Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Qish keldi. Havolar isidi.
Rost soʻz bu — dunyoda eng ogʻir yuk.
Inson rost soʻzni kam soʻzlaydi.
Inson rost soʻzni bazoʻr aytadi.
Soʻz bu istalgan vaqt ishlatilmaydi, uning har bir tovushi ichingni yulib chiqadi, holbuki, qalam har harfda yemirilib boradi.
Takror-takror aytiladigan soʻzlar ishonchsiz, judayam ishonchsiz.
Bir marta aytilgan soʻz...
Hold your head up,
Keep your head up, moving on...
OʻZBEK
Manglayga kaft qoʻyib olisga boqsam,
Edildan koʻrinar boʻylaring, oʻzbek.
Tush kabi jimirlab ming yil oqsa ham,
Noming aytar Enasoylaring, oʻzbek.
Nuh toʻfoni, demak, qismat shamoli,
Kimningdir kamoli, kimning zavoli.
Sargashta kun koʻrding ohu misoli,
Shundan hamon mungli kuylaring, oʻzbek.
Dili qonga toʻlib, koʻzlari – yoshga,
Alp Tegin bir hikmat chegirdi toshga:
“Bizning qaygʻumiz yoʻq boladan boshqa…”
Bolangga bogʻlidir oʻylaring, oʻzbek.
Bir zamon olovni iloh bilgan el,
Quyoshga qarashni gunoh bilgan el,
Har bir bosqinchini qoʻnoq bilgan el,
Yovga soʻqmoq boʻlgan koʻylaring, oʻzbek.
Ismingni ayirib kechdi asrlar,
Xonlikni beklikka boʻlgan ne sirlar?
Kentlarga sochilgan oʻrda, qasrlar…
Qumdan qorilganmi loylaring, oʻzbek.
Dil qoʻzgʻalsa, elni toʻxtatib boʻlmas,
Sel qoʻzgʻalsa, gilni toʻxtatib boʻlmas.
Zanjir uzgan qulni toʻxtatib boʻlmas,
Tigʻ boʻldi har bitta moʻylaring, oʻzbek.
Boʻyningdan ketgan yoʻq hali dor izi,
Qoʻy, qora kunlarning oʻchsin qorasi!
Sen borsan – Temurning ulugʻ vorisi,
Osmoningga qaytdi oylaring, oʻzbek.
Katta qishloq ekan Parij, London, Rim,
Dalamni sogʻinib ezildi koʻnglim.
Dunyo goʻzali – sen, qadoqqoʻl singlim,
Goʻzaldir oʻngigan koʻylaging, oʻzbek.
Haftalab yoʻl qarab sargʻaymas Kumush,
Togʻni tolqon qildi bobomeros musht.
Tin oldi dovonga boqib Alpomish,
Togʻlarni qoʻpordi yoylaring, oʻzbek.
Qoʻlingni koʻzimga suray, otajon,
Yoningda ul boʻlib yuray, otajon,
Yaxshi kunlaringni koʻray, otajon,
Sovimasin qoʻlda choylaring, oʻzbek.
Onajon, havoli bogʻlar muborak,
Handalak band bergan chogʻlar muborak.
Kelin yuzidagi dogʻlar muborak,
Bugʻdoylarga toʻlsin uylaring, oʻzbek.
Sunbula – toʻkinlik, toʻylar mavsumi,
Bir qoʻzgʻalib olar bogʻbonning xumi.
Asli bir satrdir sheʼrim mazmuni:
Toʻylarga ulansin toʻylaring, oʻzbek!
✍️ Iqbol MIRZO
2004
Sevib qoldim
Birinchi bor oʻzimga yoqib qoldi tovushim ?
Mujohidlarga madad qilgin, Allohim!
Gʻarblik mashhurlar va taniqli siyosatchilar Isroil azob chekayotgani haqida post joylab, unga Falastin rasmini qoʻyib, adashganini bilgach oʻchirib yuboryaptilar, baʼzilari esa falon-falon suratlarni koʻrdim deb bayonot berib ular yoʻqligi isbotlangach aldaganlarini tan olmoqdalar.
Bu esa ularga shunchaki buyruq berilayotganini bildiradi.
Biz Muhammad alayhissalom oʻlganini bilamiz!
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago