?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 1 month ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 1 week ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks ago
"Fikrlovchi" robotlar va hammaning hamma narsasi bo'ladigan kelajak
Sun'iy intellekt yangi davrga kirmoqda. "OpenAI" kompaniyasi ikki kun avval tahliliy va mantiqiy fikrlash qobiliyatiga ega "o1 Preview" modelini ommaga taqdim etdi.
Kompaniyaning da'vo qilishicha, bu model berilgan topshiriqni bajarishdan oldin "o'ylaydi"; uning muammolarni tahlil qilish va yechish salohiyati biologiya, kimyo yoki fizikaga oid murakkab masalalarni yechadigan doktorlik darajasi (PhD) tadqiqotchisiniki bilan teng.
Hozirgacha "OpenAI"ning eng ilg'or modeli bo'lgan "ChatGPT-4o" Xalqaro matematika olimpiadasidagi misollarning atigi 13 foizini to'g'ri yecha olgan bo'lsa, yangi "o1" modeli bu misollarning 83 foiziga to'g'ri javob topgan. Dasturlash musobaqasida ham uning muvaffaqiyati 89 foiz ishtirokchilarnikidan yaxshiroq chiqqan.
Kuzatuvchilarning aytishicha, aslida bu model hozirgi holatidan ancha qudratli bo'lib, uning g'arazli maqsadlar yo'lida suiiste'mol qilinishiga yo'l qo'ymaslik uchun kompaniya asl potensialini ataylab pasaytirgan holda ommaga taqdim etmoqda. Masalan, u bilan biologik qirg'in qurollarini yaratish nazariy jihatdan mumkin, deydi ekspertlar.
Bu modelni ishlatish ancha qimmat bo'lgani bois (kompyuter resurslarini ko'p talab qiladi), hozircha "Plus" foydalanuvchilari undan haftasiga 30 martagacha foydalanishi mumkin.
Men ham ishlatib ko'rdim. Yagona kamchiligi - savolga javob berish ko'proq vaqt oladi. Buni model "o'ylash" va "tahlil qilish" uchun ketgan payt deb aytmoqda. Lekin beradigan javoblari mukammal. Aslida oddiy savol-javoblarda uning boshqa "ChatGPT" modellaridan farqini sezish qiyin. Uning afzalligi murakkab fikrlash va tahlilni talab qiladigan masalalarda ko'rinadi.
"OpenAI"ga ko'ra, "o1" modeli, fikrlashga asoslangan ilk model va uning yanada yaxshilangan versiyalari kelajakda navbat bilan e'lon qilib boriladi.
So'nggi paytlarda "Anthropic" kompaniyasining "Claude" boti ham sifat bo'yicha "OpenAI"ning ilg'or modellariga yetib olgani, hatto undan o'tib ketayotganini sezyapman. Masalan, kod yozish bo'yicha menga "Claude"ning ishi "ChatGPT-4o"nikidan ancha yaxshiroq ko'rinadi. "Google"ning "Gemini" botidan uncha ko'nglim to'lmadi. Uni juda kam ishlatganman; shunda ham negadir ko'proq hafsalam pir bo'ladigan javoblar olganman.
Aytgancha, "Amazon" kompaniyasi "Anthropic"ning asosiy hissadorlaridan biri; unga 4 milliard dollar sarmoya kiritgan.
Xullas, kelajak qiziq. Ilon Maskning aytishicha, sun'iy intellektga asoslangan kelajakda hammaning hamma narsasi bo'ladi: hamma farovonlikda yashaydi. Chunki sun'iy intellekt asosida hamma narsani arzon va behisob miqdorda ishlab chiqarish mumkin. Jismoniy mehnatlarning barchasini robotlar bajaradi. Gumanoid robotlar soni yer yuzidagi odamlar sonidan bir necha barobar ko'p bo'ladi. Odamlarning bir kunda 8 soat ishlashi va mehnati uchun maosh olishi kabi an'anaviy iqtisodiy modellar o'zgaradi.
Bunday kelajakning amalga oshish imkoniyati, Ilon Maskka ko'ra, 80 foiz. Lekin sun'iy intellekt hammasini barbod qilishi ham mumkin va buning yuz berish ehtimoli 20 foiz, deydi Mask.
bmamadiev
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 1 month ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 1 week ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks ago