Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
#tafakkur #boladaoilaviyqadriyatlarshakllanishi
Oʻgʻlim 6 yosh, Yaponiyada hech ham toʻy-marosimlarni koʻrmagan edi. Oʻzbekistonga kelganimizdan beri har bir koʻchada, mahallada toʻylarni koʻrib,"Onajon, demak buvijon bobojon ham bir-birini boshida tanishmagan, keyin ularni toʻyi boʻlganmi? Nega qiz bolani toʻyi boʻlsa boshqa uyga ketishi kerak?" kabi savollar berishni boshladi.
Bir necha yillar oldin ushbu kitobni oʻqiganimda ham bolada oilaviy qadriyatlarni uygʻotish uchun ham qarindosh-urugʻlar bilan boʻlayotgan toʻy-marosimlarga bolalarni olib borib, birga kuzatish muhim deyilgan. Yaponiyada afsuski ohirgi yillar, bolalarni faqat akademik tarafdan rivojlantirib, kim-kim bilan qachon turmush qurayotganiyu, qachon farzandli boʻlishi (boʻlmasligini xohlash ortib boryapti) va bu muhim oilaviy qadriyat ekanligi unutilib, bu esa oʻz-oʻzidan musulmon farzandlarga taʼsir koʻrsatmasdan qolmayapti. Albatta, musulmon diyorlarda toʻy-marosimlar isrof boʻlmasdan ixcham oʻtishi boshqa masala, lekin hozirgi rivojlanayotgan jamiyatlarda ham oilaviy qadriyatlarni saqlab qolishda bolalarga shunday yigʻilishlarni koʻrsatish ularda oilaviy qadriyatlar haqida yanada koʻproq tushunchaga ega boʻlishlarida katta oʻzgarish olib kelarkan.
Ha, musulmon jamiyatlarda oʻzgacha neʼmatlar bor, shunchaki aholisi musulmon boʻlmagan jamiyatlarga safar qilib koʻring, bunga yanada amin boʻlasiz??
Bir oʻylab koʻraylik, yoshligimizdan toʻy-marosim, urf-odatlar bilan shakllangan yigʻilishlarga bormasdan, koʻrmasdan katta boʻlganimizda qanday boʻlardi?!
Дунёда " ўлаётган" давлатлар бор, шулардан бири Япония. Ўлим сони туғилишдан анча кўп. Бу йилги туғилиш мислсиз даражада кам бўлибди, 15 йилдан бери орқама-орқа туғилиш камайиб бормоқда. Ўтган йили 730 минг туғилиш бўлган, 1.58 миллион ўлим қайд этилган, бу дегани ҳатто ўзини ўзи қоплайдиган даражада ҳам эмас.
Япония аҳолиси ҳозир 124 миллион. 2070 йилга бориб 30% камайиб 87 миллионга тушиб кетиши кутилмоқда. Ўша пайтда ҳар ўнтадан тўрт нафари 65дан юқори бўларкан, яъни жуда қариб кетади аҳолиси. Бу давлат ва жамият учун жиддий муаммолар туғдиради. Бу кетишда Япония ўзидан ўзи заифлашиб йўқолиб кетиши мумкин.
© Fayzuddin Mumin
#hikmah #bolalardatanqidiyfikrlash
Farzandingizning tanqidiy fikrlash qobiliyatini oshirish usullari:
Tanqidiy fikrlashni o‘rganish bugungi bolalarning kelajak uchun zarur bo‘lgan eng muhim ko‘nikmalaridan biri hisoblanadi. Bugungi global va tez o'zgaruvchan dunyoda bolalar faktlar ro'yxatini takrorlashdan ko'ra ko'proq narsani qila olishlari kerak. Ular ma'lumotni anglab, tahlil qiladigan, qiyoslab, taqqoslaydigan, xulosalar chiqaradigan va yuqori darajadagi fikrlash qobiliyatlarini yarata oladigan tanqidiy fikrlovchi bo'lishlari kerak.
Farzandlaringizni tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini oshirishga yordam beradigan strategiyalar:
O’ynash uchun sharoit va imkoniyatlar yarating
Ularning o‘qib, tushunish ko‘nikmalarini oshiring
Savollar so’rang
O’ynash yoki o’qish jarayonida esa hodisalarni bir-biriga bog’lab, qanday yakun topishi mumkinligi haqida tahmin qilishiga imkon yarating
Bolalarga xos gazeta, jurnallarni birga o’qing. Sarlavhalarga qarab, farzandingiz ma’lumotlar nima haqidaligi haqida tahmin qilsin.
Topishmoqlarni javobini topishiga imkon bering
Har doim tanaffus bilan farzandingizni gapirishi, javob berishi uchun kutib turing.
Farzandlaringizga har qanday sharoitda gipoteza (tahmin qilib, mo’ljalni olishni)ni rivojlantirishda ko’maklashing. (Masalan, agar biz shunday qilsak, nima bo’ladi deb o’ylaysiz? kabi savollar orqali)
Ўзбек тилини ўрганмай, шарқона одоб-ахлоққа эътибор қаратмай фақат инглиз тилида таълим олса, кофирларнинг китобларини ўқийверса, уларнинг маданияти ва уларнинг мафкураси билан суғорилса болангиз феъл-атвори ва дунёқараши ғирт инглиз ёки американ бўлиб қолиши…
#mulohaza
Кўпинча катталар ёшларга, айниқса, қайноналар келинларга "бизни вақтимизда бола катта қилиш қийин бўлган, ҳозиргидақа қулайликлар бўлмаган" деб кўп ва хўп такрорлашни яхши кўришади. Ҳозирги ота-оналарга осон тутишади.
Уларга ёқмаса ҳам бир гапни айтмоқчиман.
Аслида ҳозирги замон ота-оналарига олдингиларга қараганда бир неча баравар қийин.
Шунчаки мен улардан фарқли равишда қийинчилик деганда жисмоний машаққатни назарда тутмаяпман. Аксинча, руҳий босимни назарда тутаяпман.
Айнан шу тарафдан олганда, ҳозирги замон ота-оналарига кўпроқ қийин ва оғир.
Чунки бугунги болалар бошқача, улар билан тил топишиш, уларни машғул қилиш, умуман, уларни ҳозирги имтиҳонли,тузоқли,таҳликали замонда тўғри тарбиялаш осон иш эмас!
Чунки улар туғилган, улғаяётган замон буткул бошқа.
Шунчаки чиройли тарбия беришнинг ўзи етарли эмас! Бироз муболаға бўлса ҳам, 24 соат назорат қилиб, 12 саот улар билан машғул бўлишимиз керак.
Акс ҳолда уларни йўқотамиз.
Ҳа, кўз ўнгимизда бой берамиз!
Ҳозирги замон болаларига эгалик қилиш осонмас!
Чунки кўринмас, уларга эгалик қилишга даъвогар кучлар кўп.
Ана шу кўринмас кучлар билан доимий курашда ҳушёр ва уйғоқ бўлишимиз керак.
"Йўғее" дейсизми?
Унда болангиз,набирангиз қўлига битта телефон бериб, интернетини очиб қўйиб, уни назоратсиз қолдирсангиз, кўрасиз - қисқа вақт ичида ўз фарзандингизни танимай қолишингиз аниқ.
Шундай таҳликали даврдамизки, фарзандимиз ташқарига чиқишига, ёмонларга қўшилишига ҳожат йўқ.
Шундоқ олдингизда, бағрингизда туриб кимларга, нималарга қўшилиб кетганини билмай қоласиз.
Яқинда инстаграмда бир пост остида аёл киши ёзаяпти: "15 ёшли ўғлимга компьютер ўйинини тақиқлаган эдим, менга қўл кўтаришгача борди..."
Постга қўйилган видеода эск айнан шундай ҳолат акс этган эди:
17 ёшли ўғлининг компьютерини олиб қўйишган экан, бола ўша матоҳни қидириб уйнинг ҳамма тарафини бузиб, синдирибди.
Гаджетларга қарамлик, экран,интернетга боғланиб қолиш оқибати бу!
Ҳатто икки-уч ёшли болани қўлидан телефонни олиб қўйинг кўрасиз: дунёни бошига кўтаради.
Ҳозирги болалар олдингилардек битта ўйинчоқ билан соатларча (ўйинчоқ ҳам бўлмаган ҳаттоки) ўзини ўзи ўйнатиб ўтирадиган болалар эмас.
Улар ҳамма нарсадан жуда тез зерикишади.
Чунки туғилар-туғилмас теле ва мобил экранларга "ошно" бўлишгани сабаб уларнинг онги бизникидан бутунлай бошқача шаклланиб ишлайдиган бўлади.
Дейлик, бугунги болаларни оддий нарсалар қизиқтирмайди.
Чунки улар кўриб ўрганаётган, кашф этаётган экрандаги ҳаёт ўта ёрқин ва ранг-баранг, қизиқарли.
Масалан, тўрт ёшдаги қизим ҳаётини мультфильмларсиз тасавур қилолмайди.(Телефонни тақиқлаганмиз. Охирги олти ойдан бери қўлига умуман бермаймиз.)
Лекин телевизорда, ютубда мультфильм кўрмаса, қиёмат кўтаради.
Уйда ўйинчоқлари кўплигидан хонасида бўй жой йўқ. Ўйнашга ўйнайди, лекин тезда зерикади.
Телевизорни ўчириб қўйиб, бирга ўйнаб ўтирсак, ярим соат ўтар ўтмас, "зих бўляпман" дейди.
Улар зерикмаслиги учун эса мунтазам уларга эътибор қилиб, бирга вақт ўтказишга тўғри келади: уйда,ташқарида.
Боғчага борса,
Акс ҳолда... Ўша оқибат!
Бугун яхши фарзанд тарбиялаш учун яхши тарбиянинг ўзи камлик қилади.
Уларга етарлича вақт, эътибор ва назорат керак!!
Буларни ҳаммаси ҳар бир фарзандга бериш, кўрсатиш эса осон эмас!
✍Ситора Алихонзода, Туркия
©YaqinOzbek
Tashqi intizom bilan bola tarbiya qilish qonimizda aylanyapti... Ichki axloqni shakllantirish, yashatish uchun bolada tanqidiy fikrlashni o'stirish kerak deb o'ylayman. Bu qanday bo'ladi? Bolaning nega? nima uchun? qanday qilib? kabi savollariga qo'limizdan kelgancha, jerkimasdan, urishmasdan, koyimasdan javob berishimiz kerak.
Unga dunyo qiziq, buyumlar qiziq,
Odamlar amali hayratga solar.
Nega zebralarning tanasi chiziq?
Nega bug' chiqar-u keyin yo'qolar?
Nega osmondagi bulutlar kulrang?
Nega chuvalchanglar tuproqda yashar?
Gohi sabr yetmas, lek javob arang
Berilar, keyingi savolga qadar.
Ko'zlari munchog'im, mehribon o'g'lim,
Zebrani Robbimiz yaratgan shunday.
Bug' bu gazdir, havoga aralashar jim,
Ko'rsatib beraymi choynakdan bunday?
Chuvalchang tuproqda yashashini ham
Robbimiz buyurgan, yaxshi unga bu.
Quyosh ufqdan ancha bo'lganda baland,
Nur o'tgan bulutlar kulrang ekan-ku!
Qiziqishdan aslo to'xtama, bolam,
Ilm ol, qo'llab ko'r, tajriba orttir.
Sir-u sinoatga to'ladir olam,
Ochilmagan qancha ilmlar bordir.
✍️Ibrohimjonning onasi
?O’zbek xalqi bolajon xalq
Shunday naql bor. Bunga qarshi emasman!
Ammo bolam uchun deb qilinadigan narsalar aslida qanchasi rostan ham bola uchun?!!
Bolam uchun deb dabdabli to’y, bolam uchun deb qimmat narsalar , mashinalar, katta o’yinchoqlar bilan tug’ruqxonadan chiqish! Kamiga bunga sharoiti yaxshi bo’lmasa ham qilishga majbur bo’lib oilaviy nizolar bo’lishi. Aslida bu bolaga kerakmi? Qaysi bolani ko’rdingiz tug’ruqxonadan shunday chiqmaganj uchun yoki unga atab dabdabali qilib nimdir qilinmagani uchun o’ksingan. Bu bolalarga kerak emas! Bu kattalarning o’zining orzu istaklari.
Yana bir misol bolam uchun deb hamma vaqtini ishga sarflab, pul topishga sarflab, bolaga kelganda charchab vaqt ajratmaslik holatlari ham juda ko’p.
Bolalarimizga qimmat o’yinchoqlar, kiyimlar shart emas. Ularni baxtli qilish uchun oddiygina uyida oshxona anjomlarini birga o’ynaydigan, kartondan bo’lsa ham o’yinchoqlar tayyorlab mazza qilib kulishadigan ota-onasi kerak. Unga sifatli vaqt va e’tibor kerak. Ularni eshitishlarini xohlaydilar. Mana shu birga o’tkazilgan maroqli vaqtlar bolaning kelajagiga, o’ziga bo’lgan ishonchini ortishiga va mehr bilan katta bo’lishiga sabab bo’ladi!
Yaxshilab o’ylaylik, bola uchun nima kerak?
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago