Akbarshoh Uktamov🇺🇿🇬🇧

Description
🚀 Kanal muallifi - Reding universiteti talabasi, "El-yurt umidi” stipendiati.

Xorijda o'qimoqchi bo'lganlar uchun eng foydali kanal. Ko'pchilik aytmaydigan maslahat va ma'lumotlarni berib boraman.

☎️Aloqa: @Grants_hub_admin
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 month, 3 weeks ago

2025-yil barchamiz uchun hayrli kelgan bo'lsin!

O'zbekistonda tong otayotgan bo'lsa, Britaniyada endi yangi yil kirib keldi!

1 month, 3 weeks ago
**"Native speaker"larni ingliz tilingizdagi xatolaringiz bilan …

"Native speaker"larni ingliz tilingizdagi xatolaringiz bilan ishi yo'q!

Shu paytgacha Britaniyada 2.5 yildan beri o'qib va yashab kelayotgan bo'lsam, ingliz tili nutqimda haligacha arzimas bo'lsa ham xatolar uchrab turadi va bu tabiiy hol. Ayniqsa, 1-yilimda til borasida qiyinchilik ko'p bo'lgan, lekin mahalliy aholi hech qachon xatolarimni shu paytgacha to'g'irlashmagan, go'yo ingliz tilida qanday gapirayotganim bilan ishi yo'qdek va bu narsa 99.9% holatlarda boshqalarda ham shunday. Tildagi xatolaringiz haqida umuman aytishmaydi.

O'zi aslida qanaqa? Shu bo'yicha British odamni o'zi kichik maqola yozibdi, o'qib ko'rilar:
Maqola P.s. Postni xorijga o'qishga borib ingliz tilini kuchaytiraman deydigan do'stingizga yuborib qo'ying!Telegram | Instagram

2 months ago
***🇬🇧*****Angliyaga o'qishga kelishga qiziqayotganlar uchun juda …

🇬🇧**Angliyaga o'qishga kelishga qiziqayotganlar uchun juda ajoyib video bo'libdi...

Ko'rishni tavsiya qilaman, agar ko'rganlar bo'lsa izohlarda fikringizni yozib qoldiring😁Tomosha qilish P.s. Men o'z fikrim bilan bo'lishaman keyinroq.**Telegram | Instagram

3 months ago

*?? 2025-yilda Buyuk Britaniyada o‘qish uchun top 10 universitet*

  1. University of Oxford – Dunyo bo‘ylab eng yaxshi tadqiqot muassasalaridan biri, ayniqsa gumanitar va ijtimoiy fanlar bo‘yicha yetakchi.

  2. University of Cambridge – Tadqiqot va akademik mukammallik bo‘yicha dunyoda eng yuqori o‘rinlarda turadi.

  3. Imperial College London – STEM (fan, texnologiya, muhandislik, matematika) sohalarida kuchli mavqega ega.

  4. University College London (UCL)

  5. University of Edinburgh – Britaniya qirollik oilasining ayrim a’zolari bu yerda o‘qigan.

  6. King's College London

  7. London School of Economics and Political Science (LSE) – Ko‘plab Nobel mukofoti laureatlarini yetishtirgan.

  8. University of Manchester

  9. University of Bristol

  10. University of Glasgow

(Reyting Times Higher Education 2025 World University Rankings ro‘yxati bo‘yicha ko‘rsatilgan.)

Siz qaysi universitet haqida batafsil ma'lumot berishimizni xohlaysiz?Telegram | Instagram

3 months, 1 week ago

?? Yevropada oʻqish uchun 3 ta arzon davlat
1. Germaniya ??
Germaniya davlat universitetlarining koʻp kurslarida oʻqish tekin, xattoki, Yevropa fuqarosi boʻlmagan xalqaro talabalar uchun ham. Sizdan faqatgina 150-300 yevro atrofidagi semester toʻlovlari undiriladi xolos. Germaniyada Myunxen Texnika Universitieti (TUM), Haidelberg Universiteti va Berlin Humboldt Universiti kabi top universitetlarda oʻqishingiz mumkin. Aksariyat universitetlar nemis tilini bilishingizni talab qiladi. Universitetlar haqida batafsil ma’lumotlarni daad.de saytidan olishingiz mumkin.

2. Norvegiya ??
Garchand Yevropa Ittifoqi a’zosi boʻlmasa ham, Norvegiya davlat universitetlarida oʻqish tekin. Mahalliy tilni bilish oʻqishga kirishingiz va albatta Norvegiyada yashashingizda ancha qoʻl keladi (norveg tilini oʻrganish ingliz tilini bilganlarga nisbatan oson). Yashash narxlari qimmat boʻlishiga qarmasdan, ushbu davlat yuqori sifatli oliy ta’limi hamda goʻzal tabiati bilan mashhur. Oslo Universiteti (UiO), Norvegiya Fan va Texnologiya Universiteti (NTNU) va Bergen Universiteti (UiB) kabi nufuzli universitetlardan birida tahsil olishingiz mumkin. Rasmiy ma’lumotlarni studyinnorway.no, samordnaopptak.no hamda universitetlar saytidan olishingiz mumkin.

3. Polsha ??
Koʻplab polyak universitetlarida yiliga €2,000 dan boshlanuvchi ingliz tili dasturlari mavjud. Yashash narxi ham qimmat emas (xalqaro talaba sifatida yashash xarajatlari oyiga €300–€500 atrofida tushishini kutsangiz boʻladi). Varshava Universiteti, Varshava Texnologiya Universiteti va Yagellon Universiteti kabi universitetlar xalqaro talabalari soni va nufuzi bilan mashhur. Batafsil va rasmiy ma’lumotlar uchun studyinpoland.pl saytiga tashrif buyuring.

Siz qaysi davlatda o‘qishni xohlaysiz?Telegram | Instagram

3 months, 2 weeks ago
***???????*** **Glasgow Universiteti** (University of Glasgow)

??????? Glasgow Universiteti (University of Glasgow)

Shotlandiyaning Glazgow shahrida joylashgan va 1451-yilda tashkil etilgan nufuzli davlat tadqiqot universitetidir.

? Reyting:
Glasgow Universiteti dunyo bo’ylab eng yaxshi 100 universitet qatoriga kiradi. 2024-yil QS World University Rankings reytingida 76-o’rinni egallagan.

? Kontrakt to’lovi:
Bakalavr dasturlari uchun xalqaro talabalar yillik o’qish to’lovi o'rtacha £25,000. Magistratura dasturlari uchun to’lovlar tanlangan dasturga qarab farqlanadi.

? Scholarshiplar:
Glasgow Universiteti xalqaro talabalar uchun bir nechta stipendiyalarni taklif etadi:
World Changers Glasgow Scholarships: Akademik yutuqlarni e’tirof etuvchi va xalqaro talabalarni qo’llab-quvvatlovchi stipendiya.
Alumni Discount: Universitet bitiruvchilari uchun magistratura dasturlarida 20% chegirma.

Bundan tashqari, universitetda turli grantlar va moliyaviy yordam dasturlari mavjud.

Batafsil
#topuniversitetlar
Telegram | Instagram

3 months, 2 weeks ago

?Grand Hall of the Austrian National Library

Men tashrif buyurgan eng go'zal kutubxona! To'plamlar soni bo'yicha dunyoda 4-o'rinda turarkan, 12 millionga yaqin qadimiy kitoblar, hujjat va ko'rgazmalarga ega!

Kelgan bo'larmidingiz shu yerga?

Telegram | Instagram

3 months, 3 weeks ago
***??*** **Boston University** (BU)

?? Boston University (BU)

AQShning Massachusets shtatidagi Boston shahrida joylashgan nufuzli xususiy tadqiqot universiteti hisoblanadi. 1839-yilda tashkil etilgan ushbu universitetda 37,000 dan ortiq talaba tahsil oladi, ulardan 8,000 nafari xalqaro talabalar.

? Akademik yo’nalishlar orasida biznes, muhandislik, tibbiyot, huquq, san’at va boshqa fanlar mavjud.

? Reytinglar bo’yicha, Times Higher Education (THE) reytingida 75- o’rinda turadi.

? Kontrakt to’lovi
2024-2025 o’quv yili uchun bakalavr dasturlari uchun yillik o’qish to’lovi taxminan $68,000 ni tashkil etadi. Magistratura dasturlari uchun to’lovlar tanlangan dasturga qarab farqlanadi.

? Scholarshiplar:
Trustee Scholarship: O’qish to’lovi va majburiy to’lovlarni qoplaydi.
Presidential Scholarship: Yiliga $25,000 miqdoridagi stipendiya bo’lib, to’rt yil davomida berib boriladi.

Bundan tashqari, universitetda turli grantlar va moliyaviy yordam dasturlari mavjud.

Batafsil#topuniversitetlarTelegram | Instagram

3 months, 3 weeks ago

? King’s College London?

?? London markazida joylashgan va 1829-yilda tashkil etilgan King’s College London (KCL) dunyoning eng yaxshi universitetlari qatorida, QS reytingida 40-o‘rinni egallaydi.

? Dasturlar va Mutaxassisliklar: Universitet biznes, iqtisod, huquq, tibbiyot kabi sohalarda kuchli dasturlarni taklif etadi.

? O’qish narxi: Xalqaro talabalar uchun bakalavr o’qish puli yillik 20,000 - 30,000 funt, magistratura esa 30,000 - 40,000 funt atrofida.

? London markazida joylashgan: Strand kampusi Thames daryosi bo‘yida joylashgan bo‘lib, talabalar uchun madaniy va professional imkoniyatlarni taqdim etadi.

Batafsil#topuniversitetlarTelegram | Instagram

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago