Elektron kitoblar

Description
Elektron kitoblarni bepul yuklab oling va mutolaa qiling.

Reklama xizmati: t.me/reklama_servis/139

📩 @kitobxonrobot
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid

1 year, 6 months ago
1 year, 6 months ago

📚 TOP-90 Bestseller kitoblar* *Bepul yuklab oling

  1. Anna Karenina
  2. Telba
  3. Farengeyt bo‘yicha 451 daraja
  4. Usta va Margarita
  5. Andisha va g‘urur
  6. Jarayon
  7. Aka-uka Karamazovlar
  8. Yolg‘izlikning yuz yili
  9. Kichkina shahzoda
  10. G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
  11. Jinoyat va Jazo
  12. Martin Iden
  13. Dorian Grey portreti
  14. Choliqushi
  15. Asrni qaritgan kun
  16. Abadiyat qonuni
  17. Qizil va qora
  18. Buyuk Getsbi
  19. Tirilish
  20. Uch og‘ayni
  21. Robinzon Kruzo
  22. Begona
  23. Uliss
  24. Bovari xonim
  25. Yevgeniy Onegin
  26. Gorio ota
  27. Otalar va bolalar
  28. Cho‘l bo‘risi
  29. Alvido qurol
  30. Azizim
  31. Iqrornoma
  32. Uch mushketyor
  33. Qimorboz
  34. Buzrukning kuzi
  35. Chol va dengiz
  36. Alkimyogar
  37. Koinot oqimlari
  38. Tom tog‘aning tog‘asi
  39. Don Kixot
  40. Qo‘rqinchli Tehron
  41. Chol va dengiz
  42. Mushuklar saltanati
  43. Cho‘qintirgan ota
  44. Yo‘l-yo‘l poyjoma kiygan bolakay
  45. Tinch Don
  46. Zamonamiz qahramoni
  47. Yovvoyi yo‘rg‘a
  48. Avliyo Sergiy
  49. Yashik odam
  50. Shamol ortidan yugurib
  51. Graf Monte-Kristo
  52. Amerika fojiasi
  53. Jaloliddin Rumiy
  54. Parma ibodatxonasi
  55. Vatandoshlik dasturi
  56. Faust
  57. Muhabbatnoma
  58. Ba’zilar olisdan sevarlar
  59. Shamollarda qolgan hislarim🔝
  60. Qora haykal🔝
  61. Jeyn Eyr
  62. Omma psixologiyasi🔝
  63. Ozodlikdan qochish🔝
  64. Kitoblar qanday o‘qiladi?🔝
  65. Mamlakatlar tanazzuli sabablari🔝
  66. Buyuk shaxmat taxtasi 🔝
  67. Kichkina xonimlar
  68. O‘zbekiston tavalludi🔝
  69. Qonunlar ruhi🔝
  70. Yumshoq kuch🔝
  71. Kitob o‘g‘risi🔝
  72. 1984🔝
  73. Ajib yangi dunyo🔝
  74. Mazaxchini o‘ldirish🔝
  75. Leviafan🔝
  76. Eljornonga atalgan gullar🔝
  77. Pashshalar hukmdori🔝
  78. Metro 2033
  79. Murvatli apelsin
  80. Xo‘rlanganlar🔝
  81. Kulayotgan odam🔝
  82. Lolita
  83. Dengiz zahmatkashlari
  84. Katta o‘yin: ikki imperiya to‘qnashuvi🔝
  85. Innovatorlar🔝
  86. Zukkolar va landovurlar🔝
  87. Aziya🔝
  88. Uchinchi dunyodan birinchi dunyoga🔝
  89. Beparvolikning nozik san'ati 🔝
  90. Muqaddima🔝
1 year, 6 months ago
1 year, 6 months ago
1 year, 6 months ago

#Kitob_haqida

📖Oʻtkan kunlar
✍️ Abdulla QODIRIY

💬 Roman sharhi (davomi)

⤴️Avvali bu yerda

*️⃣ “Oʻtkan kunlar” tarixiy roman; u baxt va baxtsizlik, qaygʻular va tuygʻular romani. Bu gap tasvirga ham, tasvirlovchiga ham, oʻquvchiga ham bab-baravar tegishlidir. Asarda ruhiy-psixologik talqinga obʼyekt boʻladigan yuzlab epizodlar bor. “Oʻtkan kunlar”dagi ayrim nom va soʻzlar statistik metod asosida tadqiq qilinganida, “Otabek” eng koʻp uchraydigan, sal kam ming marta takrorlanadigan ism ekani maʼlum boʻladi. Hammaning tasavvuriga sevgi dostoni, sevishganlarning ishq tarixi sifatida muhrlangan romanning birorta sahifasida “sevgi” soʻzi deyarlik qoʻllanmaydi; ayni soʻzning davr tiliga mos “suyukli”, “suyub” tarzida qoʻllanishi ham koʻpchilikni tashkil etmaydi. “Muhabbat” soʻzining jami takrori bir nechta oʻnlikdan oshmaydi; “ishq” va “oshiq” soʻzlaridan har birining takrori esa, aqalli oʻntaga ham yetmaydi. Bunday sanoqli yondashuvlar soʻz qadrini, soʻzlarni quruq takrorlagandan koʻra uni butun his va tuygʻular koʻlami bilan tasvirlash, soʻzni jonlantirish, soʻzga hayot baxsh etish muhim ekanini koʻrsatadi. Shuningdek, roman “hoshiya”sidagi bitiklardan torib, “Yozgʻuvchidan” berilgan prolog va epiloglar va hatto fasllarning nomlanishlarigacha – barcha-barchasi intertekstual analiz uchun ham manba boʻladi.

*️⃣Bir necha yildan keyin roman yuz yoshga toʻladi. Sal kam bir asrlik davr oraligʻida oʻzbek adabiyotida koʻplab romanlar yozildi. “Oʻtkan kunlar”dan keyingi ikkinchi oʻringa qoʻyilgan romanlar soni koʻpayib ketdi; taassufki, ikkinchi oʻrin imtiyozi va son-sanogʻi maʼlum emas. Biroq veqelikni gʻoyaviy-badiiy tomondan mukammal tasvirlagani, psixobiografik, lingvopoetik, paralingvistik, germenevtik va boshqa barcha turdagi adabiy-nazariy talqinlarga bardoshi, shuningdek, kitobxonlar eʼtibori va eʼtirofiga sazovor boʻlgani hamda dunyo tillariga tarjima etilgani jihatidan birinchi oʻzbek romani – “Oʻtkan kuqnlar” hali bugunga qadar oʻsha yuksak maqomida mustahkam turibdi.
*️⃣ “Oʻtkan kunlar” xayoliy va hayotiy omillar uygʻunligida maydonga kelgan ulkan bir maʼnaviyat qasriki, uning ichkarisiga kirgan odam insoniyat abadiyatiga daxldor tushunchalarning badiiy talqiniga, eng nafis his-tuygʻularning betakror tasviriga, oʻzaro chambarchas bogʻlangan ijtimoiy va individual holatlar zanjiriga duch keladi; aqli hayron qoladi.
Mavlono Oybek Abdulla Qodiriy ijodiga bagʻishlangan tadqiqotida adib shaxsiyati va ijodiga baho berib yozadi: “Abdulla Qodiriy isteʼdodli, qalbi butun va oʻziga xos ravishdagi shaxs edi… Abdulla Qodiriyning prozasi birinchi navbatda gʻoyatda hayotiyligi bilan ajralib turadi”. Haq gap; isboti – “Oʻtkan kunlar” romani.

Bahodir KARIMOV,
filologiya fanlari doktori


“Jahon adabiyoti” jurnali, 2013–4

💽Kitobni yuklab olish

📚 @kitoblar_pdf

1 year, 6 months ago
1 year, 6 months ago

#Kitob_haqida

📖Oʻtkan kunlar
✍️ Abdulla QODIRIY

💬 Roman sharhi (davomi)

⤴️Avvali bu yerda

Adibning badiiy soʻzida betakror joziba mujassam boʻlgani bois “Oʻtkan kunlar” necha marta oʻqilsa ham, qayta mutolaaga ehtiyoj sezaveradi. Roman oʻquvchini zeriktirmaydi. Qayta oʻqish jarayonida asarning yangidan-yangi qirralari kashf etiladi. Bir oʻqilganda eʼtiborsiz oʻtilgan epizodlarga boshqa safar diqqat qaratiladi. Bu hol, tabiiyki, adibning obraz yaratish mahoratiga, inson qalbini chuqur anglashiga daxldor hodisadir. Zero, koʻrkam adabiyotdek sanʼat dunyosida badiiy til muhim sanaladi; soʻz vositasida manzara, ruhiyat va obraz chiziladi; “umr – otilgan oʻq ermish”, “oʻrinsiz chiransang, beling sinadi” singari hikmatlar bayon etiladi. Barchaga ayon bu haqiqat badiiy adabiyotning eng murakkab alifbosidir. Abdulla Qodiriy soʻzida insonni oʻziga bogʻlab turadigan, insonni oʻziga ohanrabodek tortib turgan quvvat bor. Buni oʻquvchi sezmasligi mumkin emas. Aynan soʻzning taʼsiri bois Kumush oʻlgan sahnada kitobxon chidolmay, yigʻlay boshlaydi. Aytmoqchi, bu epizodning oʻzi yigʻlab yozilgan. Demak, adibning titragan, ichikkan, oʻksigan yuragi shu sahifalarga koʻchgan. Badiiy ijoddagi bir qonuniyat shuki, mujmal tasavvurlar mujmal ifodalanadi; yigʻlab yozilgan sahifalar yigʻlab oʻqiladi. Chinakam adibning estetik dunyosi, betakror qalbi ana shunday sahifalarga muhrlanadi. Xoʻsh, xotirlaylik-chi, Abdulla Qodiriy Kumushni qanday soʻzlar bilan tasvirlagan edi? Majzub! Juda begʻubor va begidir! Agar esingizda boʻlsa, romanning avvalidayoq Kumush ruhiyatida ham gʻalati bir parishonlik sodir boʻladi. U ham Otabekka oʻxshab allatavur boʻlib yuradi. Adib Kumushning oʻsha holatini juda goʻzal, quyuq obrazli til bilan quyidagicha chizadi: “… uyning toʻriga solingʻon atlas koʻrpa, par yostiq quchogʻida sovuqdan erinibmi va yo boshqa bir sabab bilanmi uygʻoq yotqan bir qizni koʻramiz. Uning qora zulfi par yostiqning turlik tomonigʻa tartibsiz suratda toʻzgʻib, quyuq jinggila kiprak ostidagʻi timqora koʻzlari bir nuqtagʻa tikilgan-da, nimadir bir narsani koʻrgan kabi… qop-qaro kamon, oʻtib ketgan nafis, qiyigʻ qoshlari chimirilgan-da, nimadir bir narsadan choʻchigan kabi… toʻlgʻan oydek gʻuborsiz oq yuzi bir oz qizilliqgʻa aylangan-da, kimdandir uyalgʻan kabi…”. Bu koʻchirmadan Kumush holatini tasvirlashda yozuvchi soʻzlarni marjondek tergani koʻrinib turibdi.

Qodiriy sohir qalami ostidan chiqqan aksar toza qahramonlarning ichu toshi jozibali, suyukli, taʼsirli. Chunki adib soʻz soʻzlashda uzoq andishaga boradi; quruq bayon oʻrniga voqelikni, insonni tasvirlashni muhim deb hisoblaydi. Bevosita badiiy asarlaridan olingan misollardan tashqari adibning turli maqolalarida aks etgan adabiy-estetik qarashlarida ham oʻsha konsepsiya oʻzining teran ifodasini topgan. “Yozgʻuvchilarimizga” nomli maqolasida: ”Soʻz qolip, fikr uning ichiga qoʻyilgan gʻisht boʻlsin”, degan maslahatni beradi. Soʻngra aynan soʻz soʻylash toʻgʻrisida quyidagi eʼtiborli fikrlarni bayon qiladi: “Soʻz soʻylashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak. Yozuvchining oʻzigina tushunib, boshqalarning tushunmasligi katta ayb. Asli yozuvchilik aytmoqchi boʻlgan fikrni hammaga barobar anglata bilishda, oraga anglashmovchilik solmaslikdadir. Bundan tashqari, fikrning ifodasi xizmatiga yaramagan soʻz va jumlalarga yozuvda aslo oʻrin bermasligi lozim”. Badiiy ijodga tegishli bu maslahatlar eskirmaydigan haqiqatlardir.

Abdulla Qodiriy romanlarini oʻzbek adabiy tili zamonaviy koʻrinishda shakllanayotgan bir davrda yozdi. Adabiy tilning rutbasi, maqomi yuksalishida adibning xizmati katta boʻldi. Til millatni birlashtiruvchilik qudratiga ega qadriyatdir. Qodiriyshunos olimlar fikriga eʼtibor berilsa, Abdulla Qodiriy toshkentlik boʻla turib oʻz romanlarida mahalliy sheva unsurlarini umuman qoʻllamaydi. Hatto qahramonlarining nutqini individuallashtirishda ham boshqa badiiy vositalardan foydalanadi. Demak, adib shu zaylda bor mahorati bilan oʻzbek adabiy tilining boyligini, oʻzbek tilining keng imkoniyatlarini namoyish ham qiladi.

💽Kitobni yuklab olish

📚 @kitoblar_pdf

1 year, 6 months ago

#Kitob_haqida

📖Oʻtkan kunlar
✍️ Abdulla QODIRIY

💬 Roman sharhi (davomi)

⤴️Avvali bu yerda

Romandagi har bir qahramonda joziba bor; ularning koʻngli, koʻzi, maʼnaviy qiyofasi koʻzga koʻrinib turadi; yurak urishlari eshitiladi. Asosiy, ikkinchi darajali va hatto epizodik qahramonlarning fikrlari teran, mulohazalari hikmatlar bilan toʻyingandir. Rahmat, Akram hoji, Oysha buvi, Oybodoq, Ali va boshqa qator epizodik obrazlar oʻzining yorqin qiyofasi hamda latif soʻzlari bilan esda qoladi.
Asar avvalidagi bir yigʻinda majlis ahli Turkistonning oʻsha paytdagi holatini tahlil qiladi. Ziyo shohichi: “Bizning shu holga tushishimiz oʻz feʼli-xuyimizdan”, deydi. Otabek esa ijtimoiy tubanlikning sababini ittifoqsizlikda, oʻzaro nizolarning avj olganida, “buzgʻunchi va nizochi unsurlar tomir yoyib, har zamon sodda xalqni halokat chuquriga qarab tortishidan”, deb biladi. Abdulla Qodiriy XIX asr oxiridagi Turkistonda kechayotgan ahvoldagi “chuvalgan ipning uchini topib bergandek” boʻladi. Darhaqiqat, xalqning obod va ozod turmushini dil-dildan istagan Abdulla Qodiriydek bir insonning maʼnaviy-estetik dunyosiga ham bunday fikr-mulohazalar begona emas, albatta.
Tarixiy-biografik romanlarda zamon va makon chegaralari tanlangan tarixiy shaxs-qahramon hayoti solnomasiga koʻp jihatdan muvofiq keladi. Bu tabiiy hol. Ammo adabiyot olamidagi tarixiy asarlar turli asoslar ustiga quriladi. Abdulla Qodiriy oʻzining kamtarona taʼbiri bilan aytganda, “havas”lanib roman yozishga kirishar ekan, moziyga nazar tashlaydi. Moziy esa zamon va makon jihatdan cheksiz hamda mavhumdir. Adib “moziy”ga aniqlik kiritaroq “yaqin oʻtgan kunlar”, “xon zamonlari” birikmalarini ilova qiladi. Zero, birinchi oʻzbek romani “Oʻtkan kunlar”ning nomlanishida zamon-vaqt ifodasi mavjud.

Aslida inson aqli bilan chegaralangan zamon-vaqt eralar, asrlar, yillar, fasllar, oylar, haftalar, kunlar, soatlar… kabi butunlikni, astronomik qatorni tashkil etadi. Ijod ahli tasvirlayotgan voqea-hodisalarining ishonchlilik quvvatini oshirish uchun shu astronomik vaqtdan turli yoʻsinda oʻz dunyoqarashi, mahorati, aql-idrokiga qarab foydalanadi. Boshqacharoq aytganda, badiiy asarda zamon-vaqt fizikaviy mazmundan adabiy-falsafiy mohiyatiga koʻchadi.
Abdulla Qodiriy vaqtdagi “Oʻtkan kunlar” mavhumotini romanning birinchi satrlaridayoq parchalaydi. Voqealar sahnaga chiqayotgan zamon alomatini aniq bitib qoʻyadi: “1264-nchi hijriya, dalv oyining oʻn yettinchi, qishki kunlarning biri, quyosh botqan, tevarakdan shom azoni eshitiladir…”. Romanning boshlanishi shunday, ayni chogʻda, adibning asar ichidagi vaqtni ifodalash tamoyillari ham ushbu jumlada mujassam topgan.
“Oʻtkan kunlar”dagi davr qamrovini belgilash uchun roman oxiriga nazar tashlaymiz. Kumush oʻlgan, uning mozoriga “toshdan oʻyib yasalgan lavha” qoʻyilgan. Oʻqiymiz: “… Kumushbibi binti Mirzakarim Margʻiloniy tarixi tavalludi 1248, vafoti 1269 hijriy, jumad-ul avval…”. Garchand Qanoatsho Avliyo otadan Yusufbek hojiga maktub yoʻllab, Otabekning shahidligi xususida (roman “Xotima”sida berilishicha) hijriy 1277-yil kuzida xabar bergan boʻlsa-da, “Oʻtkan kunlar”dagi voqealar hijriy 1269-yili yakun topadi. Demak, roman ichkarisida taxminan besh-olti yillik zamon bor.

💽Kitobni yuklab olish

🔥 - kitobni o‘qiganman
😎 - o‘qiyapman
👍 - o‘qish rejam bor

📚 @kitoblar_pdf

1 year, 6 months ago

#Adabiyot_olami

✍️ Mashhur yozuvchilar qanday ijod qilgan?

Xaruki Murakami (1949-yili tugʻilgan) ertalab soat toʻrtda turadi va olti soat tinimsiz ishlaydi. Ishdan soʻng yuguradi, suzishga boradi, oʻqiydi, musiqa eshitadi. Kechqurun toʻqqizda uyquga yotadi. Murakami takrorlanuvchi kun tartibi ijodiy kayfiyatga oson kirish imkonini beradi deb hisoblaydi. Qachonlardir u tinimsiz oʻtirib ishlar, shu sababli semirib, har kuni uch quti sigaret chekishga oʻrganib qolgandi. Bu holdan zerikkan yozuvchi qishloqqa koʻchib keldi, baliq va meva yeb kun kechira boshladi. Chekishni tashladi va mana yigirma besh yildan koʻproq vaqtdan buyon yugurish bilan shugʻullanadi. Yagona yetishmovchilik – muloqot. Kun tartibiga qatʼiy amal qilish uchun u har qanday taklifga rad javobini beradi, shu sababli doʻstlari undan doim ranjiydi. “Oʻquvchiga kun tartibim qandayligining sariq chaqalik ahamiyati yoʻq. Unga keyingi kitobim oldingisidan qiziqarliroq boʻlgani muhim”, deydi yozuvchi.

📚 @kitoblar_pdf

We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid