🔞КАТТАЛАР УЧУН!
🇺🇿 ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!
Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:👉 @SaraXabar_Aloqabot
Реклама: @SaraXabarda_reklama
Last updated 2 weeks, 5 days ago
🕵🏻♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!
🔞 КАТТАЛАР УЧУН!
‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_bot
💰 Реклама: @YD_Reklama
🧑🏻💻 Админ: @XokimBuva_ads
Last updated 4 days, 17 hours ago
🇺🇿 КАТТАЛАР УЧУН!
🌐 Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!
Yaxshi Yomon - Бизни кузатиб боринг...
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми бизга юборинг: @YaxshiYomon_Bot
☎️ Реклама: @YaxshiYomonda_Reklama
Last updated 5 days, 11 hours ago
Севишга нимадир топ ва у сени барбод қилишига имкон бер.
Charlz Bukovski
qabristonning yonidan oʻtar goʻzal qiz
men mashinamni svetaforning
oldida toʻxtataman
koʻraman mozorning yonidan
oʻtayotganin
temir panjaradan oʻtib ketarkan
qabrtoshlarni va yashil maysazorni
koʻraman uning ortida.
harakat qilarkan uning tanasi
qimirlab qoʻymasdi biror qabrtosh.
oʻylayman,
koʻrmaydimi buni hech bir kas?
oʻylayman,
qabrtoshlarni koʻrarmi u?
koʻrayotgan boʻlsa
unda donolik bor ekan
menda boʻlmagan
ularga e’tibor qaratmasdi u.
sehrli suyuqlik ichra qimirlar tana
soat uch
quyosh yoritmoqda uzun sochini.
svetaforning chirogʻi oʻzgararkan
kesib oʻtgach yoʻlni gʻarb tomon
gʻarb tarafga haydayman men han.
okeanning qoshiga yetib kelaman
tushaman
umonning oldida 35 minut
koʻzli barmoqli quloqli har-xil a’zoli
odamlarni koʻrib turfa joydagi
yuguraman tepadan pastga.
buning hech kimga qizigʻi yoʻqdek.
Кўплаб одамлар уларни кўмиб бўлмасларидан аввал ўлиб бўладилар — шунинг учун дафн маросимлари қайғули ўтади.
Хона, кўча ва шаҳар бўйлаб ўлик одамлар тўла — уларнинг кўзлари йўқ, овозлари йўқ; фабрикадан чиққан туйғулар, стандарт ҳаракатлар, газетбоп миялар, телевизион қалблар ва мактаб идеаллари билан яшашади.
Қандай бўлсам шундай эдим, ўзгаришни истамасдим, бизни депрессия фарзандлари дейишарди.
Мана, уларга нима керак - ёлғон. Ширин ёлғон. Қулоқларига лағмон илишларини ёқтиришади. Одамлар аҳмоқ. Уларни алдаш жудаям осон.
Буковски
Ular nima xohlaydi
Vallejo ochlikdan o'layotganda
yolg'izlik haqida yozdi;
Van Gogning qulog'i foxisha
tomonidan rad etildi;
Rimbaund Afrikaga oltin izlash uchun
yugurib ketdi va uning o'rniga sifilisni
topdi;
Bethoven karlarcha o'lib ketdi;
Pound shahar bo'ylar qafasda sudraldi;
Chatteron kalamush zaharini qabul qildi;
Hamingueyning miyasi
apelsin sharbatiga oqib ketdi;
Paskal vannada bilaklarini kesdi;
Artaud jinniligi bilan qamaldi;
Dostoyevskiy devorga qarshi turdi;
Kreyn qayiq parraklariga sakragan;
Lorka ispan qo'shini tomonidan
otib ketilgan;
Berrymen ko'prikdan sakragan;
Burroghs xotinini otib tashlagan;
Mayler o'zini pichoqlagan;
Ular xohlagan narsa shu ediki:
Xudo la'nati do'zaxning o'rtasida
e'lonlar taxtasini ko'rsatishini.
Ular shuni xohlagandiki,
Bir to'da
zerikarli,
tushunarsiz,
xavfsiz,
qayg'uli
muxlislarning
karnavalini.
(c) Charlz Bukovski
tarjimon: Alisher Axtamov
Ertalab seni hech kim uyg'otmasa yoxud oqshom uyga kelishingni kimsa kutmasa va istagan ishingni qilsang, buning nomini erkinlik deysanmi yoki yolg'izlik?
Charlz Bukovski
Баъзи одамлардан совуганим ёки узоқлашганим сабабини ҳеч топа олмасдим. Аслида одам руҳининг оловини сўндирган одамларга бўлган илиқлигини нима қилса ҳам қайтара олмас экан.
Буковски
O‘LIM SIGARAMNI CHEKADI
bilasizmi: mana, men yana mastman
bu yerda
tinglagancha Chaykovskiyni
radiodan.
Yo Iso, men uni tinglagandim 47 yil
avval
och-nahor yozuvchilik paytlarimda
va mana u
yana
men esam o‘rtamiyona nom qozondim
yozuvchi bo‘lib
o‘lim esa yuribdi tinmay
u yoqdan-bu yoqqa
ushbu xonada
mening sigaramni chekib
qo‘l uzatib mening
sharobimga
Chayk bo‘lsa hamon chalaverar o‘zin unutib
Patetikasini
bu sayohat edi qandaydir,
va mabodo omadim chopgan bo‘lsa ham
qimorda toshni to‘g‘ri tashlaganim uchun
chopgan:
san’atim uchun och qoldim, och qoldim olay deb
shu la’nati 5 daqiqani, 5 soatni,
5 kunni -
bor-yo‘g‘i so‘z qadashni istagandim
oq qog‘ozga;
shuhrat, pul – hammasi yolg‘on:
men so‘zni tutmoqni istagan edim
“ular” bo‘lsa istagandiki,
men yugurdak bola bo‘lsam
biror do‘konda.
mayli, deydi o‘lim, o‘tib ketayotib,
baribir bo‘g‘zingdan tutaman
kim bo‘lganingda ham:
yozuvchimi, taksistmi, qo‘shmachimi, qassobmi,
parashyutchimi, men seni
topaman...
xo‘p, oshna, javob qilaman unga.
u bilan birga o‘tirgancha ichamiz
tungi soat ikkiga qarab sirg‘alar
va
faqat u biladi o‘sha lahzani,
ammo men unga
boplab firib berganman: o‘zimning
la’nati 5 daqiqamni
qachonlar olganman hamda
ortig‘i bilan.
Xurshida Abdullayeva tarjimasi
ortiq hech narsa istamayman,
faqat biroz tinchlik
va biroz seks
va faqat kichik
sevgi-ishq
endi yana kutayapman
va yillar ozayyapti.
radiom bor
va oshxona devorlari
sariq.
qadahlarni uloqtirishni davom etaman
tinglayman sinishini va
yaqinlashyapti oyoq saslari.
umid qilamanki,
oʻlim tez kelgay undan…
Alpasli tarjimasi
🔞КАТТАЛАР УЧУН!
🇺🇿 ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!
Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:👉 @SaraXabar_Aloqabot
Реклама: @SaraXabarda_reklama
Last updated 2 weeks, 5 days ago
🕵🏻♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!
🔞 КАТТАЛАР УЧУН!
‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_bot
💰 Реклама: @YD_Reklama
🧑🏻💻 Админ: @XokimBuva_ads
Last updated 4 days, 17 hours ago
🇺🇿 КАТТАЛАР УЧУН!
🌐 Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!
Yaxshi Yomon - Бизни кузатиб боринг...
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми бизга юборинг: @YaxshiYomon_Bot
☎️ Реклама: @YaxshiYomonda_Reklama
Last updated 5 days, 11 hours ago