdorlik zanjirini davom etishini to'xtasiz.

2) Agar bugungi rizqingizni barakali qilishni istasangiz, qalbingizni poklashga va savob ishlarni ko'proq qilishga urining. Bu albatta faqat kimgadir pul bilan ehson qilish degani emas. Hatto qilayotgan har kunlik ishingizni ham qalban bajarish va mehnatingizni qabul qiluvchi ikkinchi tarafga yanada barakali xizmat koʻrsatish ham savob amaldir!
Chunki rizqdagi baraka kamligi karmik jihatdan savoblaringiz kam ekanini belgisidir. Hayotingizga moliyaviy baraka kelishi uchun yer sayyorasiga shartsiz xizmatlarni ko'paytiring. Shunda karmik qarzlaringizdan uzilasiz va moliyaviy ahvolingiz yaxshilanadi.

3) Moliyaviy holatingizdan ham kamroq harajat qilib yashashni boshlang. Ya'ni topganingizni to'liq maishiy xarajatlar yoki marosimlarga sarflab yubormang. Asl darjangizdan ham oddiyroq hayot tarziga o'ting. Shunda sizda ortiqcha pullar to'planishni boshlaydi va kutilmagan rasxotli vaziyatlarda kimdandir qarz olishga majbur bo'lib qolmaysiz.

  • Demak asl faravonlikka erishish uchun:
    1) Avvalo rizqingizni qalban Allohga topshiring va bugungi rizqingizga qanoat qilib yashashni boshlang.
    2) Atrofga yanada ko'proq foydali inson bo'lishga intiling. Hatto agar qayerdadir ishlamasangiz ham oila azolaringiz uchun bo'lsa ham mehr bilan xizmat qiling. Bu ham oilangizga baraka keltiradi.
    3) Kibringiz va nafsingizga ko'ra topganingizni sarflab yuboravermay. Pullaringizni ma'lum qismini uni koʻpaytiradigan aktivlarga sarflang. Shunda pulni faqat siz emas, pullaringiz ham ishlab topadi.

#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

3 months, 2 weeks ago

Tirikchilik uchun o'zini majburlab ishlagan odam, tanasi och qolmasligi uchungina yetarli pul ishlab topadi.
O'z iqtidori bilan borliqqa va insoniyatga qalban xizmat qila olganlar esa, asl farovonlikka erishadi.

Chunki tananing jismoniy kuchidan ko'ra qalbning ilohiy qudrati anchayin katta energiya oqimlarini vujudga keltira oladi!
Natijada bu energiya oqimining ikkilamchi oqibati (qaytishi) pul ekvivalenti sifatida sizga qarab oqadi!

#pul_qonuni
#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

3 months, 2 weeks ago

Bugun siz "Qaynashni" orzu qilayotgan "Sho'rva"da men rosa qaynab ko'rganman!

Deyarli barcha odamlar bu hayotda nimalargadir erishishni, qandaydir mavqelarga ko'tarilishni istab hayotlarini shu orzu maqsadlariga sarflashadi. Go'yo o'z hayotlariga o'zlari "Povor" bo'lib o'z hayotlari retseptini o'zlari tuzayotgandek...

Ammo anglashmaydiki onglariga singdirilgan taxminan II asr avval paydo boʻlgan umuminsoniy "kapital vasvasasi" ta'limoti va shu ta'limot oqibatida vujudga kelgan bugungi turli xil jamiyat dasturlari ularni bu hayotda aslida "Povor" kabi emas, kapitalizm svilizatsiyasi degan qozonda qaynayotgan "Kartoshka va sabzi" kabi qaynab-pishib yashashga majbur etayotganini!

Agar siz kimlardandir orta qolmaslik uchun, kimlargadir nimanidir isbotlab qo'yish uchun yashayotgan bo'lsangiz yoki maqsadlaringizni tup mohiyatida atrofdagilarni olqishiga sazovor bo'lish turgan bo'lsa, demak bilingki siz o'z hayotingiz Povori emas, aksincha jamiyat dasturlari qozonida qaynab o'z umrini bitirayotgan "Sabzavot" kabi umr kechirmoqdasiz!

Ushbu Qozondan chiqib, o'z hayotingizni mazali holatga keltirish uchun, o'z hayotingizga o'zingiz ongli ravishda retsept tuza oladigan Povor darajasiga erishishingiz kerak. Shunda hech kim va hech bir voqelik sizni qozon ichiga tortib ketib qaynab-pishib yashashga majburlay olmaydi.

Bunga albatta atrofingizdagi o'sha qozon ichida qaynayotgan boshqa "Sabzavotlar" anglamagan ilmlarni o'rganish va hayotning asl qonunlarini chuqur anglash bilan erishiladi.

Unutmang: Asl ozod inson bu qo'lida kishani yo'q odam emas, ongida kishani yo'q Odamdir!

#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 6 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago