Navoiy kundaligi

Description
Kanal yuzasidan murojaatlar uchun: @Navoiy_kundaligiga_murojaatBot
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

2 weeks, 4 days ago
2 weeks, 4 days ago

#Kun_hikoyasi "ORZU"

Farzandim dunyoga keldi. Bu xabarni «Samolyotga ulgura olarmikanman?» degan xavotirli xayol bilan band paytimda eshitdim... Men hali u, hali bu joylarda safarda ekanman, yurishni o‘rgandi, gapirishni ham... bir oz katta bo‘lgach, «Sizga o‘xshashni xohlayman, dadajon. Katta bo‘lganimda xuddi sizdek bo‘laman», degan gapini eshitib, boshim osmonga yetdi.
Kun bo‘yi ishxonamga necha martalab telefon qilar, «Qachon kelasiz? Ertaroq qayting», deb takrorlardi.
― Xo‘p, o‘g‘lim, xo‘p, iloji boricha ertaroq boraman, keyin birga o‘ynaymiz...
Shu tarzda yillar o‘tdi. O‘g‘lim o‘n yoshga kirdi. Tug‘ilgan kuniga koptok sovg‘a qildim. Judayam suyundi. Bo‘ynimdan quchoqlab, rahmat aytdi. Keyin:
― Dada, birga o‘ynamaymizmi? ‌ dedi quvnoq ovozda.
― O‘ynaymiz, albatta, o‘g‘lim. Faqat hozir emas, ishlarimni bitiray, xotirjam biror joyga borib, yayrab to‘p tepamiz.
― Rostdan oborasiz-a? – so‘radi sevinib. Keyin qo‘shib qo‘ydi: - Katta bo‘lsam, sizga o‘xshayman!

O‘g‘lim oldin maktabni, keyin universitetni yaxshi baholarga tugatdi. Diplomini olgan kuni quchoqlab tabrikladim: «Sen bilan faxrlanaman», dedim ko‘zimga yosh to‘lib. O‘sha kuni u bilan gaplashgim keldi. «Bugun bir suhbatlashib o‘tiraylikmi?» dedim. «Zo‘r bo‘lardi, dada. Qancha yillardan beri xoli o‘tirib gaplashmadik, - javob berdi. – Lekin, dada, xafa bo‘lmang, bugun o‘rtoqlarimga so‘z berganman-da...»

Keyin nafaqaga chiqdim. Nafaqadagi odamda eng ko‘p narsa bo‘sh vaqt. Zerikkanimda uzoq shaharda ishlayotgan o‘g‘limga telefon qilardim, uning esa gaplashishga kamdan-kam fursati bo‘lardi, doim bir joyga shoshilib turardi. «Vaqt topishim bilan boraman, dadajon. O‘zimam sog‘indim. Ishlarni ko‘rmaysizmi, kundan-kunga ko‘paysa ko‘payyapti, kamaymaydi. Balki kelasi haftaga imkon toparman...»

Ammo o‘g‘limning «kelasi hafta»si hech kelmadi. Bir safargi shunday suhbatdan keyin bitta haqiqatni tushundim – o‘g‘lim maqsadiga yetibdi. Doim menga o‘xshashni orzu qilardi. Ulg‘ayib, xuddi mening o‘zim bo‘libdi...

Tafakkur qiling!

Biz bilan birga bo‘ling👇*👇***https://t.me/navoiy_kundaligi

2 weeks, 4 days ago
3 weeks, 4 days ago

#Audio_hikoya
(eshitish uchun 13 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Xaruki Murakami. «Spagetti yili» hikoyasi.
Olamgir Abdiyev o‘qidi.

Biz bilan birga bo‘ling👇*👇***https://t.me/navoiy_kundaligi

3 weeks, 4 days ago
***🔰***[**#Tafakkur\_lahzasi**](?q=%23Tafakkur_lahzasi)

🔰#Tafakkur_lahzasi
Bilim ozuqadir. Aql va qalb u bilan oziqlanadi.
Bilim nurdir. Yo‘limizni u bilan yoritamiz.

Bilim jasoratdir. Bilimli kishi muammolarni jasorat bilan yengadi.

Bilimsizlik esa barcha yomonliklarning manbaidir. Johil kishining tik tura olmaydigan qopdan farqi yo‘q. Sa'diy bilimsizlikni urush dovuliga o‘xshatadi. Ovozi baland ichi esa bo‘sh.

Insonning qadri ilm bilan yuksaladi. Ilmli kishi hodisalarga xolis baho beradi, talabchanlik va uddaburonlikni o‘rganadi.

Bilmaslik ayb emas, o‘rganishga intilmaslik aybdir.

Biz bilan birga bo‘ling👇*👇***https://t.me/navoiy_kundaligi

3 weeks, 4 days ago
*****🕊***Mehrni qizg‘anmang!**

*🕊Mehrni qizg‘anmang!*

Dunyoni dunyodek turishi uchun,
Quyoshni charaqlab chiqishi uchun,
Har inson baxtli yashashi uchun,
Mehrni qizg‘anmang Bir biringizdan.

Rustam

Biz bilan birga bo‘ling👇*👇***https://t.me/navoiy_kundaligi

1 month ago

O’yin qizg’in davom etmoqda. Kitobxonlar davrasi doim ma’rifatga to’la.

@otabek_khasanov

1 month ago

🎥Kitobxon-UZQUIZ boshlandi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov kirish so‘zi bilan start berdi.
Rasmiy sahifalarimiz👇*
Telegram
*|
Facebook | YouTube | Instagram

1 month ago

#Audio_mutolaa(eshitish uchun 20 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Anor. Oqshomning tongi (hikoya)
Izoh: 37-yil oqshomi. Bokuning sokin ko’chalaridan biri. Oqshom taxminan soat ikkilarda ko‘cha sukunati qoq o‘rtasidan bo‘lindi — to‘rt qavatli bino oldida bir mashina to‘xtadi. Shosha-pisha kelgan va birdan to‘xtagan mashinaning qattiq bosilgan tormoz ovozi uydagilarning uyqusini pichoq kabi yirtib yubordi....

🎙Bugungi hikoya audiosini Sabina Tursunova o‘qigan.

Biz bilan birga bo‘ling👇*👇***https://t.me/navoiy_kundaligi

1 month, 1 week ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago